XALQ DEPUTATLARI BALIQCHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Baliqchi tuman mahalliy byudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriluvchi byudjet muassasa va tashkilotlarining 2025-yil 2-chorakda mahalliy byudjetga kiritilgan o`zgarishlar, vakant shtatlar xisobidan iqtisod qilingan hamda byudjet tashkilotlarining 2025 yilda 4-guruh harajatlaridan boʻsh turgan mablagʻlarni byudjet tashkilotlarining 2025 yilda ish haqi va ijtimoiy soliq harajatlariga yetishmaydigan qismini qoplash uchun yoʻnaltirish, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hamda yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʼlari hisobidan shakllangan mablagʻlarni yoʼnaltirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27, 148-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Halq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Baliqchi tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 15.06.2025 yildagi 02/06-36/25-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining 27.02.2025 yildagi №6-sonli “Hududlarda 2025-yilda tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash tamoyili asosida byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayonida koʻrsatilgan vazifalarni taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjet mablagʻlaridan moliyalashtiriluvchi byudjet muassasa va tashkilotlarining 2025-yil 2-chorakda 1-2-guruh harajatlaridan boʻsh (vakant) shtatlar hisobiga iqtisod qilinishi kutilayotgan mablagʻlarni byudjet tashkilotlarining 2025 yilda ish haqi va ijtimoiy soliq harajatlariga yetishmaydigan qismini qoplash uchun maqbullashtirishga olish toʻgʻrisida xisobi 1-ilovaga muofiq tasdiqlansin.
3. 2025-yil 2-chorakda1-2-4-guruh harajatlariga kiritilgan o`zgarishlar, boʻsh (vakant) shtatlar hisobigan iqtisod qilinib maqbullashtirishga olingan mablagʻlarni byudjet tashkilotlarining 2025 yilda ish haqi va ijtimoiy soliq harajatlariga yetishmaydigan qismini qoplash uchun yoʻnaltirish xisobi 2-ilovaga muofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi 64567.5 ming so`m, yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʼlari 22192.0 ming so`m shakillangan mablagʻlarni yoʼnaltirish xisobi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (H. Muhammadjonov) Oʻzbekiston Respublikasining “2024 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan parametrlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlarni kiritsin;
5. Mazkur qaror ijrosining taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (U. Abduvaliyev) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror ijrosining nazorati Halq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ABDURAYIMOV JASURBEK ODILOVICH
Andijon viloyati, Baliqchi tumani,
2025-yil 4-avgust,
VII-7-66-1-18-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.