11.12.2024 yildagi KQ-19-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga oʻn kunlik muddatda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni oʻz sessiyalarida muhokama qilish va tegishli nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi ushbu Qaror ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari va ularning kotibiyatlariga amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-19-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi KQ-19-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan qonunlarni koʻrib chiqish va muhokama qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) Senatda dastlabki tarzda koʻrib chiqilayotgan qonunni (bundan buyon matnda qonun deb yuritiladi) xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqish, muhokama qilish, shuningdek qonun yuzasidan takliflar ishlab chiqishga doir masalalarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qonunlarni mahalliy Kengashga yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay Senatga yuboriladi va Senatga kiritilganidan boshlab oltmish kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatga kelib tushgandan soʻng Senat Raisi qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiquvchi Senatning masʼul qoʻmitasini (yoki qoʻmitalarini) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunni masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddati qonun qoʻmitaga kelib tushgan sanadan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida qonunlarni koʻrib chiqish tartibi Senat Kengashi qarori bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul etib belgilangan qoʻmita kotibiyati qonun Qoʻmitaga kelib tushishi bilan umumdavlat va hududiy manfaatlar mutanosibligini taʼminlash maqsadida qonunning oʻrganilishini tashkil qilish, shuningdek hududiy manfaatlarni hisobga olish va ular boʻyicha takliflarni toʻplash uchun qonunni mahalliy Kengashga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunni mahalliy Kengashga yuborish yuzasidan tayyorlangan xatlar masʼul qoʻmita raisi yoki uning oʻrinbosari (oʻrinbosar doimiy asosda faoliyat yuritmagan hollarda mazkur qoʻmitada doimiy asosda ishlovchi senator) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun mahalliy Kengashning kotibiyati tomonidan roʻyxatga olinadi va shu kundan boshlab mahalliy Kengashga kiritilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonun bilan birga mahalliy Kengashga quyidagi hujjatlar yuborilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qonun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun konsepsiyasi bayon etilgan qonunga doir tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirilishi, qoʻshimcha kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim boʻlgan qonun osti hujjatlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy xarajatlar talab etuvchi qonunlar uchun — moliyaviy-iqtisodiy asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat daromadlarining qisqartirilishini yoki davlat xarajatlarining koʻpaytirilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining moddalari boʻyicha oʻzgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari prinsiplari, qoidalari va tariflarining tayyorlangan aniq tahlili keltirilgan qiyosiy jadval;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan qonun loyihasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonun, qoida tariqasida, elektron tarzda mahalliy Kengashning elektron pochta manziliga yuboriladi. Qonun va unga ilova qilingan materiallar qogʻoz nusxada ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qonunlarni doimiy komissiyaga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kelib tushgan qonun va unga ilova qilingan materiallar mahalliy Kengash kotibiyati mudiri tomonidan shu kunning oʻzida mahalliy Kengash raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy Kengash raisi qonunni koʻrib chiquvchi doimiy komissiyani (yoki doimiy komissiyalarni) belgilash boʻyicha rezolyutsiya loyihasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahalliy Kengash raisining rezolyutsiyasiga koʻra qonunni qabul qilib olgan doimiy komissiya oʻz vazifalaridan kelib chiqqan holda rezolyutsiyada hamda ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda tegishli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mahalliy Kengash doimiy komissiyasining qonunni koʻrib chiqishdagi asosiy vazifa va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalliy Kengash doimiy komissiyasi tomonidan qonunni koʻrib chiqish bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan barcha taklif va fikr-mulohazalarni, shu jumladan qonunning toʻliq muhokamasini tashkil qilish uchun doimiy komissiya majlislarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun yuzasidan doimiy komissiya tavsiyaviy xulosasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni koʻrib chiqish natijasida shakllantirilgan umumiy axborotni Senatga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy Kengash doimiy komissiyasi tomonidan qonunni koʻrib chiqish muddati qonun kelib tushgan sanadan boshlab olti kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunni koʻrib chiqish davomida mahalliy Kengash doimiy komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun kelib tushgandan soʻng ikki kun ichida qonunni koʻrib chiqish uchun deputatlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan qonunni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun kelib tushgandan soʻng uch kun ichida uni hudud manfaatlarini inobatga olgan holda har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish orqali oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun kelib tushgandan soʻng besh kun ichida qonun yuzasidan tavsiyaviy xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun kelib tushgandan soʻng olti kun ichida mahalliy Kengash kotibiyati bilan birgalikda qonunni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan umumiy axborotni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahalliy Kengash doimiy komissiyasi raisi qonun kelib tushgandan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash kotibiyati orqali bir kun ichida deputatlarga qonunni, uning ilovalarini, qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq materiallar va boshqa hujjatlarning yuborilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh kun ichida qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zarur materiallar tayyorlanishini tashkil qiladi, doimiy komissiya majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun yuzasidan axborot, taklif va tavsiyalarni umumlashtirilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq tegishli hujjatlar (xulosa, umumiy axborot, ekspert (ishchi) guruhlari yigʻilishlarining bayonnomalari va boshqalar) rasmiylashtirilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash raisiga qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq topshiriqlarning bajarilishi haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunni koʻrib chiqish jarayonida doimiy komissiyasi qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga, xalqaro prinsiplar hamda normalarga, hudud manfaatlariga muvofiqligini aniqlaydi va bu doimiy komissiya tavsiyaviy xulosasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doimiy komissiya tavsiyaviy xulosasining loyihasida, qoida tariqasida, quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun mahalliy Kengashga kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning maqsadi va asosiy vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunni qabul qilish zaruriyati, sabablar va sharoitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning tuzilishi (modda, bob, boʻlimlar soni va ularning asosiy mazmuni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning ilgari amal qilgan yoki hozirgi kunda amal qilib turgan, shu sohadagi munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridan farqi (yangi normalar va qoidalar kiritilganligi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Doimiy komissiyaning tavsiyaviy xulosasi natijasida umumiy axborot loyihasi shakllantiriladi. Umumiy axborotda qonun yuzasidan qilingan barcha ishlar yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Umumiy axborotda qonunni maʼqullash yoki rad etish haqidagi tavsiya orqali qonunga baho berilgan boʻlishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi haqidagi xulosaga kelganda qonunni rad etish zarur deb hisoblashning asoslari bayon etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Doimiy komissiyaning tavsiyaviy xulosasi aks etgan umumiy axborot loyihasi tavsiyaviy xulosa kabi doimiy komissiya majlisida muhokama etiladi va doimiy komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oliy Majlis Senatiga yuboriladigan javob xati loyihasi va umumiy axborot mahalliy Kengash raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy Majlis Senatiga yuboriladigan javob xatiga mahalliy Kengash doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy axborot ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahalliy Kengash raisi tomonidan imzolangan javob xatini yuborish mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mahalliy Kengash qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq jarayonlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, oʻzining rasmiy veb-saytida yoritib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizomga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish yoki uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish Senat Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.