19.07.2025 yildagi VII-10-117-1-19-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025 -yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻrgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27 va 147-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli “Mahalliy davlat hokimyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boʻston tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosarining xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevral kungi “Hududlarda 2025-yilda tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash tamoyili asosida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 03-03/1-4456-raqamli 6-son bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, Ijtimoiy soha obyektlari isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish boʻyicha 2020-yil 29-dekabrda 45-2020-son davlat-xususiy sheriklik bitimiga 2024-yil 6-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 45/1-2020-reyestr raqami bilan roʻyhatga olingan 1-sonli qoʻshimcha kelishuv, xomiladorlik va kasallik varaqalari, kommunal toʻlovlar, harajatlarni maqbullashtirish va boshqa harajatlar boʻyicha 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet Qodeksining 27 va 147-moddalariga asosan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning aniqlangan miqdorlariga 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiga 2025-yil Boʻston tumani mahalliy budjeti ijrosi jarayonida hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻston tumani adliya boʻlimining 2025-yil 23-may kungi 327/8-sonli taqdimnomasiga asosan xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2025-yil 22-may kungidagi VII-8-69-1-19-K/25-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Gaziyevga, nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Sh.Mamarizayev) hamda kotibiyat mudiri J.Raxmonov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NOSIROVA SANABARXON ABDINABIYEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-117-1-19-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.