24.03.2003 yildagi PF-3226-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ENG MUHIM YO‘NALISHLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy muhofazasini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar qishloq xo‘jaligida mulkchilik shakllarini o‘zgartirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘orma dehqonchilik hamda sug‘oriladigan ekin maydonlari cheklanganligi sharoitida mulkchilikning ijara shakllari va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xo‘jalik yuritish tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda asosiy ishlab chiqarish bo‘g‘ini hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini puxta ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratish, tayyorlov, qayta ishlash korxonalari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, moliya-bank muassasalar hamda boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini ushbu maqsadga bo‘ysundirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yuritishning shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkiliy-huquqiy shakllarini saqlab qolish, istiqbolda asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchi subyekt bo‘lib qoladigan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining takliflariga muvofiq qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida joriy yilga paxta va don yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari respublika va mintaqalar darajasida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari xo‘jaliklarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan qishloq xo‘jalik ekinlarini mustaqil ravishda joylashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xo‘jaliklar o‘z mehnati natijalarini, shu jumladan yetishtirilgan mahsulotni, o‘zlariga tegishli mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Farmonning mazkur bandidan kelib chiqqan holda amaldagi barcha nizom va me’yorlarni qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy shakli sifatida ijara munosabatlari keng rivojlanishini ta’minlasinlar. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2004-yildan boshlab barcha shirkat va fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jalik ekinzorlaridan foydalanishning ijara shakliga o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari fermer xo‘jaliklari tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish jarayonida quyidagi prinsipial qoidalarga amal qilsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari, qoida tariqasida, tugatiladigan zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklariga berilgan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklarini shakllantirish uchun yer maydonlari berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarining o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer bilan yollanma xodimlar, shu jumladan oila a’zolari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomalariga asoslandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birga ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy sharoitlarni, qishloq xo‘jalik yerlari, mehnat resurslari mavjudligini hamda shirkatlarni qayta tashkil etish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash istiqbollarini chuqur tahlil etish asosida viloyat va tumanlar bo‘yicha yaqin yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003—2005-yillarda qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish Dasturi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 793-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchinin yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 793-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda tegishli tashkilotlar bilan birga quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, uning viloyat va tuman bo‘linmalari to‘g‘risidagi yangi nizomlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik kooperativ (shirkat)ning yangi namunaviy ustavlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nizomlarni tayyorlash chog‘ida qishloq xo‘jalik korxonalarining mustaqilligini kengaytirish, har bir boshqaruv va xo‘jalik yuritish subyektining vazifa hamda majburiyatlari aniq chegaralab qo‘yilishi, shirkat xo‘jaliklarida kadrlar masalalarini hal etishning demokratik shakllari, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining joriy faoliyatiga ma’muriy aralashuvga barham berish ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jalik mahsulotlari, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni qayta ishlab chiqsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda yangi namunaviy shartnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomalarda quyidagilar ko‘zda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiruvchining tayyorlov, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan ishlab chiqarish munosabatlarida ustuvor mavqeyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va o‘zaro majburiyatlarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish hamda shartnomalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarning tartibi va aniq muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy munosabatlar mazmuni va mohiyatini bosh vazifa — asosiy mahsulot hisoblangan paxta tolasi, don va boshqa mahsulotlarni eng kam sarf-xarajat bilan yetishtirish vazifasiga erishishga bo‘ysundirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlarining ijrosi uchun tomonlarning javobgarligini aniq belgilab qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomalar agrotexnika tadbirlari amalga oshirila boshlashidan kechi bilan 1 oy oldin tuzilishi lozimligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligida shartnomalar tuzish va ularni bajarish chog‘ida belgilangan norma hamda talablarga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rioya etishlari ustidan muntazam nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi bilan birgalikda respublika mintaqalarida qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shartnomaviy o‘zaro munosabatlardan kelib chiqadigan manfaatlari ishonchli himoya etilishini ta’minlaydigan huquqiy institutlarning rivojlangan tizimini shakllantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bir oy muddatda qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini baholashda statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlarning amaldagi tizimini o‘rgansinlar hamda ana shu asosda ularni tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritsinlar va bunda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ularni qisqartirish hamda yagona hisobot tizimini yaratishni ko‘zda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni chog‘da vazirliklar va idoralar tomonidan barcha boshqaruv pog‘onalarida qo‘shimcha hisobot shakllari joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3226-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 55-modda; 2017-y., 32-son, 793-modda)