Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
QarorI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-fevral,
67-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlardan tushgan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi. 92-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlandi— OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
2 va 3-bandlardagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “65” va “35” raqamlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “10” va “90” raqamlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Vazirliklar, idoralar fondi” ustuni “10%” raqami bilan toʻldirilsin, “Davlat budjeti” ustunidagi “100” raqami “90” raqami bilan almashtirilsin;
9-banddagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “100” va “0” raqamlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-son, 73-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda)