Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.09.2003 yildagi 389-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SECTION-416 (b)” DASTURI DOIRASIDA QISHLOQ XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHINI RIVOJLANTIRISH LOYIHALARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASHNING ASOSIY YOʻNALISHLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Section-416 (b)” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari berish toʻgʻrisida Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma ishchi guruhining (keyingi oʻrinlarda matnda qoʻshma ishchi guruh deb yuritiladi) “Section-416 (b)” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishdan tushadigan grant mablagʻlari hisobiga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari haqidagi taklifiga ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash loyihasi (mazkur qarorga ilovaning I boʻlimi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi yoki kredit uyushmalari orqali qaytarish asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari sohasidagi loyihalarni tanlab olish funksiyasi (mazkur qarorga ilovaning III boʻlimi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga yuklanadi. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashning boshlanishi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiy va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kompleksi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha loyihalarni tanlash va mablagʻ bilan taʼminlash funksiyasi (mazkur qarorga ilovaning V boʻlimi) Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklariga (agentlarga) yuklanadi. Bunda loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash loyiha umumiy summasining kamida 25 foizi kichik biznes subyektlarining oʻz mablagʻlari ishtirokida qaytarish asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya, ilmiy va ijtimoiy loyihalar hamda normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish (mazkur qarorga ilovaning II, III, IV va VI boʻlimlari) bepul asosda mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Section-416 (b)” dasturi doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamida jamlanadi hamda Vazirlikka ularni tijorat banklarining depozit hisob raqamlariga joylashtirish va olingan daromaddan Qoʻshma ishchi guruh bilan kelishgan holda “Section-416 (b)” dasturi doirasidagi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashda foydalanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshma ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorga ilovaning III va V boʻlimlari boʻyicha grant mablagʻlaridan foydalanish hajmlariga tuzatish kiritish yuzasidan takliflar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi buyurtmachilar bilan birgalikda loyihalar amalga oshirilishining ustuvorligini belgilasin va mazkur qarorda nazarda tutilgan kapital qurilish obyektlari belgilangan tartibda 2003 va 2004-yillar qurilishining aniq roʻyxatlariga kiritishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda loyihalarning boshqa bajaruvchilari “Section-416 (b)” dasturi boʻyicha olingan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini, tijorat banklari — agentlar esa — mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishini hamda loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisidagi axborot yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash yoʻnalishlarining har biri boʻyicha loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash va ular amalga oshirilishining monitoringini olib borish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mablagʻlar tushishiga qarab ularning ustuvor loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus hisob raqamiga belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-sentabrdagi 389-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Section-416 (b)” dasturi doirasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r ‎

Yoʻnalishlar‎

Qiymati, mln soʻm‎

Jami mablagʻlar‎ 14800‎
shu jumladan:‎
1.‎ Fermer xoʻjaliklariga 1-ilovaga muvofiq Vatanimizda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida berish uchun ‎ 6100‎
2.‎ 2-ilovaga muvofiq irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun ‎ 5800‎
3.‎ Seleksiya, urugʻchilik, gen injeneriyasi, yerlarning unumdorligini oshirish, suvni tejovchi texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, ilmiy kadrlar stajirovkasini oʻtkazish va ularning malakasini oshirish uchun;
‎‎shu jumladan Amerika tomoni 3-ilovaga muvofiq tavsiya etayotgan loyihalar uchun ‎
1400


‎740‎
4.‎ Qishloq tumanlari ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish uchun, shu jumladan:

‎respublikaning olisdagi qishloq aholi punktlarida 4-ilovaga muvofiq 7 ta qishloq vrachlik punkti qurish uchun;

‎Toshkent shahridagi 1 va 2-bolalar uylarini rekonstruksiya qilish uchun;

‎Namangan viloyatining Pop tumanidagi sobiq 23-kon hududidagi qishloq xoʻjaligi yerlarini sogʻlomlashtirish ishlarini oʻtkazish uchun ‎
950

‎‎‎480


‎270

‎200‎‎
5.‎ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha kichik biznes sohasidagi loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun ‎ 500
6.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi 3226-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish va fermerlar oʻrtasida tarqatish uchun‎ 50‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan
taʼminlashning asosiy yoʻnalishlariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Section-416 (b)” dasturi boʻyicha tushgan mablagʻlar hisobiga Vatanimizda ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini fermer xoʻjaliklariga lizing asosida berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏

‎‎Beriladigan traktorlar:‎

TTZ-80.11‎

MXM-140‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 32‎ 1‎
viloyatlar:‎
Andijon‎ 20‎ 1‎
Buxoro‎ 35‎ 1‎
Jizzax‎ 66‎ 3‎
Qashqadaryo‎ 49‎ 2‎
Navoiy‎ 21‎ 1‎
Namangan‎ 24‎ 1‎
Samarqand‎ 51‎ 2‎
Surxondaryo‎ 25‎ 1‎
Sirdaryo‎ 32‎ 1‎
Toshkent‎ 35‎ 1‎
Fargʻona‎ 39‎ 2‎
Xorazm‎ 31‎ 1‎
Respublika boʻyicha:‎ 460‎ 18‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 1) Qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing asosida taqsimlashda ustuvorlik qayta tashkil etilayotgan 178 shirkat xoʻjaligi negizida 2003-yilda tashkil etiladigan fermer xoʻjaliklariga va muqobil mashina-traktor parklariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Texnika miqdori Qoʻshma ishchi guruh bilan kelishgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan
taʼminlashning asosiy yoʻnalishlariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Section-416 (b)” dasturi boʻyicha tushgan mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r ‎

Tadbirlar va loyihalarning nomi ‎

Loyihalarning maqsadi va ularning asoslanishi‎

Qiymati, mln soʻm‎

Bajaruvchilar‎

‎‎Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash

5800,0‎

1.‎

Namangan viloyatida Rezaksoy suv ombori qurilishi

Suv ombori qurish ishlari surʼatlarini kuchaytirish 2005-yilda I ishga tushirish kompleksini foydalanishga topshirishni va Toʻxtagul suv omboridan suv berilishiga bogʻliqlikni pasaytirish imkonini beradi‎

1160,0‎‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

2.‎

Qarshi nasos stansiyalari kaskadini zamonaviylash-tirish. Nasos-kuch uskuna-lari sotib olish (bitta agregat)

Agregatlar normativ muddat 20 yil boʻlgani holda 1973-yildan boshlab ishlamoqda. Bitta agregatning almashtirilishi sekundiga 40 m3 hajmida kafolatli suv berilishini taʼminlaydi‎

1000,0‎‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

3.‎

Orol dengizining qurib qolgan tubida daraxt ekishni tashkil etish loyihasi

Loyiha Amerika tomonidan taklif etilgan va Orol dengizi qurishining aholiga va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan‎

800,0‎‎

Fransiyaning “KOFYUTIS” hukumatga qarashli boʻlmagan tashkiloti bilan birgalikda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

4.‎

Namangan viloyatida Qizilravot nasos stansiyasi qurilishi

Namangan viloyatining suv taʼminotini oshirish uchun Katta Namangan kanaliga suv berish. Qoʻshimcha mablagʻlar Qirgʻizistondagi Uchqoʻrgʻon gidrouzeli ishiga bogʻliqlikni bartaraf etib 2004-yilda birinchi navbati foydalanishga topshirilishini va Shimoliy Fargʻona kanalidan suv berilishini taʼminlaydi‎

300,0‎‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

5.‎

Katta Fargʻona kanalidan Katta Andijon kanaliga sekundiga 25 m3 suv oluvchi kanalni rekonstruksiya qilish‎

Toʻxtagul suv omboridan suvning chiqarilishi qisqarishi natijasida Katta Andijon kanalidagi sekundiga 45 m3 boʻlgan mavjud suv tanqisligini toʻldirish. Qoʻshimcha mablagʻlar kanal qurilishini tugatish va joriy yil vegetatsiyasi uchun Katta Andijon kanalini sekundiga 25 m3 suv bilan taʼminlaydi‎

300,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

6.‎

Qashqadaryo, Buxoro viloyat-lari va Fargʻona vodiysi nasos stansiyalari uchun ehtiyot qismlar va uskunalar xarid qilish‎

2003-yil vegetatsiya davrida sugʻoriladigan yerlarga sugʻorish suvini kafolatli berishni taʼminlash‎

280,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

7.‎

Namangan viloyatidagi Oxunboboyev nomli kanalning Sirdaryodan suv oluvchi bosh inshootini qurish‎

Inshoot qurilishini jadallashtirish 40 ming gektardan ortiq yerlarni sugʻorish uchun yozgi vaqtda Toʻxtagul suv omboridan suv chiqarish cheklanganda Sirdaryodan suv olinishini kafolatlash uchun 2003-yilda obyektni ishga tushirish va har yili daryoga suv sathini koʻtarish uchun vaqtinchalik suv toʻsiqlari qurish xarajatlarini istisno etish imkonini beradi‎

250,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

8.‎

Katta Andijon kanalini suv bilan taʼminlash uchun Mazgilsoy kanalini rekonstruksiya qilish‎

Vegetatsiya davrida Toʻxtagul suv omboridan suv chiqarish qisqarishi natijasida hosil boʻlgan Katta Andijon kanalidagi sekundiga 45 m3 suv tanqisligini toʻldirish. Qoʻshimcha mablagʻlar ishga tushirish kompleksi boʻyicha uzunligi 22,5 km boʻlgan obyektni 2004-yilda ishga tushirishni taʼminlash imkonini beradi‎

250,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

9.‎

Qoraqalpogʻiston Respubli-kasining Ellikqalʼa tumanida “Boʻston” kanalini qurish‎

Tuyamoʻyin suv omboridan uzunligi 35 km, shundan 27 km ishga tushirilgan kanal orqali Elikqalʼa va Beruniy tumanlariga kafolatli suv berish. Qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi 2003-yilda kanalning qoʻshimcha 2,3 km ni ishga tushirish imkonini beradi‎

250,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

10.‎

Samarqand viloyatining Qoʻshrabod tumanida hajmi 7,2 mln m3 boʻlgan Akchobsoy suv omborini qurish‎

Akchobsoy suv ombori Samarqand viloyatida suv eng taqchil boʻlgan Qoʻshrobod tumani yerlarini suv bilan taʼminlashni yaxshilash uchun moʻljallangan. 2003-yilda hajmi 4 mln m3 boʻlgan ishga tushirish kompleksini tugallash‎

210,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

11.‎

Jizzax viloyati Yangiobod tumanida “Xovos—Gʻallakor” nasos stansiyalari kaskadini qurish‎

“Xovos—Gʻallakor (Timiryazev)” xoʻjaliklaridagi suv tanqisligini toʻldirish. Qurilgan IV koʻtarilish nasos stansiyasidan xoʻjaliklarga suv berish uchun bosimli suv quvurlari qurilishini jadallashtirish. Mablagʻlar obyektni 2003-yilda ishga tushirish va 2004-yilda Tojikiston hududidan suv olish boʻyicha bogʻliqlikni istisno etish imkonini beradi ‎

200,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

12.‎

Andijon viloyatidagi Paxta-obod va Izboskan tumanlari sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminotini oshirish‎

Qirgʻiziston hududida joylashgan nasos stansiyalaridan suv berishdagi bogʻliqlikni istisno etish. Qurilish surʼatlarini jadallashtirish 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududida nasos stansiyalarini ishga tushirish va koʻrsatib oʻtilgan tumanlarning Qirgʻiziston Respublikasi hududida joylashgan nasos stansiyalaridan bogʻliqligini istisno etish imkonini beradi‎

200,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

13.‎

Jizzax, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida 6 komplekt miqdoridagi yopiq drenajni taʼmirlash va yuvish uchun PDT-200 drenaj-yuvish texnikasini xarid qilish‎

Buxoro, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida har yili qoʻshimcha 50-60 km yopiq drenajni taʼmirlash va yuvish uchun viloyat suv xoʻjaligi- foydalanish tashkilotlarining drenaj-yuvish texnikasi parkini toʻldirish ‎

150,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

14.‎

Buxoro viloyatidagi “Eski Amir Temur” va “Dengizkoʻl” magistral kollektorlarini rekonstruksiya qilish‎

Yerlarning meliorativ yaxshilash maqsadida drenaj suvlarini kafolatli qochirish. Kollektorlarni rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish ularni 2004-yilda tugatish va yerning meliorativ holatini yaxshilash imkonini beradi‎

150,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

15.‎

Samarqand viloyati Urgut tumanida hajmi 1,5 mln m3 boʻlgan Kamangaron suv omborini qurish ‎

Suv ombori Urgut tumanida suv taqchilligini toʻlgʻazish uchun moʻljallangan. Suv omborini 2005-yilda tugatish maqsadida uning qurilishini jadallashtirish xoʻjaliklar oʻrtasida suv boʻlinishidagi keskinlikni bartaraf etish imkonini beradi‎

120,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

16.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Fargʻona viloyati “Rishton tumanidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 12-dekabrdagi 485-son qarorini bajarish‎

Ishlarni jadallashtirish 5690 ga maydondagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash imkonini beradi‎

100,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

17.‎

Sirdaryo viloyatidagi Markaziy Mirzachoʻl kollektorini rekonstruksiya qilish‎

34000 ga maydondagi yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida kollektor-drenaj suvlarini kafolatli qochirish. Ishlarni bajarish Oqoltin, Mirzaobod va Mehnatobod tumanlaridagi 34000 ga yerning meliorativ holatini yaxshilash imkonini beradi‎

80,0‎

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini
rivojlantirish loyihalarini mablagʻ bilan
taʼminlashning asosiy yoʻnalishlariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya, urugʻchilik, gen injeneriyasi, yerlarning unumdorligini oshirish, suvni tejovchi texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, ilmiy kadrlar stajirovkasini oʻtkazish va ularning malakasini oshirish sohasida Amerika tomoni tavsiya etayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r ‎

Tadbirlar va loyihalarning nomi ‎

Loyihalarning maqsadi va ularning asoslanishi‎

Qiymati, ming AQSH dollari‎

Bajaruvchilar‎

1.‎

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ekinlari genofondi bazasini yaratish

Loyiha respublika ilmiy-tadqiqot institutlarida (Oʻzbekiston paxta seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti, Fanlar Akademiyasi huzuridagi oʻsimliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti va Oʻzbekiston don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti) qishloq xoʻjaligi ekinlari har xil turlarining qariyb 45,0 ming urugʻligi joylashadigan germoplazmalarni saqlash boʻyicha uchta kompleksni oʻrnatishni oʻz ichiga oladi

300,0*

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Qurgʻoqchilik mintaqalarida qishloq xoʻjalik tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA) bilan birgalikda
2.‎

Yosh olimlarni ingliz tiliga oʻqitish

Agregatlar normativ muddat 20 yil boʻlgani holda 1973-yildan boshlab ishlamoqda. Bitta agregatning almashtirilishi sekundiga 40 m3 hajmida kafolatli suv berilishini taʼminlaydi‎

50,0
3.‎

Yosh olimlarni AQSH, Yevropa mamlakatlarida va boshqa joylarda kasbga oʻqitish

Dastur yosh olimlar uchun 3 oydan 6 oygacha davrga moʻljallangan. Oʻqitish kursi tabiiy fanlarning barcha sohalarida amaliy oʻqitishni oʻz ichiga oladi

270,0*

4.‎

“Kaxron” stipendiyalari dasturi: avibiletlarni sotib olishda koʻmaklashish

AQSHda qisqa muddatli asosda (20 kunga yaqin) oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladigan oʻzbekistonlik mutaxassislar va fermerlar sonini 11 kishidan 27 kishigacha koʻpaytirish imkonini beradi

108,0 “Kaxron” stipendiyalari dasturi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi bilan birgalikda
5.‎

“Kaxron stipendiyalari dasturi: dastur natijalarini baholash

“Kaxron” stipendiyalari dasturining samaradorligini baholash imkonini beradi

12,0 “Kaxron” stipendiyalari dasturi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda
Jami:

740.0‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mablagʻlar IKARDA – Qurgʻoqchilik mintaqalarida qishloq xoʻjalik tadqiqotlari xalqaro markazining valyuta resurslari hisobiga konvertatsiya qilinadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish
loyihalarini mablagʻ bilan taʼminlashning
asosiy yoʻnalishlariga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Section-416 (b)” dasturi boʻyicha tushgan mablagʻlar hisobiga respublikaning olisdagi qishloq aholi yashash punktlarida qishloq vrachlik punktlari qurish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mintaqalar ‎

“Section-416 (b)” dasturi boʻyicha tushgan mablagʻlar hisobiga tashkil etish taklif etiladi ‎

Bajaruvchilar‎

Respublika boʻyicha jami shu jumladan: ‎

7‎

Qoraqalpogʻiston
‎ Respublikasi ‎
2‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi ‎
Andijon viloyati‎ 1‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Andijon viloyati hokimligi ‎
Namangan viloyati‎ 1‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Namangan viloyati hokimligi ‎
Samarqand viloyati 1‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand viloyati hokimligi ‎
Toshkent viloyati‎‎ 1‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyati hokimligi ‎
Xorazm viloyati ‎ 1‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Xorazm viloyati hokimligi ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Pudratchilar tender asosida belgilanadi.