XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026 yil 18 avgustdagi VII-24-101-8-0-K/26-sonli «Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi qonunining 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6074-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 204-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
1. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 12-martdagi 01-05/1732-sonli hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 19-martdagi 22-20-10/104-sonli xulosalari va “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 19-martdagi 6/316-sonli viloyatdagi suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari) 1-ilovaga;
dizel yoqilgʻi bilan transportda tashib yetkazilib beriladigan ichimlik suv narxlari (tariflari) 2-ilovaga;
siqilgan gaz bilan transportda tashib yetkazilib beriladigan ichimlik suv narxlari (tariflari) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Surxondaryo viloyati hokimligi (A.Amirov), “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati (A.Mamatqulov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbuloq tumanlari markazlarida oqova suv tizimlarini qurish” hamda “Oqtosh” va “Poshxurt” yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-342-son qarorining 8-ilovasiga asosan:
har chorakda tegishliligi boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida;
har yarim yilda xalq deputatlari viloyat Kengashiga aholini ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida;
har yili 1-iyunga qadar viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqish orqali isteʼmolchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda korxona majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishning moliyaviy manbalarini shakllantirish, ichimlik va oqova suv tariflarini xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritib borsin;
isteʼmolchilar sonini va xizmat koʻrsatish hajmlarini oshirish, debitor qarzdorliklarni kamaytirish, suv yoʻqotishlari hajmini qisqartirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik jihozlash, shuningdek, toʻlov intizomini mustahkamlash yuzasidan tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi boʻyicha har chorakda tuman (shahar) hokimlari tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashiga hisobot berilishini taʼminlasin.
4. “Surxondaryo suv taʼminoti” aksiyadorlik jamiyati (A.Mamatqulov) tuman (shahar)larda aniq manzilli va muddatli reja-grafik asosida 2025-yil aprel-may oylarida aholi oʻrtasida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni onlayn amalga oshirish boʻyicha turli shakldagi targʻibot tadbirlarini tashkil etsin va natijasi yuzasidan 2025-yil 1-iyunga qadar xalq deputatlari viloyat Kengashiga yozma axborot kiritsin.
5. Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi (Z.Toʻrayev), “Surxondaryo” viloyat teleradiokompaniyasi (B.Mingboyev), “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari tahririyati (S.Norqobilov)ga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2024-yil 14-martdagi “Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari (tariflari)ni belgilash toʻgʻrisida” VI-83-49-8-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklansin.
8. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Surxondaryo viloyati,
2025-yil 16-may,
VII-9-69-8-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.