XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-19-V-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi KQ-19-V-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin va ijroga yoʻnaltirilsin.
2. Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri S. Sobirjonov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi ABDUVALIYEV BOXADIR ABDULXAYEVICH
Toshkent sh.,
2025-yil 21-iyun,
III-9-49-14-206-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.