XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kogon tuman mahalliy budjetining 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʼlari hisobidan xizmat safariga mablagʻ yoʼnaltirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi PQ-455-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, 2025 yil 6 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 6 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli va 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi PQ-455-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 maydagi VMQ-316-sonli Qarorlariga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni qayta yoʻnaltirish, PQ-455-sonli Qarorning ijrosini taʼminlash hamda 2025 yil 6 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 6 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 143 va 148-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 noyabrdagi KQ-5-V-sonli va 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli Qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi PQ-455-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 maydagi VMQ-316-sonli Qarorlariga asosan va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq tuman hokimligining Kogon tuman mahalliy budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan mablagʻlarni qayta yoʻnaltirish, PQ-455-sonli Qarorning ijrosini taʼminlash hamda 2025 yil 6 oylik yakunlari boʻyicha ijrosi va 2025 yil 6 oylik yakunlari boʼyicha tashabbusli byudjetlashtirishga oid jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan ochiq byudjet jarayonlari toʻgʻrisidagi Kogon tuman Iqtisodioyt va moliya boʻlimining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 dekabrdagi PQ-455-sonli Qarorining 8-bandi talabiga asosan 2025 yildan boshlab tuman mahalliy byudjetlariga davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar ularning qoʻshimcha manbalari hisoblanishi va 2025 yilda maqsadli ravishda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish uchun yoʻnaltirilishi belgilanganligini inobatga olgan holda mazkur mablagʻlarning doimiy ravishda yoʻnaltirilib borilishi taklifi maqsadga muvofiqligi inobatga olinib, hokimlik va tegishli masʼullar tomonidan birgalikda doimiy ijrosi taʼminlanib borilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 13 maydagi “Hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini taʼminlash uchun kadrlarning oʻzaro tajriba almashishi va zamonaviy ish uslublarini oʻrgatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi VMQ-316-sonli Qarorida hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ijobiy tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan Respublika va hududlardagi iqtisodiy kompleks xodimlarining oʻzaro tajriba almashish dasturini amalga oshirish 2025 yilda 15 maydan 15 dekabrga qadar mehnat qonunchiligiga muvofiq boshqa ish beruvchiga hokim oʻrinbosarlari vazirliklar, idoralar va tijorat banklariga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi belgilab berilgan. Shu jumladan, mazkur Qarorning 8-bandida asosiy ish beruvchilarning ichki imkoniyatlaridan, yaʼni byudjet tashkilotlarining byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari, mahalliy byudjet qoʻshimcha manbalari hisobidan, xizmat uylari bilan taʼminlanmaganda turar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun har oyda Toshkent shahrida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining olti baravarigacha, hududlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining uch baravarigacha, yangi ish joyiga joylashish uchun ikii oylik ish haqi fondi miqdorida bir martalik moddiy yordam hamda har chorakda bir marta doimiy yashash joyiga transportda borib kelish xarajatlari uchun tegishli mablagʻlarni ajratilishi ham koʻrsatib oʻtilgan. Shularni inobatga olgan holda, Qaror talablaridan kelib chiqib, 2025 yil 22 maydagi VII-08-54-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarorining 4-bandiga muvofiq tumanda 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 13.05.2025 yildagi VMQ-316-sonli Qaror talabi asosida, har chorakda bir marta doimiy yashash joyiga transportda borib kelish xarajatlari toʻlovi uchun ajratilgan 8,4 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 5,9 mln soʻm)dan hamda yetti oylik xizmat safari davomida har oylik ustama toʻlovi uchun ajratilgan 29,4 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 29,4 mln soʻm)dan jami 35,3 mln soʻmlik mablagʻlar turar joy ijarasi kompensatsiyasi toʻlovlari uchun bundan tashqari, 2025 yil 19 fevraldagi VII-05-12-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarori 3-ilovasining 8-bandiga muvofiq 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tumanda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun aratilgan mablagʻning iqtisod qilingan qismi – 3,655 mln soʻmni va 2025 yil 22 maydagi VII-08-54-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarorining 4-bandiga muvofiq tumanda 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 13.05.2025 yildagi VMQ-316-sonli Qaror talabi asosida, yangi ish joyiga joylashish uchun ikii oylik ish haqi fondi miqdorida bir martalik moddiy yordam xarajatlari toʻlovi uchun ajratilgan 15,9 mln soʻm mablagʻning iqtisod qilingan qismi (iqtisod qilingan mablagʻi – 2,345 mln soʻmni)dan hamda 2025 yil 19 fevraldagi VII-05-12-2-36-K/25-sonli xalq deputatlari tuman kengashi Qarori 3-ilovasining 10-bandiga muvofiq tumanda 2025 yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan “DSI ga Mahalliy byudjetga undiriladigan yer va mol-mulk soliqlari boʻyicha mavjud qarzdorlik summalarini tushumini undirilishini taʼminlash maqsadida pochta xarajatlari – kreditor qarzdorliklari”ga ajratilib, iqtisod qilingan – 14,0 mln soʻmni jami 20,0 mln soʻmlik mablagʻlarni esa Hokimlikning kreditor qarzdorliklari toʻlovlari uchun qayta tqsimlangan holda tuman hokimligiga ajratilsin hamda hokimlik bosh hisobchisi D.Homidovga ajratilgan mablagʻlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob qilish-toʻlovlarini amalga oshirish topshirilsin.
4. Kogon tuman mahalliy byudjetining 2025 yil davomida shakllanadigan qoʻshimcha manbalari hisobidan 30 foiz miqdori jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan “Fuqarolar tashabbusli” jamgʻarmasiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda doimiy yoʻnaltirilgan holda tuman hokimligi (Bosh hisobchisi) tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanib borilsin.
5. Kogon tumani mahalliy budjetining hududiy mablagʻlarni taqsimlovchilar kesimida kiritiladigan oʻzgartirishlar 1-ilovaga, mahalliy budjetining 2025 yil 6 oylik xarajatlari ijrosi 2-ilovaga, 2025yil 6 oylik yakunlari boʼyicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar, tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlar 3-ilovaga, fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga mablagʻlarini shakllantirish yuzasidan maʼlumotlar 4-ilovaga, fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan va iqtisod qilingan mablagʻlar yuzasidan maʼlumotlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Xalq deputatlari kengashi deputatlari mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan birgalikda qoʻshimcha manbalar asosida shakllantiriladigan tadbirlarga yoʻnaltirish uchun “Ochiq byudjet” tizimi toʻgʻrisida aholini xabardor qilish va ularning ushbu tadbirlarga faol ishtirokini taʼminlash maqsadida joylarda tushuntirish va targʻibot ishlarini olib borsin.
7. Kogon tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Sh.Narziev) va Gʻaznachilik xizmati boshligʻi (A.Toʻqsanov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablari asosida mahalliy budjetning parametrlariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda parametrlarda koʻzda tutilgan xarajatlarni, xususan birinchi darajali toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
budjet xarajatlari rejasiga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda hisobga olish, tegishli hududiy budjet mablagʻi oluvchilarning xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritish;
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi hamda budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni oʻrnatish topshirilsin.
8. Tuman soliq inspesiyasi boshligʻi (S.Axmedov)ga:
2025 yil uchun belgilangan daromadlar prognoz reja koʻrsatkichlarini barcha soliq turlari kesimida toʻliq bajarilishini taʼminlash;
budjet daromadlari bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetga qoʻshimcha soliq tushumlarini tushirish manbalarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan toʻliq, samarali foydalanish topshirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi QAZOQOV OTABEK NODIROVICH
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
2025-yil 24-iyul,
VII-10-65-2-36-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.