11.03.2025 yildagi PQ-100-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, issiqlik ta’minoti sohasini isloh qilish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda binolarda energiya yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarni belgilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy yo‘nalishlar va maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etish hamda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘ini, shu jumladan, 2025-2026-yillarda 18 ta qozonxona va 258 kilometr issiqlik tarmog‘ini yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta (shundan 2 ta loyiha 2025-2026-yillarda boshlanadi), xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalarini amalga oshirish (shundan 5 ta shahar va tumanda 2025-2026-yillarda boshlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovini 37 foizdan 58 foizgacha yetkazish, tizimdagi yo‘qotishlarni 38 foizdan 20 foizgacha qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) ko‘p kvartirali uy-joylar va ijtimoiy soha muassasalariga 8 681 ta individual issiqlik punktini o‘rnatish (2025-yilda 480 ta), markazlashgan issiqlik ta’minotini yopiq tizimga o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalari, sanoat va xususiy sektor bino-inshootlarining energiya samaradorligini oshirish maqsadida tajriba-sinov loyihalarini boshlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ijtimoiy soha, sanoat va xususiy sektorlar bino-inshootlarini yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirish bo‘yicha texnik shartlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va muqobil issiqlik tizimlari uskunalarini o‘rnatish talabini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lgan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarida energiya samarador va zamonaviy uskunalar (gaz gorelkali qurilmalar) o‘rnatishni rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) xususiy sektor ishtirokida issiqlik ta’minoti va boshqa sohalarda energoservis xizmatlarini ko‘rsatish hamda energiya tejamkorlikni oshirishda yangi bozorni shakllantirish, ixtisoslashgan energiya xizmatlari kompaniyalari bozori (ESKO) mexanizmlari va innovatsion moliya vositalari orqali energiya samaradorlikni oshirish loyihalarini muvofiqlashtiruvchi tashkilot tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqlikta’minoti” aksiyadorlik jamiyatini (keyingi o‘rinlarda — Jamiyat) tashkil etish, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritishni yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) issiqlik ta’minoti tizimlarida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish loyihalarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va Energetika vazirligi tomonidan birgalikda ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Jamiyat ustav kapitalini 23 ta xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ustav kapitali hisobiga shakllantirish hamda ushbu xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jamiyatning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshirishni yuklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etiladigan, ustav kapitali “Issiqlikta’minoti” AJ ustaviga o‘tkaziladigan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ro‘yxati hamda ularni qayta tashkil etish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Asosiy chora-tadbirlar hamda ishlab chiqiladigan dasturlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha hamda davlat muassasalarini 2025 — 2030-yillarda markazlashgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning yig‘ma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq. Bunda joriy yilda Nukus va Buxoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida bir vaqtning o‘zida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni boshlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Markaziy bank, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi quyidagi tajriba-sinov loyihalarini boshlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Chinoz va Oltiariq tumanlarida budjet mablag‘lari hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasoslari, quyosh panellari) hamda resurs tejamkor uskunalardan foydalangan holda to‘rt qavatli uy-joylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ushbu uylarning energiya samaradorligini oshirish uchun ularning issiqlik izolyatsiyasi bo‘yicha loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yashil” imtiyozli kreditlar hisobidan har bir viloyatda 100 tadan yakka tartibdagi uy-joylarda energiya yo‘qotishlarni kamaytirish uchun ularning tashqi va tom qismining issiqlik izolyatsiyasi, energiya tejamkor oyna va eshik romlarini o‘rnatish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va geliokollektorlar) hamda energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Buxoro viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining qoniqarsiz va ta’mirtalab binolarida energiya yo‘qotishlarni kamaytirish uchun ularning tashqi va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, energiya tejamkor oyna va eshik romlarini o‘rnatish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar), muqobil issiqlik tizimlari (geliokollektorlar, issiqlik nasoslari, fankoyl tizimi va shu kabilar) hamda energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Buxoro viloyati tajribasi asosida har bir hududda to‘rttadan ijtimoiy soha va davlat muassasasi obyektlarida (maktabgacha ta’lim, maktab, tibbiyot, davlat idorasi) energiya samarador loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) respublikada joylashgan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini to‘liq geliokollektorlar bilan jihozlash loyihalari. Bunda Vazirlar Mahkamasi ushbu tajriba-sinov loyihalari bir oy muddatda boshlanishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda joriy yil 1-iyulga qadar ko‘p kvartirali uy-joylarning fasad va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, kirish yo‘laklarida energiya tejamkor oyna romlari o‘rnatilishini nazarda tutuvchi 2026 — 2030-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” (CEBU) loyihasi doirasida ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorlikni oshirish, ularda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish loyihalarining amalga oshirilishini jadallashtirish yuzasidan Jahon banki bilan muzokaralarni boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vaziri (J.A. Qo‘chqorov) 2025-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan loyihalarni boshlash uchun xalqaro moliya institutlaridan 68 million AQSH dollari jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 320 milliard so‘m ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Davlat budjetidan issiqlik ta’minoti tizimini yopiq tizimga o‘tkazish chora-tadbirlari uchun 50 milliard so‘m, mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan yangi istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun 10 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratsin. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur qarordan kelib chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar, shu jumladan, tajriba-sinov loyihalari uchun 2025-yil Davlat budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan mablag‘lar ajratishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, 2026 — 2030-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) issiqlik qozonxonalari va issiqlik tizimlarini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari uchun xalqaro moliya institutlaridan 257 million AQSH dollari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,6 trillion so‘m ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasidan jalb qilingan 143 million AQSH dollari qarz mablag‘lari o‘zlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni mustahkam va barqaror moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan maqbul shartlardagi kreditlar, grantlar va texnik yordamlarni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda issiqlik ta’minoti korxonalarining 5-ilovaga muvofiq 2025-yil 1-yanvar holatiga mavjud qarzdorliklarini kechiktirish, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tartib va qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar (budjet, xalqaro moliya institutlari, davlat-xususiy sheriklik, xususiy va boshqa manbalar) qurilishda texnik shartlar olinishi talab qilinadigan bino-inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni loyihalashtirishda ushbu obyektlarning loyiha hujjatlarida binolarning o‘z ehtiyojlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (geliokollektorlar, issiqlik nasoslari va shu kabilar) hamda energiya tejovchi uskunalarni majburiy o‘rnatish talabi kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi ushbu obyektlardan foydalanishga ruxsatnoma berishda ko‘rsatilgan uskunalarning o‘rnatilganini hamda ularning tashqi va tom qismi issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplanishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarini qurish hamda mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha loyihalarda yopiq issiqlik ta’minoti tizimini joriy etish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Jamiyat tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarning issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlar (tariflar) Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ko‘p kvartirali uy-joylar va binolarning ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi tizimlarining qurilishi, inshootlar va tarmoqlarda hisoblagichlarning to‘liq o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) issiqlik ta’minoti korxonalari tasarrufidagi qozonxonalarni Jamiyatning roziligisiz bo‘sh turgan obyekt sifatida belgilab, elektron savdolarga chiqarish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 6-ilovada ko‘rsatilgan vazifalar ijrosiga shaxsan mas’ul etib belgilanadi hamda ularga markazlashgan va lokal isitish tizimini yo‘lga qo‘yishda qozonxonalar va tarmoqlarni qurish va joylashtirish uchun talab etiladigan yer maydonlarini hududiy issiqlik ta’minoti korxonalariga ajratishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) har yili ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida issiqlik ta’minoti sohasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 10 foizi energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatishga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qurilish va modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladigan barcha ijtimoiy soha muassasalarida majburiy tartibda doimiy issiq suv bilan ta’minlanadigan tejamkor sanitariya-gigiyena xonalari, qo‘l yuvish joylari hamda sport zallarida dush qabul qilish xonalari texnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar doirasida issiqlik qozonxona quvvatlarini belgilashda hududdagi barcha ko‘p kvartirali uy-joylar, ijtimoiy soha muassasalari va ma’muriy binolar hamda sanoat va xususiy sektorlarning to‘liq qamrab olinishi nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) markazlashgan issiqlik ta’minoti mavjud hududlarda yangi qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ma’muriy binolar, ijtimoiy soha muassasalari, sanoat va tadbirkorlik subyektlari bino va inshootlarining issiqlik tarmoqlariga ulanishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vaziri (J.A. Qo‘chqorov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki hafta muddatda Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi bilan birgalikda 2025-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ijtimoiy soha muassasalarining loyiha-smeta hujjatlarini mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda energiya samaradorlik loyihalarining loyiha topshiriqlari va smeta hujjatlarini ishlab chiqish, energiya audit o‘tkazish va texnik nazoratni amalga oshirish, loyihalar doirasida o‘rnatilgan qurilma va texnologiyalarga texnik xizmat ko‘rsatishni nazorat qilish uchun xalqaro kompaniya va konsultantlar jamoasini jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ijtimoiy soha muassasalari hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish loyihalarini barqaror va kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash uchun xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining qo‘shimcha grant va kreditlarini jalb qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tarkibi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) issiqlik ta’minoti sohasida energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish, qayta tiklanadigan manbalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, xizmatlar sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash, hisob-kitob tizimini tartibga solish va operatsion samaradorlikni oshirish orqali korxonalarning moliyaviy holatini mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida issiqlik energiyasini ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha samarali tizimni joriy etish, tizimlarda yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) binolarda energiya yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan energiya samaradorlik dastur va loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya samarador binolarni qurish bo‘yicha qoida va tartiblarni ishlab chiqish, doimiy takomillashtirish hamda ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sohada jozibador investitsiya muhitini yaratish, davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy qilish, xususiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qaror bilan ko‘zda tutilgan dastur va loyihalarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini nazorat qilish, qaror ijrosini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 9-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov hamda A.J. Ramatov, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov va energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqlikta’minoti” AJ ustaviga o‘tkaziladigan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ro‘yxati hamda ularni qayta tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Aktivlari va ustav kapitali “Issiqlikta’minoti” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun topshiriladigan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxonalarning nomi

Davlat ulushi (%)

I

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

“Kommunallik issilik orayi” DUK

100

2.

“Taxiatash issilik tarmaklari” MCHJ

99

II

Andijon viloyati

3.

Andijon viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

III

Buxoro viloyati

4.

Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

5.

“Buxoroenergomarkaz” AJ

48,84

IV

Jizzax viloyati

6.

Jizzax viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

V

Qashqadaryo viloyati

7.

Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

VI

Navoiy viloyati

8.

Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

VII

Namangan viloyati

9.

Namangan viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

10.

Davlatobod tumani “Issiqlik manbai” DK

100

VIII

Samarqand viloyati

11.

Samarqand viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

IX

Surxondaryo viloyati

12.

Surxondaryo viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

100

X

Sirdaryo viloyati

13.

Sirdaryo viloyati “Issiqlik manbai” MCHJ

100

XI

Toshkent viloyati

14.

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

100

15.

Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHK

100

16.

Angren “Issiqlik energiyasi” DUK

100

17.

Olmaliq “Issiqlik manbai” MCHJ

100

XII

Farg‘ona viloyati

18.

Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

100

19.

“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ*

51

20.

Qo‘qon “Issiqlik manbai” ICHDK

100

XIII

Xorazm viloyati

21.

Xorazm viloyati “Issiqlik manbai” DUK

100

XIV

Toshkent shahri

22.

“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ**

23.

“Toshissiqquvvati” DUK

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*) “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ ustav kapitalidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Farg‘ona issiqlik elektr markazi filialiga tegishli 49 foiz ulush davlat ulushini kamaytirish hisobiga “Issiqlikta’minoti” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**) “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibiga o‘tkazilmaydi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent issiqlik markazi” MCHJni boshqarish, ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash va texnologik jarayonlarni tartibga solish, modernizatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tariflarni shakllantirish, moliyaviy oqimlarini boshqarish, hisob-kitob tizimini tartibga solish hamda korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlash vazifalari “Issiqlikta’minoti” AJga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ushbu vazifalarning sifatli bajarilishi bo‘yicha “Issiqlikta’minoti” AJga amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibida qayta tashkil etishda mol-mulklarni berish, qabul qilish hamda sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning aktivlarini bir tashkilotdan boshqa tashkilotga o‘tkazish soliq solish maqsadida tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma sifatida e’tirof etilmaydi va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan bepul tovar berilishiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibida qayta va yangidan tashkil etilayotgan tashkilotlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritiladigan yoki beriladigan mol-mulklar balans (qoldiq) qiymatida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil iyunga qadar “Issiqlikta’minoti” AJ tasarrufiga beriladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga maxsus maqsadli bank hisobvaraqlaridan (20210...; 23202...; 22626...) foydalanish uchun 2030-yil 31-dekabrga qadar ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa dasturlar doirasida “Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobiga “Issiqlik ta’minoti” AJdagi davlat va uning tarkibidagi korxonalardagi “Issiqlikta’minoti” AJ ulushi oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning asosiy hisob raqamlariga kreditor qarzdorliklarni qoplash maqsadida qo‘yilgan taqiq davrida oylik ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar va avariya-ta’mirlash ishlari uchun xarajatlarni amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Issiqlikta’minoti” AJning tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan (o‘tkaziladigan) va ushbu qaror qabul qilingan sanada sotilmagan aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar (baholash va sotish xarajatlari qismi chegirilgan holda) “Issiqlikta’minoti” AJ ga tegishli tizim tashkilotlarining kreditor qarzdorligini qoplashga maqsadli ravishda yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIG‘MA PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Loyiha quvvati

Loyiha qiymati

shundan

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

O‘lchov birligi

Quvvati

mln so‘m

quvvati

mln so‘m

quvvati

mln so‘m

quvvati

mln so‘m

quvvati

mln so‘m

quvvati

mln so‘m

Respublika bo‘yicha jami

km

632

1 896 684

151

320 000

107

378 692

131

387 382

123

402 710

120

407 900

IIP

2 377

199

540

550

465

623

qozonxona

85

7

11

12

25

30

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

km

15

40 270

6

15 124

5

14 146

4

11 000

IIP

53

21

18

14

qozonxona

3

1

1

1

2.

Andijon viloyati

km

44

107 068

10

27 896

15

35 772

20

43 400

IIP

168

35

55

78

qozonxona

7

1

2

4

3.

Buxoro viloyati

km

30

79 900

6

25 000

21

50 000

3

4 900

IIP

143

41

92

10

qozonxona

3

1

1

1

4.

Jizzax viloyati

km

18

142 040

6

32 800

10

102 200

3

7 040

IIP

111

103

8

qozonxona

3

2

1

5.

Qashqadaryo viloyati

km

65

188 339

12

38 475

13

37 708

26

79 548

4

8 008

11

24 600

IIP

251

58

46

95

14

38

qozonxona

10

1

1

2

2

4

6.

Navoiy viloyati

km

72

147 700

30

77 200

40

66 000

2

4 500

IIP

8

8

qozonxona

1

1

7.

Namangan viloyati

km

15

46 202

4

16 530

8

20 372

3

9 300

IIP

68

24

31

13

qozonxona

3

1

1

1

8.

Samarqand viloyati

km

15

61 394

8

41 000

7

20 394

IIP

61

30

31

qozonxona

2

1

1

9.

Sirdaryo viloyati

km

32

140 470

5

24 510

20

82 760

8

33 200

IIP

120

20

73

27

qozonxona

8

1

4

3

10.

Surxondaryo viloyati

km

35

127 664

6

23 496

7

26 576

17

64 592

4

13 000

IIP

130

23

27

65

15

qozonxona

8

1

2

3

2

11.

Toshkent viloyati

km

94

237 456

7

18 678

55

159 740

13

13 838

20

45 200

IIP

401

26

252

49

74

qozonxona

11

1

4

2

4

12.

Farg‘ona viloyati

km

174

510 296

74

46 836

9

60 354

9

37 000

42

162 306

40

203 800

IIP

804

263

35

157

349

qozonxona

12

1

1

8

2

13.

Xorazm viloyati

km

22

67 885

0,22

2 525

13

42 360

1

3 500

8

19 500

IIP

59

5

44

5

5

qozonxona

14

1

4

1

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Loyiha quvvati

Amalga oshirish muddati

Loyiha qamrovi

O‘lchov birligi

Hajmi

Ko‘p kvartirali uylar soni

Xonadonlar soni

Ijtimoiy soha va boshqa obyektlar

Jami qozonxonalar quvvati

MVt

756

1 850

83 331

418

km

403

IIP

2 105

1.

Nukus shahri “RK-1” qozonxonasini kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish

MVt

209

2025-2026-yillar

511

20 193

182

km

65

IIP

775

2.

Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUKning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish

MVt

14

2025-2026-yillar

153

7 995

22

km

28

IIP

175

3.

Olmaliq shahri issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish

km

81

2026-2027-yillar

267

13 378

43

IIP

43

4.

Urganch shahri “19-kvartal” qozonxonasini kogeneratsiya texnologiyalarini asosida modernizatsiya qilish

MVt

46

2026-2027-yillar

174

7 469

25

km

31

IIP

200

5.

Jizzax viloyati “Issiqlik manbai” DUKning issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish

MVt

26

2027-2028-yillar

107

3 441

4

km

18

IIP

111

6.

Sirdaryo viloyatida issiqlik ta’minoti tizimini qurish

MVt

33

2027-2028-yillar

120

5 144

km

32

IIP

120

7.

Zarafshon shahri issiqlik ta’minoti tizimini kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish

MVt

336

2027-2028-yillar

317

15 302

113

km

103

IIP

450

8.

Chirchiq shahri “OKBA” qozonxonasini modernizatsiya qilish

MVt

46

2027-2028-yillar

71

3 559

10

km

15

IIP

82

9.

Quvasoy shahri “RK-2” qozonxonasini modernizatsiya qilish

MVt

45

2027-2028-yillar

130

6 850

19

km

29

IIP

149

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi takliflari asosida loyiha parametrlari va muddatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, istiqbolsiz loyihalarni boshqa loyihaga almashtirish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Loyiha quvvati

Loyihaning dastlabki qiymati

(mln dollar)

Loyihani amalga oshirish muddati

Loyiha qamrovi

O‘lchov birligi

Quvvati

Ko‘p kvartirali uylar soni

Xonadonlar soni

Ijtimoiy soha va boshqa obyektlar soni

Jami quriladigan qozonxonalar quvvati

MVt

294

325

x

2 634

121 697

480

Jami issiqlik tarmoqlari uzunligi

km

617

Jami individual issiqlik punktlari soni

IIP

2 285

I

Andijon viloyati:

1 ta obyekt

16

x

160

7 734

20

1.

Andijon shahri “RK-1” qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

58

16,3

2025-2026-yillar

160

7 734

20

km

18,0

IIP

200

II

Qashqadaryo viloyati:

1 ta obyekt

9

x

60

2 400

0

2.

Shahrisabz shahri markaziy qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

17

8,7

2025-2026-yillar

60

2 400

km

15,0

IIP

60

III

Samarqand viloyati:

2 ta obyekt

36

x

201

6 982

35

3.

Samarqand shahri 29-daha qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

46

18,2

2025-2026-yillar

107

4 882

11

km

30,0

IIP

120

4.

Nurobod tumani markaziy qozonxona va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

23,2

17,4

2025-2026-yillar

94

2 100

24

km

32,0

IIP

120

IV

Navoiy viloyati:

2 ta obyekt

99

x

676

41 662

244

5.

Navoiy shahridagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish

km

233,0

93,2

2026 — 2030-yillar

645

40 276

238

6.

Konimex tumani “Zafarobod” markaziy qozonxona va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

12

5,7

2026-2027-yillar

31

1 386

6

km

10,0

IIP

37

V

Toshkent viloyati:

2 ta obyekt

75

x

844

29 094

97

7.

Angren shahri issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

km

115,0

68,3

2027 — 2030-yillar

798

26 862

95

IIP

893

8.

Bo‘stonliq tumani “RK-1” qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

19

7,0

2025-2026-yillar

46

2 232

2

km

10,0

IIP

48

VI

Farg‘ona viloyati:

5 ta obyekt

90

x

693

33 825

84

9.

Qo‘qon shahri “61-Muqimiy” qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

13

5,7

2027 — 2029-yillar

43

2 152

5

km

9,0

IIP

50

10.

Qo‘qon shahri “4-G‘ishtli masjid” qozonxonasi va issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

10

7,1

2027 — 2029-yillar

64

1 606

10

km

11,0

IIP

80

11.

Qirguli shaharchasidagi issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish va IIPlar o‘rnatish

km

76,0

39,9

2027 — 2030-yillar

317

16 617

41

IIP

380

12.

Farg‘ona shahri A. Navoiy ko‘chasi hududida qozonxona va issiqlik tarmoqlarini qurish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

50

19,5

2027 — 2029-yillar

143

7 150

15

km

30,0

IIP

158

13.

Farg‘ona shahri S. Temur ko‘chasi hududida qozonxona va issiqlik tarmoqlarini qurish hamda IIPlar o‘rnatish

MVt

45

17,8

2027 — 2029-yillar

126

6 300

13

km

27,8

IIP

139

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi takliflari asosida loyiha parametrlari va muddatlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, istiqbolsiz loyihalarni boshqa loyihaga almashtirish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqlik ta’minoti korxonalarining 2025-yil 1-yanvar holatiga mavjud qarzdorliklarini kechiktirish va hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. To‘lov muddati 5 yilga kechiktiriladigan va ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqariladigan qarzdorliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(mlrd so‘m)

T/r

Korxonalar nomi

Kreditor qarzdorliklar *

shundan:

Ajratilgan budjet ssudalari *

tabiiy gaz

elektr energiyasi

suv

issiqlik energiyasi

Jami, shundan:

1 352,9

615,8

32,0

128,0

577,1

894,9

joriy

1 174,0

447,7

28,2

126,2

571,9

894,9

penya

178,9

168,1

3,8

1,8

5,2

1.

“Taxiatash issilik tarmaklari” MCHJ

2,3

2,3

1,5

joriy

2,3

2,3

1,5

penya

2.

“Kommunallik issilik orayi” DUK

0,3

0,3

joriy

0,0

0,0

penya

0,3

0,3

3.

Andijon viloyati “Issiqlik manbai” DUK

7,4

7,1

0,2

0,1

0,9

joriy

7,3

7,1

0,1

0,1

0,9

penya

0,1

0,1

0,0

4.

Buxoro viloyati “Issiqlik manbai” DUK

137,9

136,8

1,1

39,2

joriy

69,6

69,6

39,2

penya

68,3

67,2

1,1

5.

“Buxoroenergomarkaz” AJ

133,0

132,8

0,2

42,2

joriy

63,9

63,7

0,2

42,2

penya

69,1

69,1

6.

Jizzax viloyati “Issiqlik manbai” DK

4,2

2,9

1,2

0,1

1,0

joriy

3,0

1,8

1,1

0,1

1,0

penya

1,2

1,1

0,1

7.

Qashqadaryo viloyati “Issiqlik manbai” DUK

14,9

10,4

1,2

0,9

2,4

joriy

11,2

7,0

0,9

0,9

2,4

penya

3,7

3,4

0,3

8.

Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK

300,0

51,4

248,6

46,5

joriy

295,9

51,4

244,5

46,5

penya

4,1

4,1

9.

Namangan viloyati “Issiqlik manbai” DUK

48,6

36,1

1,8

10,7

6,6

joriy

28,3

15,8

1,8

10,7

6,6

penya

20,3

20,3

0,0

10.

Samarqand viloyati “Issiqlik manbai” DUK

20,7

8,8

2,3

9,6

joriy

19,7

8,8

1,3

9,6

penya

1,0

1,0

11.

Surxondaryo viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

1,5

1,4

0,1

0,6

joriy

1,2

1,1

0,1

0,6

penya

0,3

0,3

0,0

12.

Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

135,5

60,1

6,2

14,2

55,0

62,8

joriy

131,5

58,8

4,9

13,9

53,9

62,8

penya

4,0

1,3

1,3

0,3

1,1

13.

Angren “Issiqlik energiyasi” DUK

193,8

2,0

191,8

123,0

joriy

193,8

2,0

191,8

123,0

penya

0,0

0,0

14.

Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHK

120,6

105,7

2,4

12,5

78,6

joriy

116,3

101,4

2,4

12,5

78,6

penya

4,3

4,3

0,0

15.

Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ICHB

34,5

5,6

8,5

3,4

17,0

21,7

joriy

34,5

5,6

8,5

3,4

17,0

21,7

penya

0,0

0,0

16.

Qo‘qon “Issiqlik manbai” ICHDK

2,6

2,4

0,1

0,1

1,6

joriy

1,8

1,6

0,1

0,1

1,6

penya

0,8

0,8

0,0

17.

“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ

60,0

60,0

30,4

joriy

60,0

60,0

30,4

penya

18.

Xorazm viloyati “Issiqlik manbai” DUK

52,0

46,5

3,7

1,8

7,4

joriy

50,8

46,5

2,9

1,4

7,4

penya

1,2

0,8

0,4

19.

“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ

82,9

58,9

2,1

21,9

joriy

82,9

58,9

2,1

21,9

penya

20.

“Toshissiqquvvati” DUK

56,8

56,8

431,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-apreldagi 168-son qarori bilan issiqlik ta’minoti korxonalariga ajratilgan 895 milliard so‘m budjet ssudalarini qaytarish muddati shartnomalarda ko‘rsatilgan davrdan 3 yilga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qarzdorliklar miqdoriga solishtirma dalolatnomalar asosida aniqlik kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kechiktiriladigan qarzdorliklar miqdoriga mos ravishda “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJlarning “O‘zgaztreyd” AJ oldidagi, shuningdek, “O‘zsuvta’minot” AJ tizim tashkilotlarining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ oldidagi qarzdorliklarining to‘lov muddatlari kechiktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining issiqlik ta’minoti sohasidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QO‘SHIMCHA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘z hududidagi issiqlik ta’minoti tizimlarining doimiy soz holatda ishlashini nazorat qiladi, tizimlarda vujudga kelayotgan avariyaviy holatlarni bartaraf qilishda barcha kuch va vositalar safarbar qilinishini ta’minlaydi, ko‘p kvartirali uy-joylar hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasini qabul qilishga shayligini ta’minlashga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki isitish tizimlarini tiklash yoki yangilash xarajatlarini qonunchilik bilan taqiqlanmagan manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar bilan ta’minlash masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari moddiy-texnika bazasini va moliyaviy holatini yaxshilash, shu jumladan, debitor va kreditor qarzdorligini qisqartirishga hamda iste’molchilarga hisoblagichlar o‘rnatish parametrlari bajarilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy issiqlik ta’minoti korxonalarining inshoot va obyektlarida energiya tejamkor uskunalarni hamda muqobil energiya manbalarini o‘rnatish orqali ishlab chiqarish xarajatlari kamaytirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘z hududidagi issiqlik ta’minoti sohasidagi investitsiya loyihalarini kompleks tarzda ishlab chiqishdan boshlab o‘z vaqtida ishga tushirishgacha javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘rib chiqish va mablag‘lar iqtisod qilinishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘z hududidagi shahar va tumanlarning issiqlik ta’minoti obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish bo‘yicha takliflarni “Issiqlikta’minoti” AJ bilan birgalikda ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Amalga oshirilgan choralarning dastlabki, oraliq va yakuniy natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlariga har chorakda hisobot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Uy-joylar va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash hamda ularning energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishida

1.

Chinoz va Oltiariq tumanlaridagi to‘rt qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ularni izolyatsiyalash loyihalarini amalga oshirish.

1. Chinoz va Oltiariq tumanlarida 4 qavatli 20 tadan ko‘p kvartirali uy-joylarning manzilli ro‘yxati va dastlabki hisob-kitoblarini shakllantirish.

2. Ko‘p kvartirali uy-joylarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasoslari, quyosh panellari) hamda resurs tejamkor uskunalar (avtomatlashtirilgan fankoyl tizimi)dan foydalanish, uy-joylarni izolyatsiyalash tadbirlarini ko‘zda tutish.

Bir oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari

3. Ushbu tajriba-sinov loyihalari uchun talab qilinadigan mablag‘larni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish.

Loyihani amalga oshirish davrida

2.

Har bir hududda 100 tadan yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlik tadbirlarini amalga oshirish.

1. Hududlarda yakka tartibdagi aholi xonadonlarida energiya samaradorlikni oshirish yuzasidan fuqarolar uchun ko‘rgazmali taqdimotlarni tashkillashtirish.

2025-yil aprel

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

tijorat banklari

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (quyosh suv isitish qurilmalari, issiqlik nasoslari va shu kabilar) hamda energiya tejovchi qurilmalarni o‘rnatishga qiziqish bildirgan fuqarolarni saralab, yakka tartibdagi xonadonlarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil may

3. “Yashil” imtiyozli kreditlar va boshqa homiylik mablag‘lari hisobidan hududlarda kamida yuztadan yakka tartibdagi xonadonlarning energiya samaradorligini oshirish.

2025-yil davomida

3.

Buxoro viloyatidagi ijtimoiy soha va davlat muassasalari binolarining energiya samaradorligini oshirish va ularning issiqlik ta’minotini yaxshilash loyihalarini amalga oshirish.

1. Buxoro viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va loyihani boshlash.

Bir oy muddatda

Vazirlar Mahkamasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Buxoro viloyati hokimligi

(B. Zaripov)

2. Tanlab olingan muassasalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish, muassasalar binolarini izolyatsiyalash, doimiy issiq suv bilan ta’minlanadigan tejamkor sanitariya-gigiyena xonalari, qo‘l yuvish joylari hamda sport zallarida dush qabul qilish xonalarini texnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilish.

2025-yil dekabr

3. Ushbu loyihalarga talab etiladigan mablag‘larni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish.

Loyiha davrida

4.

Buxoro viloyati tajribasi asosida har bir hududda to‘rttadan ijtimoiy soha va davlat muassasalarida (maktabgacha ta’lim, maktab, tibbiyot, davlat idorasi) energiya samarador loyihalarni amalga oshirish.

1. Har bir hududda to‘rttadan ijtimoiy soha va davlat muassasalarida bajariladigan ishlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Loyihalarni amalga oshirishda energiya samaradorlik bo‘yicha tadbirlarning dastlabki qiymatini hisoblash.

3. Ushbu loyihalar uchun talab qilinadigan mablag‘larni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, Davlat budjeti, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan bosqichma-bosqich moliyalashtirib borish.

2025-yil davomida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

mahalliy davlat hokimiyati organlari

5.

Respublikada joylashgan barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini quyosh suv isitish uskunalari (geliokollektor) bilan to‘liq jihozlash.

1. Barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini quyosh suv isitish uskunalari (geliokollektor) bilan jihozlanganlik holatini o‘rganish.

2. Geliokollektor o‘rnatiladigan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

3. Dastlabki qiymatini hisoblab, talab etiladigan mablag‘lar miqdoriga aniqlik kiritish.

4. Davlat budjetidan tegishli mablag‘larni ajratish va shu yil yakuniga qadar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini geliokollektorlar bilan to‘liq jihozlash hamda natijasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

2025-yil oktabr oyiga qadar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fazilkarimov),

mahalliy davlat hokimiyati organlari

6.

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan 2026 — 2030-yillarda ko‘p kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish.

1. Respublikada mavjud ko‘p kvartirali uy-joylarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Jahon tajribasining mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga mos keladigan jihatlarini o‘rgangan holda ko‘p kvartirali uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish hamda energiya yo‘qotishlarini kamaytirishga qaratilgan Davlat dasturini ishlab chiqish.

Bunda ko‘p kvartirali uy-joylarning fasad va tom qismini issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplash, kirish yo‘laklarida energiya tejamkor oyna romlarini o‘rnatishni nazarda tutish.

2025-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

mahalliy davlat hokimiyati organlari

3. Davlat dasturini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash uchun Prezident Administratsiyasiga kiritish.

2025-yil iyul

7.

Jahon bankining kredit mablag‘i hisobidan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hamda kasalxonalarni yashil standartlar asosida energiya samaradorlik jihatdan ta’mirlash, ularni qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash tadbirlarini jadallashtirish.

1. Respublikada mavjud maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va kasalxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

Uch oylik muddatda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Ushbu muassasalarning energiya samaradorligini oshirish maqsadida ularni modernizatsiya (rekonstruksiya) qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Olti oylik muddatda

8.

Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida amalga oshiriladigan barcha modernizatsiya qilish loyihalari doirasida majburiy tartibda issiq suv bilan doimiy ta’minlanadigan qo‘l yuvish joylari, sanitariya-gigiyena xonalari hamda sport zallarda dush qabul qilish xonalarini texnik jihatdan foydalanishga qulay tarzda tashkil qilish choralarini ko‘rish.

1. Tashkil qilinadigan qo‘l yuvish joyi, sanitariya-gigiyena va dush qabul qilish xonalarining loyihalari bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

Ikki oylik muddatda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Texnik topshiriq asosida respublikadagi ijtimoiy soha muassasalarida amalga oshiriladigan barcha loyihalar doirasida sanitariya-gigiyena xonalari va dush qabul qilish xonalarini tashkil qilish.

Doimiy

9.

Respublikaning olis hududlarida joylashgan, isitishda ko‘mir yoqilg‘isidan foydalaniladigan maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot muassasalarini ekologik toza yoqilg‘i turlarida ishlovchi qurilmalar va muqobil issiqlik tizimlari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish.

1. Issiqlik energiyasi ko‘mir hisobiga ta’minlanadigan ijtimoiy soha obyektlarining ro‘yxatini shakllantirish.

2025-yil avgust

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev)

2. “iCRAFT” loyihasining birinchi transhi doirasida ajratilgan 2 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan 6 ta obyektda (2 ta maktabgacha ta’lim, 2 ta maktab ta’limi, 2 ta tibbiyot muassasasi) energiya samaradorlikni oshirish choralarini ko‘rish.

2025-yil dekabr

10.

Qarorda ko‘zda tutilgan loyiha va dasturlarni barqaror moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining maqbul shartlardagi kreditlari, grantlari va texnik yordamlarini jalb qilish hamda yakka tartibdagi aholi xonadonlari, xususiy sektorlar bino-inshootlari energiya samaradorligini oshirishga “Yashil” imtiyozli kreditlarini keng joriy etish.

1. Energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2. Eng maqbul shartlardagi qarz va grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish.

3. “Yashil” imtiyozli kreditlarini yakka tartibdagi aholi xonadonlari, xususiy sektorlar bino-inshootlari energiya samaradorligini oshirishga keng yo‘naltirish choralarini ko‘rish.

2025 — 2030-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

11.

Yangi energoservis xizmatlari bozorini shakllantirish.

1. Resurslarni tejash hisobiga modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi ixtisoslashgan energiya xizmatlari kompaniyalari bozori (ESKO) tizimi va inshootlarning energiya samaradorlik toifasini belgilash mexanizmlarini joriy qilish.

Ikki oy muddatda

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev),

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

2. Binolarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha milliy standartlarni xalqaro “BREEAM”, “LEED”, “EDGE” kabi “yashil standart”larga moslashtirish.

Uch oy muddatda

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, muqobil issiqlik tizimlari hamda energiya tejovchi uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish uchun mustaqil servis kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

To‘rt oy muddatda

12.

Mamlakatning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va uglerod neytralligiga erishish (dekarbonizatsiya) bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqishda binolarni isitish uchun muqobil texnologiyalar, xususan, issiqlik nasoslari o‘rnatishning o‘rta va uzoq muddatli maqsadli parametrlarini belgilash.

1. Mamlakatning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va uglerod neytralligiga erishish (dekarbonizatsiya) strategiyasini ishlab chiqish.

2. Bunda binolarni isitish uchun muqobil texnologiyalar, xususan, issiqlik nasoslari o‘rnatishning o‘rta va uzoq muddatli maqsadli parametrlarini belgilash.

2025-yil yakuniga qadar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev)

13.

Energiya samarador texnologiyalar va materiallarni, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi texnologiyalarning (issiqlik nasoslari, geliokollektorlar, quyosh panellari va shu kabilar) mamlakatimizda yanada keng ishlab chiqarilishini ta’minlash.

Tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish orqali energiya samarador texnologiyalar va materiallarni, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlovchi texnologiyalarning (issiqlik nasoslari, geliokollektorlar, quyosh panellari va shu kabilar) mamlakatimizda yanada keng ishlab chiqarilishini ta’minlash.

Bunda ushbu texnologiyalarni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini:

2025-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(U. Abidxodjayev),

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2025-yil yakunigacha 60 foizga yetkazish;

2025-yil dekabr

2027-yilda 80 foizdan oshirishni belgilab qo‘yish;

2027-yil

2025-yil yakuniga qadar metallurgiya zavodlari, qurilish industriyasi va boshqa sanoat korxonalaridan chiqib ketayotgan issiqxona gazlarini utilizatsiya va rekuperatsiya qilish orqali ushbu issiqlik energiyasidan qayta foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida takliflar kiritish.

2025-yil dekabr

14.

Yashil texnologiyalar va bino-inshootlarda takomillashgan energiya tejamkor materiallardan foydalanish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish ishlarini jadallashtirish.

1. Yashil texnologiyalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2. 2025-yildan boshlab har yili kamida bir marta yashil texnologiyalar bo‘yicha “Yashil texnologiyalar va energiya samarador ixtirolar” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

3. Yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish.

Doimiy

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti

(F. Nabiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Issiqlik ta’minoti sohasini isloh qilish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘nalishida

15.

Issiqlik ta’minoti sohasida olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi “Issiqlikta’minoti” AJni tashkil etish.

1. “Issiqlikta’minoti” AJni belgilangan tartibda tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Bir oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

2. Issiqlik ta’minoti sohasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, “Issiqlikta’minoti” AJning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

Uch oy muddatda

4. Jamiyatning ustav kapitalini shakllantirish.

Olti oy muddatda

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy issiqlik ta’minoti korxonalarini qayta tashkil qilish.

1. Korxonalarni qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzish.

Ikki oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulki, huquq va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish hamda issiqlik ishlab chiqarish hamda issiqlik tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lgan issiqlik ta’minoti tashkilotlariga balans qiymatida beriladigan mol-mulk, shuningdek, huquq va majburiyatlar ro‘yxatini shakllantirish.

Uch oy muddatda

3. Hududiy issiqlik ta’minoti tashkilotlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tashkil etish.

Uch oy muddatda

4. Hududiy issiqlik ta’minoti tashkilotlarini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tarzida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va “Issiqlikta’minoti” AJni ta’sischi etib belgilash.

Uch oy muddatda

5. Hududiy issiqlik ta’minoti korxonalarining ustav kapitalidagi “Issiqlikta’minoti” AJ ulushini beriladigan mol-mulklarning balans qiymatiga kamaytirish.

2025-yil may

17.

“Issiqlikta’minoti” AJ faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Jamiyatni joylashtirish uchun bino va inshootlarni ajratish bo‘yicha taklif kiritish.

Bir oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

2. Mazkur bino va inshootlarni davlat ulushini oshirish hisobiga “Issiqlikta’minoti” AJ ustav kapitaliga kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ikki oy muddatda

18.

“Issiqlikta’minoti” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash.

Bunda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihalari bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini berish.

“Issiqlikta’minoti” AJga quyidagi vazifalarni yuklash:

1. Tarkibidagi tashkilotlarning tarif siyosatini yuritish.

Uch oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov)

2. Operatsion samaradorlikni oshirish, raqamlashtirish, kadrlar malakasini oshirish.

3. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini muvofiqlashtirish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.

4. Loyihalar doirasida belgilangan samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) ijrosini monitoring qilish.

5. “Issiqlikta’minoti” AJ huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi buyurtmachi xizmatini tashkil etish.

6. Injiniring kompaniyasining nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

keyinchalik doimiy

19.

Issiqlik ta’minoti korxonalarining debitor va kreditor qarzdorliklarini raqamlashtirish orqali bosqichma-bosqich qisqartirish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda debitor qarzdorliklarni har bir korxonaning billing tizimi orqali aniqlashtirish.

2. Noaniq qarzdorliklarni to‘liq qayta hisob-kitob qilish. Bunda:

 hisob-kitob ishlarini dastlab Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti xizmatlaridan qarzdor aholi va yuridik tashkilotlardan boshlash;

 Toshkent shahrida aniqlangan muammolarni o‘rnida bartaraf etish va kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish.

3. Barcha hududlarda billing tizimining uzluksiz va real rejimda ishlashini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

 aholi va yuridik tashkilotlarga xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn tarzda masofadan to‘lash imkoniyatlarini yaratish;

 to‘lovlarni turli mobil ilovalar (bank va elektron to‘lov tizimlari, telegram bot va boshqalar) orqali to‘lashni yo‘lga qo‘yish;

 sohani raqamlashtirish choralarini ishlab chiqish, amalga oshirish va nazorat qilish.

2025-yil noyabr oyiga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

20.

“Issiqlikta’minoti” AJ tomonidan sohani bosqichma-bosqich barqaror rivojlantirish yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish.

Tegishli qaror loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish, bunda:

sohani bosqichma-bosqich barqaror rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilashni;

2025 — 2030-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha manzilli dasturni;

2025 — 2030-yillarda issiqlik tarmoqlarini joriy ta’mirlash, qozonxona jihozlarini (jumladan, gaz gorelkalari) energiya tejamkor uskunalarga almashtirish hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga individual issiqlik punktlarini o‘rnatish orqali yopiq tizimga o‘tkazish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlashni nazarda tutish.

Mazkur chora-tadbirlar uchun Davlat budjetidan 50 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish.

Uch oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

21.

Bosqichma-bosqich viloyat markazlari hamda yirik shaharlar issiqlik ta’minotini elektron modellashtirish asosida issiqlik ta’minotini rivojlantirish sxemalarini (elektron model) ishlab chiqish.

Bunda elektron modellarni ishlab chiqish uchun zarur mablag‘larni 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ko‘zda tutish.

1. Issiqlik ta’minotini rivojlantirish sxemasini (elektron modelini) ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni hisob-kitob qilish.

Uch oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Issiqlik ta’minotini rivojlantirish sxemasini (elektron modelini) ishlab chiqish konsepsiyasi, loyihalashtirishga topshiriqlar, boshlang‘ich ruxsat berish hujjatlarini tayyorlash va boshqa ishlarni boshlash.

2025-yil dekabr

3. Hududlarning issiqlik ta’minotini rivojlantirish sxemasini (elektron modelini) shakllantirish va bazasini yaratish.

2026 — 2028-yillar

22.

Issiqlik tizimlarida energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha dasturni amalga oshirish.

Sohaga energiya samarador texnologiya va uskunalarni keng joriy etish. Bunda:

1. Tegishli dasturni shakllantirish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

2. Har yili ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida issiqlik ta’minoti sohasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 10 foizini energiya tejovchi uskunalarni o‘rnatishga yo‘naltirish.

Doimiy

3. Dasturni amalga oshirish hamda natijasi yuzasidan axborot kiritib borish.

Har yili dekabr

23.

Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi yangi istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

1. XMI ishtirokida amalga oshiriladigan yangi istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

2. Ushbu xarajatlar uchun Davlat budjetidan 10 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘lar ajratish.

Bir oylik muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

24.

Qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish loyihalari amalga oshirilgan issiqlik ta’minoti obyektlarini energiya resurslar (tabiiy gaz, elektr energiya, suv) bilan uzluksiz ta’minlash.

1. Belgilangan tartibda loyihalashtirish topshiriqlari, boshlang‘ich ruxsat berish hujjatlarini o‘z vaqtida berish.

2. Issiqlik ta’minoti loyihalari amalga oshirilgan obyektlarni uzluksiz hamda zarur hajmlarda energiya resurslar (tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv) bilan ta’minlash.

Doimiy ravishda

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

“Hududgazta’minot” AJ

(M. Xodjayev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(A. Askarov),

“O‘zsuvta’minot” AJ

(A. Suvonqulov)

III. Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish yo‘nalishida

25.

Jahon banki bilan hamkorlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda issiqlik ta’minotini barqaror rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekistonda issiqlik ta’minotini 2050-yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

O‘zbekistonda issiqlik ta’minotini 2050-yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

1. Jahon banki ekspert va konsultantlari bilan hamkorlikda respublika issiqlik ta’minoti sohasini tahlil qilish.

2. Mavjud muammo va kamchiliklarni inobatga olgan holda xorij tajribalari hamda imkoniyatlari asosida istiqbollarni belgilash.

3. Sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda issiqlik ta’minotini barqaror rivojlantirishga erishishni nazarda tutish.

2025-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

26.

“Issiqlikta’minoti” AJ tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solish.

1. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlarni (tariflarni) “Issiqlikta’minoti” AJ tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirish.

2. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narxlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish va tartibga solish.

Bunda issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun aholiga qo‘llanadigan pasaytirilgan tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich tannarx darajasiga yetkazishni nazarda tutish.

2025-yil 1-apreldan boshlab

Vazirlar Mahkamasi,

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

(X. Turaxujayev)

27.

Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tarif siyosatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

 issiqlik ta’minotining yopiq tizimiga o‘tgan hududlarda iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni hisoblagichlar orqali yetkazilgan issiqlik energiyasiga nisbatan hisoblash metodikasini joriy qilish;

 tariflarni hisoblashda investitsiya xarajatlarini oshirishni rag‘batlantiruvchi “aktivlar bazasini tartibga solish” (Ragulatory Asset Base) usulini joriy etish;

 issiqlik energiyasi va issiq suv uchun oldindan to‘lov muddatini 2 oyga tushirishni nazarda tutish.

To‘rt oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

(X. Turaxujayev),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

28.

2025-yildan boshlab issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, ochiq va yopiq tizimlar orqali uzatish uchun yoqilg‘i, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining me’yorlarini hamda issiqlik ta’minoti yuklamalarini, shuningdek, texnologik yo‘qotishlarni tasdiqlash.

1. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatishda resurslarning haqiqiy sarfi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob-tahlil usuli asosida aniqlash.

Har yili 1-dekabr

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Mazkur ko‘rsatkichlarni ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda yillik, choraklik, oylik davrlar uchun ishlab chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tasdiqlash uchun kiritish.

Har yili 15-yanvar

29.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalariga issiqlik energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish.

1. “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil iyun

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

30.

Isitish tizimlarini modernizatsiyalashda zamonaviy qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalarini qo‘llash yuzasidan taklif kiritish.

1. Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

2. Tajriba-sinov loyihalari natijalari bo‘yicha issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish yuzasidan taklif kiritish.

2025-yil yakuniga qadar

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Energetika vazirligi

(M. Mirzamahmudov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

(Z. Xaldarov)

31.

Issiqlik ta’minotining yopiq tizimiga o‘tkazishda ko‘p kvartirali uy-joylar va boshqa muassasalarga o‘rnatilgan individual issiqlik punktlarini (IIP) hamda ichki issiqlik va issiq suv tarqatuvchi yotiq tizimlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash.

Bunda ushbu tizimlarni ekspluatatsiya qilishni hududiy issiqlik ta’minoti korxonalariga yuklash.

Individual issiqlik punktlarini o‘rnatish, saqlash va ekspluatatsiya qilish tartib-qoidalarini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda ko‘p kvartirali uy-joylarga o‘rnatiladigan individual issiqlik punktlari uchun talab etiladigan:

Uch oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

“O‘zsuvta’minot” AJ

(A. Suvonqulov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(A. Askarov)

 suv ta’minoti va bosimlarini belgilangan tartibda ta’minlab berish;

 elektr tarmog‘iga ulash uchun texnik shartlar berish va ulash ishlarini tashkil etish.

Doimiy ravishda

32.

Issiqlik ta’minoti korxonalarining qo‘shimcha daromad manbasini kengaytirish maqsadida foydalanishdan chiqarilgan hamda tarkibida qora va metall parchalari bo‘lgan ma’nan va jismonan eskirgan issiqlik tarmoqlari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlarni belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotish hamda sotishdan tushgan mablag‘larni korxonalarni rivojlantirishga yo‘naltirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish.

Ikki oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

33.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga qo‘shimcha vazifa va funksiyalarni yuklash.

Vazirlikka oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash. Bunda vazirlikka:

 issiqlik ta’minoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

 sohada zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar tayyorlash;

 ilg‘or xorijiy tajribalar asosida xalqaro standartlarni joriy etish;

 issiqlik ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqish;

 sohada zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish;

 jamiyatning ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyador huquqini amalga oshirish.

Uch oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

34.

Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yaxshilash.

1. Sohada xorijiy davlatlarning ta’lim dasturlarini o‘rganish asosida zarur mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

Ikki oy muddatda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Sohada ish beruvchilarning talab va buyurtmalari asosida malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

3. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun mahalliy va xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rish.

O‘quv yili davomida

35.

Issiqlik ta’minoti sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish.

1. Issiqlik ta’minoti tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi dunyoning ilg‘or kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish va amaliy o‘quv markazini tashkil etish.

2025-yil yakuniga qadar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Doimiy ravishda

3. Mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari, amaliy seminar va treninglar tashkil etish.

Doimiy ravishda

36.

Issiqlik ta’minoti sohasida kadrlar qo‘nimsizligini bartaraf qilish hamda malakali mutaxassislar uchun sohaning jozibadorligini oshirish maqsadida soha xodimlarining mehnatiga haq to‘lash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Issiqlik ta’minoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Ikki oy muddatda

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(S. Sadullayev)

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil avgust

37.

Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Sohaga daxldor amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish.

Bir oy muddatda

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

2. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda kiritish.

To‘rt oy muddatda

IV. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida

38.

Sohaga xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini hamda maslahat xizmatlarini jalb qilish.

1. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tashkilotlarining imtiyozli kredit mablag‘lari va xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalarini (grantlari) jalb qilish.

2. Loyihalarning konsepsiyalari, baholash hujjatlari, texnik-iqtisodiy asoslari, biznes rejalarini ishlab chiqish va kelishish.

3. Tender savdolarini o‘tkazish.

2025 — 2027-yillar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra)

39.

Issiqlik ta’minotida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalashtirish — qurish — modernizatsiya qilish — boshqarish — qaytarish jarayonlarini qamrab oluvchi loyihalarni amalga oshirish.

Bunda imkoniyat mavjud hududlarda kogeneratsiya texnologiyalarini o‘rnatish, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga ustuvorlik berish.

1. Loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda investorlar bilan muhokamalar olib borishda IIP o‘rnatish, yopiq tizimga o‘tkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish hamda imkon qadar isitish tizimlarini elektrlashtirish va natijada issiqlik yo‘qotishlarini minimallashtirish bo‘yicha majburiyatlarni belgilash.

2025-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Loyihalarni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirish.

2026 — 2030-yillar

40.

Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya va ekspluatatsiya qilish loyihalari doirasida xususiy sheriklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan amalga oshirish tartibini joriy qilish.

1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga DXSH loyihalari doirasida xususiy sheriklar bilan hisob-kitoblarni yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan amalga oshirish mexanizmlarini belgilovchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2025-yil may

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. DXSH loyihalari amalga oshirilayotgan ijtimoiy soha muassasalari xususiy sheriklar tomonidan issiqlik energiyasini o‘lchovchi hisoblagichlar bilan jihozlanishini ta’minlash.

DXSH loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narxlarni (tariflarni) hududiy narxlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borish.

Doimiy

41.

Nukus va Buxoro shaharlari issiqlik ta’minoti tizimlarida bir vaqtning o‘zida ikki turdagi energiya ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish loyihasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshlash choralarini ko‘rish.

1. Hududlarga borib, ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish.

2. Loyihalarning TIAlarini ishlab chiqish choralarini ko‘rish.

2025-yil avgust oyiga qadar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Umrzakov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

“Issiqlikta’minoti” AJ

(lavozimiga ko‘ra),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Buxoro viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

S. A. Sadullayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi hamrahbari

S. Q. Eshquvvatov

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi hamrahbari

M.B. Jumaniyozov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri

I.A. Nimatullayev

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi rahbari

O.A. Jurayeva

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

A. O. Qobilov

energetika vaziri o‘rinbosari

O. R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlarining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

O.M. Pardayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktorining birinchi o‘rinbosari, Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qaroriga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018 — 2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2912-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4542-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi “to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 8-bandning “a” kichik bandi hamda 5, 5a — 5n-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2-ilovaning 7 va 11-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar 2023 — 2026-yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha obyektlarini ekologik toza yoqilg‘i turlariga (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlariga (issiqlik nasoslari va shu kabilar) o‘tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta’mirlash va belgilangan me’yorlarda ishlashini ta’minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini ko‘rsin. Bunda:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tanlab olingan xususiy sheriklar bilan birga 2-ilovada belgilangan hududlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tuman (shahar)lardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish choralarini ko‘rsin. Bunda xususiy sheriklar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat sheriklari tomonidan tuzilgan ishchi guruh muhokamasiga taqdim etiladi hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish xarajatlari hududlarning mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan modernizatsiya mablag‘lari bilan birga moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, bo‘sh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborxona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish choralarini ko‘rsin. Bunda yer va mulkni ijaraga berish qoidalari, ijara to‘lovlarini amalga oshirish tartibi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari, ijaraga berilgan mol-mulklarning ro‘yxati hamda ularni nazorat qilish tartibi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining (keyingi o‘rinlarda — Loyihalar) konsepsiyalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sheriklari bir hafta muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ma’qullanib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilgandan so‘ng, modernizatsiya ishlari boshlanishiga ruxsat beriladi hamda mazkur ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha xususiy sherik javobgar hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat sherigi etib — tuman (shahar) hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga mas’ul vazirlik va idoralar hududiy organlari belgilansin. Bunda tuman(shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari (tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va h.k.) davlat sherigining huquq va majburiyatlari bajarilishiga mas’ul etib belgilansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini xatlovdan o‘tkazish va davlat ekspertizasidan o‘tkazishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda ekologik toza yoqilg‘i turlari (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (issiqlik nasoslari va shu kabilar) orqali ishlaydigan energiya tejamkor qozonlarni o‘rnatish va obyektlardagi ichki issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlari hamda issiqlik energiyasi hisoblagichlari o‘rnatilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarining ichki qismlarida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada ta’minlash. Bunda 2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlarini hamda yetkazib berilgan issiqlik miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida issiqlik energiyasi hisoblagichlarini o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasi yo‘qotishlarini 30 foizga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlariga zamonaviy energiya tejamkor qozonlarni o‘rnatish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va ta’mirlash hamda yetkazib berilgan issiqlik ta’minoti uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi doimiy ravishda DXSH loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narxlarni (tariflarni) hududiy narxlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari “Bosh prokuratura” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Tegishli soha vazirliklari davlat sheriklari bilan birgalikda Loyihalar bo‘yicha tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilishi va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat sheriklari monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar uchun bitimni bekor qilishgacha bo‘lgan choralarni ko‘rsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 19-band band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qo‘chqorov zimmalariga yuklansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025 — 2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-454-son qarori 5-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2025-yilda ishga tushiriladigan ta’lim muassasalari obyektlarini, issiqlik ta’minoti obyektlarini va boshqa (tibbiy-ijtimoiy, ichimlik suv ta’minoti obyektlari, avtomobil yo‘llari va boshqa) obyektlarni 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirish”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)