ANDIJON VILOYATI OLTINKOʻL TUMANI HOKIMINING
QARORI
Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon tuzish, geodeziya va xatlov ishlari natijalari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi 475-sonli qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-yanvardagi “Oʻrmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 31-sonli qarorining, 1-ilovasi 4-boʻlim 2-xat boshi (oʻrmonlarni davlat hisobini yuritish hujjatlari, oʻrmon tuzish loyihalari, davlat o'rmon fondini xatlovdan oʻtkazish va tekshirish materiallari asosida davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan toʻldirilib, tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadigan hujjatlar)ga Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6, 76-moddalariga va Andijon davlat oʻrmon xo'jaligining 2025-yil 18-avgustdagi 01/6-273-sonli xatiga asosan “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligida amalga oshirilgan oʻrmon tuzish, geodeziya va xatlov ishlarini oʻtkazilganligini inobatga olib, Mahalliy davlat hokimiyati toʻgrisida”gi qonunning 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Andijon davlat o'rmon xo'jaligining 2025-yil 18-avgustdagi 01/6-273-sonli xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi balansida boʻlgan yer maydonlarida oʻrmon tuzish, geodeziya va xatlov ishlarining yakuniy natijalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Andijon davlat oʻrmon xo'jaligi balansida boʻlgan 116,7 gektar yer maydoni va mavjud oʻrmonzorlari hisobotidagi yer toifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmon fondi yerlarida noqonuniy yerdan foydalanish ishlarini bartaraf etish hamda kelgusida yoʻl qoʻymaslik, oʻrmonzorlar va koʻp yillik daraxtzorlarni himoya qilish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun oʻrmon xo'jaligi direktori (Q.Abidov) shaxsan javobgar ekanligi qayd etilsin.
5.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari М.Umarovga yuklatilsin.
Tuman hokimi O. RASULOV
Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani,
2025-yil 28-avgust,
224-1-15-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.