TOSHKENT VILOYATI PARKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
2022-yilda manzilli dasturga kiritilgan Parkent tumani, “Samsarak” MFY 150 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish obyektini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 8-iyundagi “Toshkent viloyatining tuman va shaharlarda joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish-taʼmirlash ishlarini olib borish toʻgʻrisida”gi 296-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Parkent tumani, “Samsarаk” MFYda bosh pudratchi "BELTEPA MASTER STROY" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilishi tugallangan 150 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish obyektini foydalanishga qabul qilish boʻyicha tuzilgan “Davlat qabul hayʼati”ning 2025-yil 20-maydagi dalolatnomasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-,211-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Toshkent viloyati Parkent tumani hokimining 2018-yil 16-noyabrdagi 183-F-sonli farmoyishi bilan tayinlangan Davlat qabul hayʼatining 2025-yil 20-maydagi qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomalari tasdiqlansin (dalolatnomalar ilova qilinadi).
2. Parkent tumani, “Samsarаk” MFYda bosh pudratchi "BELTEPA MASTER STROY" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilishi tugallangan 150 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish obyekti foydalanishga qabul qilinsin.
3. Ushbu qarorning 1-bandi asosida bosh pudratchi "BELTEPA MASTER STROY" masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bilan birga:
- qurilishi tugallangan obyekt topshirish-qabul qilish dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilsin;
- foydalanuvchi tashkilotga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida mazkur obyekt topshirilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Akramov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi SARDOR DADAJONOVICH ISAKULOV
Toshkent viloyati, Parkent tumani,
2025-yil 26-may,
303-10-141-Q/25-son