12.06.2025 yildagi VII-8-53-11-163-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI FARGʻONA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy byudjetining 2025-yilgi xarajatlar manbaiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 25-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli yigʻilish bayoni, Iqtisodiyot va moliya vazirligining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi, Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasining 2-m-sonli, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, gʻaznachilik boshqarmasining 2025-yil 5-fevraldagi 16-m va 9-m-sonli hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, gʻaznachilik boshqarmasining 2025-yil 26-fevraldagi 25-m-sonli qoʻshma buyruqlari ijrosini taʼminlash maqsadida tuman mahalliy byudjeti xarajatlar manbaiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 6-sonli yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, mahalliy byudjet xarajatlarining ijrosini tahlil qilish asosida qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan, samarasiz va past samarali xarajatlar boʻyicha tuman mahalliy byudjetiga maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobidan byudjet parametrlarida tashkilot va muassasalarga ish haqi va yagona ijtimoiy soliqlar boʻyicha yetishmayotgan xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirish yuzasidan quyidagicha oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markaziga 92,3 mln.soʻm (byudjet parametrlarida kam rejalashtirilganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga 74,9 mln.soʻm (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qaroriga asosan xodimlarning koʻp yillik mehnatiga toʻlanadigan ustamalar miqdori oshirilganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish boshqarmasiga 998,0 mln.soʻm (xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasidan beriladigan qoʻshimchalar hajmi toʻliq 15 foiz qilib belgilanganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sonli sport maktabiga 374,2 mln.soʻm (musobaqa va chempionatlarda yaxshi natijalarga erishgan sportchi-oʻquvchilar soni koʻpayganligi uchun xodimlarga ustama toʻlovlari miqdori ortgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-sonli sport maktabiga 374,2 mln.soʻm (musobaqa va chempionatlarda yaxshi natijalarga erishgan sportchi-oʻquvchilar soni koʻpayganligi uchun xodimlarga ustama toʻlovlari miqdori ortgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga 59,9 mln.soʻm (byudjet parametrlarida kam rejalashtirilganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Yusupov)ga, tuman mahalliy byudjeti xarajatlar manbaiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha tegishli tashkilot va muassasalarning 2025-yilgi xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar rahbarlari tomonidan 2025-yilgi xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritilganligi inobatga olinsin hamda aniqlangan xarajatlar smetalari boʻyicha mablagʻlarni maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A.Yusupov)ga tuman mahalliy byudjetining 2025-yilgi xarajatlar manbaiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi M.Yoʻldashev hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari O.Abduraximov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi ABDURAXMONOV ILXOMJON AKBARALIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-53-11-163-K/25-son