03.07.2025 yildagi VII-9-85-10-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalar faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash hamda oʻzgartirish kiritish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 209-sonli farmoni, 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 402-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori talablari asosida Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo komissiya”ning xulosasi, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 3-apreldagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha Idoralararo doimiy komissiya”ning xulosasi hamda takliflari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyatida tugatiladigan, birlashtiriladigan va boʻlinadigan mahallalar toʻgʻrisida taklif 1-ilovaga va roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (F.Xudoyberdiyev), shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida tugatiladigan, birlashtiriladigan va boʻlinadigan mahallalar toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish targʻibot ishlarinin olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni birlashtirish hisobiga boʻshayotgan mahalla fuqarolar yigʻini balansidagi binolardan samarali foydalanish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (F.Xudoyberdiyev), viloyat Adliya boshqarmasi (A.Dadajonov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov), “Oʻzarxiv” agentligining Toshkent viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi (D.Rayimjonov), shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining viloyat Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi holati yuzasidan xulosasini berish, shuningdek ularning asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankdagi hisobvaraqlarini yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinining muhr va shtamplarni yoʻq qilish boʻyicha hujjatlar Adliya boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining tegishli hujjatlarini Arxivga qabul qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (F.Xudoyberdiyev), Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshligʻi (R.Payziyev), Viloyat yer resurslari va kadastr boshqarmasi boshligʻi (J.Axrarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahallalar chegaralariga aniqlik kiritib, ularni birlashish boʻyicha xaritalarini chizish hamda fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga tegishli bino va inshoatlarni birlashgan mahalla fuqarolar yigʻini balansiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Toshkent viloyati boshqarmasi (F.Xudoyberdiyev), viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi (T.Aripov), viloyat davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov), viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi (Z.Yoʻldoshev), viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi (N.Normirzayeva), Oʻzbekiston Yoshlar ishlari viloyat boshqarmasi (N.Xojiyev), Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi (M.Mirsultonov) shahar va tuman hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish masalasi mehnat qonunchiligi talablari asosida rasmiylashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomalari bekor qilingan “Mahalla yettiligi” aʼzolarini belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar va tuman hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tugatish tadbirlarini 2025-yilning 1-sentabrga qadar yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (B.Kabulov) ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Sheraliyev hamda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Sultanbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-85-10-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.