20.05.2024 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalar faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash, mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirishning barqaror mezonlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida idoralararo doimiy komissiyalar tuzish va ularning namunaviy tarkibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalarini mazkur komissiyalarning ishchi organlari sifatida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish vakolatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi bilan birgalikda respublikadagi barcha mahallalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning aniq chegaralarini belgilash, bunda har bir mahallaning chegarasi bir aholi punkti (shahar, shaharcha, qishloq va ovul) doirasida boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mahallalar faoliyati tashkiliy va moliyaviy jihatdan toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi, boshqaruv jihatidan oʻzini oqlashi yuzasidan oʻrganishlarni olib borsin hamda ushbu talablarga javob bermaydigan mahallalarni birlashtirish va ixchamlashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-banddagi “ilovaga” soʻzi “1-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalari Idoralararo komissiyaning ishchi organi etib belgilansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Mahallalar shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etiladi, bunda bir mahalla bir maʼmuriy-hududiy birlik (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) hududi doirasida tashkil etiladi hamda bir mahallaning hududi bir nechta maʼmuriy-hududiy birlik hududida joylashishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar Nizomga 1-ilovadagi sxemaga, mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha tadbirlar Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish fuqarolar yigʻinlari iltimosnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “kamida 500 ta oila yashaydigan” soʻzlari “kamida 400 ta xonadon mavjud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarori bilan 400 tadan kam xonadonlari mavjud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Tuman (shahar) hokimi mahallani tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish toʻgʻrisida shaharcha, qishloq, ovul yoki shahar mahallalarining fuqarolar yigʻini tomonidan kiritilgan takliflarni oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqadi hamda axborotnoma tayyorlab, toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi hamda sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish boʻyicha taqdim etilgan takliflarni oʻn besh kun muddatda bevosita joyiga chiqib oʻrganadi hamda takliflarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 3 kun muddatda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari navbatdagi sessiyada Idoralararo komissiyaning xulosasi asosida mahallani tuzish, mahallalarni birlashtirish, mahallani boʻlish (ularning chegaralarini belgilagan va ularga nom bergan yoki ularning nomini oʻzgartirgan holda) va tugatish toʻgʻrisida yoxud ushbu taklifni rad etish haqida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16, 18 va 19-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Mahallalarning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish shaharchalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yigʻinlari iltimosnomalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bandning yettinchi xatboshisidagi “adashishga olib kelinishini, kalandimogʻlik maʼnosiga” soʻzlari “yanglishishga olib kelishini, hurmatsizlik mazmunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tahrirdagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirishda amalga oshiriladigan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Fuqarolar yigʻini kengashi

Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Fuqarolar yigʻini

1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi.

2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi.

5 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

1. Fuqarolar yigʻinining taklifi bilan birgalikda mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflangan holda mahallaning hududi chizmalarini tayyorlash boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallariga topshiriq yuboradi.

2. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi va axborotnoma tayyorlaydi.

3. Axborotnomani toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya) taqdim etadi.

15 kun muddatda

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali

1. Mahallaning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, mahalla hududi chizmasini tayyorlaydi hamda qoʻshni mahallalarning fuqarolar yigʻinlari bilan kelishadi.

2. Mahalla hududining tayyorlangan chizmasini mahallalarning chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda tuman (shahar) hokimiga yuboradi

15 kun muddatda

5-bosqich

Idoralararo komissiya

1. Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish boʻyicha taqdim etilgan takliflarni bevosita joyiga chiqib oʻrganadi.

15 kun muddatda

2. Takliflarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida xulosa tuzadi.

3. Tayyorlangan xulosani koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga kiritadi.

3 kun muddatda

6-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi

Navbatdagi sessiyada Idoralararo komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirishda amalga oshiriladigan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Fuqarolar yigʻini kengashi

Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi va fuqarolar yigʻini muhokamasiga kiritadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Fuqarolar yigʻini

1. Kiritilgan takliflarni koʻrib chiqadi, oʻz qarori bilan ularni maʼqullaydi yoki asosli ravishda rad etadi, zarurat boʻlganda ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taklif etadi.

2. Tegishli tuman (shahar) hokimiga mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha toʻplangan materiallarni ilova qilgan holda iltimosnoma yuboradi.

5 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

1. Fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha iltimosnomani koʻrib chiqadi.

2. Takliflar tayyorlash uchun geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli tuman, shahar komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — tuman (shahar) komissiyasi) zarur hujjatlar bilan fuqarolar yigʻinining iltimosnomasini yuboradi.

5 kun muddatda

4-bosqich

Tuman (shahar) komissiyasi

Taqdim etilgan hujjatlarni, ularning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va oʻz taklifini tuman (shahar) hokimiga yuboradi.

15 kun muddatda

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Tuman (shahar) komissiyasi tomonidan taqdim etilgan taklifni nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasiga kiritadi.

5 kun muddatda

6-bosqich

Nom berish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar komissiyasi

Tayyorlangan materiallarning geografik obyektlarga nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan har tomonlama oʻrganib chiqishni tashkil etadi va tuman (shahar) hokimiga tegishli xulosani yuboradi.

15 kun muddatda

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish boʻyicha tayyorlangan hujjatlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.

5 kun muddatda

8-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Navbatdagi sessiyada tuman (shahar) hokimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va mahallalarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish yoki ushbu taklifni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilishiga qarab

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — komissiya raisi

2.

lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

3.

lavozimiga koʻra

Hududiy iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

4.

lavozimiga koʻra

Hududiy kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi

5.

lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qOʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

6.

lavozimiga koʻra

Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi

7.

lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

8.

lavozimiga koʻra

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

9.

lavozimiga koʻra

Soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

10.

lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi boshligʻi

11.

lavozimiga koʻra

Ichki ishlar (bosh) boshqarmasi boshligʻi

12.

lavozimiga koʻra

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

13.

lavozimiga koʻra

Hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/294/0357-son)