08.05.2025 yildagi VII-8-34-11-158-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rishton tumanida suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv-tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda xududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini xududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqishi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlari toʻgʻrisidagi xujjatlar tuman Kengashiga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni va sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bugʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo'ljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim Qonunlari va hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.“Sirdaryo-Sux” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Rishton tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil vegetatsiya davri uchun tuman hududidagi jami 1276 ta suv isteʼmolchilariga 154 mln 376 ming m3 suv limiti ishlab chiqilgan. Shundan ekinlarni yoʻqotishlarsiz sugʻorishga 131 mln 22 ming m3 suv limiti belgilandi. Xoʻjaliklararo kanallardagi suv yoʻqotishlarni inobatga olib 1276 ta isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish limitlar jadvali 1-ilovaga muvofiq, shundan fermer xoʻjaliklar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq, MFY tomorqalari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq, Baliq yetishtirish uchun 4-ilovaga muvofiq 2025-yil sugʻorish davrida suv olish limitlar jadvali tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Tumandagi qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (qastdan yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori S.Xaydarovlarga, mazkur qarorni 4-bandidagi tartib barcha suv isteʼmolchilariga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Dexqonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kengash qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni OAV larida, tuman hokimligining veb saytida shuningdek rasmiy internet-kanallar va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari va xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (X.Boyigitov)ga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XOLIKOV BAXODIR RAXMATULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Rishton tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-34-11-158-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.