Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKA KOMISSIYALARI VA KENGASHLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya tuzilmasiga kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiqlashtirish, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi zimmasiga yuklansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
2. Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmonning 1-bandidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
3. 1-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-noyabr,
PF-3675-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan
OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR
OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 4-apreldagi PF–3592-son Farmoni 4-ilovasidagi “R.S. Azimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri”, “V.A. Golishev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari”, “N.E. Najimov — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi” va “U.U. Rozuqulov — Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “V.A. Golishev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri”, “Sh.R. Gʻofurov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari”, “R.S. Azimov — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri” va “A.A. Xaitov — Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ–5-son qarori ilovasida:
“Azimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Xanov N.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlariga oʻzgartirilsin;
“Toʻxtayev A.H. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Xonov N.M.” soʻzlari “Maqsumov N.E.” soʻzlariga oʻzgartirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 10-martdagi PQ–24-son qarorining 1-ilovasida:
a) IV boʻlimdagi:
1-bandda “Bosh vazir oʻrinbosari” soʻzi chiqarib tashlansin;
6-bandda “U.U. Ruziqulov — Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti boshligʻi” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy masalalar YATD mudiri oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandda “F.A. Qodirov — Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) V boʻlimning 9-bandidagi “Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar YATD bosh mutaxassisi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari YATD bosh mutaxassisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh. Ishchi guruhlarning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar ularning tarkibiga kiritiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF–3675-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan farmonlari roʻyxati
1. “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF–1658-son Farmoni.
2. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF–2342-son Farmonining 6-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 31-yanvardagi PF–3204-son Farmoni.
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF–3306-son Farmonining 1-bandi.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF–3376-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 337-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)