XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlari (tariflari) toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2025 yil 4-dekabrdagi VII-18-201-4-0-K/25-sonli «Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Nishon tumani Nuriston shaharchasi abonentlariga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlari (tariflari) toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan 2025 yil 20-dekabrdan oʼz kuchini yoʼqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyul kunidagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonunning 12-bob 46-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 27-martdagi 87-sonli, Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-martdagi 01-20-10/05-33/192-sonli xatlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 162- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2025-yil 27-martdagi 87-sonli, Qashqadaryo viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 26-martdagi 01-20-10/05-33/192-sonli xatlari hamda Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori O. Omonovning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlar (tariflar) yuzasidan taqdimoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlari (tariflari) ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 29-fevraldagi “Talimarjon IES” AJ da ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-71-31-4-0-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingandan keyin oʻn besh kun oʻtgach kuchga kiradi.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O. Ravshanov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari M. Azizov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi I. XUSHMURODOVA
Qashqadaryo viloyati,
2025-yil 25-aprel,
VII-10-70-4-0-K/25-son
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2025-yil 25-apreldagi VII-10-70-4-0-K/25 -son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nishon tumani “Yagona boshqaruv kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taklif etilgan 1 m3 ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun taklif etilayotgan narxlari (tariflari)
T/r | Xizmat turlari | Isteʼmol turi | Oʻlchov birligi | Amaldagi narxi QQS siz (soʻmda) | Yangi narx QQS siz (soʻmda) |
1. | Ichimlik suvi | aholi isteʼmolchilariga | 1 m3 | 1000 | 1700 |
budjet tashkilotlariga | 1 m3 | 1875 | 3500 | ||
ulgurji isteʼmolchilariga | 1 m3 | 3125 | 6000 | ||
2. | Oqova suv | aholi isteʼmolchilariga | 1 m3 | 900 | 1000 |
budjet tashkilotlariga | 1 m3 | 1071,4 | 1500 | ||
ulgurji isteʼmolchilariga | 1 m3 | 2143 | 2500 |