SAMARQAND VILOYATI NUROBOD TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tumanda boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini hisobga olish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 211-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining6 va 451-moddalari, 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-sonli Farmonlariga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-sonli Farmoniga asosan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tartibda bekor qilinganda, ushbu yer uchastkalarini davlat mulkidagi boʻsh turgan yer sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida tuman hokimlariga qaror qabul qilish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi yer maydonlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini inobatga olgan holda ilovaga muvofiq yer maydonlari tuman hokimligi tasarrufiga boʻsh turgan yer uchastkalari sifatida belgilangan tartibda qaytarib olinsin va davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin.
3. Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (M.Muxtorov) qonunchilikda belgilangan tartibda yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
4. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Gʻ.Musirmanov) davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish xarajatlarini belgilangan tartibda tuman mahalliy byudjeti hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
5. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali, “Oʻzdavyerloyiha” DILI “Samvilyerloyiha” boʻlinmasi bilan birgalikda tuman hokimligi nomiga davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ochiq elektron savdolariga chiqarish choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari – tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi v.v.b S.Mirzoxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi M. BURANOV
Samarqand viloyati, Nurobod tumani,
2025-yil 12-sentabr,
205-7-99-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.