O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUG‘I
NOMODDIY AKTIVLARNI BALANSDAN CHIQARISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 14-yanvarda 1539-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 144-sonli “Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3543, 05.08.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin;
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-dekabr,
105-son
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
2005-yil 14-dekabrda, 105-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Moliya vazirligi tomonidan
2005-yil 14-dekabrda, 105-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun)ga muvofiq nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarishning buxgalteriya hisobi tartibini belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslarga (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi (budjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno).
2. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansdan chiqariladi:
a) tugatilishi;
b) sotilishi;
v) ayirboshlash;
g) tekinga berilishi;
d) ustav kapitaliga ta’sischining ulushi ko‘rinishida berilishi;
e) yuridik shaxs ta’sischilari tarkibidan ta’sischining chiqishida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilinishi;
j) kamomad dalillarini aniqlash.
3. Nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan nomoddiy aktivlarni bahosi o‘sishi summasining qoldig‘i, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi bahosi o‘sishi summalarining bu obyektni avvalgi bahosining pasayishi summasidan oshishi boshqa aktivlar chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar kreditiga kiritilib, bir vaqtni o‘zida 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapital kamaytiriladi.
4. Mazkur Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan sabablar bo‘yicha chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005-yil 25-martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) kuchga kiritilguniga qadar, 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olingan, chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo), ya’ni ushbu nomoddiy aktivlarni avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining ularni avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishi 8520 “Rezerv kapital” schyotiga ko‘chiriladi.
Shu munosabat bilan, tashkilotlar 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida hisobga olinadigan qayta baholash natijalari (saldo)ni, ya’ni avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishini quyidagi ikki qismga bo‘lishlari kerak: balansda qayd etilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005-yil 25-martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) kuchga kiritilguniga qadar chiqib ketgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha qayta baholash natijalari (saldo).
2-§. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish tartibi
5. Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan chiqarilishi mumkin:
a) belgilangan foydali xizmat muddati tugaganidan (amortizatsiya ajratmalari to‘liq hisoblanganidan) keyin;
b) tegishli vakolatli davlat organlarining qarorlariga muvofiq;
v) ma’naviy eskirgan nomoddiy aktivlar;*
g) bundan keyin foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan nomoddiy aktivlar.
6. Tashkilotlarda tugatish nomoddiy aktivlarni munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun rahbar tomonidan tayinlanadigan shaxs raisligida komissiya tuziladi. Komissiya tarkibiga tegishli mutaxassislar, buxgalteriya xodimlari va tashkilotning moddiy javobgar shaxslari kiritilishi kerak. Komissiya tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tuziladi.
7. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun tuziladigan komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:
a) hisobdan chiqariladigan nomoddiy aktivlarning holatini o‘rganishni amalga oshirib, bunda mutlaq huquqlarni tasdiqlaydigan zarur hujjatlar (patent, pasport va boshqa hujjatlar), shuningdek buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanadi;
b) ularni qayta tiklashning mumkin emasligi yoki iqtisodiy maqsadga nomuvofiqligini belgilaydi;
Ma’naviy eskirgan nomoddiy aktivlar — xuddi shunday maqsaddagi nomoddiy aktivlarning yanada unumdor va tejamkor turlarini ishlab chiqish (yaratish) natijasida qadrsizlanadigan nomoddiy aktivlar.
v) nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish sabablarini belgilaydi (amortizatsiya ajratmalarini to‘liq hisoblash, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi, tabiiy ofatlar va hokazo);
g) nomoddiy aktivlarning foydalanishdan muddatdan avval chiqib ketishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi.
8. Nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya qabul qilgan qarorning natijalari mazkur Nizomga 1-son ilovaga muvofiq nomoddiy aktivlarni tutagish dalolatnomasi (NM-4-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Tugatilayotgan nomoddiy aktivlarni yo‘q qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi (NM-4-son shakl) ikki nusxada tuziladi, tashkilot rahbari tayinlangan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi nomoddiy aktivlar obyektlarining saqlanishi uchun mas’ul shaxsda qoladi.
9. Nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasida tugatilayotgan nomoddiy aktivlarni tavsiflaydigan quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: ishlab chiqish (tayyorlash) yili, uning tashkilotga kelib tushish sanasi, foydalanishga topshirish sanasi, nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati (qayta baholangan nomoddiy aktivlar uchun — qayta tiklash qiymati), buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha butun foydalanish muddatida hisoblangan amortizatsiya summasi, tugatish sabablari va hokazo.
Falokatlar yoki normal foydalanish sharoitlarini buzish oqibatida chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga falokat yoki normal foydalanish sharoitlari buzilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomaning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi, shuningdek falokatga yoki normal foydalanish sharoitlari buzilishiga olib kelgan sabablar izohlanadi va aybdor shaxslarga nisbatan ko‘rilgan choralar ko‘rsatiladi.
Tabiiy ofatlar oqibatida chiqib ketgan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarayotganda tugatish dalolatnomasiga maxsus hukumat komissiyasining xulosasi ilova qilinishi mumkin.
10. Tugatish dalolatnomalarini tasdiqlashga qadar nomoddiy aktivlarni yo‘q qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tugatish jarayoni yakunlangach tashkilot buxgalteriyasi tomonidan mazkur Nizomga 2-son ilovaga binoan shaklda nomoddiy aktivlarni tugatish natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi.
11. Nomoddiy aktivlarni tugatishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar qoldiq (balans) qiymati va ularni tugatish bo‘yicha xarajatlarning rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldo)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektini avvalgi bahosini o‘sishlari summalarining uni avvalgi bahosini pasayishlari summasidan oshishiga tuzatilgan summasi sifatida belgilanadi.
12. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tugatish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasini hisobdan chiqarayotganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) tugatish xarajatlari summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar;
g) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
d) nomoddiy aktivlarni tugatishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti debeti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
e) nomoddiy aktivlarni tugatishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
3-§. Nomoddiy aktivlarni sotish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish tartibi
13. Nomoddiy aktivlarni sotish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular sotuvchi tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Bunda tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nomoddiy aktivlarni sotishning boshqacha qiymatini belgilash huquqiga egadir, bu qiymat balans qiymatidan farq qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Nomoddiy aktivlarni sotishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar), qo‘shilgan qiymat solig‘i va ularning sotish xarajatlarini, rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holda nomoddiy aktivlarni sotishdan tushum va qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
15. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni sotish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning sotish (realizatsiya) qiymati summasiga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblangan taqdirda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
v) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilishida:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
d) sotish xarajatlari summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar;
e) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
j) nomoddiy aktivlarni sotishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
z) nomoddiy aktivlarni sotishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
4-§. Nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan ularni balansdan chiqarish tartibi
16. Nomoddiy aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular mazkur aktivlarni nomoddiy aktivlarga ayirboshlashga berayotgan tashkilotning balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
17. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga tengdir.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga tengdir.
18. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga tengdir.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan taqdirda o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlab sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlashda berilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari (qo‘shimcha to‘lov) summasiga ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga tengdir.
19. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni ayirboshlash munosabati bilan ularni balansdan chiqarish quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) berilayotgan xuddi shunday nomoddiy aktivning qoldiq qiymati bo‘yicha yoki o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga joriy qiymat bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovsiz ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400) — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati summasiga va pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlarining to‘lanadigan summasiga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bo‘yicha;
kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” schyoti — ayirboshlashda to‘lanadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summasiga;
d) pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari olinishi bilan ayirboshlab olingan nomoddiy aktivlar obyekti kirim qilinganida:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400) — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati bilan ayirboshlashda olinadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summasi o‘rtasidagi farq summasiga;
debet 4890 “Boshqa debitorlarning qarzlari” schyoti- ayirboshlashda olinadigan pul mablag‘lari yoki ular ekvivalentlari summalariga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti — berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymatiga;
e) moddiy aktivlar ayirbosh qilinganda xarajatlar summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar;
j) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan, nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
z) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab yozilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schyoti;
i) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
k) nomoddiy aktivlarni ayirboshlashdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti debeti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
5-§. Nomoddiy aktivlarni tekinga berish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish tartibi
20. Nomoddiy aktivlarni tekinga berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va ular tekinga beradigan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
21. Nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) beriladigan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati va ular bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini, rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holdagi summasi sifatida aniqlanadi.
22. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni tekinga berish munosabati bilan ularni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0500);
b) nomodiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblab yozilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schyoti;
g) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
d) nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
e) nomoddiy aktivlarni tekinga berishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
6-§. Ustav kapitaliga ulush sifatida berish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi
23. Nomoddiy aktivlar boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga ta’sis hujjatlariga asosan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ulush sifatida beriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
24. Nomoddiy aktivlar ularni ustav kapitaliga ulush sifatida berayotgan tashkilot balansidan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
Bunda tashkilotlar nomoddiy aktivlarni boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa, balans qiymatidan farqlanadigan qiymat bo‘yicha ulush sifatida kiritishlari mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
25. Nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) ta’sis shartnomasida yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa tartibga muvofiq baholangan qiymat bilan berilayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida, ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlarini hisobga olib rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holda aniqlanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
26. Tashkilotlarda ulush sifatida ustav kapitaliga berish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ta’sis shartnomasiga muvofiq yoki qonunchilik hujjatlariga ko‘ra boshqa hujjatga binoan belgilangan qiymat bo‘yicha ulush sifatida berish:
(26-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
debet uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
b) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
v) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
g) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berish xarajatlari:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700), sug‘urta va davlat maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6500) ni hisobga oluvchi schyotlari va boshqa tegishli schyotlar;
d) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy aktivlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
e) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
j) nomoddiy aktivlarni ustav kapitaliga ulush sifatida berishdan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
7-§. Ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni chiqarish tartibi
27. Nomoddiy aktivlarni yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotgan ishtirokchiga berish ushbu yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nomoddiy aktivlar tashkilotning balansidan ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganda nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
29. Ishtirokchi, yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) chiqib ketayotgan ishtirokchining ulushi bo‘yicha qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati bilan chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qoldiq (balans) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olib rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari (saldosi)ga, ya’ni nomoddiy aktivlar ushbu obyektining avvalgi baholari o‘sishi summalarining uni avvalgi baholari pasayishi summalaridan oshgan summasiga korrektirovka qilgan holda aniqlanadi.
30. Berilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati ularning ulushi bo‘yicha chiqib ketayotgan ishtirokchilardan qarz summasidan oshib ketsa, farqni chiqib ketayotgan ishtirokchilar qoplaydi.
31. Tashkilotlarda ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlarni chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari bo‘yicha qarzni hisob-kitob qilish uchun berish:
debet 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz” schyoti — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari bo‘yicha qarz summasiga;
debet turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800) debeti — berilayotgan nomoddiy aktivlar qiymati bilan chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari bo‘yicha qarz summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, chiqib ketayotgan ishtirokchilarga qoplanadigan summasiga;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari bo‘yicha qarzni hisob-kitob qilish uchun nomoddiy aktivlarning berilayotgan qiymati summasiga;
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)” schyoti;
v) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganida:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
g) nomoddiy aktivlarning jamg‘arilgan amortizatsiyasi hisobdan chiqarilganida:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
d) rezerv kapitalni hisobga oluvchi schyotlarida hisobga olinadigan nomoddiy obyektlar ushbu obyektini qayta baholash natijalari (saldo) summasiga:
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
e) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan foyda summasiga:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti;
j) ishtirokchi yuridik shaxsning ishtirokchilari tarkibidan chiqayotganida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish munosabati bilan nomoddiy aktivlar chiqib ketishidan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
8-§. Kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi munosabati bilan nomoddiy aktivlarni chiqarish tartibi
32. Nomoddiy aktivlar tashkilotlar balansidan inventarizatsiyada kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi munosabati bilan balans qiymati bo‘yicha chiqariladi.
33. Tashkilotlarda nomoddiy aktivlarni kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi munosabati bilan balansdan chiqarish buxgalteriya hisobida “Inventarizatsiyada aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq aks ettiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 3-son, 17-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1539-4/2717-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)