29.04.2025 yildagi VII-13-47-10-136-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻstonliq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun tuman isteʼmolchilari kesimida suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 79-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil yozgi sugʻorish mavsumi uchun Boʻstonliq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan tuman uchun 75,7 mln. m3 hajmdagi isteʼmol uchun suv limitlari hududlar va isteʼmolchilar kesimida ishlab chiqilib, xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan suv limiti doirasida davlat muassasasi tomonidan isteʼmolchilarga jami 66,0 mln. m3 hajmda suv yetkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yil davomida tumanda faoliyat olib borayotgan “Livestock Agro Group” MCHJ, “Bekal Agro Invest”, “Sho'rbuloq Agro”, “Moxizar Maftun Buston” fermer xoʻjaliklari tomonidan belgilangan limitdan ortiq suv isteʼmol qilganliklari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillar kuzgi-qishki sugʻorish davrda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan 13,2 mln. m3 hajmda suv limitlari hududlar va isteʼmolchilar kesimida ishlab chiqilib, xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda faoliyat olib borayotgan bir qator fermer xoʻjaliklari tomonlaridan katta hududlarda suv tejamkor texnologiyalarni joriy qilganliklari sababli, 2024-yil yozgi sugʻorish davrida 9,7 mln. m3 hajmdagi hamda 2024-2025-yillar kuzgi-qishki novegitatsiya davrida 10,0 mln. m3 hajmdagi suv iqtisod qilinishiga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6024-sonli Farmoniga asosan suv yetkazib berish uchun moʻljallangan nasoslari “Davlat-xususiy sherikchilik” asosida bosqichma-bosqich energiya tejamkor nasoslarga oʻzgartirilib, elektr energiyasini iqtisod qilishga erishilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qaroriga asosan Boʻstonliq tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining 2025-yil 3-apreldagi 82/02-67-sonli murojaati hamda muassasa direktori v.b. A. Muxutovning hisobotini tinglab, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhining 2025-yil 12-apreldagi 1-sonli murojaati hamda Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiya hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2025-yil 16-apreldagi 03-04-03-DKQB/5-25-sonli Qoʻshma majlis bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boʻstonliq tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori v. b. A. Muxutovning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida yakuniy isteʼmolchilarga suv yetkazib berish boʻyicha amalga oshirgan ishlari hamda 2025-yil sugʻorish mavsumida Boʻstonliq tumani isteʼmolchilari kesimida suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻstonliq tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun suv limiti belgilangan isteʼmolchilar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori v.b. A. Muxutovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Xalmatov tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori v.b. A. Muxutov bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa xodimlarining vazifalar taqsimotini qayta koʻrib chiqib, qoʻshimcha shtat birliklarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida, maxsus transport vositalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar asosida tumandagi mavjud kanal va ariqlarni betonlashtirish xarajatlarini qoplash uchun qoʻshimcha moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumandagi mavjud fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi korxonalarda bosqichma-bosqich suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa tomonidan amalga oshirilishi belgilangan ishlarni loyihalashtirish va ekspertizadan oʻtkazish muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning oktyabr oyida xalq deputatlari tuman Kengashida hisobot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Xalmatov, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori v.b. A. Muxutov, Davlat soliq inspeksiyasi tuman boʻlimi boshligʻi Z. Zokirov isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi mazkur qarorning 2-bandida tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblash choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Yulchiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi AXMEDOV JOʻRABEK ILXOMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-13-47-10-136-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.