12.06.2025 yildagi VII-8-64-1-17-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ASAKA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-chorak uchun belgilangan tuman mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 28-, 146-moddalari, va viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining tuman mahalliy budjetiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirishnomalari hamda tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining “2025-yil 1-chorak uchun belgilangan tuman mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 25–moddalariga asosan Xalq deputatlari Asaka tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining “2025-yil 1-chorak yakuni mahalliy budjetining sifatli ijro etilishi va mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Tumanda 2025-yil 1-chorakda mahalliy budjet daromadlar rejasi orttirib bajarilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2025-yil 1-chorak yakuniga koʻra Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 28-martdagi 319-sonli hamda 335-sonli bildirishnomalariga asosan tuman mahalliy budjeti daromadlariga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-chorak yakuniga koʻra tuman mahalliy byudjetining xarajatlar qismiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 4-martdagi 108-sonli bildirishnomasiga asosan sogʻliqni saqlash sohasiga kiritilgan oʻzgartirishlar 2 ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 16-yanvardagi 27-sonli, 2025-yil 30-yanvardagi 40-sonli, 2025-yil 17-fevraldagi 71-sonli, 2025-yil 28-fevraldagi 99-sonli, 2025-yil 11-martdagi 139-sonli, 2025-yil 17-martdagi 158-sonli, 2025-yil 19-martdagi 179-sonli, 2025-yil 20-martdagi 193-sonli bildirishnomalariga asosan tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgartirishlar 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 4-yanvardagi 11-sonli, 2025-yil 4-martdagi 120-sonli bildirishnomalariga asosan tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgartirishlar 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, shuningdek, tuman mahalliy byudjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi byudjet tashkilotlarining 2025-yil 1-choragida xarajatlarini iqtisod qilingan mablagʻlarni maqbullashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, shuningdek, mahalliy budjet muassasalarida birinchi darajali toʻlovlar hamda boshqa zaruriy xarajatlar uchun rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida tashkilotalarga kiritilgan oʻzgartirishlar 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman mahalliy budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi tashkilotlarning soʻrovlariga asosan kiritilgan oʻzgartirishlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-sonli qarori 1-ilovasi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir” maʼmuriy reglamentga asosan er uchastkalarni sotishdan tushgan tushumdan 77621,5 ming soʻm jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruh rahbari (A.Abdurasulov) bir oy muddatda Asaka tumanida jismoniy va yuridik shaxslarni mulkiy zararlarini sud ishlarida koʻrib chiqish uchun hokimlik yuriskonsulti bilan taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari zimmasiiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi QOSIMOV QOBILJON QOSIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Asaka tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-64-1-17-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.