SIRDARYO VILOYATI GULISTON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Guliston tumanida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini davlat yer kadastrida boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-172-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6- va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Davlat Kadastrlari palatasi Guliston tuman filialining 2025-yil 20-sentyabrdagi 276-sonli tuman hokimi nomiga qilgan murojaati qanoatlantirilsin.
2. Ilovada koʻrsatilgan yerdan foydalanuvchilar bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor qilinganligi natijasida foydalanib kelingan jami 36,8 gektar yer maydonlari boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinsin.
3. Guliston tumani hokimining oʻrinbosari S.Oʻtbosarov yerdan foydalanuvchilar bilan yer ijara shartnomalari bekor qilinganligi natijasida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni hisobga olish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Guliston tuman boʻlimiga yuborsin.
4. Davlat kadastrlari palatasi Guliston tuman boʻlimi (X.Kenjayev) tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning hisobga olinsin va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-ijara” axborot tizimiga yuborilsin.
5. Guliston tumani hokimining oʻrinbosari S.Oʻtbosarov viloyat “Sirvilyerloyiha” boʻlimi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning oʻrnatilgan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
6. Tuman hududlarida boʻsh turgan yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga, yer berish tartibini buzgan holda ajratilishiga, boshqa shaxslar tomonidan yerdan xoʻjasizlarcha foydalanilishiga yoki uning yaroqsiz holga tushirilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
7. Tuman hokimligi Axborot xizmati (S.Erkinov) boʻsh turgan yer uchastkalarini hisobga olish toʻgʻrisidagi ushbu qaror rasmiy sahifalarda eʼlon qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S.Oʻtbosarov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi v. b. O. JURAYEV
Sirdaryo viloyati, Guliston sh.,
2025-yil 22-sentabr,
215-9-124-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.