22.11.1999 yildagi 506-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA O‘RMONLARINI HIMOYA QILISH BO‘YICHA AYRIM ME’YORIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari, O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish qoidalari 1, 2 va 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda idoraviy o‘rmon fondiga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga amal qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
506-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-noyabrdagi 506-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar “O‘rmon to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va respublikaning boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘z tasarrufida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi hududida Qoidalarning bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarga biriktirilgan o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishini nazorat qilish tegishli vazirliklar va idoralarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylardagi davlat hokimiyati organlari va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining va transport vositalarining o‘rmonlarga kirishini taqiqlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan yong‘inga qarshi qo‘shimcha talablarni belgilashlari mumkin, ushbu talablar mazkur Qoidalarga va o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmasligi, shuningdek yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan uchastkalarda o‘rmonlardagi ishlarni to‘xtatib qo‘ymasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘RMONLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILINISHI UCHUN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yong‘in xavfi mavsumida, ya’ni o‘rmonda qor qatlami ketgan paytdan boshlab barqaror yomg‘irli kuz ob-havosi kelgungacha yoki qor qatlami paydo bo‘lgan davrgacha ignabargli daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan joylarda, eski kuyuklarda, o‘rmonning ziyon yetkazilgan uchastkalarida, o‘rmonning kesilgan daraxt qoldiqlari va tayyorlangan yog‘och-taxta qoldirilgan daraxt kesilayotgan uchastkalarida, o‘tlar qurigan joylarda, shuningdek daraxtlar shox-butoqlari ostida gulxan yoqish taqiqlanadi. Qolgan joylarda atrofi kamida 4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan maydonchalarda gulxan yoqishga ruxsat etiladi. Zarurat tugashi bilan gulxan puxtalik bilan o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylardagi davlat hokimiyati organlari zarur hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘rmonda belgilangan uchastkalarda yoki yong‘in xavfi mavsumining belgilangan davrlarida gulxan yoqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘rmonga yonib turgan gugurt, sigaret qoldiqlarini tashlashni va tamaki trubkasidan cho‘g‘li kulni qoqishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘rmonda ov qilishda tez yonib ketadigan yoki tutab yonadigan materiallardan bo‘lgan tiqinlardan foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moyli yoxud benzin, kerosin va boshqa yonuvchi moddalar shimdirilgan artish materiallarini o‘rmonda maxsus ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilmagan joylarda qoldirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) o‘rmonda dvigatel ishlab turgan paytda yonilg‘i baklariga yonilg‘i quyishni, dvigatelning energiya tizimi nosoz bo‘lgan mashinalardan foydalanishni, yonilg‘i quyilayotgan mashinalar yonida chekish yoki ochiq olovdan foydalanishni to‘liq taqiqlab qo‘yishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘rmon yalangliklarida, sayhonliklarda, o‘tloqlarda o‘tlarni yoqish hamda Davlat o‘rmon fondi yerlarida hamda o‘rmonlarga, himoya va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlariga bevosita tutashgan yer uchastkalarida ang‘izlarni yoqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘rmonda yo‘llar qurilayotganda, gaz quvurlari, neft quvurlari va mahsulot quvurlari yotqizilayotganda, elektr uzatish, aloqa, radiolashtirish liniyalari va boshqa kommunikatsiyalar o‘tkazilayotganda qolgan yog‘och-taxta va boshqa tez yonadigan materiallarni o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan belgilanadigan tartibda va muddatlarda yig‘ishtirib olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘rmonda ishlar bajarilganda yonilg‘i va moylash materiallarini tegishli standartdagi yopiq idishlarda saqlashga, yong‘in xavfi mavsumida ular saqlanadigan joylarni o‘simlik qatlamidan, daraxt qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga hamda kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan atrofini o‘rashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘rmonda ishlar bajariladigan va obyektlar joylashgan joylarda yoki madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan normalar bo‘yicha o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘inga qarshi asbob-uskunalar va vositalarga ega bo‘lishga majburdirlar. Ko‘rsatib o‘tilgan o‘t o‘chirish asbob-uskunalari va vositalarini darhol foydalanishga to‘liq tayyor holda saqlashga majburdirlar.
(6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yong‘inlarni o‘chirish uchun yong‘inga qarshi asbob-uskunalar va vositalar bilan ta’minlash normalari tasdiqlanmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishlar bajariladigan va obyektlar joylashgan joylarda dastlabki o‘t o‘chirish vositalari (suv quyilgan bochkalar, qum solingan qutilar, o‘t o‘chirgich, boltalar, belkuraklar, supurgilar va boshqalar)ga ega bo‘lishga majburdirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yong‘in xavfi mavsumida o‘z tarkibida yoki o‘rmonda ishlar bajaruvchi ayrim bo‘linmalarda, shuningdek o‘rmonda joylashgan qo‘rg‘onlarda ishlovchilar va boshqa fuqarolardan iborat yong‘inga qarshi ko‘ngilli drujinalarni tuzishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘rmonni maishiy va qurilish chiqindilari bilan ifloslantirish, ularda axlat uchun axlatxonalar tashkil etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi yashash punktlaridan tashib chiqiladigan axlatlar o‘rmon yaqinida faqat belgilangan tartibda maxsus ajratilgan uchastkalarda quyidagi shartlarga rioya qilingan holda yondirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yondirish uchun joylar ignabargli o‘rmon yoki alohida o‘suvchi igna bargli daraxtlar va yosh daraxtlar yonlaridan kamida 50 metr, yaproqli daraxtlar va alohida o‘suvchi yaproqli bo‘lmagan daraxtlar yonlaridan kamida 25 metr masofada ajratilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kotlovanlar yoki axlat yoqish maydonchalari atrofidagi hudud qurib qolgan daraxtlar, sinib tushgan daraxtlar, kesilgan daraxtlar qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan narsalardan 15 — 20 metr radiusda tozalangan va atrofi 1,4 metr kenglikda, quruq tuproqdagi ignabargli o‘rmonga yaqin joylashgan uchastkalarda esa — kamida 2,6 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yong‘in xavfi mavsumi mobaynida axlatni yoqish faqat shamolsiz yoki yomg‘irli ob-havoda maxsus ajratilgan shaxslar kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Havo quruq bo‘lganda axlatni yondirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘rmonda ishlar bajaruvchi yoki obyektlarga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari yong‘in xavfi mavsumi boshlanishi oldidan, o‘rmonda madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi uchun mas’ul shaxslar esa o‘rmonga jo‘nash oldidan o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va o‘rmon yong‘inlari paydo bo‘lishining oldini olish to‘g‘risida, shuningdek ularni o‘chirish usullari to‘g‘risida xodimlar yoki madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlar qatnashchilariga maxsus daftarga imzo qo‘ydirgan holda yo‘riqnoma berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DARAXT KESAYOTGAN YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Daraxt kesayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shuningdek fuqarolar, kesish usuli va vaqtidan qat’i nazar, yog‘och tayyorlash bilan bir vaqtda daraxt kesish joylarini yog‘och qoldiqlardan tozalashga majburlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozalash usullari har bir alohida holatda daraxt kesish chiptalarida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxt tanlab va bosqichma-bosqich kesilganda, shuningdek yoppasiga kesilganda yog‘och tayyorlovchilar nihol va yosh daraxtlarni saqlab qolishga majburdirlar, o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasini yog‘och qoldiqlaridan tozalashda yondirilmaydigan usullar qo‘llanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxt kesish joylarini tozalashda yog‘och tayyorlovchilar quyidagi talablarni bajarishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daraxt qish vaqtida kesilganda kesish joylarini ko‘klamda yana tozalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kesilgan daraxt qoldiqlarini chiritish (yoqish) uchun g‘aramlarga yoki uyumlarga taxlab qo‘yish yoki o‘rmon yonidan kamida 10 metr masofada o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasi bo‘ylab ularni maydalab sochib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kesish joylarini kesilgan daraxt qoldiqlarini yondirish usuli bilan tozalashda yondirishni yong‘in xavfi mavsumi boshlangunga qadar tugallash. Yozgi yog‘och tayyorlashdan qolgan daraxt qoldiqlarini va kesish joylarini ko‘klamda tozalashdan to‘planib qolgan kesilgan daraxt qoldiqlarini yong‘in xavfi mavsumi tugagandan keyin kuzda yondirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kesilgan daraxt qoldiqlarini yondirishda o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkalaridagi mavjud nihollar, urug‘zorlar va boshqa kesilmagan daraxtlarning saqlab qolinishi, shuningdek kesilgan daraxt qoldiqlarining to‘liq yonib ketishi ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkalarida kesilgan daraxtlar qoldiqlarini yoppa uyumi bilan yondirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kesilgan daraxtlar yong‘in xavfi mavsumida o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasida qoldirilgan taqdirda, ular shox-butoqlardan tozalangan va yerga tig‘iz qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yong‘in xavfi mavsumida o‘rmonning daraxt kesilayotgan uchastkasida qoldirilayotgan tayyorlangan yog‘och mahsulotlari shtabellangan yoki sarjinlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quruq tuproqdagi ignabargli yalanglik o‘rmonlarning yong‘in xavfi mavsumida qoldirilgan tayyorlangan yog‘och mahsulotlari, shuningdek kesilgan daraxt qoldiqlari chiritishga qoldirilgan daraxt kesilayotgan uchastkalari kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan atrofi o‘rab chiqiladi, ularning uchastkalari 25 gektardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayyorlangan yog‘ochlar faqat ochiq joylarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish maydoni 8 gektargacha bo‘lganda yaproqli o‘rmon chetidan — 20 metr, 8 gektar va undan ortiq bo‘lganda esa — 30 metr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish maydoni 8 gektargacha bo‘lganda ignabargli va aralash o‘rmon chetidan — 40 metr, 8 gektar va undan ortiq bo‘lganda — 60 metr masofada joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirish joylari va ular atrofidagi ko‘rsatib o‘tilgan yong‘inga qarshi masofa tez yonadigan materiallardan tozalangan bo‘lishi va kamida 1,4 metr kenglikda ma’danlashtirilgan polosa bilan, quruq tuproqlardagi ignabargli daraxtzorlarda esa — bir-biridan 5 — 10 metr masofada ikkita shunday polosa bilan atrofi o‘ralishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. TASARRUFIDA TEMIR YO‘LLAR VA AVTOMOBIL YO‘LLARI BO‘LGAN KORXONALAR VA TASHKILOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasarrufida o‘rmon dahalari orqali o‘tadigan faoliyat ko‘rsatayotgan temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) temir yo‘llar va shosse yo‘llar bo‘ylab ajratilgan polosani shox-shabbalar, yog‘och qoldiqlari va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalangan holda saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan polosalar chegarasi bo‘ylab ignabargli daraxtzorlarda yong‘in xavfi mavsumi mobaynida 1,4 metr kenglikdagi ma’danlashtirilgan polosani, quruq tuproqdagi ignabargli daraxtzorlarda va kesilgan joylarda bir-biridan 5 metr masofada bo‘lgan 2 ta shunday polosalarni tozalangan holatda saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yo‘llar yaqinida joylashgan quruq tuproqdagi ignabargli daraxtzorlarda, tekis taxlangan shpallar va qordan himoya qiluvchi to‘siqlar, shuningdek yog‘och ko‘priklar, turg‘un platformalar, turar joylar va yo‘l nazoratchilari budkalari atroflarida yong‘in xavfi mavsumi mobaynida eni kamida 1,4 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurish va uni tozalangan holatda saqlashga majburdirlar..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari o‘tadigan o‘rmon massivlaridan foydalanganda yuridik va jismoniy shaxslar mazkur Qoidalarning 4 va 12-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy talablarga rioya qilishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmonda yong‘in paydo bo‘lganda darhol uni o‘chirish chora-tadbirlari tashkil etiladi va ko‘riladi. Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun ma’muriy yoki mulkiy javob beradilar.
(13-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. NEFT-GAZ QIDIRUV VA NEFT-GAZ QAZIB OLUVCHI KORXONALAR VA TASHKILOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Neft-gaz qidiruv va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar va tashkilotlar davlat o‘rmon fondi hududida ishlarni bajarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yong‘in xavfi mavsumi mobaynida burg‘ulash qudug‘i va boshqa inshootlar uchun ajratilgan hududlarni yog‘och qoldiqlari va tez yonadigan materiallardan tozalangan holda saqlashga, ushbu hududlar chegaralari bo‘ylab eni kamida 1,4 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurish va uni yong‘in xavfi mavsumi mobaynida tozalangan holatda saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) burg‘ulanayotgan va foydalanilayotgan quduqlardan 50 metr radiusdagi (neft va gaz quduqlaridan yopiq tizim bo‘yicha foydalanilganda 25 metr radiusda) maydonni daraxtlar va butalardan to‘liq tozalashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) neft ochiq idishlarda va kotlovanlarda saqlanishiga, shuningdek yonuvchi moddalar bilan hududlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar neft chiqindilari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinsa, neft chiqindilarini yoqib yuborish tartibi va vaqtini o‘rmon xo‘jaliklari bilan kelishib olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. TASARRUFIDA ELEKTR UZATISH, ALOQA, RADIOLASHTIRISH LINIYALARI VA QUVURLAR BO‘LGAN KORXONALAR VA TASHKILOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tasarrufida elektr uzatish, aloqa, radiolashtirish liniyalari va quvurlar bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar yong‘in xavfi mavsumi mobaynida ushbu liniyalar o‘tgan o‘rmon so‘qmoqlarini xavfsiz holatda saqlashga va quruq joylarda bunday liniyalarning yog‘och machtalari va simyog‘ochlari atrofini qazib qo‘yishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida quvurlar bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar yong‘in xavfi mavsumi mobaynida o‘rmon massivi orqali o‘tadigan quvurlar bo‘ylab ajratilgan polosalar va qo‘riqlanadigan hududlarning yong‘inga nisbatan xavfsiz holatini saqlashga va liniya nazoratchilari turadigan uy-joylar atrofida, shuningdek quvurlardagi quduqlar atrofida eni 2-2,5 metr bo‘lgan ma’danlashtirilgan polosa qurishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. O‘RMONLARDA QIDIRUV ISHLARINI OLIB BORUVCHI KORXONALAR VA TASHKILOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qidiruv, geodeziya, geologiya, o‘rmon tuzish ekspeditsiyalari va boshqa ekspeditsiyalar, partiyalar va otryadlar ishlar boshlangunga qadar ishlar bajariladigan joyni, asosiy bazalarning o‘rnashish joyini, shuningdek o‘rmonda yurish yo‘nalishlarini ishlar bajariladigan hududlardagi o‘rmon xo‘jaliklarida ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. O‘RMONLARDA MADANIY-OMMAVIY TADBIRLAR O‘TKAZUVCHI TASHKILOTLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘rmonlarda madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazuvchi sayyohlik bazalariga, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga, dam olish uylariga va boshqa tashkilotlarga yong‘in xavfi mavsumida doimiy dam olish joylarini, sayyohlar to‘xtaydigan joylarni va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni faqat o‘rmon xo‘jaliklari bilan kelishgan holda ushbu uchastkalarda o‘rmon xo‘jaliklari ko‘rsatmasi bo‘yicha gulxan yoqish va axlat to‘plash joylari jihozlangandagina tashkil etishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. O‘RMON XO‘JALIKLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘rmon xo‘jaliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘rmonda yong‘inga qarshi oraliq joylar, yo‘llar, yong‘inga qarshi ma’danlashtirilgan himoya polosalari, zovurlar, suv havzalarini qurishga, o‘rmonlarni yog‘och qoldiqlaridan va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalashga va o‘rmonlarning yong‘in xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan boshqa o‘rmon xo‘jaligi tadbirlarini o‘tkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi, o‘quvchilar, o‘rmonda ishlar olib boruvchi yoki obyektlarga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari o‘rtasida olov bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilish va o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) keng foydalaniladigan o‘rmon yo‘llari bo‘ylab o‘rmonda olov bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilish zarurligi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiruvchi e’lonlar va plakatlarni o‘rnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘rmon yo‘llari bo‘ylab dam olish va chekish uchun umumiy foydalaniladigan joylarni jihozlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) o‘rmon xo‘jaliklari hududlarida paydo bo‘ladigan yong‘inlarni o‘z vaqtida aniqlash va tugatishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. O‘RMONLARDAGI YONG‘INLARNI O‘CHIRISH BO‘YICHA YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘rmonlarda ishlar bajaruvchi yoki qo‘rg‘onlar, yo‘llar, omborlar, inshootlar va boshqa obyektlarga ega bo‘lgan o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishlash joylarida, qo‘rg‘onlar yaqinida, yo‘llar, omborlar va boshqa obyektlarda o‘rmonlardagi yong‘inlar paydo bo‘lgan taqdirda darhol o‘z kuchlari va vositalari bilan ushbu yong‘inlarni o‘chirish choralarini ko‘rishga va yong‘in to‘g‘risida yong‘in muhofazasi organiga va tegishli o‘rmon xo‘jaligiga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga xabar berishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jismoniy shaxslar o‘rmonlardagi yong‘inni payqaganda darhol uni o‘chirish choralarini ko‘rishga, o‘z kuchi bilan yong‘inni o‘chirish iloji bo‘lmaganda yong‘in muhofazasi organiga, o‘rmon xo‘jaligi va ichki ishlar organlari xodimlariga yoki joylardagi davlat hokimiyati organlariga xabar berishga majburdirlar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari yong‘inni o‘chirish rahbari, o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmonni muhofaza qilish xodimlari talabiga ko‘ra joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga muvofiq o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun texnika vositalarini tezda jo‘natishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirish uchun jalb qilinadigan jismoniy shaxslar tumanlar hokimliklari qarorlariga muvofiq ushbu ishlarni o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmonni muhofaza qilish xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslari rahbarligida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. O‘RMONLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yuqorida sanab o‘tilgan yuridik va jismoniy shaxslar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rmondan foydalanishda va o‘rmonlarda ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarning umumiy talablariga rioya qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmonda yong‘in paydo bo‘lishi bilan darhol ishlarni tashkil etishga va uni o‘chirish choralarini ko‘rishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. YONG‘IN YETKAZGAN ZARARNI ANIQLASH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblab chiqarish va yong‘in paydo bo‘lishining turli sabablari va daraxtlar hamda boshqa o‘simliklarning zararlanish darajasiga ko‘ra, daraxtlar qurishi yoki yog‘och nobud bo‘lishiga oid da’vo summalarining hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. YONG‘INNI O‘CHIRISHNING DASTLABKI VOSITALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar har bir uchastka (o‘rmon uchastkasi)da yong‘inni o‘chirishning dastlabki vositalarini saqlashi, zarur bo‘lganda o‘rmonlardagi ayrim yong‘inlarni boshlang‘ich bosqichda o‘chirishni mustaqil ravishda tashkil etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ular quyidagilarga ega bo‘lishlari zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) minish va yuk ortish egarlari bo‘lgan otlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ko‘chma yong‘in motopompasi yoki kichik ko‘chma o‘rmon motopompalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ranetsli (safarxaltasi) o‘rmon o‘t o‘chirgichlari — suv purkagichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) benzin bilan ishlaydigan arra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yong‘in belkuraklari, boltalar, motigalar, xaskashlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) zarur suyuqliklarni tashish uchun sig‘imi 20 litrli kanistralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ish kiyimlari va maxsus poyabzal, ichimlik suvi uchun sig‘imi 20 litrgacha bo‘lgan bidonlar yoki kanistralar, suv uchun krujkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) birinchi yordam ko‘rsatish uchun tibbiy dori qutichalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan barcha vositalar yong‘in xavfi mavsumi boshlanishidan bir oy oldin o‘rmonlardagi yong‘inlarga qarshi kurash ishlariga to‘liq tayyor holga keltirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uchastkalar (o‘rmon xo‘jaligi uchastkalari)da o‘t o‘chirish anjomlari va vositalarini saqlash uchun o‘rmon uchastkasi boshliqlari (o‘rmonchilar)ga biriktirilgan binolar, shuningdek mayda ta’mirlash uchun asbob-uskunalar va anjomlar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘rmon xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari yong‘in anjomlarining saqlanishi va ularning o‘rmonlardagi yong‘inlarni o‘chirishda to‘g‘ri ishlatilishi uchun to‘liq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anjomlar ishdan chiqqanligi yoki ulardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi, shuningdek o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi, ushbu sabablarga ko‘ra o‘rmonlarda yong‘in chiqqanligi uchun o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslari amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javob beradilar, yoki o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uchun mulkiy javob beradilar.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-noyabrdagi 506-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar “O‘rmon to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va respublikaning boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘RMONNI PARVARISH QILISH UCHUN KESISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish mustahkam va yuqori mahsulli, xo‘jalik jihatidan qimmatli daraxtlar o‘stirilishiga qaratilgan muhim o‘rmon xo‘jaligi tadbiri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har xil turdagi daraxtlarning parvarish qilish uchun kesish bo‘yicha yoshi quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Parvarish qilish uchun kesish turlari
‎‏

Daraxtlar yoshi (yil)‎‎‎

‎‏Igna bargli daraxtlar (qarag‘ay, qoraqarag‘ay‎

Yaproqli daraxtlar‎

Pista, yong‘oq, eman‎

Qayrag‘och, shumtol, zarang, akatsiya, olma, qayin‎

Terak, tol, bodom, to‘rang‘i‎

Siyraklashtirish‎

20 yoshgacha‎

20 yoshgacha‎

10 yoshgacha‎

5 yoshgacha‎

Tozalash‎

21 — 40‎

21 — 40‎

11 — 20‎

6 — 10‎

Yaganalash‎

41 — 80‎

41 — 80‎

21 — 40‎

11 — 20‎

O‘tish joyi ochish‎

81 va undan yuqori‎

81 va undan yuqori‎

41 va undan yuqori‎

21 va undan yuqori‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar parvarish qilish uchun kesishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘rmonning himoya, suvni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena va boshqa foydali xossalarini saqlab qolish va kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daraxtlarning turi tarkibini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daraxtlarning sifati va mustahkamligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘rmonning sanitariya holatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— daraxtlarning meva berishi sharoitlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yog‘ochdan foydalanish hajmini ko‘paytirish va texnik jihatdan yetilgan yog‘och yetishtirish muddatini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. PARVARISH QILISH UCHUN KESISH USULI, DARAXTLARNI YETISHTIRISH VA KESISH UCHUN TANLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Parvarish qilish uchun kesishda asosan o‘rmon xo‘jaligida shakllangan, o‘zida daraxtning quyi va yuqori qismini parvarish qilishni qo‘shib olib boruvchi usul qo‘llaniladi. Tasniflashga muvofiq eng yaxshi va yordamchi foydali daraxtlar yetishtirish uchun qoldiriladi, kesilishi kerak bo‘lganlari olib tashlanadi. Daraxtlarning tarkibiga, holatiga va daraxt turlarining biologik xususiyatlariga qarab ko‘lanka ostidagi kesiladigan daraxtlar kesib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Daraxtlarni siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish uchun kesishda daraxtlarni tanlash uchastkaning butun maydonida amalga oshiriladi, texnologiya yo‘laklari va yuklash punktlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yosh daraxtlar o‘sayotgan joylarda daraxtlarni tanlash (siyraklashtirish va tozalash) ham butun maydon bo‘ylab, ham mayda yer uchastkalari (yo‘laklar) bo‘ylab hamda to‘p-to‘p daraxtzorlarda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yong‘oq mevali daraxtlarning eng yaxshilari yakka tartibda yetishtirish va qo‘riqlash uchun ajratib olinadi. Uchastkalarning kengligi daraxtlarning balandligi hamda asosiy navlarning yetarlicha miqdorini qoldirish hisobga olingan holda belgilanadi. Bunda o‘rmonni parvarish qilish uchun bir marta kesishda uchastka maydonining kamida 50 foiziga ishlov berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DARAXTLARNI PARVARISH QILISH UCHUN KESISHNI TAYINLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Parvarish qilish uchun kesish eng avvalo yuqori bonitetli daraxtlarga nisbatan belgilanadi. Boniteti V klassli daraxtlarga nisbatan parvarish qilish uchun kesish, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sof daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesishga tanasi juda cho‘zilib ketgan, shox-shabbalari rivojlanmagan, o‘sishdan kech qolgan, beo‘xshov shakldagi poyalari ko‘p bo‘lgan hamda nuqsonlari bo‘lgan daraxtlardan iborat, sun’iy ravishda barpo etilgan qalin o‘sgan uchastkalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aralash daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesish tarkibi qoniqarsiz bo‘lgan o‘rmon uchastkalarida belgilanadi. Bunda nomaqbul navlarni qisman yoki to‘liq kesish hisobiga ularning asosiy daraxtlarga noxush ta’siri bartaraf etiladi va asosiy navlar ustunlik qilgan daraxtzor barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ko‘lankasi zichligi 0,7 dan past bo‘lgan sof daraxtzorlarda, zichligi 0,6 dan past bo‘lgan aralash daraxtzorlarda siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish uchun kesish qoidaga ko‘ra belgilanmaydi. Daraxtlar to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan sof va aralash daraxtlar majmuida, basharti ayrim to‘p-to‘p daraxtlarda (daraxtlar guruhida) asosiy navlarning ikkinchi darajali navlar tomonidan bo‘g‘ib qo‘yilishi xavfi mavjud bo‘lsa, parvarish qilish uchun kesish ularning umumiy zichligi va to‘liqligidan qat’i nazar, belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yangilash uchun kesish istiqbolli yosh daraxtlar soni yetarli bo‘lgan yetilgan va ortiqcha turib qolgan daraxtzorlarda o‘tkaziladi. Yosh daraxtlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi, qurib qolayotgan o‘rtacha yoshli yoki yetilayotgan daraxtzorlarda — vegetativ yosh daraxt olish maqsadida to‘nkaga (o‘rmonzordagi pakana qayrag‘och uchun) daraxt ekish yo‘li bilan yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qaytadan barpo etish uchun kesish bir yoshdagi daraxtlarni har xil yoshli daraxtlarga aylantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. PARVARISH QILISH UCHUN KESISHNI BELGILASH NAVBATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kesish uchun birinchi navbatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomaqbul navlar bosib ketgan asosiy navlarning yosh daraxtlari (yong‘oq, pista, archa, Qrim qarag‘ayi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) asosiy kovakchalari ikkinchi darajali daraxtlar ostida bo‘lgan arzonbaho yosh daraxtlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qimmat navli qalin o‘sgan sof yosh daraxtlar (yong‘oq, archa, qarag‘ay va boshqalar), shuningdek urug‘dan va bachkidan o‘sib chiqqan yosh daraxtlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) asosiy navi ikkinchi darajali daraxtlar ostida joylashgan aralash daraxtzorlar kesish uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ikkinchi navbatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sof daraxtzorlarda siyraklashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sof daraxtzorlarda o‘tish joylari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yangilash uchun kesish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qayta barpo etish uchun kesish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. DARAXTLARNI PARVARISH QILISH UCHUN KESISHGA AJRATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maydonlar ajratish, yetishtirishga va kesishga daraxtlarni tanlash, ularni tamg‘alash, qayta hisoblash, sinov maydonlari barpo qilish barglar to‘kilgungacha yoz davrida, igna bargli daraxtzorlarda esa yilning boshqa mavsumlarida ham amalga oshiriladi. Daraxt ajratish ishlari kesishdan bir yil oldin o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Parvarish qilish uchun bir yilda kesish uchastkalarini tanlash o‘rmon tuzish materiallari bo‘yicha amalga oshiriladi. Uchastkalar o‘rmon uchastkasi mudiri yoki uning yordamchisi tomonidan bevosita o‘rmonning o‘zida ko‘zdan kechirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon tuzish ma’lumotlari uchastkalarning haqiqiy holatiga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bunday uchastkalar ma’lumotlar farq qilishi to‘g‘risida dalolatnoma tuzilgan holda kesishdan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yosh daraxtzorlarda (siyraklashtirish, tozalash) butun uchastkada kesish mo‘ljallangan daraxtlarga belgi qo‘yilmaydi, balki bir xildagi joylarda to‘g‘ri burchak shaklida bir yoki bir necha yoxud uzun sinov maydonlari barpo etiladi, ularda butun uchastkada parvarish qilish uchun kesishda namuna bo‘lib xizmat qiluvchi kesish amalga oshiriladi. Sinov maydonlari kattaligi uchastka maydonining 3-5 foizini tashkil etishi kerak. Butun uchastkada kesilishi kerak bo‘lgan yog‘och zaxirasi sinov uchun kesiladigan yog‘och miqdori bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Siyraklashtirish, o‘tish joylari ochish, shuningdek tanlab sanitariya kesishlarida, yangilash va qayta barpo etish bilan bog‘liq kesishlarda diametri ko‘krak balandligida 8 santimetr va undan yuqori bo‘lgan kesish belgilangan daraxtlarga uzunasiga chiziq tortiladi va ildizi bo‘g‘zidan tamg‘alanadi. Kesiladigan yog‘och zaxirasi kesish belgilangan daraxtlarni yalpi qayta hisoblash asosida aniqlanadi. Diametri 8 santimetrdan ortiq bo‘lgan kesilishi kerak bo‘lgan daraxtlar zaxirasi maxsus barpo etiladigan sinov maydonlarida joylashtirish o‘lchovlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qayir (to‘qay)lardagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish daraxtlarning himoya va qirg‘oqni mustahkamlash xususiyatlarini oshirish, daraxtlar majmuini sog‘lomlashtirish va ularning mahsuldorligini oshirish uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengligi 150 metr bo‘lgan daryo bo‘yidagi qirg‘oqni himoya qiluvchi daraxtzorlar sifatidagi alohida himoya uchastkalarida va kanallar bo‘yidagi, ko‘llar hamda kengligi 250 metr bo‘lgan boshqa suv havzalari atrofidagi to‘rang‘i, jiyda, tol va yulg‘indan iborat tabiiy daraxtzorlarda daraxtlarning (shikastlangan, quriyotgan va zararkunandalar uya qo‘ygan daraxtlar) faqat tanlab sanitariya maqsadida kesilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tabiiy tolzorlar, to‘rang‘izorlar, jiydazorlarda parvarish qilish uchun kesish siyraklashtirish va o‘tish joylari ochish maqsadida kesiladi. Yosh daraxtzorlarda parvarish qilish uchun kesish bir martada 40 foizdan ortiq bo‘lmagan daraxt tanasini tanlagan holda 4 — 5 yoshda, siyraklashtirish zaxira bo‘yicha 25 foizini tanlagan holda 10 — 12 yoshda, o‘tish joylari ochish uchun kesish 21 yoshdan katta daraxtzorlarda tanlash zaxira bo‘yicha 10 — 15 foizdan ortiq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy tolzorlar, to‘rang‘izorlar, jiydazorlarda himoya xossalarini yo‘qotgan, yetilgan va uzoq turib olgan daraxtlarni yangilash uchun kesish o‘rmonning yangi avlodini barpo etish maqsadida o‘tkaziladi. Yetilgan uzoq turib qolgan daraxtlar qolgan to‘nkalarni jonlashtirish va bachki ko‘chatlarni tiklash uchun hamda kesishdan keyin uchastkaning kamida 50 foiz maydoni o‘rmon bilan qoplanadigan qilib 30-50 m kenglikda yalpi tor polosa qilib kesiladi. O‘rmon uchastkasining ikkinchi yarmi birinchi yarmida ishonchli yosh daraxt olingandan va ular siyraklashtirilgandan keyin kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yetilayotgan, yetilgan va uzoq turib qolgan daraxtlardan iborat tabiiy qayirlardagi o‘rmonlarda yuqori qismi qurigan, qurigan daraxtlar 50 foizdan ortiq bo‘lsa, yalpi sanitariya kesishi o‘tkaziladi. Kesish yo‘nalishi texnologiya yo‘laklarini har 50 metrdan keyin daryo oqimiga tik joylashtirgan holda daryo oqimiga qarshi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvarish qilish uchun kesish asosan qish davrida tuproq muzlagan paytda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yong‘oqzorlarni parvarish qilish uchun kesish zichligi (to‘liqligi) 0,6 va undan yuqori bo‘lganda o‘tkaziladi, bunda daraxtlar asosan ikki turga — mevali va keyin kesib tashlanadigan nomaqbul daraxtlarga ajratiladi. Parvarish qilish uchun kesishning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daraxtlarni siyraklashtirish ularning 6 -7 yoshida bir marta o‘tkaziladi. Bunda o‘sishdan qolgan, muzlagan va shikastlangan daraxtlar olib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tozalash meva tugish pallasiga kirgan daraxtlarning 10 — 15 yoshida o‘tkaziladi. Tozalashning asosiy vazifasi xo‘jalik jihatidan qimmatli meva beradigan daraxtlarni tanlash, ularni maydon bo‘ylab bir tekis joylashtirishdan iboratdir, shox-shabbalar zichligi bunda 0,4 dan kam bo‘lmasligi kerak. IV-V bonitetli yong‘oqzorlarda daraxtlar parvarish qilish uchun kesilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yaganalash meva beruvchi daraxtlarni yakunlovchi shakllantirishda belgilanadi. Parvarish qilish uchun kesishda daraxtlar ikki turga ajratiladi. Bular: asosiy daraxtlar, ular daraxtzorni shakllantirish tugallangandan keyin mevali daraxtlarni tashkil etishi kerak va nomaqbul daraxtlarga aylanuvchi yordamchi daraxtlar, ular keyinchalik parvarish qilish uchun kesishda izchil ravishda olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi kesishlar 1-guruh balandlikdagi yong‘oqzorlarda 40 yoshgacha, 2-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 50 yoshgacha, 3-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 60 yoshgacha, 4-guruhga kiruvchi yong‘oqzorlarda 70 yoshgacha tugallanishi kerak. Oxirgi kesishdan keyin daraxtlarning zichligi 0,4 dan past bo‘lmasligi kerak. O‘sish sharoitlariga qarab asosiy daraxtlar 1 gektarda 30 tadan 70 tagacha bo‘lishi kerak. Bunda ularni bir tekis joylashtirish nazarda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ko‘lankasi ostida yong‘oq niholi yoki daraxti bo‘lgan zarang, olma, olcha va boshqa daraxtlar ko‘p bo‘lgan tabiiy daraxtzorlarda qayta barpo etish (tarkibi bo‘yicha) har 5 yilda kesgan holda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda zarang, olma, olcha hamda boshqa yosh nihollarga soya soluvchi daraxtlar kesiladi. Tabiiy ravishda o‘sgan turli yoshdagi yong‘oq daraxtlari, shuningdek uzoq turib qolgan daraxtlar ostida yong‘oq daraxti ekilgan uchastkalarda parvarish qilish uchun kompleks kesish o‘tkaziladi. V klass yoshdagi va undan katta klassdagi daraxtlar yangilash uchun kesiladi. Bunday kesishning vazifasiga yong‘oqning urug‘dan ko‘karishini rivojlantirish, ular bilan daraxtzorning keksa avlodini asta-sekin almashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish kiradi. Yorug‘lik tushadigan oraliqlar ochiladi, meva bermaydigan daraxtlar olib tashlanadi. Daraxtlarning (olma, olcha va boshqalarning) ikkinchi pog‘onasini parvarish qilish qalin o‘sgan guruhlarni kesishdan, mevali daraxtlarni qisilishdan xalos qilish va ularni yoshartirishdan iboratdir. Sanitariya holatiga ko‘ra, shamol, qor sindirgan hamda sinib tushgan daraxtlarni olib tashlash parvarish qilish uchun kesish kompleksiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvarish qilish uchun kesish jadalligi daraxtning zichligiga va yosh guruhiga, shuningdek tog‘ yonbag‘irlarining tikligiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Qiyaligi 25 gradusdan ortiq bo‘lgan yonbag‘irda eroziya bilan yuvib ketish xavfi oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tabiiy pistazorlarda zichlik past bo‘ladi (0,3 — 0,4), shu sababli ular parvarish qilish uchun kesilmaydi. Qurigan, yuqori qismi qurib qolgan, kasal va kasallikka chalingan pista daraxtlari tanlab sanitariya maqsadlarida kesib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sun’iy ravishda barpo etilgan qalin pistazorlarda parvarish qilish uchun kesish birinchi klass yosh daraxtlarda ularning zichligi 0,7 ga va undan yuqoriga yetganda yoki ularning yaxshiroq meva berishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1 gektarda 500 — 600 tupdan ortiq daraxtlar bo‘lgan taqdirda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvarish qilish uchun kesishdan keyin pistazorlarda 1 gektarda kamida 150—200 daraxt qolishi kerak. Imkoni boricha plantatsiyalarda erkak va ayol daraxtlar soni 1 : 5 yoki 1 : 7 nisbatga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘nkadan ko‘kargan novdalarni yo‘qotish maqsadida amaldagi tavsiyalarga muvofiq kimyoviy usul qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mevasi shirin va achchiq bo‘lgan qalinlashgan bodomzorlarda parvarish qilish uchun kesish II-III klass yoshda (10 — 15 yosh) ularning zichligi 0,7-0,8 ga yoki undan yuqoriga yetganda yoki 1 gektardagi daraxtlar tupi 600 — 700 dan ortiq bo‘lganda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatorlar oralig‘i 3-4 metr bo‘lgan bodomzorlarda alohida qatorlarni kesilmaydigan qatorlar bilan navbatlashtirgan holda kesish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yoshda oziqlantirish maydoni 22 — 28 kvadrat metrni yoki daraxtlar soni 1 gektarda qariyb 400 tani tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oddiy bodom daraxtlarini kesish mevalar yetilganda va ta’miga qarab ularning shirin yoki achchiqligini aniqlash mumkin bo‘lgan yoz paytida (iyun — avgust oylarida) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Turli yoshdagi olma va olcha daraxtlariga nisbatan parvarish qilish uchun kesish shox-shabbaning zichligi 0,7 dan past bo‘lmaganda belgilanadi. Yovvoyi holda o‘suvchi olma va olcha daraxtlarining bunday uchastkalarida qalinlik 0,5 gacha yetkazilgan holda o‘tish joyi barpo qilish uchun kesiladi. Meva berayotgan daraxtlardan eng avvalo shox-shabbasini tiklashga qodir bo‘lmagan quriyotgan, kasal va kasallikka duchor bo‘layotgan daraxtlar kesiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiyaligi 20 gradusdan ortiq bo‘lgan uchastkalarda mo‘ljallangan daraxtlar kesilgandan keyin I va II pog‘onadagi daraxtlarning zichligi 0,5 dan past bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. EROZIYAGA QARSHI O‘RMONLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu o‘rmonlarda, shu jumladan tik tog‘ yonbag‘irlaridagi uchastkalardagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish tabiiy jarayonlar davomida o‘rmonlarning qiymati yomonlashgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Zarafshon archasi, nimyumaloq va Turkiston archasidan iborat eroziyaga qarshi o‘rmonlar juda siyrakligi tufayli ularni parvarish qilish uchun kesish belgilanmaydi. Faqat tanlab sanitariya kesishlari o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. TANLAB SANITARIYA KESISHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlab sanitariya kesishlar daraxtzorlarni qoniqarli sanitariya holatida saqlash uchun amalga oshiriladi. Mustaqil tadbir sifatida ular parvarish qilish uchun kesishning asosiy turlari o‘tkazilish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan paytlarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya kesishlarida qurigan, quriyotgan, shamolga egiluvchi, qordan sinuvchi, mexanik yoki biologik shikastlangan, zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklariga chalingan daraxtlar olib tashlanadi. Qoniqarsiz sanitariya holatiga ega bo‘lgan va shikastlangan daraxtlarning barchasi, agar ularni olib tashlash zichlikni 0,5 dan kamaytirmasa, kesib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. KESISH JOYLARINI TOZALASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘sib chiqish joyi sharoitlariga va kesilgan qoldiqlarni sotish imkoniyatlariga qarab kesilgan joylarni tozalash quyidagicha o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kesilgan qoldiqlarni arava yo‘liga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kesilgan qoldiqlarni keyinchalik yoqilg‘iga ishlatish yoki qayta ishlash uchun to‘plash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ularni chiritish uchun joyida qoldirgan holda to‘plash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mayda kesilgan qoldiqlarni maydon bo‘ylab bir tekis sochib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlagan holda uzun yo‘l, sayhon va yalangliklarga tashish va to‘plab yoqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tozalash usullari o‘rmonchilik xo‘jaligi tomonidan belgilanadi va o‘rmon chiptasida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. O‘RMONNI PARVARISH QILISH UCHUN KESISHGA RUXSAT BERISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesishga qaramog‘ida davlat o‘rmon fondi bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan ruxsat beriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmonlarning xususiyatlariga va ularning maqsadli vazifasiga, yog‘och-taxta va biologik massaning muayyan turini tayyorlashning xo‘jalik jihatidan maqsadga muvofiqligiga bog‘liq ravishda tuziladigan sanash vedomosti hamda o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan parvarish qilish uchun kesish texnologiyasi yuzasidan qabul qilingan qoidalar bayon qilinadigan ish hujjatlari daraxtlarni kesishga ruxsat berish uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi korxonalari parvarish qilish uchun kesish o‘tkazilishiga ruxsat berilgandan keyin uchastka yoki o‘rmon uchastkasi rahbarlariga kesish joyi, kesiladigan maydon va yog‘och massasi miqdori, yog‘ochni tashib chiqarish va joylashtirish, kesish joylarini tekshirish, kesilgan qoldiqlardan tozalash tartibi ko‘rsatilgan belgilangan namunadagi o‘rmon chiptasini yozib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka yoki o‘rmon uchastkasi rahbarlari o‘rmonni parvarish qilish uchun kesishda o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligining, xavfsizlik texnikasining, sanitariya normalarining barcha talablariga rioya qilishlari shart hamda daraxtlarni kesish qoidalari aniq buzilganligi va barcha talablarga rioya etilmaganligi uchun kesishni bevosita amalga oshiruvchi shaxslarni ishdan chetlatish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kesish tartibi buzilishiga va o‘rmon chiptasida qayd etilgan boshqa talablar barbod etilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(29-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. TURLI MAQSADLARDAGI O‘RMONNI PARVARISH QILISH UCHUN KESISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Taqiqlangan o‘rmonlarda, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari qirg‘oqlaridagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish daraxtlar va butalar navlarini tanlagan holda sog‘lom va mustahkam daraxtlar yetishtirishga qaratilgandir. Har bir kesishda daraxtlar zichligi 0,7-0,8 to‘liqlikdan past bo‘lmasligi kerak. Ushbu joylarda parvarish qilish uchun kesish yuza oqimni tuproqqa o‘tkazish va tuproq eroziyasining oldini olish uchun yuqori qismi zich daraxtzor barpo etishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘ylab ekilgan himoya daraxtlarini parvarish qilish uchun kesish daraxtlarning qorni singdirish, shamolning tezligini pasaytirish va tuproqni mustahkamlash xossalarini oshirishga qaratilgandir. Kesish jadalligi cheklangan va to‘liqligi 0,7 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlar, aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi yashil zonalarda yuqori rekreatsiyali zo‘riqishga duchor bo‘lgan hamda muhim himoya ahamiyatiga ega bo‘lgan shahar o‘rmonzorlarida, o‘rmon-bog‘larda parvarish qilish uchun kesish muayyan maqsadli yo‘nalishga — o‘rmonlar va daraxtlar sifat tarkibini yaxshilash maqsadiga ega bo‘lgan turli xil landshaftli daraxtzorlar barpo etish uchun yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv obyektlari, tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlarining sanitariya muhofazasi zonalaridagi, 0,5 — 1 km radiusdagi o‘rmon uchastkalaridagi o‘rmonlarda parvarish qilish uchun kesish zichligi 0,5 — 0,7 bo‘lgan ko‘p yillik va mustahkam, yuqori mahsulli daraxtlar yetishtirishga qaratilgan. Parvarish qilish uchun kesish jadalligi hudud joylashgan joy hisobga olingan holda daraxtlarning zichligiga bog‘liq ravishda belgilanadi.
(30-bandning to‘rtinchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. O‘rmonlarda, davlat qo‘riqxonalarida, kompleks (landshaft) zakazniklarda, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxona hududlarida, ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlarda va tabiiy yodgorliklarda parvarish qilish uchun kesish amalga oshirilmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. tabiiy bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarida (ularning qo‘riqxona hududlaridan tashqari) o‘rmonlarida parvarish qilish uchun kesish yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha bajariladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 4-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-noyabrdagi 506-son qaroriga
3- ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida pichan o‘rish va mol boqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va mol boqish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda ushbu Qoidalar bilan belgilanadigan tartibda va belgilangan taksalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalar barcha o‘rmonlarda qo‘llanadi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga biriktirilgan (idoralarga qarashli) o‘rmonlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun majburiy hisoblanadi. Ushbu Qoidalar o‘rmonlarda pichan o‘ruvchi va mol boquvchi o‘rmonlardan foydalanuvchilarning barcha toifalariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. PICHAN O‘RISH UCHUN YAROQLI MAYDONLARNI ANIQLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘rmonlarda va daraxtzorlar bilan qoplanmagan davlat o‘rmon fondi yerlarida pichan o‘rish uchun yaroqli bo‘lgan maydonlar, eng avvalo davlat o‘rmon fondi yerlari tarkibiga kiruvchi qishloq xo‘jaligi yerlari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan maydonlarni aniqlash o‘rmon tuzish va yer tuzishga oid reja-kartografiya materiallari, shuningdek boshqa reja-kartografiya materiallari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Pichan o‘rish uchun shuningdek, o‘rmonning daraxtlari kesib olingan daraxt ekilmagan uchastkalaridan, yalangliklardan hamda o‘rmonlarning tabiiy ravishda tiklanishi kutilmayotgan, daraxtzorlar bilan qoplanmagan boshqa maydonlardan, ularga o‘rmon daraxtlari o‘tqazilgungacha foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda pichan o‘rish uchun kam qimmatli daraxtzorlarning ushbu maqsad uchun yaroqli, rekonstruksiya qilishga mo‘ljallanmagan uchastkalaridan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan maydonlar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tumanlar hokimliklari vakillari ishtirokida, daraxtzorlar barpo etish reja–kartografiya materiallari, shuningdek xatlov, aerotaksatsiya va o‘rmonlarni boshqa tekshirish materiallari asosida belgilanadi va har yili aniqlashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MOL BOQISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mol boqishga barcha o‘rmonlarda va daraxtzorlar bilan qoplanmagan davlat o‘rmon fondi yerlarida ruxsat etiladi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon massivlari, yong‘oq yetishtiriladigan zona o‘rmonlari, kurortlarning sanitariya muhofazasi okruglari, eroziyaga qarshi o‘rmonlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘rmon daraxtlarining bo‘yi ularning yuqori qismini mollar shikastlay olmaydigan balandlikka yetmagan maydonlarda, urug‘lik daraxtli, tol, terak va yong‘oqmevali daraxtzorlarda, shuningdek tabiiy ravishda o‘rmonlar tiklanishiga ko‘maklashish tadbirlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yosh daraxtlarning yuqori qismini mol shikastlay olmaydigan balandlikka yetgunigacha jadal o‘sayotgan tabiiy yosh daraxtzorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) daraxtlari kesilgan hamda igna bargli va qattiq bargli daraxtzorlar tabiiy ravishda tiklanishi mo‘ljallangan, daraxtzorlar bilan qoplanmagan boshqa maydonlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oson yuvilib ketadigan va to‘zib ketadigan tuproqli maydonlarda mol boqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘rmonlarning alohida muhofaza qilinadigan uchastkalarida cho‘ponsiz mol boqish har bir muayyan holatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qaroriga ko‘ra taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘rmondan berilgan yaylovlarda mollarni cho‘ponsiz boqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mollarni cho‘ponsiz boqishga atrofi o‘ralgan uchastkalarda yoki mol bog‘lab qo‘yilgan holatda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovchilik xo‘jaliklari o‘rmonlarida mollarni itlar bilan boqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Echkilarni o‘rmonlarda boqish taqiqlanadi. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol egalari tomonidan atrofi oldindan o‘rab qo‘yilgan alohida ajratilgan uchastkalarda echkilar boqishga istisno tariqasida ruxsat berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mol egalari zarur hollarda o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ko‘rsatmasiga binoan o‘rmon o‘simliklarini, ko‘chatzorlarini va o‘rmonning boshqa qimmatli uchastkalarini muhofaza qilish maqsadida mollar haydab o‘tiladigan maydonlar va yaylovlar atrofini o‘rashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydonlar atrofini o‘rash uchun yog‘och yaylovlardan foydalanuvchilarga o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan belgilangan taksa bo‘yicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mollarni o‘tlatish muddatlari va normalari tegishli o‘rmon xo‘jaligi davlat organlarining taqdimnomasi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. PICHAN O‘RISH VA MOL BOQISH UCHUN UCHASTKALARNI TAQSIMLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar belgilangan tartibda o‘rmonlardagi va davlat o‘rmon fondi yerlaridagi pichan o‘rishga va mol boqishga yaroqli maydonlardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon muhofazasi xodimlariga va yer uchastkasi olish huquqiga ega bo‘lgan boshqa toifadagi xodimlarga pichan o‘rish uchun xizmat bilan bog‘liq yer uchastkalari, shuningdek moli bor mazkur xodimlarga mol boqish uchun uchastkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligining moli bor bo‘lgan, lekin xizmat bilan bog‘liq yer uchastkasi olish huquqidan foydalanmayotgan xodimlariga pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining jamoa chorvachiligini yem-xashak bilan ta’minlash uchun, shuningdek pichan xarid qilish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun uchastkalar ajratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pichan o‘rish va mol boqish uchun yaroqli bo‘lgan qolgan maydonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan bu maydonlarni foydalanuvchilar o‘rtasida taqsimlash uchun (vaqtinchalik uzoq muddat foydalanish uchun ajratilgan uchastkalarni chegirgan holda) pichan o‘rish yoki mol boqish boshlanishidan kechi bilan ikki oy oldin tumanlar hokimliklariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida topshirilishi, to‘liqligi va aniqligi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tumanlar hokimliklari pichan o‘rish yoki mol boqish boshlanishidan kechi bilan bir oy oldin fuqarolarga, o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga pichan o‘riladigan uchastkalar va yaylovlarning taqsimlanishi haqida xabar qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tumanlar hokimliklari qarorlari asosida o‘rmon chiptalari berilishini ta’minlaydilar va uchastkalarni pichan o‘rish va mol boqish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘lov asosida natura holida beradilar.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalardan foydalanish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi o‘rmon chiptalari o‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan barcha foydalanuvchilarga, shu jumladan pichan o‘rish uchun xizmat bilan bog‘liq yer uchastkalaridan foydalanish huquqi yuzasidan ham beriladi. O‘rmon chiptasida foydalanish muddati, maydoni va joyi (o‘rmon uchastkasi, dala hovli, mavze, tabiiy chegara), shuningdek foydalanuvchining majburiyatlari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar o‘rtasidagi pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalardan foydalanishga doir nizolar ariza berilgan kundan boshlab 10 kun muddatda tumanlar hokimliklari tomonidan yoki sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar hokimliklarining pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalarni taqsimlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha qarorlari yuzasidan sud tartibida shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘rmon xo‘jaligi yurituvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan ularga berilgan uchastkalardan oqilona foydalanilishi hamda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Berilgan uchastkalarda pichan o‘rish va mol boqish o‘rmon chiptalarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. O‘rmon chiptalarida ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanilmagan uchastkalar ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda boshqa foydalanuvchilarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pichan o‘rish va mol boqish uchun uchastkalar (ushbu Qoidalarning 13-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari) korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga vaqtinchalik qisqa muddat foydalanishga 3 yilgacha muddatga, vaqtinchalik uzoq muddat foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lganda esa 3 yildan 10 yilgacha muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan uchastkalar vaqtinchalik uzoq muddat foydalanishga berilganda foydalanuvchilar zimmasiga pichanzorlar va yaylovlar sifatini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirish majburiyati yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan ushbu Qoidalar bir necha marta buzilgan taqdirda ularga pichan o‘rish va mol boqish uchun berilgan uchastkalardan foydalanish huquqi tuman hokimligi qaroriga binoan to‘xtatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zboshimchalik bilan pichan o‘rganlik yoki mol boqqanlik, pichanzorlar va yaylovlarni payxon qilganlik, daraxtlar, butalar va o‘simliklarni nobud qilganlik yoki ularga zarar yetkazganlik uchun, shuningdek o‘rmon qoidalarini boshqacha buzishlar uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 11-son, 68-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)