30.09.2025 yildagi 407-9-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SIRDARYO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” Davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan 80 gektar yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-93-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 543-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-sentabrdagi 580-F-sonli farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5, 20-moddalariga va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” Davlat unitar korxonasining 2025-yil 22-sentabrdagi 03-161-sonli murojaati qanoatlantirilsin hamda viloyatdagi tegishli tashkilot va korxonalarning ijobiy xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” Davlat unitar korxonasiga Mirzaobod tumani Y.Oxunboboyev 3-uchastka hududidan tuman hokimligi tasarrufidagi 159 (6,5 gektar), 176 (8,3 gektar), 178 (2,2 gektar), 182 (20,6 gektar), 166q (28,9 gektar), 177q (1,0 gektar), 179 (4,7 gektar), 180q (6,6 gektar), 181q (1,2 gektar) konturlaridan jami 80 gektar, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlardan jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (I.Karimov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (R.Nishonov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (D.Ruzimatov), “OʻzGAShLITI” DUK loyiha-qidiruv tashkiloti filiali (K.Quramatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori 31-bandi talablari asosida Mirzaobod tumani Y.Oxunboboyev 3-uchastka hududidagi doimiy foydalanishga ajratilgan 80 gektar yer uchastkasini chegaralarini joyida (naturada) belgilanishini taʼminlash majburiyati yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi (R.Nishonov) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda viloyat yer hisobotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi (Sh.Ruziqulov) ajratilgan yer uchastkasidan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sirdaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK (A.Buranov) bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbektelekom” AK Janubi-Gʻarbiy filiali (X.Ravshanov), Sirdaryo viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi (A.Yusupov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo filiali (Y.Dexkanov), “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali (I.Xudoynazarov), “Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali (J.Xidirov), “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ (Sh.Akromov) bilan birgalikda tasdiqlangan bosh rejaga asosan muhandislik kommunikatsiya va yoʻl transport infratuzilmasi bilan kafolatli ulanishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (I.Karimov) mazkur yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini hisobga olgan holda ijara huquqi asosida “E-AUKSION.UZ” elektron savdo maydonchasi orqali sotilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosi uchun masʼul tashkilotlar va boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B.Xudjamov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimi v. b E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-9-0-Q/25-son