20.08.2025 yildagi VII-9-105-4-63-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIRISHKOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 148-moddasiga asosan 2025-yil uchun tuman mahalliy budjetining xarajatlar yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 144- va 148-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishining 6-bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 10-yanvar kunidagi 23-4-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida budjet tashkilotlarida ishlovchi ishchi xodimlarning ish haqi va boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida uzluksiz moliyalashtirish maqsadida budjet tashkilotlarning 2025-yil xarajatlar smetasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritish maqsadida hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mirishkor tumani budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning 2025-yil davomida ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa toʻlovlarni muddatida uzluksiz moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishining 6-bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 10-yanvar kunidagi 23-4-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida budjet tashkilotlarining 2025-yil uchun tasdiqlangan xarajatlari yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish ilovaga asosan tasdiqlansin hamda Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining ruhsati bilan amalga oshirish hamda tuman mahalliy budjet xarajatlaridan 2025-yilning oʻtgan davrida 2824.1 mln.soʻm maqbullashtirilganligi va ushbu maqbullashtirilgan 2824.1 mln soʻm mablagʻni tuman mahalliy budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning 1-2-4-darajali toʻlovlardan yetishmayotgan qismini qoplash maqsadida yoʻnaltirish uchun ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ajratilgan va iqtisod qilingan mablagʻlarni budjet tashkilotlarning aloqa xatiga asosan ajratilsin. Ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanish qarorning ilovasida koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Shukurov)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan oʻzgarishlarni tegishli tartibda Iqtisodiyot va moliya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Mirishkor tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Sariqov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi GʻULOMOV FAYZULLO QURBONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-105-4-63-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.