13.06.2025 yildagi VII-9-130-1-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANDIJON VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalar faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Andijon viloyatidagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash hamda oʻzgartirish kiritish masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 209-sonli farmoni, 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 402-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 20-maydagi 294-sonli qarori talablari asosida, viloyat hokimining 2024-yil 2-iyul kungi 243-1-0-1-Q/24-sonli qarori bilan Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining xulosasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasining 2025-yil 1-aprel kungi xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon viloyati hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyaning xulosasi bilan berilgan takliflar maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyati boʻyicha birlashtiriladigan mahallalarning taklifiy roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M.Nishanov), “Mahalla yettiligi”ning viloyat boshqarma boshliqlari hamda tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatidagi ayrim mahallalar birlashtirilishining mazmun mohiyati toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtirilayotgan mahallalarni nomlashda aholining fikrini inobotga olgan holda oʻrnatilgan tartib boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni birlashtirish hisobiga boʻshayotgan mahalla fuqarolar yigʻini balansidagi binolaridan samarali foydalanish choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda, boʻshayotgan binolarda aholi uchun guzarlar, kutubxonalar va boshqa madaniy maskanlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga foyda keltirish maqsadida binoni hududiy tadbirkorlarga ijaraga berish va ish oʻrinlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda fuqarolarni roʻyxatga olish bilan bogʻliq masalalarda hamkorlik qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M.Nishanov), viloyat Adliya boshqarmasi (O.Bozarov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (L.Qurbonov)lar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla boshqarmasi, tuman (shahar) boʻlimlari qoshida viloyat Adliya va Davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy boʻlimlaridan masʼul biriktirilgan holda mahallalarni tugatish komissiyalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan belgilangan tartibda ixchamlashtirilayotgan (birlashayotgan) mahalla fuqarolar yigʻinlarining hujjatlarini rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M.Nishanov), “Oʻzarxiv” agentligining Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (S.Djabarov)lar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixchamlashtirilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining tegishli hujjatlarini Arxivga qabul qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, ixchamlashtirilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining muhr va shtamplarni ichki ishlar boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshligʻi (F.Berdiqulov), Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi (D.Akbarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtirilgan mahallalar chegaralarini aks ettirgan va tavsiflagan holda, ularni birlashtirish boʻyicha xaritalarini chizish hamda fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixchamlashtirilayotgan mahalla fuqarolar yigʻini inshootlarni birlashtirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlariga balansiga berish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi (M.Nishanov), viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (S.Raxmanov), viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi (G.Ahmedova), Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi (A.Tangirqulov), Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi (A.Toʻlanov), viloyat ichki ishlar boshqarmasi (S.Djabarov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (L.Qurbonov), Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi v.b (A.Rahmonberdiyev), tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixchamlashtirilayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlarining hodimlariga belgilangan tartibda ogohlantirish xatlarini berish, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya pullarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixchamlashtirilgandan soʻng mahalla hodimlarini birlashtirilgan mahallaga belgilangan tartibda tanlov asosida ishga qabul qilish va qolgan hodimlarini esa bandligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi huzuridagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish, tugatish va ularning chegaralarini belgilash hamda bir-biriga qoʻshilib ketayotgan mahallaning birini nomini saqlab qolinishi yoki yangi nom berilishida mahalla aholisining takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish, tugatish va ularning chegaralarini belgilash jarayonida mahalla aholisi tomonidan kelib chiqadigan nizoli masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (R.Eshonov) ushbu qarorni matbuotda eʼlon qilsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya (M.Gʻaniyeva) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXUNOV UKTAMJON XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-130-1-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.