23.07.2025 yildagi VII-15-72-2-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BUXORO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish hamda qabul qilish va saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflarini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 6 , 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4845-son qarori 4-bandi, 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-sonli Farmoni, viloyat hokimligining 2025-yil 23-maydagi 3/1216-01-03-sonli xati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 5-maydagi (03/07-32/111, 03/07-32/112, 03/07-38/530, 03/07-38/531-sonli) xulosalari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 2025-yil 8-maydagi 03-/901-sonli xatiga asosan hamda hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi v.b. A.Mirzaraximovning Buxoro viloyati hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish hamda qabul qilish va saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining viloyat hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari yuzasidan berilgan takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro viloyati hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududiy poligonlarda maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash boʻyicha toʻlovlar quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 metr kub maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash xizmati uchun 17 900 (oʻn yetti ming toʻqqiz yuz ) soʻm (QQS bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 tonna maishiy chiqindilarni qabul qilish va saqlash xizmati uchun 40 300 (qirq ming uch yuz) soʻm (QQS bilan birga) miqdorda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi (J.Nosirov), viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (A.Toʻxtayev) shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligining viloyat boshqarmasi (A.Mirzaraximov) tuman va shahar hokimliklari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda hududlar, binolar va inshootlar ning qattiq maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning talablarini oʻrganib chiqib, qoʻshimcha qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va vaqtincha saqlash uchun moʻljallangan maxsus chiqindi qutilari joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritish ishlarini yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “2019-2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Peshku tumani “Oʻgʻlon” MFY hududidagi chiqindi poligoni oʻrniga qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2023-yil 14-dekabrdagi VI-88-95-2-0-K/23-sonli qarori hamda Buxoro viloyat hokimining 2024-yil 6-fevraldagi 62-2-0-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror 2025-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi ASHUROV JAMOL RAJABBOYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-72-2-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.