TOSHKENT VILOYATI TOSHKENT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 14-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi 129-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida”gi 271-10-0-Q/25-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida
Toshkent vildoyati hokimning 2025-yil 14-apreldagi 271-10-0-Q/25-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqasadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent vildoyati hokimning 2025 yil 14 apreldagi 271-10-0-Q/25-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent tumanida 2025–2026-yillarda mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish boʻyicha manzilli roʻyxatlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Hududiy (viloyat) komissiya zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
(a) mikro GESlarni qurish va ishga tushirish orqali tegishli hududdagi mavjud gidroenergetika salohiyatidan keng foydalanish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(b) mikro GESlar qurilishi mumkin boʻlgan salohiyatli maydonlarni aniqlash;
(v) aniqlangan maydonlarning manzilli roʻyxatini shakllantirib, ularni belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish uchun Energetika vazirligiga taqdim etish.
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (S.Mirsagatov):
oʻn kun muddatda har bir loyihalar oʻrganib chiqilib, amalga oshirilishi zarur boʻlgan hujjatlar toʻplami toʻliq holda viloyat hokimligi va tegishli vazirlik idorlarga taqdim etilishi;
yigirma kun muddatda loyihalar Energetika vazirligi bilan kelishilishini tʼminlasin (maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi boʻyicha).
5. Qaror bilan quydagilar belgilanganligi:
(a) Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-mayga qadar loyiha hujjatlariga asosan, mikro GESlar qurish uchun tanlab olingan yer maydonlari belgilangan tartibda Energetika vazirligiga ajratilishini taʼminlanishi;
(b) Energetika vazirligi ajratilgan yer maydonlari loyiha tashabbuskorlariga mikro GESlar qurish va ishga tushirish uchun 20 yil muddatga ijaraga berilishini (keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan) taʼminlaydi;
(v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan yer maydonlari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtirilishi;
(g) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ buyurtmachilar bilan birgalikda mikro GESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy monitoringini yuritish maqsadida belgilangan boʻlinish chegaralarida oʻrnatiladigan hisoblagichlarning Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (GES) integratsiya qilinishini hamda kunlik, oylik, choraklik va yillik maʼlumotlar qayta ishlanishini taʼminlab borishi;
(d) mikro GESlar quriladigan kanallarda ularning loyiha quvvatida ishlashi uchun zarur suv resurslari bilan taʼminlash maqsadida vegetatsiya va kuz-qish mavsumi uchun suv ochish va yopish grafiklari Suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarining suvga boʻlgan talabidan kelib chiqib tasdiqlanishi inobatga olinsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Sh. Muxammedov, “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi B. Qurbonov, shahar va tuman hokimlari belgilanganligi inobatga olinsin.
8. Qaror ijrosi uchun masʼul boʻlim va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman hokimi oʻrinbosari S.Mirsagatov zimmasiga yuklansin.
Илова
2025–2026-yillarda Toshkent viloyati hududida mikro gidroelektr stansiyalarni qurish va ishga tushirish boʻyicha
MANZILLI ROʻYXATI
MANZILLI ROʻYXATI
№ | МикроГЭС ўрнатиладиган ҳудуд | Канал параметрлари | Жами МикроГЭСлар | |||||||
Канал номи | МФЙ номи | Координаталари | Сув сатхи (м) | Ўртача сув сарфи (куб.м/сек) | Тезлиги (м/с) | Йиллик сув оқиш даврида (ой) | ||||
мах | мин | сони | Қуввати (кВт) | |||||||
2025 йилда | ||||||||||
1 | Захариқ | Қирариқ | 41 25'32.27"S 69 14'16.45"V | 3 | 1 | 12 | 2 | 9 | 1 | 50 |
2026 йилда | ||||||||||
2 | Захариқ | Қирариқ | 41 25'38.23"S 69 14'36.31"V | 3 | 1 | 12 | 2 | 9 | 1 | 50 |
Tuman hokimi S. ERGASHEV
Toshkent viloyati, Toshkent tumani,
2025-yil 30-aprel,
109-10-212-Q/25-son