OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-aprelda 1334-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 29-yanvardagi 227-son, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 14-yanvardagi 2025-02-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 2025-02-sonli ““Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1334-3, 06.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan roʻyxatga olingan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish”ga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
2. 2001-yil 20-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 56-sonli, Davlat soliq qoʻmitasining 2001-38-sonli, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 4/1-sonli “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (2001-yil 23-iyul, roʻyxat raqami 1054-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 14-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
37-son
Davlat Soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
2004-26-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 10-mart,
20/1-son
Moliya vazirligi, Davlat Soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” ga (1999-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 833-son) muvofiq ishlab chiqilgan va inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini belgilaydi.
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
§ 1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha korxona va tashkilotlarga (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 62, 2015-25, 25-q/q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-2, 14.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 28-son, 377-modda)
2. Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bir oylik oʻrtacha ish haqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya oʻtkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari boʻyicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim boʻlgan yetkazilgan zarar summasi uning oʻrtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat oʻtgan boʻlsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Ish beruvchining mulki oʻgʻirlanganda, kam chiqqanda, qasddan yoʻqotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasini soliqqa tortish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son (II)) asosan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
3. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, koʻchmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud boʻlgan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) inventarizatsiya oʻtkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda eʼlon qilingan narx darajalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati toʻgʻrisida baholovchining ekspert xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 2. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
4. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
b) kam chiqqan asosiy vositaga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
v) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan asosiy vositaning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
(4-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti;
d) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti.
5. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
6. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan asosiy vositaning bozor qiymati va kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
7. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan asosiy vositaning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
8. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash asosiy vositalarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Hisobga olinmagan asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash ushbu asosiy vosita, asosiy vositalar tarkibiga qoʻshilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu asosiy vositaning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu asosiy vosita balansdan chiqarilganga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 3. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
9. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar balans qiymati boʻyicha hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
b) rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlarda qayd qilingan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
debet 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti;
(9-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
10. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
11. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati va kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
12. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
13. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning bozor qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
§ 4. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan nomoddiy aktivlar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
14. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan nomoddiy aktivlarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) kam chiqqan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
b) kam chiqqan nomoddiy aktivga hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan chiqarilganda:
debet nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500);
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
v) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
15. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) dan yuqori boʻlsa daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi oʻrtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
16. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) dan past boʻlsa zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymatiga;
kredit 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan nomoddiy aktivning bozor qiymati va kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar (qoldiq qiymati) summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
17. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
18. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash nomoddiy aktivlarning bozor qiymati boʻyicha ularning foydali foydalanish muddatini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmasini hisoblash, ushbu nomoddiy aktiv, nomoddiy aktivlar tarkibiga qoʻshilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymati qoplanguncha yoki ushbu nomoddiy aktiv balansdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
§ 5. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
19. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
(19-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 62, 2015-25, 25-q/q-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-2, 14.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 28-son, 377-modda)
debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti;
kredit uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
kredit qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
b) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti.
20. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi boʻyicha koʻrilgan zarardan yuqori boʻlsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
21. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati (undiriladigan summa) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadi boʻyicha koʻrilgan zarardan past boʻlsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning bozor qiymati va uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
22. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning kamomadidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
23. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarning nominal qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600);
debet qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (5800);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
§ 6. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralari kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
(paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
24. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan tovar-material zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati boʻyicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti;
kredit tovar-material zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900).
25. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori boʻlsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati oʻrtasidagi farqiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
26. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past boʻlsa, koʻrilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan tovar-material zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti — kam chiqqan tovar-material zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
27. Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan tovar-material zaxiralarining kamomadidan koʻrilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
28. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan tovar-material zaxiralari ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash tovar-material zaxiralarining bozor qiymati boʻyicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet tovar-material zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900);
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
§ 7. Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirishning buxgalteriya hisobi
29. Aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan kamomad summasini undirish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) yoki mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700) yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” schyoti.
§ 8. Budjet tashkilotlarida inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi
30. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan mol-mulklar, ortiqcha chiqish aniqlangan sanadagi aynan shunga oʻxshash mol-mulklarning bozor qiymati boʻyicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi), belgilangan tartibda budjet tashkiloti hisobiga qabul qilinadi hamda buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
b) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
debet “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablagʻlari” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun);
v) material zaxiralar:
debet material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlari va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Bepul olingan (berilgan), shuningdek inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy boyliklar hamda pul mablagʻlari” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun);
g) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti.
Hisobga olinmagan asosiy vositalar boʻyicha eskirish hisoblash asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning qiymati doirasida yoki uni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi.
31. Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablagʻlari (pul ekvivalentlaridan tashqari) tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) pul mablagʻlari belgilangan tartibda kirim qilinganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
b) tegishli budjet daromadlariga oʻtkazib berilganda:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul ekvivalentlari belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
debet “Pul ekvivalentlari” subschyoti debeti;
kredit “Budjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Budjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun).
32. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy-javobgar shaxslardan undirib olish imkoni boʻlmagan hollarda, kam chiqqan mol-mulklarni hisobdan chiqarilishidan koʻrilgan zarar tashkilot hisobiga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) asosiy vositalar:
debet “Asosiy vositalar fondi”, “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyotlari;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
v) material zaxiralarning belgilangan meʼyorlar chegarasidagi yoʻqotilishini, shuningdek budjet tashkiloti hisobiga qabul qilingan kamomad va yoʻqotishlar:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilingan boʻlsa;
debet “Budjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet “Budjetdan tashqari Jamgʻarmalar hisobiga xarajatlar” va boshqa tegishli subschyotlar — agar material zaxiralar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa;
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
g) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet “Budjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet “Budjetdan tashqari Jamgʻarmalar hisobiga xarajatlar” va boshqa tegishli subschyotlar — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa;
kredit “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti.
33. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan va agarda mol-mulk budjet mablagʻlari hisobidan qilingan boʻlsa yoki qilingan manbasini aniqlashning imkoni boʻlmasa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa tegishli budjet daromadiga oʻtkazib beriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
v) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
g) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalarida (bundan keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilik deb yuritiladi) ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
e) mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) kamomad summasini tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
3) material zaxiralar:
a) material zaxiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar material zaxiralar budjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet “Budjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Muassasani saqlash va boshqa tadbirlarga budjetdan xarajatlar” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtmagan budjet tashkilotlari uchun) — agar asbob-uskunalar va qurilish materiallari budjet mablagʻlari hisobiga qilingan boʻlsa;
debet “Budjet mablagʻlari boʻyicha debitorlik qarzlarning hamda tovar-moddiy boyliklarning hisobdan chiqarilishi” subschyoti (gʻazna ijrosiga oʻtgan budjet tashkilotlari uchun);
kredit “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
b) aybdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti.
g) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
d) mablagʻlarni budjet daromadiga oʻtkazib berilishi:
debet “Budjet bilan hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Tekshirishlar yakuni boʻyicha aniqlangan ortiqcha pul mablagʻlari va kamomadlarni undirish hisobiga tushgan mablagʻlar” yoki budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar.
34. Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan holda (agarda mol-mulk budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qilingan boʻlsa), aybdor shaxsdan undiriladigan summa budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqqa (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqqa) kirim qilinadi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) asosiy vositalar:
a) kam chiqqan asosiy vositaning boshlangʻich (tiklanish) qiymatining hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar” schyotining tegishli subschyotlari;
b) hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarilishi:
debet “Asosiy vositalarning eskirishi” subschyoti;
kredit “Asosiy vositalar fondi” subschyoti;
v) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
g) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
d) kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
2) arzon baho va tez eskiradigan buyumlar:
a) arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning hisobdan chiqarilishi:
debet “Arzon baho va tez eskiradigan buyumlarning fondi” subschyoti;
kredit arzon baho va tez eskiradigan buyumlarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
3) material zaxiralar:
a) material zaxiralar summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobiga xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit material zaxiralarni hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti;
4) asbob-uskunalar va qurilish materiallari:
a) asbob-uskunalar va qurilish materiallari summasini hisobdan chiqarilishi:
debet “Budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobiga xarajatlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
kredit “Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar” subschyoti;
kredit “Kapital qurilish uchun qurilish materiallari” subschyoti;
b) kamomad summasining aybdor shaxs hisobiga olib borilishi:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit “Budjetdan tashqari daromadlar va tushumlar” yoki boshqa tegishli subschyotlar;
v) aybdor shaxs tomonidan tashkilot kassasiga kamomad summasining toʻlanishi:
debet “Kassa” subschyoti;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
g) undirilgan kamomad summasining tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinishi:
debet budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlar;
kredit “Kassa” subschyoti.
35. Agarda mol-mulk budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qilingan boʻlsa, aybdor shaxsdan undiriladigan summa mol-mulk qiymatidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarning ulushiga mos ravishda taqsimlanib, mablagʻning tegishli qismi budjet daromadiga oʻtkazib beriladi, qolgan qismi budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilinadi.
Budjet tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga (yoki Gʻaznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaragʻiga) kirim qilingan mablagʻlar toʻligʻicha tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
36. Agarda aniqlangan kamomad oʻrniga moddiy javobgar shaxsning tashkilot ixtiyoriga bergan mol-mulki kamomad chiqqan mol-mulk qiymatiga teng yoki kam boʻlsa, ushbu mol-mulk belgilangan tartibda bozor qiymatida kirim qilinadi, yetishmaydigan qismi esa moddiy javobgar shaxs tomonidan pul mablagʻlarini kiritish bilan qoplanadi va buxgalteriya hisobida mazkur Nizomda belgilangan tartibda aks ettiriladi.”.
(30—36-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qarori (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
37. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan pul mablagʻlarining kamomadi moddiy javobgar shaxslardan undirilib, belgilangan tartibda kirim qilinadi va hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) aniqlangan pul mablagʻlari kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilganda:
debet “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
b) kamomad summasi moddiy-javobgar shaxsdan undirilganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi subschyotlar;
kredit “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyoti.
Bunda, kirim qilingan pul mablagʻlari qatʼiy tartibda belgilangan maqsadga sarflanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2009-yil 17-dekabrdagi 117, 2009-36, 78-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1334-1, 14.01.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 14-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 14-son, 173-modda; 2010-y., 1-2-son, 14-modda; 2015-y., 28-son, 377-modda)