JIZZAX VILOYATI PAXTAKOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
2025-yilgi tasdiqlangan Paxtakor tumani mahalliy budjeti yoyilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 148-moddasiga, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 26-martdagi 01-20-228/08-06-3231-sonli xatini hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025-yil 26-martdagi 01-20-228/08-06-3231-sonli, xatini va tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining soʻrovlarini inobatga olib budjet tashkilotlarining taʼminotchi, yetkazib beruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi korxonalar oldida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kreditor qarzdorliklarini oldini olish, choraklar davomida mahalliy budjet ijrosini sifatli yakunlash uchun mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʻminlash maqsadida, 2025-yil uchun tasdiqlangan tuman mahalliy budjeti yoyilmasiga ilovaga muvofiq tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (A. Uzoqov)ga mahalliy budjetning xarajatlar qismiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. ASHUROV
Paxtakor tumani,
2025-yil 29-aprel,
99-3-52-Q/25-son
Paxtakor tumani hokimining 2025-yil 29-apreldagi 99-3-52-Q/25-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tuman mahalliy byudjetiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Boʻlim | Kichik boʻlim | Bob | Xarajatlar | Oʻzgartirish summasi-jami | ||||||||||
Toifa | Modda va kichik modda | element | Koʻpaygan | Kamaygan | ||||||||||
% | Summa | % | Summa | 2-chorak | shu jumladan | |||||||||
aprel | may | iyun | ||||||||||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 12 | ||||
7011 | 312 | 222 | 42 | 52 | 110 | 50000 |
| 0 | 50000 | 50000 | ||||
7092 | 100 | 072 | 42 | 52 | 110 | 0 |
| 214000 | -214000 | -214000 | ||||
7091 | 100 | 072 | 42 | 25 | 000 | 32000 |
| 0 | 32000 | 32000 | ||||
7092 | 100 | 072 | 42 | 99 | 990 | 92000 |
| 0 | 92000 | 92000 | ||||
7092 | 100 | 072 | 43 | 54 | 990 | 0 |
| 12000 | -12000 | -12000 | ||||
7096 | 300 | 072 | 42 | 99 | 990 | 45200 |
| 0 | 45200 | 45200 | ||||
7092 | 100 | 072 | 42 | 52 | 110 | 0 |
| 45200 | -45200 | -45200 | ||||
7083 | 610 | 205 | 42 | 52 | 110 | 30000 |
| 0 | 30000 | 30000 | ||||
7042 | 136 | 250 | 42 | 52 | 110 | 10000 |
| 0 | 10000 | 10000 | ||||
7083 | 610 | 205 | 42 | 21 | 000 | 12000 |
| 0 | 12000 | 12000 | ||||
Hammasi | 0 | 271200 | 0 | 271200 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||||||