O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga ko‘ra Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan bir qancha vazirliklar va idoralarda budjetdan tashqari jamg‘armalar tashkil etilgan. Ushbu jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga moddiy-texnik bazani mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xodimlarni ijtimoiy rag‘batlantirish ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, hozirga qadar vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanilishini nazorat qilish uchun metodologik yondashuv va ta’sirchan mexanizm yaratilmagan, bu esa ko‘rsatib o‘tilgan jamg‘armalar mablag‘larining samarasiz sarflanishiga olib kelmoqda.
Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasining 2004-yil 1-yanvardan boshlab davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy jazolardan vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladigan ayrim ajratmalarning 1-ilovaga muvofiq birxillashtirilgan va yangilangan miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda budjetdan tashqari jamg‘armalarga mablag‘lar o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirsin va mablag‘lardan samarasiz foydalanish hollari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rgan holda samarasiz foydalanilgan summani Davlat budjeti daromadiga olib qo‘ysin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 19-noyabr,
520-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish, sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda; 2003-y., 4-son, 34-modda) 3-bandi uchinchi xatboshidagi “85 foizi” va “15 foizi” so‘zlari tegishli ravishda “90 foizi” va “10 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 201-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; 2002-y., 5-son, 23-modda, 8-son, 49-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jamg‘arma mablag‘laridan:
xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda;
kommunal-foydalanish xarajatlarini qoplashda;
axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviylashtirishda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda;
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, ma’lumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 31-son, 261-modda)
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan maxsus jamg‘arma bojxona organlari tomonidan musodara qilingan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotish summasidan 10 foiz ajratma, shuningdek bojxona yig‘imlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar shaklidagi tushumlarning 65 foizi hisobiga shakllantiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 223-modda; 24-son, 241-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 43-son, 456-modda; 43-son, 456-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2010-y., 31-son, 261-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda, 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 10.11.2020-y., 09/20/700/1491-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)