22.10.2025 yildagi VII-16-106-11-153-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BESHARIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 39-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabr kunidagi «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 965-sonli Qarori, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilotlarda ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish boʻyicha yangi tartib belgilanib tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslarni 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish joylarini eng kam miqdorini ajratish, qoʻshimcha ish joylari yaratish hamda ularni muhofaza qilish maqsadida: qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Beshariq tumanida kvota ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash boʻyicha maxsus komissiyaning tarkibi 1-ilovaga hamda Beshariq Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi tomonidan tumandagi korxonalarda 2026-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilingan (kvota) ish joylarini taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar toifalari boʻyicha quyidagi umumiy tartiblarga asoslanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi bo'lgan shahslar ish oʻrinlari (77 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
оilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar (22 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalar reyestri”dagi oilalarning aʼzolari (149 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shahslar,ota-ona qaramog'idan maxrum bo'lgan shahslar (2 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shahslar uchun ish oʻrinlari (19 nafar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʼrinlari (3 nafar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va xoʻjalik yurituvchi subʼektlar rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabr kunidagi «Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 965-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlar tashkil etilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar, yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 foiz hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin hamda bu toʻgʻrida Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimiga yil boshlangunga qadar axborot bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotan shaxslar uchun ish oʻrinlarini qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilotlar (ish beruvchilar) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlansin, bu toʻgʻrida Tuman Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimiga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinishi taʼminlab borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha tegishli Qarorini bajarmaganlik uchun jarima toʻlaganligi tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B sonli buyrugʻiga (AV roʻyxat raqami №3163, 31 mart 2019 yil) muvofiq, ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam ish oʻrnidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - rejadan ortiq qabul qilingan har bir hodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida subsidiya toʻlab berilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TumanKambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish boʼlimi (E.Yigitaliyev) besh kun muddatda ushbu Qarorni ilovada koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu Qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari H. Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi JURAYEV RASULJON KARIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Beshariq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-106-11-153-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.