Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.03.2005 yildagi PQ-24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JAMIYATNI DEMOKRATLAShTIRISh VA YaNGILASh, MAMLAKATNI ISLOH QILISh HAMDA MODERNIZATSIYALASh MAQSAD VA VAZIFALARINI AMALGA OShIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan 2005-yil va uzoq muddatli istiqbolda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning ustuvor maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini tayyorlash hamda uning aniq yo‘nalishlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishchi guruhlarning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq* ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus titildagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar tarkibiga islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jamiyatni modernizatsiyalash bo‘yicha zarur imkoniyalarga, tajriba va takliflarga ega bo‘lgan tegishli idoralarning rahbarlari va yetakchi mutaxassislari, nohukumat va jamoat tuzilmalari, xalqaro institutlar, ilmiy va konsalting tashkilotlarining vakillari kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur ishchi guruhlar zimmasiga amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni tanqidiy tahlil qilish hamda qayta ko‘rib chiqish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatning demokratlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilib borishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini tizimli asosda va bosqichma-bosqich ta’minlaydigan qonunlar va normativ hujjatlarning yangi loyihalarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar 2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda aniq takliflar tayyor bo‘lishiga qarab ularni belgilangan tartibda Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasiga (R.S. Azimov) kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasi (R.S. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, ularning ishida amaliy yordam ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur ishchi guruhlar taklif va materiallarni taqdim etishiga qarab qonunlar va normativ hujjatlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlarining loyihalarini tayyorlasin hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzuidagi ma’ruzasida ko‘zda tutilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq davlat qurilishi va boshqaruvi, qonunchilik hokimiyatining roli va ta’sirini kuchaytirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq sud huquq tizimini isloh qilish va yanada erkinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga* muvofiq ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada demokratlashtirish sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga* muvofiq tashqi siyosat sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovaga* muvofiq bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni tobora erkinlashtirish sohasida Islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish konsepsiyasi ma’lumot uchun va ishchi guruhlar tomonidan amalda foydalanish uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2–6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zteleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishning borishini, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini har tomonlama va muntazam yoritish borasida mavzular bo‘yicha ko‘rsatuvlar hamda maqolalarni uyushtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-fevraldagi F-2116-sonli farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-24-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-con, 71-modda; 45-son, 337-modda)