15.09.2025 yildagi VII-13-128-11-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni koʻrib chiqish va maʼqullash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumki, Maʼlumki, viloyatdagi issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan shakllantirilgan narxlar (tariflar) dastlabki tarzda viloyatdagi narxlarni tartibga soluvchi organlar yaʼni Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilib, xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarori bilan maʼqullanib, viloyat hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlanib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, dastlab, viloyatdagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil 16 yanvardagi VI-63-2-11-0-K/24-sonli qarori bilan maʼqullanib, viloyat hokimining 2024 yil 17 fevraldagi 103-11-0-Q/24-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun: qarorga koʻra, 1 Gkall issiklik energiyasi “Fargʻona issiqlik manbai” ishlab chiqirish davlat boshqarmasi xizmatiga aholi uchun 67 760 soʻm, budjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 290 458,9 soʻm hamda Fargʻona shahar “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ xizmatiga aholi uchun 78 650 soʻm, budjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 416 471,9 soʻm etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorovning 2024 yil 17 yanvardagi 03/1-3480-sonli topshiriqnomasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 yanvardagi 07/53-5-569-sonli xatiga muvofiq viloyatdagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qayta koʻrib chiqilib, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 29 martdagi VI-66-34-11-0-K/24 -sonli qarori bilan yangi narxlar (tariflar) maʼqullangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun: qarorga koʻra, 2024 yil 1 sentyabr kunidan 1 Gkall issiklik energiyasi “Fargʻona issiqlik manbai” ICH davlat boshqarmasi xizmatiga aholi uchun 89 612,9 soʻm, budjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 290 458,9 soʻm hamda Fargʻona shahar “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ xizmatiga aholi uchun 104 014,6 soʻm, budjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 416 597,0 soʻm etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon shahar Issiqlik taʼminoti” MChJ tomonidan yetkazib berilayotgan issiqlik energiyasi amaldagi tariflari esa Fargʻona viloyati moliya bosh boshqarmasi (xozirgi Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi)ning 2019-yil 15-avgustdagi UM/06-09/09-son deklarasiyasiga asosan aholi uchun 15 735,0 soʻm, budjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQSsiz) 122 080,9 soʻm etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xozirgi kunda viloyatdagi ushbu issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan yuqoridagi narxlar (tariflar) amalda qoʻllanib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi issiqlik taʼminoti korxonalari yaʼni Fargʻona shahar “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ 2025 yil 17 iyuldagi 157-sonli, viloyat “Issiqliktaʼminot” MCHJ 28 iyuldagi 529-sonli hamda “Qoʻqon shahar Issiqlik taʼminoti” MChJ lari 1 avgustdagi 30-sonli xatlar orqali xalq deputatlari viloyat Kengashiga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025 yillardagi yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgartirishini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 1 noyabr kungi 07/36-2-5281-sonli topshiriqnomasi asosida taklif etilayotgan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) koʻrib chiqish va maʼqullash masalasini xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishini soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan taklif etilayotgan ushbu narxlar (tariflar) narxlarni tartibga soluvchi organlar yaʼni Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi, shuningdek viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonunining 13-moddasida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, hududiy issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan shakllantirilgan tariflar hududiy narxlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan koʻrib chiqilishi hamda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahrikengashlarining qarorlari bilan maʼqullanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 23-22-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “2025-2026-yillar makroiqtisodiy koʻrsatkichlarprognozi va davlat budjeti parametrlarini amalga oshirish yuzasidan Iqtisodiyot vamoliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha Yoʻlxaritasi”ning 75-bandida issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan aholiga pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi hisobiga vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlarni kamaytirish maqsadida, aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini 2025-yilda 2 bosqichda oshirgan holda qayta koʻrib chiqish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli Qaroriga muvofiq, “Issiqliktaʼminoti” AJ tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar barqaror iqtisodiy oʻsishini hamda Davlat budjeti parametrlari bajarilishini taʼminlash maqsadida, issiqlik taʼminoti korxonalarining issiqlik energiyasi tariflarini oʻz vaqtida qayta koʻrib chiqish boʻyicha taklifiga (29.04.2025-yil №05/53-4-9433-son) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan rozilik berilib, viloyat hokimliklariga issiqlik taʻminoti korxonalarining aholi uchun issiqlik taʻminoti xizmatlari tаriflarini 2025-yil uсhun belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish сhoralarini koʻrish boʻyicha 2025 yil 14 maydagi 03/1-866-sonli koʻrsatma xati yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyatda issiqlik taʼminoti xizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, hududlarda issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini yanada jadallashtirish, shuningdek issiqlik taʼminoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari viloyat kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona shahar “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ 2025 yil 17 iyuldagi 157-sonli, “Qoʻqon shahar Issiqlik taʼminoti” MChJ 2025 yil 1 avgustdagi 30-sonli hamda viloyat “Issiqliktaʼminot” MCHJ 28 iyuldagi 529-sonli xatlari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorovning 2024 yil 17 yanvardagi 03/1-3480-sonli topshiriqnomasi hamda 2025 yil 14 maydagi 03/1-866-sonli koʻrsatma xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 9 yanvardagi 07/53-5-569-sonli va 2025-yil 29 apreldagi 05/53-4-9433-sonli xatlari hamda 2025 yil 28 yanvardagi 23-22-sonli buyrugʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
- viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 4 avgustdagi 03/21-17/5341-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasining 4 avgustdagi 1-04/6049, 01-04/6050 va 01-04/6052-sonli xatlari hamda viloyat hokimligining xulosalari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur masala xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, viloyat Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fargʻona shahar “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ, “Qoʻqon shahar Issiqlik taʼminoti” MChJ hamda viloyat “Issiqliktaʼminot” MCHJ (keying oʻrinlarda - issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar) tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) (keyingi oʻrinlarda - tariflar) ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan qayta belgilangan (tartibga solingan) kunga qadar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shu munosabat bilan, xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 29 martdagi VI-66-34-11-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki mazkur qaror bilan maʼqullangan tariflar viloyat hokimining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur kengash qarori bilan maʼqullangan tariflar issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun shartnomalar tuzish hamda toʻlovlar undirish uchun asos hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar (I.Sotvoldiyev, N.Tojiboyev va X.Xoʻjaqulov) aholi va boshqa ulgurji isteʼmolchilarga issiqlik taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan xajmda va normalarda issiqlik energiyasini belgilangan tartibda sifatli yetkazib berish, bunda, yetkazib berishda yuz bergan avariyalarning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish, issiqlik energiyasi yetkazib berishni sababsiz toʻxtatishga yoʻl qoʻymaslik, uzib qoʻyish sabablari toʻgʻrisida darxol isteʼmolchilarni oldindan xabardor qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Fargʻona viloyati boshqarmasi (E.Usmonov), Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Z.Roʻzaliyev), Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmasi (A.Xolmatov) mazkur Kengash qarori bilan maʼqullangan narxlar (tariflar)ni (bu boʻyicha viloyat hokimining tegishli qarori rasman eʼlon qilingandan keyin) issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan qoʻllab borilishi, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda nazorat tadbirlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (M.Sulaymonov), issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar bilan birgalikda viloyat teleradiokompaniyasi hamda viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalarida, hokimlik muassisligidagi gazetalarda (viloyat hokimining tegishli qarori rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay) viloyatdagi issiqlik bilan taʼminlovchi korxonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni eʼlon qilinishi hamda hokimliklarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (R.Kamolov) hamda viloyat hokiminig qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari X.Dolimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi KOMILOV XOLMATJON ADILOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-128-11-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.