30.01.2025 yildagi PQ-34-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash, sohada yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmoniga muvofiq hamda ichki bozorlarga sifatli va arzon chorva va parranda mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda parranda goʻshti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya qoʻmitasi) mazkur qarorga 1 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlarga erishish maqsadida chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan Davlat budjetiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 50 foizini har oyning 25 sanasiga qadar qaytarish tartibini joriy etish. Bunda ushbu tartib ishlab chiqarilgan goʻsht, sut, parranda goʻshti hamda tuxumni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil qiladigan chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu kichik bandga muvofiq Davlat budjetiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun 2025-yil 1-fevralga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirish. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mablagʻlar hisobiga respublikaning barcha hududlarida parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha “Parranda boqish — daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu loyiha aholi bandligini taʼminlash maqsadida kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, tijorat banklari balansidagi xoʻjaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari oʻrtasida kooperatsiya tizimini tashkil etish hamda respublikada parrandachilik sohasida tayyor biznes va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga amalga oshiriladi.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ-179-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Mikrokreditbank” ATB kredit mablagʻlari hisobiga kooperatsiya tizimi asosida parrandachilik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini koʻrsatgan xonadonlar roʻyxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2028-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik-naslchilik korxonalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xoʻjaliklarga joʻjalarni yetkazib berishda foydalaniladigan motorli transport vositalariga (TIF TN kodi 8704 22 920 9) import bojxona bojini 5 foiz hamda dvigatelning har bir kub sm uchun 1,2 AQSH dollari etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini 2028-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chorva hayvonlari, jumladan, qoramol, qoʻy-echkilar va nasldor otlarning embrionlarini tayyorlash uchun veterinariya dori vositalarini, shuningdek, davlat veterinariya laboratoriya tekshiruvlarida qoʻllanadigan tashxis test tizimlarini olib kirishda veterinariya dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazganlik guvohnomasini berishda koʻrsatiladigan pulli xizmat uchun haq undirishni bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Veterinariya qoʻmitasi 2025-2026-yillarda xalqaro donorlardan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va qorakoʻlchilik sohasini rivojlantirishga 50 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda ikki oy muddatda 2025-yilda yaylovlarni tiklash hamda ularda sugʻorish inshootlarini (quduqlarni) barpo etish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish inshootlarini (quduqlarni) muqobil energiya manbalari qurilmalari va suv hisoblagichlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish inshootlari (quduqlar) biriktirilgan subyektlarning ularni saqlash va oqilona foydalanish borasidagi majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu dasturni moliyalashtirishga Markaziy bankning foydasi hisobidan tegishli mablagʻlarni yoʻnaltirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Veterinariya qoʻmitasi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish va Jahon savdo tashkilotlari tomonidan oʻrnatiladigan talablar va standartlarni amaliyotga joriy etish, hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar xavfsizligini taʼminlash, chegara va transportda davlat veterinariya xizmatini amalga oshirish hamda veterinariya nazoratini kuchaytirish masalalariga masʼul organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Veterinariya qoʻmitasi tomonidan Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkilotining talablari boʻyicha chegara va transport veterinariya punktlarida davlat veterinariya xizmatiga raqamli texnologiyalar joriy etiladi hamda tovarlarni kuzatish, xavfni tahlil qilish va boshqarish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan palma moyiga hamda tarkibida palma moyi va yogʻ kislotalarining trans izomerlari mavjud boʻlgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida oʻrnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida palma moyidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik majmuasi egasi oʻzining garovga qoʻyilgan chorvachilik majmuasining garov taʼminoti boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ushbu chorvachilik majmualarini ularga qarashli yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda qonunchilikda belgilangan muddatga, yer ijara huquqini esa yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn auksion savdolari orqali yaxlit lot sifatida realizatsiya qilishga ruxsat etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishni vakolatli organlar bilan kelishish (xulosa olish) talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga ijara huquqini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya qoʻmitasi va Kadastr agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Niyozboshi massivi hududidagi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialiga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan 32,13 gektar yer uchastkasini Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shundan 4 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yer toifasini tegishli bino va inshootlar qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga 26 gektar yer uchastkasini Yer kodeksining 24-moddasiga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasidagi davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari uchun belgilangan tartibda ijaraga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 4 gektar yer uchastkasini Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markaziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jizzax viloyati hokimligi ikki hafta muddatda parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasini tashkil etish uchun 100 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer toifasini yer fondining boshqa toifalariga oʻtkazish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Veterinariya qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi va “Mikrokreditbank” ATBning xorijiy yetakchi genetik kompaniyalar bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida tuxum yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Samarqand viloyati hokimligi Veterinariya qoʻmitasi va “Parrandasanoat” uyushmasining xorijiy yetakchi genetik kompaniyalar bilan erishgan ijobiy kelishuvlariga koʻra Qoʻshrabot, Oqdaryo va Samarqand tumanlari hududidan 30 gektar yer maydonini loyiha tashabbuskoriga ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq qoʻmitasi Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Ipakchilik va jun sanoati qoʻmitasiga doimiy foydalanishga berilgan yaylov yer maydonlariga 2020-yildan 2024-yil 31-dekabrga qadar hisoblangan yer soligʻi summasini xatlovdan oʻtkazsin hamda ushbu muddatda ijaraga berilmagan maydonlar uchun hisoblangan yer soligʻi summasini hisobdan chiqarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda veterinariya sohasini takomillashtirish hamda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirishga doir vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, Dyuar idishlari bilan taʼminlashning prognoz koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-34-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Goʻsht ishlab chiqarish

(tirik vaznda, ming tonna)

Sogʻib olinadigan sut

(ming tonna)

2025-yilda

2025-yilda

Jami

3 189

13 118

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

138

491,2

2.

Andijon viloyati

218

1 200

3.

Buxoro viloyati

338

1 200

4.

Jizzax viloyati

268,4

770

5.

Qashqadaryo viloyati

366

1 420

6.

Navoiy viloyati

211

588,7

7.

Namangan viloyati

197,9

848,5

8.

Samarqand viloyati

365

1 530

9.

Surxondaryo viloyati

241,1

1 036

10.

Sirdaryo viloyati

83,5

442

11.

Toshkent viloyati

344,4

1 139,5

12.

Fargʻona viloyati

209,5

1 242,2

13.

Xorazm viloyati

207

1 210,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda parranda goʻshti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Parranda goʻshti yetishtirish

(ming tonna)

Parranda tuxumi yetishtirish

(mln dona)

Jami:

1 000,0

10 500,0

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

28,3

464,5

2.

Andijon viloyati

66,0

881,0

3.

Buxoro viloyati

40,0

610,0

4.

Jizzax viloyati

52,0

423,0

5.

Qashqadaryo viloyati

55,0

726,0

6.

Navoiy viloyati

22,7

413,0

7.

Namangan viloyati

69,0

771,0

8.

Samarqand viloyati

242,0

1799,5

9.

Surxondaryo viloyati

24,0

704,0

10.

Sirdaryo viloyati

59,0

227,0

11.

Toshkent viloyati

222,0

1920,0

12.

Fargʻona viloyati

90,0

844,0

13.

Xorazm viloyati

30,0

717,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Parrandachilikda band qilinadigan aholi soni*

shu jumladan:

parrandachilik xoʻjaliklari va aholi oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish

past quvvatdagi korxonalarni iqtisodiy sogʻlomlashtirish

tijorat banklari balansidagi xoʻjaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish

ishlab chiqarish va qayta ishlash faoliyati oʻrtasida kooperatsiya tizimini tashkil etish

yangi loyihalarni ishga tushirish

Jami

1 000 000

975 743

1 163

205

21 000

1 889

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

30 358

30 039

24

295

2.

Andijon viloyati

73 595

73 325

20

250

3.

Buxoro viloyati

51 778

51 483

52

36

207

4.

Jizzax viloyati

40 561

40 267

60

33

201

5.

Qashqadaryo viloyati

114 758

114 427

170

40

121

6.

Navoiy viloyati

33 777

33 676

5

96

7.

Namangan viloyati

108 036

100 851

80

10

7 000

95

8.

Samarqand viloyati

107 204

106 776

318

110

9.

Surxondaryo viloyati

72 537

72 441

20

76

10.

Sirdaryo viloyati

35 876

35 466

128

10

272

11.

Toshkent viloyati

147 715

140 263

331

7 000

121

12.

Fargʻona viloyati

119 870

119 851

19

13.

Xorazm viloyati

63 935

56 878

31

7 000

26

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hududlarda aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari parrandachilik xoʻjaliklarining quvvati va loyihalarni amalga oshirish dislokatsiyasidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulot turi

TIF TN kodi

Qiymati

(ming doll.)

Jami:

180 000

1.

Bir kunlik joʻja

0105

15 150

2.

Inkubatsion tuxum va isteʼmol tuxumi, shundan:

0407

69 000

inkubatsion tuxum

42 000

isteʼmol tuxumi

27 000

3.

Parranda goʻshti

0207

95 000

4.

Uskunalar

7322, 8415, 8436, 9405

600

5.

Dekorativ qushlar

0106

250

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari mahsulot turi boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati, uning hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti — 1,4 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yildan 10 yilgacha — 0,4;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yildan 15 yilgacha — 0,5;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yildan 20 yilgacha — 0,6;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan 25 yilgacha — 0,8;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 yildan ortiq — 1,0.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining tizim tashkilotlari hamda hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlariga koʻp yillik xizmat uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 yildan 15 yilgacha — 0,4;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yildan 20 yilgacha — 0,5;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yildan ortiq — 0,6;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari har oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 5 foizgacha ustamalar belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari har oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 10 foizgacha ustamalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2027-yillarda veterinariya sohasini takomillashtirish hamda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirishga doir vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro
muddati

Ijro uchun masʼullar

I. Chorvachilik sohasi hamda uning tarmoqlarini rivojlantirish yoʻnalishida

1.

Yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan fundamental hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish va belgilangan tartibda grant tanlovlari asosida amalga oshirish.

1. Yaylovlardan samarali foydalanishga doir mavjud muammolarni oʻrganish.

Grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar

2025-yil iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Bunda yaylovlar bioxilma-xilligini saqlash (qayta tiklash), yaylovlarni madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va choʻl oʻsimliklari bilan qoplash hamda yaylovlarda ekiladigan ekinlar urugʻchiligini tashkil etish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga alohida eʼtibor qaratish.

2. 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan ilmiy-texnik loyihalarni shakllantirish.

2025 — 2027-yillar

3. Amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish.

2.

Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi bazasida xalqaro tajribalar asosida qoramollar embrionini “in-vitro laboratoriya usulida tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

1. In-vitro” laboratoriya usulida qoramollar embrionini tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish.

“Chorvachilik sohasini rivojlantirish
(2-bosqich)” loyihasi doirasida jalb etilgan grant mablagʻlari

2025-yil dekabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

2. Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazini “in-vitro” laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash.

3. Xalqaro tajribalar asosida qoramollar embrionini “in-vitro” laboratoriya usulida tayyorlash hamda uni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

3.

Qorakoʻlchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, qorakoʻl zotini takomillashtirish va yuqori mahsuldor qoʻylar naslini koʻpaytirish boʻyicha Jondor tumanida Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasini tashkil etish.

1. Qorakoʻlchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, qorakoʻl zotini takomillashtirish va yuqori mahsuldor qoʻylar naslini koʻpaytirish boʻyicha Jondor tumanida Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasini tashkil etish.

Buxoro viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari

2025-yil dekabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Buxoro viloyati hokimligi

2. Buxoro qorakoʻlchilik stansiyasi faoliyatini xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan saqlash choralarini koʻrish.

4.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida joylashgan AT “Xalq banki” balansidagi 0,6 gektar bino va inshootlarni 0,4 gektar yer maydoni bilan birga chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron boʻlimiga toʻgʻridan-toʻgʻri (auksion savdolarisiz) 8 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish.

1. Bino va inshootlarni hamda yer maydonini ishchi guruh tuzgan holda xatlovdan oʻtkazib, toʻlov reja-grafigini ishlab chiqish.

2025-yil may

AT “Xalq banki”,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Toshkent viloyati hokimligi

2. Mazkur binoni chorvachilik
va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron boʻlimiga topshirish.

5.

Respublikada naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilishda zarur boʻlgan maxsus Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalar bilan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Tuman va shaharlar kesimida Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish.

Mahalliy budjet

mablagʻlari

2025 — 2027 yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Veterinariya
va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

2. Respublikaning har bir hududi boʻyicha tayyorlangan takliflarni viloyat hokimliklariga kiritib borish.

3. Takliflar asosida Dyuar idishlari va boshqa asbob-uskunalarni xarid qilish hamda tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini taʼminlash.

6.

Qoramolchilik xoʻjaliklari hamda aholi qaramogʻidagi sigirlarni seleksiya-naslchilik juftlash dasturi asosida naychalarda (payeta shaklida) tayyorlangan nasldor buqalar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantirish.

Bunda chetdan import qilingan nasldor buqalar urugʻi seleksiya-naslchilik juftlash dasturiga kiritilgandan soʻng foydalaniladi.

1. Respublikada chorva mollarini takror koʻpaytirishda foydalaniladigan nasldor buqalarni aniqlash.

2025 — 2027 yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Bojxona organlaridan olinadigan maʼlumotlar asosida chetdan import qilinadigan nasldor buqalar urugʻi hisobini yuritish.

Har ikki yilda

3. Qoramolchilik xoʻjaliklari hamda aholi qaramogʻidagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha seleksiya-naslchilik juftlash dasturini tasdiqlash.

7.

Xalqaro tajribalar asosida 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribalarni oʻrganish va Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim yoʻnalishlarini belgilash.

2025-yil mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida dual taʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

8.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasini tugatish hamda korxonaga operativ boshqaruv va doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan binolar va inshootlar, yer maydonlari hamda boshqa moddiy-texnika vositalarini Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markaziga oʻtkazish.

1. Tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida Ishchi komissiya tuzish va Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasi faoliyatini tugatish.

2025-yil may

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahri hokimligi

2. “Oʻzzoovettaʼminotxizmat” davlat unitar korxonasini tugatish bilan bogʻliq jarayonlarni yakunlash hamda olingan moliyaviy yordam va kreditor qarzdorliklarni toʻlash hamda joriy taʼmirlash ishlarini Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.

9.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida:

goʻsht-yogʻ mahsuldorlik yoʻnalishidagi qoʻylarning zotini takomillashtirish;

otlarning Oʻzbekiston sharoitiga mos mahalliy zotlarini yetishtirish.

1. Goʻsht-yogʻ mahsuldorlik yoʻnalishidagi qoʻylar zotini takomillashtirish boʻyicha keng qamrovli tadqiqot ishlari olib borish.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025 — 2027-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik
va idoralar

2. Takomillashtirilgan goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi qoʻy zotini respublika hududlari iqlim sharoitidan kelib chiqib koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish.

3. Otlar uchun birlamchi zootexnikaviy hujjatlar yuritilishini, otlar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlarni yigʻish va elektron maʼlumotlar bazasini (EMB) tashkil etish.

4. Otlarning Oʻzbekiston sharoitiga mos mahalliy zotlarini yetishtirish.

10.

Chorva hayvonlari va parrandalarning oʻta yuqumli kasalliklarini tashxislash uchun yangi avlod PSR — tezkor tashxis qoʻyish toʻplamlarini yaratish.

1. Chorva hayvonlari va parrandalarning oʻta yuqumli kasalliklarini zamonaviy tashxislash usullarini tahlil qilish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025-2026-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Texnologiyalarni transferlash.

3. Yaratilgan toʻplamlarning tajriba seriyalarini laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida sinovdan oʻtkazish.

4. Yaratilgan toʻplamlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

11.

Oʻzbekistonda genetik salohiyati yuqori tivit beruvchi echki zotlarini koʻpaytirish texnologiyasini yaratish.

1. Orenburg zotli, Angor, Sovet jundor zotli va mahalliy echkilar genofondidan foydalanib, ilk bor import oʻrnini bosuvchi tivitli echkilarning yuqori mahsuldor suruvlarini yaratishning seleksion-texnologik usullarini ishlab chiqish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025-2026-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Mahalliy echkilarni tivit zotli echkilar bilan juftlab respublikamiz togʻoldi hududlariga moslashgan, tivit mahsuldorligi yuqori echkilarning seleksion guruhini yaratish.

12.

Beda va koʻp yillik javdar yetishtirishning suvtejamkor, resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning birlamchi urugʻchiligini yaratish.

1. Yangi suvtejamkor, resurstejamkor texnologiyalardan foydalangan holda koʻp yillik beda va koʻp yillik javdar chorva ozuqasini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025-2026-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Yaratilgan ishlanmani ozuqa yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga joriy etish.

13.

Oʻzbekistonning tabiiy-iqlim sharoitiga mos xonaki parrandalarning naslli guruhlarini (duragaylarini) yaratish.

1. Aholi tomorqalarida boqishga va mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan yuqori mahsuldor xonaki parrandalar duragaylarini yaratish ustida tadqiqotlar olib borish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025 — 2027-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Mahalliy tovuqlarni yuqori mahsuldor zot va krosslar bilan chatishtirish va seleksiya ishlarini olib borish.

3. Xonaki parrandalarning yuqori mahsuldor duragaylarini yaratish.

14.

Ozuqabop ekinlarning suv tanqisligi va shoʻrlanishga chidamli yangi serhosil navlarini yaratish.

1. Ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav namunalarini ekib oʻrganish va koʻpaytirish.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarning natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar

2025 — 2027-yillar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ozuqabop ekinlar nav, namunalarini tabiiy va sunʼiy muhitlarda sinash.

3. Suv tanqisligi va shoʻrlanishga bardoshli ozuqabop ekinlar nav, namunalarini nav sinash markaziga taqdim etish.

II. Veterinariya sohasini rivojlantirish, xizmat koʻrsatishni yaxshilash va davlat veterinariya nazorati
faoliyatini takomillashtirish

15.

Chegara veterinariya nazorat punktlari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Chegara veterinariya nazorat punktlari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarning respublika hududi boʻylab harakati ustidan monitoring yuritish va veterinariya kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Davlat veterinariya nazorati ostidagi tovarlarning respublika hududi boʻylab harakati ustidan monitoring yuritish va kuzatuv veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil
sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxati belgilangan hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda karantin (cheklov) tadbirlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Sohaga oid muammolarni oʻrganish va yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash.

2025-yil
dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Roʻyxati belgilangan hayvonlarning yuqumli kasalliklari paydo boʻlganda karantin (cheklov) tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

18.

Xorijiy tajribalar asosida davlat chegara oʻtkazish punktlarida faoliyat olib borayotgan veterinariya xizmati xodimlarining xalqaro ekspertlar ishtirokida malakasini oshirish.

1. Xalqaro tashkilotlar bilan ekspertlarni jalb etish boʻyicha muzokara oʻtkazish va kelishuvga erishish.

Xalqaro moliya instituti grant mablagʻlari

Reja-jadval asosida

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Veterinariya xizmati xodimlarini malakasini oshirish yuzasidan oʻquv kurslarini tashkil etish.

19.

Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining “VIS-CHEGARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga integratsiya qilish hamda real vaqt rejimida maʼlumotlar almashinuvini joriy etish.

1. “VIS-CHEGARA” axborot tizimiga Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimini integratsiya qilish.

2025-yil dekabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bojxona organlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga doir hujjatlar va maʼlumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

III. Parrandachilik sohasini rivojlantirish yoʻnalishida

20.

“Parrandasanoat” uyushmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha moliyaviy manbalarni shakllantirish yuzasidan taklif kiritish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil may

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

“Parrandasanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

21.

Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida kooperatsiya tizimida va toʻliq zanjirli parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini oʻrgangan holda taklif tayyorlash.

1. Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarga oid qonun hujjatlarini oʻrganib chiqish.

2025-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi

2. Erkin iqtisodiy zonalar hamda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

22.

Respublikada parrandachilik xoʻjaliklarini har xil turdagi kasalliklardan saqlash, naslchilik xoʻjaliklarining ishlab chiqarish quvvatlarini himoya qilish va barqarorligini taʼminlash hamda epizootik holatni yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish.

1. “Parrandasanoat” uyushmasining tizimli tahlili asosida respublikadagi parrandachilik naslchilik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish yuzasidan taklif tayyorlash.

Doimiy

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi

2. Veterinariya qoʻmitasi tomonidan respublikadagi parrandachilik naslchilik subyektlarining ichki ishlab chiqarish quvvatlarini himoya qilish va barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

23.

Mahalliy tadbirkorlarga parranda mahsulotiga talabi yuqori boʻlgan xorijiy davlatlar eksport ruxsatnomalarini olishda amaliy yordam koʻrsatish.

1. Parranda mahsulotiga talab yuqori boʻlgan chet el davlatlari roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil dekabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Parrandasanoat” uyushmasi

2. Ushbu davlatlardan mahalliy tadbirkorlarga eksport ruxsatnomalarini olishda amaliy yordam berish boʻyicha Hukumat darajasida muzokaralar olib borish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, Dyuar idishlari bilan taʼminlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Sunʼiy urugʻlantiruvchi texnik xodimlar soni

Dyuar idishi (35 va 6 litrli)

Texnik osemenator sumkasi

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

soni

talab etiladigan mablagʻ

(mln soʻm)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

184

39

159

78

314

78

314

14

63

27

122

27

122

2.

Andijon viloyati

233

49

197

99

400

99

400

18

81

34

153

34

153

3.

Buxoro viloyati

273

57

230

116

468

116

468

21

95

40

180

40

180

4.

Jizzax viloyati

170

36

146

72

290

72

290

13

59

25

113

25

113

5.

Qashqadaryo viloyati

361

75

302

154

622

154

622

26

117

54

243

54

243

6.

Navoiy viloyati

128

27

108

54

218

54

218

9

41

19

86

19

86

7.

Namangan viloyati

144

31

126

61

246

61

246

11

50

21

95

21

95

8.

Samarqand viloyati

445

94

379

189

763

189

763

33

149

66

297

66

297

9.

Surxondaryo viloyati

234

50

201

99

400

99

400

17

77

35

158

35

158

10.

Sirdaryo viloyati

102

20

80

44

178

44

178

8

36

15

68

15

68

11.

Toshkent viloyati

280

58

234

119

480

119

480

20

90

42

189

42

189

12.

Fargʻona viloyati

236

50

202

100

403

100

403

17

77

35

158

35

158

13.

Xorazm viloyati

242

51

206

103

416

103

416

18

81

36

162

36

162

Jami

3032

637

2 572

1 288

5 198

1 288

5 198

225

1013

449

2021

449

2021

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yaylov xoʻjaliklarida faoliyat yurituvchi subyektlarga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan, qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, subyektlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshidagi “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining doimiy egaligidagi” soʻzlari “yaylov xoʻjaliklarining doimiy foydalanishidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarori 7-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“inqirozga uchragan yaylov yer maydonlarini tiklash, choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining birlamchi urugʻchilik maydonlari va madaniy yaylovzorlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollari uchun qishlov mavsumida kuchli ozuqa zaxirasini yaratish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-dekabrdagi PQ-435-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati tumanlarida 2022 — 2025-yillarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PQ-52-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-2024-yilda Navoiy viloyatini kompleks rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasining 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 675-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi “Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-285-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “2023-2024” raqamlari “2024-2025” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “2025-2026” raqamlari “2026-2027” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nasldor hayvonlarning urugʻi va embrionlarini sotish, sifatli yetkazib berish, xalqaro va mahalliy konsultantlarni jalb etgan holda iqtidorli yoshlar hamda yosh olimlarning bu boradagi bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-iyundagi “Parrandachilik sohasini yanada qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12.

Goʻsht yoʻnalishidagi parrandalarning I tartibli reproduktor ota-ona galasi naslchilik korxonasi (sanitariya zonasi bilan birgalikda) qurilishi uchun Zomin, Baxmal, Bulungʻur va Gʻallaorol tumanlari hududlaridan 200 gektar yer uchastkasini ajratish. Bunda oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

-

2025-yil sentabr

Jizzax va Samarqand viloyatlari hokimliklari

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son; 21.05.2026-y., 07/26/179/0521-son)