24.02.2006 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA XORIJIY DAVLATLAR OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MUXBIRLARINING KASB FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVCHI ASOSIY QOIDALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlariga ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga muvofiq o‘z kasb faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi Asosiy qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 11-sentabrdagi 391-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 34-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 24-fevraldagi 33-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar
ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb
faoliyatini tartibga soluvchi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborotning barcha shakllari erkin va keng tarqatilishini ko‘zlab, ushbu sohadagi hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlari (jurnalistlari)ning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish asosida ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan muxbirlarning huquqiy maqomi va kasb faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida , “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Asosiy qoidalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Muxbirlik punkti (byurosi, ofisi)ni ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilingan qarori xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktini ochish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor xorijiy axborot vositasi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasida manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasining muxbirlik punkti ochilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlardan dastlabki ikkitasi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan oshmaydigan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositasi muxbirlik punktini ochish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlik punktlari reyestrini yuritadi, ularga maxsus guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining quyidagi hujjatlar asosida qabul qilingan qarori xorijiy davlat ommaviy axborot vositalarining vakillarini doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor xorijiy axborot vositasi rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasida muxbirlik punkti ochish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga murojaatnoma xati. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilinadigan xorijiy muxbirning tarjimai holi ma’lumotlari va tegishli namunadagi to‘rtta fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat xati O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik yoki konsullik muassasalari orqali beriladi yoxud bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Doimiy xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tegishli murojaatnoma olingan kundan boshlab ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Akkreditatsiya qilingan muxbir O‘zbekiston Respublikasiga kelgach, unga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi doimiy xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida 2 yil muddatgacha amal qiladigan guvohnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunigacha bo‘lgan muddatda qabul qilinadi. Akkreditatsiya olish uchun ushbu Asosiy qoidalarning 5-bandida talab etilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy ommaviy axborot vositasi ta’sischisi (ta’sischilari) va uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi ma’lumot ham taqdim etilishi zarur.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 453-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2019-y., 09/19/453/3232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vaqtinchalik xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomiga xorijiy davlatning tegishli ommaviy axborot vositasi rahbariyatining yozma murojaatnomasi taqdim etilgandan keyin ikki haftadan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Ijobiy qaror qabul qilingach O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya qilingan muxbirga vaqtinchalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida uch oygacha amal qilish muddati bilan guvohnoma beradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 207-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/207/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida materiallarni, shu jumladan, kinoxronikal, O‘zbekistonning turistik salohiyati, tabiati, madaniyati, an’analari va aholi turmush tarzi to‘g‘risidagi dasturlarni, publitsistik va tarixiy materiallarni suratga olishni mo‘ljallayotgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining iltimosnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda vaqtincha xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma murojaatnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tushgandan keyin besh ish kunigacha muddatda beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 207-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/207/0920-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarning oila a’zolariga xorijiy muxbirning oila a’zolari kartochkasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga uning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati o‘tgungacha ikki oydan kechikmay muxbirni akkreditatsiya qilinganlik muddatini uzaytirish haqida iltimos bilan murojaat qilishga haqlidir, aks holda akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda xorijiy muxbir bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qilishi shart. Dublikat berish masalasi ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Akkreditatsiya muddati tugagan, takroriy akkreditatsiya qilingan yoki akkreditatsiya muddatidan oldin to‘xtatilgan hollarda doimiy yoki vaqtinchalik akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risida ilgari berilgan guvohnomani O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirni akkreditatsiya qilishni O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari yoki ushbu Asosiy qoidalar asosida rad etishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday qarorning sabablari to‘g‘risida xorijiy muxbirni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro yoki milliy darajadagi turli tadbirlar (kongresslar, simpoziumlar, syezdlar, anjumanlar, seminarlar va shu kabilar)ni yoritish uchun taklif qilingan xorijiy davlat ommaviy axborot vositasi vakili O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtinchalik xorijiy muxbir sifatida akkreditatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga tashrifni yoritish uchun xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalariga fotograf yoki videooperator sifatida hamrohlik qilayotgan xorijiy mamlakatlar davlat organlarining xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning rasmiy delegatsiyalariga hamrohlik qilayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarini vaqtincha akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror xorijiy davlatning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuborilgan rasmiy verbal notasi asosida besh ish kunidan kechikmasdan qabul qilinadi. Ushbu holatda Asosiy qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 207-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/207/0920-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va bu yerda bo‘lishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy muxbirlarga kelish vizalari O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ularni doimiy yoki vaqtinchalik xorijiy muxbirlar sifatida akkreditatsiya qilishga roziligiga ko‘ra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarga manfaatdor xorijiy ommaviy axborot vositasining murojaatnomasi asosida, konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan, akkreditatsiya muddatiga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtiriladi. Ko‘p martalik vizalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Doimiy yoki vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbir vaqtincha almashtirilgan taqdirda (ta’til, kasallik, boshqa mamlakatlarga xizmat safarlari va hokazolar) viza berish to‘g‘risidagi masala tegishli murojaatnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xorijiy muxbirlarning asosiy huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chet el fuqarosi bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘ladigan akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar va ularning oila a’zolari muxbirning kasb faoliyati davrida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlarni bajaradilar. Xorijiy muxbirlarning huquq va majburiyatlari shuningdek manfaatdor davlatlar bilan o‘zaro ahdlashuv asosida ikki tomonlama tartibda boshqarilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasining xizmatlaridan xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonlari ma’muriy-texnik xodimlari bilan teng shartlarda foydalanadilar.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi akkreditatsiya qilingan doimiy xorijiy muxbirlarning iltimosi bo‘yicha ular faoliyatining zarur shart-sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq amaliy masalalarga oid axborotlarni taqdim etadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga shaxsiy foydalanish, shuningdek kasb faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan buyumlarni, akkreditatsiya qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin ularni O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan, bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib kirishlari mumkin, bojxonada rasmiylashtirish va bojxona omborida saqlash yig‘imlari bundan mustasno. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalarini bojxonada rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtincha olib kelish shartlari to‘g‘risida” 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbir xorijiy davlatning o‘zi vakili bo‘lgan ommaviy axborot vositasiga og‘zaki, yozma yoki audiovizual xususiyatga ega bo‘lgan axborotni xorijiy mamlakatlar bilan aloqa qilishning O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud kanallari orqali berish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xorijiy muxbirning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi. Davlat xorijiy muxbirga axborotni erkin olish va tarqatishni kafolatlaydi, uni kasb faoliyatini amalga oshirish paytida himoya qilishni ta’minlaydi. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirning kasb faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasb majburiyatlarini bajarish chog‘ida olingan biror-bir ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy muxbirlar tomonidan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori, mazkur Asosiy qoidalar yoki ommaviy axborot vositalari sohasidagi boshqa qonunchilik buzilgan taqdirda ogohlantirishi yoki uning akkreditatsiyasini muddatidan oldin to‘xtatishi, yoki kirish vizasini bekor qilishi, shuningdek respublikadan chiqarib yuborishgacha ta’sir ko‘rsatish ma’muriy choralarini ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlarga mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini buzishga da’vat etish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlik, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish taqiqlanadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlariga aralashish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, ularning shaxsiy hayotiga aralashish va qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzishda aybdor bo‘lgan xorijiy muxbirlar va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya olmagan xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijiy muxbirlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlik punktlarining texnik xodimlari amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bildirishnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida belgilangan tartibda hisobga turadilar, o‘z daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya to‘ldiradilar va soliq organlariga jurnalistlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq bank hujjatlari va ma’lumotlarni topshiradilar. Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar va ularning ish beruvchilari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya olmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari sifatidagi kasb faoliyati taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin yurish huquqiga ega, borish uchun yopiq bo‘lgan yoki maxsus ruxsatnomani talab etadigan joylar bundan mustasno. Xorijiy muxbir O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani o‘zi bilan olib yurishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Akkreditatsiya qilingan muxbirlik punktlari va xorijiy muxbirlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi orqali texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar sifatida ishga yollashi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Akkreditatsiya qilingan xorijiy muxbirlik punkti va xorijiy muxbir texnik xodimlarining va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining jurnalistlik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 9-son, 65-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2018-y., 09/18/207/0920-son, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son, 03.06.2019-y., 09/19/453/3232-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)