Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarini isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2005-yil 8-noyabrdagi PF–3678-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (bundan buyon matnda — Oʻzbekiston MTRK)ni qayta tashkil etish va zamon talablariga javob beradigan teleradioeshittirish (koʻrsatuv)larni yaratishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston MTRK, teleradiokanallar ijodiy-ishlab chiqarish jamoalari, “Oʻzbektelefilm” davlat unitar korxonasi (DUP) va kompaniya korxonalarining ularning tashkiliy tarkibi va xodimlar soni haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston MTRK xodimlar sonini optimallashtirish natijasida tejab qolinadigan 791,3 million soʻm miqdordagi budjet mablagʻlari Oʻzbekiston MTRK ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash uchun yoʻnaltiriladi;
xodimlar sonini optimallashtirish teleradiokanallarga ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmining kamayishiga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. “Oʼzbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali, “Respublika teleradiomarkazi”, “Oʼzbektelefilm” davlat unitar korxonalarining xamda Oʻzbekiston MTRKning tashkiliy tarkibi 1—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
* 1-6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston MTRK Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi tartib boʻyicha Oʻzbekiston MTRK hududiy boʻlinmalarining xodimlar sonini optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisiga, zarur hollarda, tarkibiy boʻlinmalarning tashkiliy tuzilmasiga Oʻzbekiston MTRK tizimining umumiy shtat birligi doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 198-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Yoshlar” teleradiokanali AJning tashkiliy tarkibi 7-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
“Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining ustav jamgʻarmasi quyidagi tartibda taqsimlansin:
davlat ulushi — 50 %;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ulushi — 50 %.
(3-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Oʻzbekiston MTRKning teleradiodasturlar tayyorlash uchun zarur texnika vositalari, idora jihozlari, intellektual mulk obyektlari va boshqa mulklari amaldagi tartib boʻyicha qayta baholash amalga oshirilgandan soʻng “Yoshlar” teleradiokanali YAJning ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi sifatida taqdim etiladi.
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy tadbirlar Dasturi, shuningdek, Oʻzbekiston MTRKni isloh qilish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 8-9-ilovalarga* binoan tasdiqlansin.
* 8–9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ishchi guruh 2006-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston MTRKni qayta tashkil etish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni yakunlash va mustaqil teleradiokanallar hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalarning faoliyat koʻrsata boshlashini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston MTRK teleradiokanallari va hududiy boʻlinmalarining analog formatdagi televizion koʻrsatuvlari va radio eshittirishlari bir kecha-kunduzlik oʻrtacha hajmi, davlat budjeti mablagʻlari hisobiga telefilmlar ishlab chiqarish yillik hajmi 10-ilovaga* .
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oʻzbekiston MTRK Raisiga teleradiokanallarning bir kecha-kunduzlik oʻrtacha eshittirishlari (koʻrsatuvlari) hajmiga mazkur qarorda tasdiqlangan parametrlar doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston MTRK respublika Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali AJ faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va koʻrsatadigan xizmatlari uchun tarif — baholarni shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ huzuridagi “Bolajon” va “Navo” telekanallari, shuningdek Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi boshqa teleradiokanallar va hududiy boʻlinmalar faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari daromadlar hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
teleradiokanallar va “Oʼzbektelefilm” mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi konkret (muayyan) telekoʻrsatuv, radioeshittirish va filmlarni tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar boʻyicha jalb etishga yoʻnaltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun sotib olinadigan, shuningdek hukumat qarorlariga muvofiq olingan asosiy vositalarning amortizatsiya toʻlovlari (xarajatlari) davlat unitar korxonalari koʻrsatgan xizmat uchun tariflar tarkibiga kiritilmaydi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston MTRK va “Oʼzbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali AJning teleradiokoʻrsatuv va eshittirishlarning yuqori sifatini taʼminlagan, yangi, yuksak badiiy-gʻoyaviy teleradiodasturlar va filmlar tayyorlash, teleradio koʻrsatuv va eshittirishlarda zamonaviy axborot, kompyuter va mediojarayonlarni joriy qilishni taʼminlagan ijodiy jamoalar, studiyalar va alohida xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ular huzurida ragʻbatlantirish jamgʻarmalarini tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Jamgʻarmalar quyidagi manbalardan shakllanishi belgilansin:
tejab qolingan budjet mablagʻlari, shu jumladan, xodimlar sonini optimallashtirish evaziga erishilgan mablagʻ;
reklama faoliyati, pullik xizmat koʻrsatish, shartnomalar boʻyicha bajarilgan ishlardan tushgan daromadning 25% gacha boʻlgan qismi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar.
Teleradiokanallarning ragʻbatlantirish jamgʻarmasi haqidagi umumiy nizom 11-ilovaga* binoan tasdiqlansin.
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston MTRK:
bir oy muddat ichida Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston MTRKning ishlab turgan tarkiblarida mavjud texnika va ishlab chiqarish quvvatlarini inventarizatsiya qilishni yakunlasin. Shakllanayotgan teleradiotarkiblarning eshittirish va koʻrsatuvlari hajmi hamda ularning oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda “Respublika teleradiomarkazi” bilan teleradiokanallar oʻrtasidagi topshirish dalolatnomalari (hujjatlari) va ajratish balanslarini tayyorlasin;
uch oy muddat ichida mamlakat badiiy teleradiomahsulotlari (televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqalar) hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi nazarda tutilgan holda, aholining bilim va madaniy saviyasini koʻtarish, milliy anʼanalarni, tarixiy va maʼnaviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadlariga yoʻnaltirilgan “Milliy serial” ijodiy-ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar va tarkiblarni yuqori malakali ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari bilan taʼminlasin.
9. Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston MTRK bilan birgalikda:
ikki oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YAJning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, taʼsis majlisini oʻtkazish, uning nizomini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
uch oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YAJning aktivlarni baholash va taʼsis hujjatlarini, shuningdek, keyin chiqariladigan aksiyalar asosida ustav jamgʻarmasini shakllantirishni taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
“Yoshlar” teleradiokanali AJ aksiyalarni chiqarish loyihasini roʻyxatdan oʻtkazganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetiga toʻlovlardan ozod qilinsin.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikki oy muddat ichida vazirlik tarkibida Oʻzbekiston MTRKdan oʻtkaziladigan badiiy jamoalar Ijodiy birlashmasini tashkil etsin;
Madaniyat va sport ishlari vazirligida tashkil etilayotgan Ijodiy birlashma bilan Oʻzbekiston MTRK oʻrtasidagi hamkorlikning uzoq muddatga moʻljallangan dasturini ishlab chiqishni taʼminlasin, uning asosida Ijodiy birlashma badiiy jamoalarining Oʻzbekiston MTRK teleradiokanallari koʻrsatuvlari va eshittirishlarida qatnashuvi haqida shartnomalar tuzsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddat ichida amaldagi tartib boʻyicha Oʻzbekiston MTRKdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga oʻtkaziladigan badiiy jamoalarni joylashtirish uchun binolar ajratib, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoit yaratish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-dekabr,
PQ-245-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 387-modda; 2009-y., 14-son, 156-modda; 2013-y., 15-son, 198-modda; 2014-y., 3-son, 33-modda, 29-son, 356-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 982-modda)