XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini taminlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Eshonqulovning hisoboti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-223-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi “2025-yilda Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi VII-4-3-7-100-K/25-sonli Qarori qabul qilinib, 9 ta kichik dasturdan iborat boʻlgan kompleks dastur tasdiqlangan.
Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yuqori va barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish, aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish, iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi VII chaqiriq, oʻninchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini taminlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Eshonqulovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh. Eshonqulov) va tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikga koʻmaklashish boʻlimi (B. Gʻaybullayev)larga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida yoʻl boʻyi infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish, aholining dam olishi uchun sohil boʻyi maskanlarida koʻngilochar joylar tashkil etish;
yashirin ish oʻrinlarini legallashtirish orqali 2653 nafar aholi bandligini taʼminlash;
tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholini biznesga jalb etish, yangi avlod innovatsiya va startap loyihalarini amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (M. Alibekov) qishloq xoʻjaligida ijaraga berilgan yerlarda namunali loyihalarni amalga oshirish, tomorqalardan samarali foydalanish, yangi bogʻ tokzorlarni tashkil etish, dala chetlaridan samarali foydalanish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmini 101,9 foizga oʻsishini taʼminlash;
aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan isteʼmol talabini ichki ishlab chiqarish hisobiga taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (R. Niyatov) tumandagi erkin iqtisodiy zonasi va kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish, sanoat loyihalarini samarali joylashtirish, Xalqobod kichik sanoat zonasi maydonini kengaytirish;
eksportyor korxonalarni xar tomonlama qoʻllab-quvvatlash natijasida 15.5 mln dollarlik eksportni amalga oshirish;
asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi oʻsishi surʼatini 106.2 foizga taʼminlash choralarini koʻrish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosari (R. Ismoilov) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yilda 1414 ming tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini jadallashtirish;
aholining qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati bilan toʻliq qamrab olish vazifalari yuklatilsin.
6.Tuman hokimining oʻrinbosari (F. Omonov) tumandagi 10 ta maktabning kompyuter sinflarini tashkil qilish hamda oʻquvchilarga zamonaviy kasblarni oʻrgatishga sharoit yaratish;
3 — 7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 74,4 foizdan 77,4 foizga yetkazish;
tumanda yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sport bilan shugʻullanishni targʻib qilish maqsadida 82 ming nafar yoshlarni ommaviy sport musobaqalari bilan qamrab olish va joylarda 748 ta jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish vazifalari yuklatilsin.
7. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (Sh. Eshonqulov, M. Alibekov, R. Niyatov, R. Ismoilov, F. Omonov, G. Isroilova) lar masʼul korxona va tashkilotlar bilan birgalikda mazkur dastur ijrosini nazoratga olib, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlasin;
har oyning yakuni bilan maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini muhokama qilib borish vazifalari yuklatilsin.
8. Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi “2025-yilda Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi VII-4-3-7-100-K/25-sonli Qaroriga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
sanoatni rivojlantirish kichik dasturi 1, 1a va 1b-ilovalarga;
qishloq xoʻjaligini rivojlantirish kichik dasturi 2, 2a va 2b-ilovalarga;
qurilishni rivojlantirish kichik dasturi 3, 3a va 3b-ilovalarga;
xizmatlarni rivojlantirish kichik dasturi 4 va 4a-ilovalarga;
hududiy eksport va investitsiyalar hajmini oshirish kichik dasturi 5 va 5a-ilovalarga;
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kichik dasturi 6, 6a, 6b va 6d-ilovalarga;
aholi bandligini va daromadlarini oshirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish kichik dasturi 7 va 7a-ilovalarga;
yashil tamoyil va yondashuvlarni joriy etish kichik dasturi 8 va 8a-ilovalarga;
ijtimoiy sohani rivojlantirish kichik dasturi 9 va 9a-ilovalarga;
hududni rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarning manbalar kesimida prognoz parametrlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
shu munosabat bilan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi VII-4-3-7-100-K/25-sonli Qarori ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga 2025-yilda Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni mahallalar va tarmoqlar kesimida tahlil qilib, doimiy komissiya yigʻilishlarida dastlabki tarzda koʻrib chiqish hamda sessiya muhokamasiga kiritib borish tavsiya etilsin.
10. “Payariq hayoti” gazetasi (A. Tavboyev)ga hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari (A. Maxammatov, S. Maxkamov, M. Nurmanova, B. Shakarov, A. Tavboyev) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi MAXKAMOV SOBIR TUXTAMISHOVICH
Samarqand viloyati, Payariq tumani,
2025-yil 29-iyul,
VII-10-90-7-100-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.