17.01.2020 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻrmonlarni muhofaza qilish, koʻpaytirish, qayta tiklash va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, oʻrmonlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, oʻrmonlarga salbiy taʼsirlarning, ular holatidagi oʻzgarishlarning oʻz vaqtida oldini olish, ularni aniqlash, baholash va prognoz qilish yuzasidan oʻrmonlar monitoringi hamda oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-yil 31-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida mavjud boʻlgan oʻrmonzor yer maydonlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika hududida mavjud boʻlgan tabiiy holda oʻsuvchi oʻsimlik va hayvonot dunyosi tur tarkibi va uning zaxiralarini toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, respublika hududidagi oʻrmon fondi yer maydonlarini hamda ushbu hududlarda mavjud boʻlgan tabiiy oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlari, tarkibi va ularning zaxiralarini xatlovdan oʻtkazishni moliyalashtirish manfaatdor vazirlik va idoralarga yillik ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-yanvardagi 31-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish davlat oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda ularning oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan oʻrmon fondi tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlarni nazorat qilish hamda oʻrmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqlik kiritib borish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobi — oʻrmonlarning holati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari — oʻrmon tuzish loyihalari, davlat oʻrmon fondini xatlovdan oʻtkazish va tekshirish materiallari asosida davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan toʻldirilib, tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari — belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq alohida himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, rekreatsion, ilmiy, tarixiy yoki boshqa maxsus maqsadlar boʻyicha ajratilgan oʻrmonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrmonlarning davlat hisobi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrmonlar holatida boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrmonlarni kuzatish va boshqa oʻrganish materiallari asosida oʻrmon xoʻjaligini yurituvchi subyektlar tomonidan har yili oʻrmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarida davlat oʻrmon fondining hududiy, geografik joylashuvi, maydoni, qoʻriqlanish toifalari, oʻrmonzorlarning tur tarkibi, daraxt va butalarning turlari, ular zaxirasining miqdori va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari yangilangan maʼlumotlar asosida, qoida tariqasida, har oʻn yilda bir marotaba yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrmonzorlar mavjud boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlarga oʻrmonlarning davlat hisobi yuritilishida Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat oʻrmon fondining yer turlari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar boʻyicha Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari hamda oʻrmonzorlar mavjud boʻlgan subyektlar oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning 1-fevraliga qadar Qoʻmitaning hududiy organlariga taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmitaning hududiy organlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari bilan birgalikda davlat oʻrmon fondining yer turlari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimlari bilan kelishilgan holda, fevral oyining 15 sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmitaning hududiy organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari bilan birgalikda davlat oʻrmon fondining yer turlari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlash haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va mart oyining 1 sanasiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini umumlashtirish ishlari yakunlangandan soʻng davlat oʻrmon fondining yer turlari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning mart oyi 15 sanasiga qadar qabul qilinadi va ushbu qaror 15 kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki tegishli viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning aprel oyi 15 sanasiga qadar tegishli qaror nusxasi bilan birgalikda Qoʻmitaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqish va davlat oʻrmon kadastrini yuritishda foydalanish uchun Qoʻmitada doimiy saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻri tuzilishiga oʻrmonlarning davlat hisobini olib boruvchi subyektlarning rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari hamda oʻrmonzorlar mavjud boʻlgan boshqa tashkilotlar

Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlariga taqdim etadi.

Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
1-fevraliga qadar


2-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari

Davlat oʻrmon fondini�g yer toifalari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun kiritadi.

Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
15-fevraliga qadar


3-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlari

Davlat oʻrmon fondining yer toifalari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun kiritadi.

Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
1-martiga qadar


4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

Davlat oʻrmon fondining yer toifalari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining qarori qabul qilinadi.

Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
15-martiga qadar


5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

Davlat oʻrmon fondining yer toifalari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlarni kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqilishi va davlat oʻrmon kadastrini yuritilishida foydalanish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga taqdim etadi.

Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
15-apreliga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________ viloyati, ________________ tumanidagi _______________ oʻrmon xoʻjaligi tashkilotida davlat oʻrmon

fondining yer toifalari va oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari boʻyicha taqsimlanishi

20 __ yil 1-yanvar holatiga

Qoʻriqlanish toifalari

Umumiy maydon

Oʻrmonli yerlar

Jami oʻrmonli yerlar

Oʻrmonsiz yerlar

Oʻrmon bilan qoplangan

Tutashmagan oʻrmonzorlar

Oʻrmon koʻchatxonalari

Oʻrmon bilan qoplanmagan yerlar

Ekin yerlar

Pichanzorlar

Yaylovlar

Suv ostidagi yerlar

Bogʻ, uzumzor va tutzorlar

Yoʻllar

Tomorqa yerlari

Qumliklar

Boshqa yerlar

Jami oʻrmonsiz yerlar

jami

Shundan madaniy oʻrmonzorlar

Siyrak oʻrmonlar

Tabiiy ofat hamda oʻrmon yongʻinlari tufayli nobud boʻlgan maydon

Sogʻlomlashtirish uchun va reja asosida kesilgan maydon

Taqir yer (yalanglik)lar

Jami oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmonzorlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar,

suv omborlari va boshqa suv

obyektlari sohillari boʻylab

oʻtgan taqiqlangan hududlari

Oʻrmonlarning ovlanadigan

qimmatli baliqlar uvildiriq

sochadigan joylarini muhofaza

qiluvchi taqiqlangan hududlari

Eroziyadan saqlaydigan

oʻrmonlar

Oʻrmonlarning temir yoʻl va

avtomobil yoʻllari boʻylab

oʻtgan ihota hududlari

Choʻl va chala choʻl

hududidagi oʻrmonlar

Shahar oʻrmonlari va

oʻrmon-bogʻlar

Shaharlar, boshqa aholi

punktlari va sanoat

markazlari atrofidagi

koʻkalamzorlashtirilgan

hudud oʻrmonlari

Suv obyektlarini muhofaza

qilish hududidagi oʻrmonlar

Tabiiy kurort hududlari

va dam olish hududlaridagi

oʻrmonlar

Alohida qimmatga ega

boʻlgan oʻrmon mavzelar

Yongʻoqzor oʻrmonlar

Oʻrmonning mevali

daraxtzorlari

Davlat qoʻriqxona oʻrmonlari

Kompleks (landshaft)

buyurtma,tabiiy bogʻlar va

davlat biosfera

rezervatlaridagi oʻrmonlar

Ilmiy yoki tarixiy

ahamiyatga ega boʻlgan

oʻrmonlar

Jami


Tashkilot rahbari

imzo

(muhr)

(F.I.O.)


Masʼul xodim (bosh oʻrmonchi)


imzo


(F.I.O.)


Kelishildi: Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi


imzo


(muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________ viloyati, ________________ tumanidagi _______________________________________________________

(oʻrmon xoʻjaligi nomi)

oʻrmonlarni tashkil etuvchi asosiy daraxt va butalarning turlar hamda yosh toifalari boʻyicha taqsimlanishi

20__yil 1-yanvar holatiga

Daraxt turlari

Oʻrmonlarni tashkil etuvchi daraxt va buta turlari va yosh toifalari (ga)

Daraxtlarning yosh toifalari boʻyicha umumiy zaxirasi (kub metr)

Umumiy oʻrtacha oʻsish hajmi (kub metr)

Oʻrtacha yoshi (yil)

Jami

Yosh

Oʻrta yoshli

Ulgʻayish

arafasida

Etilgan

(pishgan)

Etilib oʻtgan

Jami

Yosh

Oʻrta yoshli

Ulgʻayish

arafasida

Etilgan

(pishgan)

Etilib oʻtgan

1-toifa

2-toifa

1-toifa

2-toifa

1. Oʻrmonzorlarning asosiy turlari

a) Igna barglilar

Qrim qaragʻayi

Eldor qaragʻayi

Oddiy qaragʻay

Zarafshon archasi

Yarim sharsimon archa

Turkiston archasi

b) Qattiq barglilar

Eman

Oddiy shumtol

Yashil shumtol

zarang (klyon)

Qayrogʻoch

Qora (oq) saksovul

Oq akatsiya

Chinor

Tikandaraxt (gledichiya)

Safora

Kashtan

Aylant

v) Yumshoq barglilar

Qayin (oq qayin)

Terak

Turongʻi

Qora tol

2. Boshqa turdagi daraxt turlari

Oʻrik

Bexi

Olcha

Argʻuvon (bagryannik)

Sariq doʻlana

Qora gilos

Nok

Anjir

Tugʻdona (karkas)

Katalpa

Qizil

Mayda bargli jiyda

Yirik mevali jiyda

Maklyura

Buxoro bodomi

Oddiy bodom

Shirin bodom

Grek yongʻogʻi

Ryabina

Olxoʻri

Jilon jiyda

Pista

Xurmo

Shumurt (cheyomuxa)

Gilos

Tut

Olma

3. Butasimonlar

Sariq akatsiya

Qum akatsiyasi (quynsuyak)

Qoraqand (barbaris)

Qazil doʻlana

Togʻ olchasi

Uzum

Anor

Yulgʻun

Uchqat (jmilost)

Butasimon tol

Qandim

Mojjevelnik

Chakanda (oblepixa)

Shaftoli

Torilis (puzireplodnik)

Nastarin (siren)

Totum (sumax)

Namatak

Cherkez

Qoramart (ekzoxorda)

Saksovul

Kesilgan daraxt va butalar oʻrni

Yongan daraxt va butalar oʻrni



Tashkilot rahbari

imzo

(muhr)

(F.I.O.)


Masʼul shaxs (bosh oʻrmonchi)


imzo


(
F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻrmonlarni tashkil etuvchi daraxt va buta turlarining yosh toifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh — daraxtlarning shoxlari yopilishining va rivojlanish toifalari boʻyicha tabiiy tabaqalanishi jarayonining boshlanish davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta yoshli — daraxtlarning intensiv oʻsishi (balandligi va diametri)da maʼlum bir pasayish yuzaga keladigan davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgʻayish arafasida — daraxtlarning sifat belgilari aniq namoyon boʻlgan, uzluksiz oʻsib borayotgan, pishish yoshining boshlanishidan oldingi yosh davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etilgan (pishgan) — yogʻoch mahsulotini eng koʻp koʻpaytirish yoshiga yetgan pishib yetilgan daraxtlar, sekin oʻsishi bilan ajaralib turadigan davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etilib oʻtgan — daraxt pishib yetish davri boshlanishidan ikki yoki undan ortiq yosh toifasida boʻlib, daraxt oʻsishi kamayadi va uning texnik xususiyatlari yomonlashadi, yogʻoch olish darajasi asta-sekin kamayib boradigan davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-yanvardagi 31-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlar monitoringi — oʻrmonlarga salbiy taʼsirlarning oʻz vaqtida oldi olinishi uchun davlat oʻrmon fondi holatidagi oʻzgarishlarni aniqlash, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iborat axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon monitoringi hujjatlari — oʻrmon xoʻjaliklari, tumanlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladigan oʻrmonlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlar monitoringi obyekti — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oʻrmonzorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon patologiyasi monitoringi — vaziyatni tezkor baholash, oʻz vaqtida bashorat qilish, patologik oʻzgarishlarni tezkor aniqlash orqali oʻrmonlarni muhofaza qilish, oʻrmonlarni boshqarish boʻyicha qaror qabul qilish maqsadida oʻrmonlarning patologik holatini tezkor nazorat qilish, oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari taʼsirida ular barqarorligining buzilishi natijasida zararlanishi, antropogen taʼsirlar natijasida oʻrmon patologiyasidagi mavjud oʻzgarishlarni sifatli baholash tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon yongʻinlari monitoringi — oʻrmonlarni yongʻindan himoya qilish, yongʻinlar va ularning kelib chiqish sabablari monitoringini yuritish, yongʻinlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, oʻrmon yongʻinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish, yongʻin xavfini bashorat qilishga qaratilgan oʻrmon yongʻinlari kuzatuvi tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi — oʻrmon fondi yerlariga, oʻrmon fondidagi oʻrmon resurslariga va mahsulotlariga atrof-muhitning antropogen ifloslanishi taʼsir etish darajasini oʻrganish tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrmonlar monitoringining maqsadi oʻrmonlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan tabiiy va texnogen holatlarning oʻrmonlarga taʼsirini tezkor kuzutib borish, oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, oʻrmon resurslaridan samrali foydalanish va oʻrmonchilik tizimini barqaror boshqarish borasida kelgusidagi ishlarni prognozlash hamda davlat oʻrmon fondidagi oʻzgarishlar holatini tezkor kuzatib borishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻrmonlar monitoringi davlat oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda ularning oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻrmonlar monitoringi Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan tashkil etiladi va davlat oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarida mavjud boʻlgan oʻrmonzorlarning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrmonlar monitoringi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻrmonlar monitoringining asosiy turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrmonlar monitoringi quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon patologiyasi monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon yongʻinlari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlari monitoringi oʻrmonlarning davlat hisobini yuritish va oʻrmon tuzish maʼlumotlariga asoslanadi hamda oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlaridagi joriy oʻzgarishlar baholanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrmon patologiyasi, oʻrmon yongʻinlari hamda radiatsiya bilan zararlangan va atrof-muhit texnogen ifloslangan zonalardagi oʻrmonzorlar monitoringi oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan amalga oshiriladi hamda Qoʻmita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻrmonlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrmon xoʻjaliklari, tumanlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha Qoʻmita hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi va har chorakda Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻrmonlarning monitoringi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻrmonlarning holati va ulardan foydalanish koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrmonlarning monitoringi quyidagi asosiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringi oʻrmon tuzish loyihalari asosida, oʻrmon tuzish ishlari oʻtkazilmagan joylarda esa, davlat oʻrmon fondini hisobga olish, oʻrmonni xatlovdan oʻtkazish, oʻrmon kadastri, oʻrmon monitoringi hujjatlari va boshqa oʻrmonlarni oʻrganish materiallari asosida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringi oʻrmon fondi tizimidagi boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida monitoring olib borish maqsadida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqliklar kiritib borilishini taʼminlashi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlar holatida boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrmonlarni kuzatish va boshqa oʻrganish materiallari asosida oʻrmon xoʻjaligini yurituvchi subyektlar tomonidan har yili oʻrmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringini amalga oshirish hujjatlarida oʻrmon fondining umumiy tavsifi, oʻrmondan foydalanish, oʻrmon barpo qilish va tiklash tadbirlari, oʻrmonlarga salbiy taʼsirni baholash, oʻrmon bilan qoplangan maydondagi oʻzgarishlar, oʻrmonlarni muhofaza qilish tadbirlari va oʻrmon yongʻinlaridan saqlash toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻrmonlarning monitoringini yuritishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika boʻyicha oʻrmonlarning monitoringi hujjatlarini umumlashtirish va oʻrmon monitoringi hujjatlarining belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan idoraviy nazorat Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻrmon fondi yerlari doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi oʻrmonzorlari mavjud boʻlgan tashkilotlarga oʻrmonlar monitoringi yuritilishida Qoʻmita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari mazkur hujjatlarni tuzgan tashkilot rahbari va masʼul xodim tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlar oʻrmonlar monitoringini yuritish hujjatlarini oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning 1-fevraliga qadar Qoʻmitaning hududiy organlariga umumlashtirish uchun taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrmonlar monitoringini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar boʻyicha Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoʻmitaning hududiy organlari tomonidan oʻrmonlarning monitoringi umumlashtirilgandan soʻng oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning 1-martiga qadar respublika boʻyicha umumlashtirish uchun Qoʻmitaga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish hujjatlari kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqilishida foydalanish uchun Qoʻmitada doimiy saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻrmonlarning monitoringini yuritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻgʻri tuzilishiga oʻrmonlarning monitoringini yurituvchi subyektlar rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga biriktirib qoʻyilgan oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlar

1. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini tayyorlaydi.

2. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlari tashkilot rahbari va masʼul xodim tomonidan imzolanadi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlariga taqdim etiladi.

Oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
1-fevraliga qadar


2-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy organlari

1. Oʻrmonlar monitoringini yuritishda oʻrmonzorlari mavjud tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi.

2. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini viloyat, tuman (shahar) miqyosida umumlashtiradi.

3. Hujjatlarni Oʻrmon xoʻjaligi davlat koʻmitasiga takdim etadi.

Doimiy

Oʻrmonlar monitoringi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning
1-martiga qadar


3-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

1. Oʻrmonlar monitoringi hujjatlarini respublika miqyosida umumlashtiradi.

2. Kelgusida oʻrmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqilishida foydalanish uchun saqlaydi.

3. Oʻrmonlar monitoringini yuritishda idoraviy nazoratni amalga �shiradi.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning holati va ulardan foydalanish koʻrsatkichlari (xoʻjalik, tuman, viloyat, hudud nomi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20 __ yil 1-yanvar holatiga

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

01.01.20 ___ yil

01.01.20 ___ yil

Jami

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida

Oʻrmondan boshqa foydalanuvchilar

Jami

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida

Oʻrmondan boshqa foydalanuvchilar

1.

Oʻrmon fondining umumiy tavsifi

1.1

Umumiy maydon

ga

1.1.1.

shu jumladan, oʻrmon bilan qoplangan maydon

ga

1.1.2.

Shundan, madaniy oʻrmonzorlar

1.1.3.

oʻrmon bilan qoplanmagan maydon

ga

1.2.

Muhofaza etiladigan hududlar umumiy maydoni

ga

1.3.

Ignabargli oʻrmonlarning umumiy maydoni

ga

1.3.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga

1.3.2.

oʻrt� yoshli oʻrmonlar

ga

1.3.3.

ulgʻayish arafasidagi oʻrmonlar

ga

1.3.4.

etilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga

1.3.5.

etilib oʻtgan oʻrmonlar

ga

1.4.

Qattiq yogʻochli oʻrmonzorlar

ga

1.4.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga

1.4.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga

1.4.3.

ulgʻayish arafasidagi oʻrmonlar

ga

1.4.4.

etilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga

1.4.5.

etilib oʻtgan oʻrmonlar

ga

1.5.

Yumshoq bargli oʻrmonzorlar

ga

1.5.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga

1.5.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga

1.5.3.

ulgʻayish arafasidagi oʻrmonlar

ga

1.5.4.

etilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga

1.5.5.

etilib oʻtgan oʻrmonlar

ga

1.6.

Boshqa turdagi daraxt turlari

ga

1.6.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga

1.6.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga

1.6.3.

ulgʻayish arafasidagi oʻrmonlar

ga

1.6.4.

etilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga

1.6.5.

etilib oʻtgan oʻrmonlar

ga

1.7.

Butasimonlar

ga

1.7.1.

shu jumladan, yosh oʻrmonlar

ga

1.7.2.

oʻrta yoshli oʻrmonlar

ga

1.7.3.

ulgʻayish arafasidagi oʻrmonlar

ga

1.7.4.

etilgan (pishgan) oʻrmonlar

ga

1.7.5.

etilib oʻtgan oʻrmonlar

ga

1.8.

Oʻrmon fondidan chiqarilgan maydon

ga

1.9.

Oʻrmon fondiga olingan maydon

ga

1.10.

Boshqa oʻrmon xoʻjaligiga berilgan maydon

ga

1.11.

Boshqa oʻrmon xoʻjaligidan olingan maydon

ga

1.12.

Choʻl hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga

1.13.

Togʻ hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga

1.14.

Vodiy hududidagi oʻrmonlar maydoni

ga

1.15.

Toʻqay hududidagi oʻrmonlar ma�doni

ga

2.

Oʻrmondan foydalanish

2.1.

Oʻrmonlarni qayta tiklash maqsadida kesish rejasi

ga

2.1.1.

amalda

ga

2.1.2.

Oʻrmonlarni qayta tiklash maqsadida kesish rejasi

kub metr

2.1.3.

amalda

kub metr

2.1.4.

Oʻrmonlarni sogʻlomlashtirish maqsadida kesish rejasi

ga

2.1.5.

amalda

ga

2.1.6.

Oʻrmonlarni sogʻlomlashtirish maqsadida kesish rejasi

kub metr

2.1.7.

amalda

kub metr

2.1.8.

Oʻrmonlarni parvarishlash maqsadida kesish rejasi

ga

2.1.9.

amalda

ga

2.1.10.

Oʻrmonlarni parvarishlash maqsadida kesish rejasi

kub metr

2.1.11.

amalda

kub metr

2.1.12.

Toʻnkalardan tozalanmagan maydon

ga

3.

Oʻrmon barpo qilish va tiklash tadbirlari

3.1.

Oʻrmon barpo qilish va tiklash topshirigʻi

ga

3.2.

amalda

ga

3.3.

shundan, tabiiy koʻpayishga koʻmaklashish topshirigʻi

ga

3.4.

amalda

ga

3.5.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonga oʻtkazildi

ga

3.6.

shundan, madaniy ekilgan maydondan

ga

3.7.

tabiiy koʻpaygan maydondan

ga

3.8.

Nobud boʻlgan maydon

ga

3.9.

shundan, oʻrmon yongʻinlari natijasida nobud boʻlgan

ga

3.10.

Qurgʻoqchilik natijasida nobud boʻlgan maydon

ga

3.11.

Chorva mollari tomonidan nobud qilingan maydon

ga

4.

Oʻrmonlarga salbiy taʼsirni baholash

4.1

Oʻrmon yongʻini taʼsir qilgan maydon

ga

4.2

Oʻrmon yongʻinlari soni

ta

4.3

Antropogen ifloslanish natijasida zararlangan maydon

ga

4.4

shundan, sanoat chiqindilari natijasida zararlangan maydon

ga

4.5

Oʻrmon zararkunandalari oʻchogʻi maydoni

ga

4.6

shundan, (oʻrmon zarakunandalari turlari boʻyicha)

ga

4.7

Oʻrmon kasalliklari natijasida zararlangan maydon

ga

4.8

shundan, (oʻrmon kasalliklari turlari boʻyicha)

ga

5

Oʻrmon bilan qoplangan maydondagi oʻzgarishlar

5.1.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonning kamayishi

ga

5.1.1.

shundan, kesilganligi sababli

ga

5.1.2.

nobud boʻlganligi sababli

ga

5.1.3.

shundan, oʻrmon yongʻini taʼsirida

ga

5.1.4.

antropogen ifloslanish sababli

ga

5.1.5.

sanoat chiqindilari zaralaganligi sababli

ga

5.1.6.

oʻrmon zararkunandalari sababli

ga

5.1.7.

oʻrmon kasalliklari sababli

ga

5.2.

Oʻrmon bilan qoplangan maydonning koʻpayishi

ga

5.2.1

shundan, yosh oʻrmonlar hisobidan

ga

5.2.2.

oʻrmon fondiga zaxiradan qabul qilish hisobidan

ga

5.2.3.

boshqa oʻrmon xoʻjaligidan olinishi hisobidan

ga

6.

Oʻrmonlarni muhofaza qilish tadbirlari va oʻrmon yongʻinlaridan saqlash

6.1.

Oʻrmon zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari

ga

6.2.

shundan, biologik kurash

ga

6.3.

kimyoviy kurash

ga

6.4.

Oʻrmon yongʻinlaridan faol himoya qilish

ga

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/31/0062-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son)