XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Andijon viloyatidagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash hamda oʻzgartirish kiritish masalalari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoni, 2023-yil 21 dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori talablari asosida, viloyat hokimining 2024-yil 2-iyul kungi 243-1-0-1-Q/24-sonli qarori bilan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiykomissiyasining xulosasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasining 2025-yil 24-iyun kungi 01/0293-sonli xatini hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Andijon viloyati hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyaning xulosasi bilan berilgan takliflar maʼqullansin.
2. Andijon viloyati boʻyicha birlashtiriladigan mahallalarning taklifiy roʻyxati birinchi ilovaga, boʻlinadigan mahallalarning taklifiy roʻyxati ikkinchi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 13-iyundagi VII-9-130-1-0-K/25-sonli qaroring 1-ilovasi 25-tartib raqamidagi Paxtaobod tumaniga tegishli qismi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M. Nishanov), “Mahalla yettiligi”ning viloyat boshqarma boshliqlari hamda tegishli tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Andijon viloyatidagi ayrim mahallalar birlashtirilishi va boʻlinishining mazmun mohiyati toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish;
birlashtirilayotgan mahallalarni nomlashda aholining fikrini inobatga olgan holda oʻrnatilgan tartib boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
mahallalarni birlashtirish va boʻlish hisobiga boʻshayotgan mahalla fuqarolar yigʻini balansidagi binolaridan samarali foydalanish choralarni koʻrish;
bunda, boʻshayotgan binolarga fuqarolar yigʻini uchun xizmat binosi, aholi uchun guzarlar, kutubxonalar va boshqa madaniy maskanlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga foyda keltirish maqsadida binoni hududiy tadbirkorlarga ijaraga berish va ish oʻrinlarini yaratish;
tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda fuqarolarni roʻyxatga olish bilan bogʻliq masalalarda hamkorlik qilish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M. Nishanov), viloyat Adliya boshqarmasi (O. Bozarov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (L. Qurbonov)lar, tegishli tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Mahalla uyushmasining viloyat boshqarmasi, tegishli tuman (shahar) boʻlimlari qoshida viloyat Adliya va Davlat soliq boshqarmasining hududiy boʻlimlaridan masʼul biriktirgan holda komissiyalarini tuzish;
komissiya tomonidan belgilangan tartibda birlashtirilgan va boʻlingan mahalla fuqarolar yigʻinlarining hujjatlarini rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M. Nishanov), “Oʻzarxiv” agentligining Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (S. Djabarov)lar, tegishli tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
birlashtirilgan va boʻlingan mahalla fuqarolar yigʻinlarining tegishli hujjatlarini Arxivga qabul qilish choralarini koʻrish;
shuningdek, birlashtirilgan va boʻlingan mahalla fuqarolar yigʻinlarining muhr va shtamplarni ichki ishlar boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
6. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshligʻi (F. Berdiqulov), Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi (D. Akbarov)ga:
birlashtirilgan va boʻlingan mahallalar chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, xaritalarini chizish hamda fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
birlashtirilgan va boʻlingan mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi bino-inshootlarini, xarita va tavsifga koʻra mahalla fuqarolar yigʻinlariga balansiga berish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M. Nishanov), viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (S. Raxmanov), viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi (G. Ahmedova), Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi (A. Tangirqulov), Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi (A. Toʻlanov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (S. Djabarov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (L. Qurbonov), Markaziy bank (A. Rahmonberdiyev)lar, tegishli tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Birlashtirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining xodimlariga belgilangan tartibda ogohlantirish xatlarini berish, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya pullarini ajratish yoki bandligini taʼminlash yuzasidan choralarni koʻrsin.
8. Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (D. Isomiddinov), mahalla yettiligining viloyat boshqarma boshliqlari, tegishli tuman hokimlari bilan birgalikda:
Tashkil etilgan mahalla fuqarolar yigʻinlari “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun shtat birliklarini ajratish va moliyalashtirish choralarini koʻrsin;
9. Viloyat hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasiga:
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish, tugatish va ularning chegaralarini belgilash hamda bir-biriga qoʻshilib ketayotgan mahallaning birini nomini saqlab qolinishi yoki yangi nom berilishida mahalla aholisining takliflari inobatga olinsin.
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish, tugatish va ularning chegaralarini belgilash jarayonida mahalla aholisi tomonidan kelib chiqadigan nizoli masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish vazifasi yuklatilsin.
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
11. Viloyat hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (R. Eshonov) ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
12. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya (M. Gʻaniyeva) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Andijon viloyati,
2025-yil 12-avgust,
VII-11-196-1-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.