XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining tumanda ijrosi yuzasidan Boʻston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan “Har yili 1-oktyabrga qadar novegitatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha limit doirasida ishlab chiqilgan takliflari” toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha limit doirasida ishlab chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish” belgilab qoʻyilan.
Mazkur qarorning tumanda ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevning takliflarini atroflicha muhokama qilib, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-54-V-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorining tumanda ijrosi yuzasidan “Har yili 1-oktyabrga qadar novegitatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha limit doirasida ishlab chiqilgan takliflari” maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevning Boʻston tumani boʻyicha 2025-yil kuz-qish “novegetatsiya” davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maqsad va vazifalarga mosligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqib bergan tavsiyalari ijro uchun qabul qilinsin.
3. Boʻston tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevning tuman boʻyicha 2025-yil kuz-qish “novegetatsiya” davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (I.Kamalov), fermerlar kengashi (Z.Darmonov) va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevlarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori B.Boltaboyevga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi hamda kotibiyat mudiri J.Raxmonov zimmalariga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi NOSIROVA SANABARXON ABDINABIYEVNA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2025-yil 17-oktabr,
VII-12-144-1-19-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.