08.11.2005 yildagi PF-3678-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.11.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirishda mustaqil ommaviy axborot vositalarini, eng avvalo, alohida ahamiyatga ega boʻlgan teleradioeshittirish faoliyatini rivojlantirish Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda teleradioeshittirish sohasi 50 ta telestudiya, 13 ta radiostansiya, 36 ta kabelli televideniye studiyalaridan iborat davlat va nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini oʻziga qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi respublikadagi teleradioeshittirish tizimining eng yirik subyekti boʻlib, unda hozir olti mingga yaqin jurnalist, boshqa ijodiy va texnik xodimlar mehnat qilmoqda. Kompaniya oʻz koʻrsatuv va eshittirishlarini toʻrtta tele va toʻrtta radiokanal orqali respublika hududining 98 foiziga tarqatadi, koʻrsatuv va eshittirishlarning oʻrtacha bir kunlik hajmi 54 va 93,2 soatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida teleradioeshittirish tizimi mukammal va zamonaviy ishlab chiqarish-texnika bazasiga ega boʻldi. Eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda teleradio dasturlarini tarqatish tarmogʻining qabul qilish-uzatish tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Teleradio koʻrsatuvlari va eshittirishlarini ishlab chiqarish hamda shakllantirish jarayoniga zamonaviy raqamli uskunalar va mediatexnologiyalar tadbiq etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining faoliyati hali zamonaviy talab va andozalarga toʻla javob beradi, deb boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasini boshqarishning mavjud tizimi, boshqaruv tuzilmalaridagi bir-birini takrorlash va parallelizm, teleradiokanallarning huquqiy va iqtisodiy jihatdan mustaqil emasligi teleradioindustriya bozorini rivojlantirishga, gʻoya va dasturlarning ijobiy raqobatiga toʻsiq boʻlmoqda. Moliyalashtirish tizimining markazlashtirilgani, teleradioeshittirish sohasi mutaxassislarining ijodiy va texnik xizmatlariga yangi dastur va loyihalarni amalga oshirishga jamoalar qoʻshgan aniq hissasini hisobga olmay turib, haq toʻlanayotgani Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi jurnalistlari va boshqa xodimlarining yuqori unum bilan, ijodiy tashabbus va faollik koʻrsatib mehnat qilishiga yoʻl bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi, avvalo, uning hududiy boʻlinmalari koʻrsatuv hamda eshittirishlarining professional darajasi, gʻoyaviy-badiiy saviyasi va sifati hamon pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud shart-sharoitlar teleradiojurnalistlarning mamlakatda va jahonda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oʻz vaqtida va tezkorlik bilan eʼtibor qaratish borasidagi faoliyatning yanada sustlashuviga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil teleradio kanallarini yanada rivojlantirish va isloh qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholi hamda jamiyatning har tomonlama va xolis axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini qondirishda mamlakatimizning elektron ommaviy axborot vositalari rolini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligining Oʻzbekiston teleradiokompaniyasini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Oʻzbekiston MTRK) etib qayta tashkil qilish va uning tarkibiga quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston” telekanali va “Oʻzbekiston” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “Oʼzbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport” telekanali va “Mashʼal” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “Srort” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” telekanali va “Doʻstlik” radiokanali negizida tashkil qilinadigan “Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika telemarkazi”, “Respublika radio va ovoz yozish uyi”, “Nukus teleradiomarkazi” korxonalari negizida tashkil qilinadigan “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelefilm” studiyasi negizida tashkil qilinadigan “Oʼzbektelefilm” davlat unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat teleradiokompaniyalari, shuningdek boshqa ijodiy, ishlab chiqarish-texnika boʻlinmalarini, 1-ilovaga* muvofiq kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, shuningdek chet el jamoatchiligini Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik oʻzgarishlar toʻgʻrisida keng xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining taʼlim va madaniy saviyasini oshirish, milliy anʼanalarni, tarixiy va maʼnaviy merosni saqlab qolish, fuqarolarning ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlar va oʻsib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tele- va radiodasturlar sifatini, professional va badiiy darajasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRK teleradiokanallari, tarkibiy boʻlinmalari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ularning iqtisodiy mustaqilligini, axborot xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlash, tele-radio koʻrsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish jarayoniga bozor mexanizmlarini tadbiq etish, ushbu sohaga mamlakatimiz hamda chet el korxonalari, tashkilotlari va moliya institutlarining sarmoyalarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablar hamda standartlarga muvofiq texnika bazasini yanada rivojlantirish, teleradiodasturlar tayyorlashga axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRK boʻlinmalari ijodiy va texnik xodimlarining kasb mahoratini takomillashtirish, ijodiy faolligini oshirish maqsadida ularni samarali qayta tayyorlash, malakasini oshirish uchun zarur tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va nodavlat xorijiy teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan teleradioeshittirish sohasida axborot almashish boʻyicha samarali xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi huquq va majburiyatlar boʻyicha Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil qilingan maʼmuriy, ijodiy (teleradiokanallar), ishlab chiqarish-texnik va xoʻjalik tuzilmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar teleradiokompaniyalari yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil korxona va tashkilotlar sifatida Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRK tarkibiga kirgan davlat unitar korxonalarining faoliyati davlat budjeti mablagʻlari, homiylar va reklama mablagʻlari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi televideniye va radioda reklama uchun beriladigan vaqtning (koʻrsatuv va eshittirishning har bir soati uchun 10 foizigacha) pul qoʻyiladigan normalarini, shuningdek uni tarqatish tartibini belgilab beradigan qonun hujjatlari talablarining teleradiokanallar, oʻziga qarashli tashkilot va korxonalar tomonidan soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali va “Yoshlar” radiokanali negizida “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 51 foizi davlat mulki hisoblanadi, 49 foizi esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun erkin sotuvga qoʻyiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar” teleradiokanali” YoAJda aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi Oʻzbekiston MTRKga topshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar” teleradiokanali” YoAJ faoliyatiga Vasiylik kengashi rahbarlik qiladi, uning tarkibiga Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining raisi ham kiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar” teleradiokanali” YoAJni budjetdan moliyalashtirishni kamaytirish va oʻzini-oʻzi toʻla taʼminlashga oʻtkazish 2010-yilgacha (har yili — 20%dan) bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, mazkur davrda faqat davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasa va tashkilotlarga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar saqlab qolinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining ushbu Farmon 2-bandida belgilangan eng muhim vazifalari bilan bir qatorda quyidagilar asosiy ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʼzbekiston” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosati sohasidagi eng muhim qarorlari, mamlakatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan, huquqiy demokratik davlatni, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan islohotlardan mamlakat aholisi, shuningdek chet el jamoatchiligini har tomonlama va xolis xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumilliy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial muammolar — iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik, fermerlar harakati, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini rivojlantirish masalalarini keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning taʼlim darajasini, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ularning oʻz fikrini bayon qilishi bilan bogʻliq muammolarni keng muhokama qilish, tele- va radiodasturlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy madaniy va maʼnaviy merosini saqlab qolishga, folklor-etnografik anʼanalarni rivojlantirishga, milliy hamda jahon adabiyoti, musiqasi, teatri, kinosi, tasviriy sanʼatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan muhim ijtimoiy, gumanitar-maʼrifiy telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz va chet ellardagi muhim sport tadbirlarini, respublikamiz sportchilarining yutuqlarini yoritishga yoʻnaltirilgan teleradio koʻrsatuv va eshittirishlarini tayyorlash, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy ravishda rivojlantirish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlarning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, dam olishning faol va ijtimoiy foydali shakllarini tashkil qilish, ommaviy ravishda rivojlantirishga, milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini qayta tiklash hamda rivojlantirishga bagʻishlangan tele- va radiodasturlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy teleradiokompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan jahon sporti, olimpiya harakati tarixiga, xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bagʻishlangan dasturlarini olib koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translatsiya qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent” teleradiokanali” davlat unitar korxonasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston poytaxti va Toshkent viloyatining ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini, bu erda sodir boʻlayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa katta voqealar va tadbirlarni yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat va oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mamlakat poytaxtini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim muammolarini hal etish, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish masalalariga bagʻishlangan dasturlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining koʻp millatli aholisi manfaatlarini hisobga olgan holda axborot-gumanitar, oʻquv, madaniy-maʼrifiy koʻrsatuv va eshittirishlarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni demokratik yangilash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuminsoniy qadriyatlarni targʻib qilish, yigit va qizlarni xalqimizning tarixiy anʼanalari, maʼnaviy qadriyatlari, milliy madaniyatimiz va jahon sivilizatsiyasining ilgʻor yutuqlari asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk, maʼrifatli, bilimli hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz zamonaviy yoshlarining ichki maʼnaviy dunyosini namoyon etishga yoʻnaltirilgan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh avlodning faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi turli tele-, radiofestivallarni tashkil qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRKning asosiy vazifalarini, shuningdek teleradiokanallar oʻrtasida tele-, radiomahsulot sifatini, badiiy va professional saviyasini oshirishga, aholining xilma-xil va ishonchli axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan dasturlar va ijodiy gʻoyalarning sogʻlom raqobatini rivojlantirish zaruratini hisobga olgan holda, ushbu bandda koʻrsatilgan ustuvor yoʻnalishlarini muttasil chuqurlashtirib, kengaytirib va yangilab borish Oʻzbekiston MTRKning eng muhim vazifasi deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasi davlat mulki hisoblanuvchi va teleradiotuzilmalarga shartnoma asosida beriluvchi teleradiomahsulot ishlab chiqarish vositalari, energotaʼminot obyektlari, uzatish qurilmalari Oʻzbekiston MTRKning bino va muhandislik-texnik inshootlarining asosiy fondiga egalik qiluvchi tashkilot hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar “Respublika teleradiomarkazi” davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiotashkilotlariga, ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tele-, radiomahsulot ishlab chiqarish va efirga tayyorlash boʻyicha, shu jumladan yoʻldosh tizimlaridan, koʻchma televideniye va radiostansiyalardan foydalangan holda shartnoma asosida texnik, texnologik, servis va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleradiomahsulot ishlab chiqarish jarayoniga dasturlarning badiiy saviyasi va sifati yuqori boʻlishini taʼminlaydigan zamonaviy axborot, kompyuter va mediatexnologiyalarni tadbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teleradiomahsulotlar ishlab chiqarish moddiy-texnika bazasi, vositalari, uzatish qurilmalari, binolar va antenna inshootlaridan foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish, modernizatsiyalash va yanada rivojlantirish, ularni energiya bilan uzluksiz taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar, ijodiy boʻlinmalar ixtiyoriga tahririyat ishini tashkil etish uchun zarur boʻlgan orgtexnika, mebel anjomlari va boshqa mulk beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi va Nizomi 2 va 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRK raisiga xodimlarning cheklangan soni doirasida tashkiliy tuzilmaga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov), Moliya vazirligi (S. Rahimov), Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (M. Asqarov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmon talablariga muvofiq Oʻzbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish va uning negizida mustaqil teleradiotuzilmalar tashkil qilish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish jarayonida teleradioeshittirish tizimining uzluksiz va sifatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlar, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxoʻjayev), Moliya vazirligi (S. Rahimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarni 4-ilovaga* muvofiq mehnat haqi fondi bilan birga belgilangan tartibda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (A. Azizxoʻjayev) vazirlik tizimida Oʻzbekiston MTRK tomonidan oʻtkaziladigan badiiy jamoalardan iborat Ijodiy uyushma tashkil etsin, ularning tarkibi, ijodiy faoliyat yoʻnalishi saqlab qolinsin va toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston MTRK bilan birgalikda Ijodiy uyushma hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻrtasida ijodiy hamkorlikning uzoq muddatli dasturi va har yili tuziladigan shartnomalar asosida ushbu Farmonning 8-bandida koʻrsatilgan ijodiy jamoalarning tele-, radiokanallardagi chiqishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (M. Asqarov) Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining taqsimot balanslarini tayyorlasin va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi tashkil etiladigan davlat unitar korxonalariga belgilangan tartibda mulkni topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar yigʻilishini oʻtkazib, mulkni inventarizatsiya qilsin va tashkil etilayotgan “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasini qonunda belgilangan tartibda shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Moliya vazirligi (S. Rahimov), Iqtisodiyot vazirligi (U. Roziqulov) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini va unga qarashli tuzilmalarni moliyalashtirish tartibi va smetasiga, shuningdek ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish investitsiya dasturlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2010-yil 1-yanvarigacha boʻlgan davr mobaynida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar daromad soligʻidan, shuningdek import qilinadigan uskuna va materiallarga bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi (S. Rahimov) mazkur imtiyozlar berilishi natijasida olinadigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 7-maydagi PF–1462-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (B. Mustafoyev) bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3678-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 338-modda; 2009-y., 19-20-son, 234-modda; 2013-y., 15-son, 198-modda, 45-son, 584-modda; 2014-y., 15-son, 162-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda, 2-son, 25-modda, 37-son, 982-modda; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)