15.04.1999 yildagi 770-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 30.04.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRMON TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi OʻRQ-475-sonli “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer, suv, yer osti boyliklari va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq oʻrmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻrmonga oid munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vazifalari oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy koʻpaytirishni taʼminlash hamda oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻrmonlarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qoʻriqlash, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajaradi, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻrmonlarga boʻlgan mulkchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar davlat mulki — umummilliy boylik boʻlib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat oʻrmon fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma oʻrmonlar davlat oʻrmon fondini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻrmonlardan, yaʼni davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari qaramogʻidagi oʻrmonlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa idoralar va yuridik shaxslar foydalanishidagi oʻrmonlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat oʻrmon fondiga kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi daraxtlar va toʻp-toʻp daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, kanallar va boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va tup-tup daraxtlar, shuningdek koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqalardagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtlar hamda toʻp-toʻp daraxtlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlarni barpo etish, parvarish qilish, qoʻriqlash hamda ulardan foydalanish oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻrmon fondi yerlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan, ammo oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari hisoblanadi. Oʻrmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Davlat oʻrmon fondi uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari davlat oʻrmon fondining bir qismi boʻlib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda koʻrsatilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasidagi davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi va uning joylardagi organlari davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondini tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.

11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalarini berish, davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari hamda davlat milliy tabiiy bogʻlarining qoʻriqxona mintaqalari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobi va davlat oʻrmon kadastri yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlar holatiga zarar yetkazgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarda mol boqish hamda yogʻochga taalluqli boʻlmagan resurslardan foydalanishning boshqa turlari normalarini davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan birgalikda belgilash va tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish borasida aholining maʼrifatli boʻlishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni hal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish ustidan idoraviy nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻrmon qoʻriqchiligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligi oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining inspektorlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligi mansabdor shaxslarining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻrmondan foydalanishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini hamda uni qoʻlga kiritish vositalarini olib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga daʼvo taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida koʻrsatma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligining faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish quyidagilarni taʼminlashi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning himoya etish, sogʻlomlashtirish va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash va kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlardan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, nav tarkibi va sifatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni yongʻindan qoʻriqlash, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonning etilish yoshini, daraxt kesish usullari va oʻrmondan foydalanish normalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga koʻra oʻrmonlar quyidagi qoʻriqlanish toifalariga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar, uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning temir yoʻl va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl va chala choʻl mintaqasidagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan mintaqadagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻoqchilik mintaqasidagi oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonning mevali daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qoʻriqxona oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat milliy tabiiy bogʻlarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni qoʻriqlanish toifalariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Oʻrmon tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlashga, oʻrmon xoʻjaligi va oʻrmondan foydalanish oqilona yuritilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar tizimi boʻlib, quyidagilarni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat oʻrmon fondining oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xoʻjaligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va oʻrmonlarni maxsus xaritaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning etilish yoshini belgilash, oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq oʻrmon daraxtlarini kesish rejasini, daraxtlarni kesish hajmini hamda oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, qayta tiklash va barpo etish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa oʻrmon xoʻjaligi ishlari hajmini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi hamda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Oʻrmon tuzish loyihalari oʻrmon, qoʻriqxona va ovchilik xoʻjaliklari yuritish, oʻrmondan foydalanishni amalga oshirish, joriy va istiqbolga moʻljallangan rejalashtirish ishlarini olib borish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish hamma oʻrmonlarda yagona tizim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻrmonlarning davlat hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobi oʻrmon tuzish loyihalari asosida davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan, oʻrmon tuzish oʻtkazilmagan joylarda esa davlat oʻrmon fondini hisobga olish va tekshirish materiallari asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yagona tizim boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlat oʻrmon kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri Oʻrmonlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat oʻrmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning oʻrmondan foydalanuvchilar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish maqsadida oʻrmon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yagona tizim boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻrmondan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish uchun haq toʻlanadi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — oʻn yilgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻrmondan foydalanish huquqini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki oʻrmon chiptasi asosida yoʻl qoʻyiladi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Oʻrmondan foydalanuvchilar davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondining oʻzlariga berib qoʻyilgan uchastkalarida oʻrmon xoʻjaligini mustaqil yuritish, oʻrmondan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan mahsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan ish olib borish;

oʻrmondan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.

Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishlari va oʻzga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan davlat oʻrmon fondi uchastkalari doirasida, muddatlarida hamda undan foydalanish turlarida oʻrmondan foydalanishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga berib qoʻyilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa oʻrmonzorlardan oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida belgilangan tartibda haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishlari va oʻzga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Oʻrmondan foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat, xoʻjalik va boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan oʻrmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻrmondan foydalanish huquqining tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishida davlat oʻrmon fondi uchastkasi boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlardan va oʻrmon fondi yerlaridan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanish oʻrmonlar va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga hamda ularni takroriy koʻpaytirishga salbiy taʼsir koʻrsatadigan usullar bilan amalga oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanganlik uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish huquqini tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻrmondan foydalanish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish (pichan oʻrish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi oʻsimliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish paytida daraxtzorlar va butazorlarni kesish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrmonlarni albatta qayta tiklash tarzida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalariga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan oʻrmonlarni kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalarida, choʻl va chala choʻl mintaqasidagi oʻrmonlarda, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi koʻkalamzorlashtirilgan oʻrmonlarda asosiy foydalanishdagi daraxtlarni oʻrmon holatini yaxshilash maqsadida kesishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat milliy tabiiy bogʻlarining, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmon mavzelarining oʻrmonlarida, yongʻoqchilik tegrasi oʻrmonlarida, mevali daraxtzorlarda, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarda, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasi oʻrmonlarida, kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi oʻrmonlarda, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda va oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (oʻrmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma qoʻriqlanish toifalaridagi oʻrmonlarda yongʻinga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bogʻliq boshqa kesishlarga yoʻl qoʻyilishi mumkin, davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy foydalanish boʻyicha kesish miqdorlari oʻrmon kesish uchastkalari rejasi doirasida, oraliq foydalanishdagi kesish esa oʻrmon xoʻjaligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻrmon kesish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻrmondan qoʻshimcha tarzda foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga oʻrmondan qoʻshimcha tarzda foydalanishga berib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish va mol boqish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan maydonlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Alohida qimmatli oʻrmon mavzelarida, yongʻoqlarni yigʻib tayyorlash, kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish doirasidagi oʻrmonlarda, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda mol boqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat oʻrmon fondi uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining ruxsatnomasi asosida belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi oʻsimliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yigʻish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi oʻsimliklarni tayyorlash (yigʻish) mavjud resurslarning tamom boʻlib qolishiga va oʻrmon xoʻjaligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ovchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondining madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida oʻrmondan foydalanuvchilar oʻrmonlarni va tabiiy landshaftlarni saqlash, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Fuqarolarning oʻrmonlarda boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishni koʻzlab oʻrmonlarda boʻlish, yovvoyi dorivor hamda oziq-ovqatbop oʻsimliklar, mevalar va qoʻziqorinlarni oʻz ehtiyojlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda yigʻish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligiga rioya etishlari, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, oʻrmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, oʻrmonlarning ifloslanishiga, chumoli inlari, qush uyalarining yoʻq qilinishi va buzilishiga yoʻl qoʻymasliklari, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Chegara mintaqalarida oʻrmondan foydalanish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara mintaqalarida oʻrmondan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita bilan kelishilgan holda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Oʻrmonlarni qoʻriqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat xokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi davlat organlari oʻrmonlardan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan noqonuniy kesish (yaganalash)dan hamda oʻrmonlarga boshqacha tarzda zararli taʼsir koʻrsatishdan oʻrmonlar qoʻriqlanishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat xokimiyati organlari va davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmonlarni yongʻindan qoʻriqlash va yongʻinga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydilar, zarur hollarda yongʻinlarni oʻchirish uchun aholini, korxona, muassasa va tashkilotlarning oʻt oʻchirish, yer qazish texnikasi va transport vositalarini jalb etadilar, yongʻin xavfi yuqori boʻlgan davrda aholining oʻrmonda boʻlishini va oʻrmonlarga transport vositalarining kirishini cheklaydilar yoki taqiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilar oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligiga rioya etishlari, ish joylarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishlari, oʻrmonda yongʻin chiqqan taqdirda uni oʻchirishni taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Oʻrmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy omillardan muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy omillardan muhofaza qilish oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari oʻchoqlarini, sanoat va kommunal-maishiy ifloslanishlar hamda boshqa omillarning salbiy taʼsir doiralarini hisobga olish va oldindan aytib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon zararkunandalarining ommaviy koʻpayish va oʻrmon kasalliklarining tarqalish oʻchoqlarining yuzaga kelishi va kengayishining oldini olish, oʻrmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Oʻrmonlarni tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt kesilgan joylarda va oʻrmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarda xoʻjalik jihatidan qimmatli navli daraxtlarni majburiy ravishda qayta ekishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning nav tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va muhofaza xususiyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni tiklash tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻrmonlarni koʻpaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni koʻpaytirish oʻrmonlardan doimiy foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtliligini oshirish, oʻrmonlarning nav tarkibini yaxshilash, qimmatli navli daraxtlarni koʻpaytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida maxsus dasturlar asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni koʻpaytirish uchun berib qoʻyilgan qishloq xoʻjaligiga va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar qonun hujjatlariga muvofiq oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirish oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish, ularning nav tarkibini yaxshilash, oʻrmon melioratsiyasi va oʻrmonlarni plantatsiya usulida etishtirish natijasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsuloti olib qoʻyilishi lozim. Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini olib qoʻyishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan yangi va qayta tiklanayotgan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish oʻrmonlarni muhofaza qilish va takroriy koʻpaytirish tadbirlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shuningdek navli daraxtlarni kesish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilib davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan qurilish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish, parmalash va boshqa ishlar davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻrmondan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib qoʻyish yoki taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish huquqi oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari buzilgan taqdirda, shuningdek oʻrmonlarni va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash va takroriy koʻpaytirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi, toʻxtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirishni moliyalashtirish hamda iqtisodiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirishni moliyalashtirish davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni qoʻriqlash va ulardan foydalanish masalalariga oid nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
770-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 122-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 52-son, 553-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda)