1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga monelik qilish, fuqarolar sogʻligʻini saqlash hamda davlat xavfsizligini taʼminlashni maqsad qilib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan preparatlar va oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixotrop moddalar — psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prekursorlar — prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga oʻxshash, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
preparat — moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar boʻlgan aralashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi — giyohvandlik vositalari, — psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida oʻtkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, joʻnatish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharvandlik (toksikomaniya) — psixotrop moddalarga, shuningdek dorilik xususiyatiga ega boʻlmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga oʻxshash ruhiyatga faol taʼsir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bogʻliq kasallik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi roʻyxatlarga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari roʻyxati (bundan buyon matnda I roʻyxat deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxati (bundan buyon matnda II roʻyxat deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar roʻyxati (bundan buyon matnda III roʻyxat deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar roʻyxati (bundan buyon matnda IV roʻyxat deb yuritiladi).
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda eʼlon qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLISHI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning asosiy turlariga boʻlgan davlat monopoliyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali ruhiy holatining buzilganligi, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
(8-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi OʻRQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida” gi Qonuniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
(91-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
(91-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(91-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar litsenziat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish ushbu modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
(91-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BOʻLISHI BILAN BOGʻLIQ FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI AMALGA OSHIRISH SHARTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ayrim giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu Qonunning 21, 211, 27 — 29-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada boʻlishiga shifokor koʻrsatmasi boʻyicha tibbiy maqsadlarda, shuningdek ushbu Qonunning 26—29-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarda yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur roʻyxatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) xususiyatlari
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (maʼdaniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlar va boshqalar);
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirishga (olib chiqishga) litsenziya, shuningdek, olib kirish (olib chiqish) huquqi toʻgʻrisida maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni maxsus vakolatli organ ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada belgilangan talablar buzilgan taqdirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qonun hujjatlariga muvofiq musodara etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda, maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3604, 27.01.2025-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, realizatsiya qilish, foydalanish uchun, shu jumladan tibbiy va boshqa maqsadlarda olish yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni joʻnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta joʻnatmalarida, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarida joʻnatish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga muvofiq amalga oshiriladi va bu ish davlat ilmiy-tadqiqot muassasalariga mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II roʻyxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III roʻyxatga kiritilgan psixotrop moddalarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-oʻrash va ularga belgi qoʻyish qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sirtqi oʻrovi mazkur oʻrov butligini buzmay turib ularni olish imkoniyatini istisno etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ichki oʻrovi ikkita qizil chiziq bilan belgilangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻrovi va ularga belgi qoʻyish ushbu modda talablariga muvofiq boʻlmagan hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar belgilangan tartibda yoʻq qilib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan, I roʻyxatga kiritilgan oʻsimliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada boʻlishiga ruxsat etilgan kannabis oʻsimligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada boʻlish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son “Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat xususiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarni oʻz ishlab chiqarishida foydalanish uchun mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi boʻlgan taqdirda, yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan koʻp boʻlmagan miqdorda olishlari mumkin va olingan yoki buyurtma berilgan prekursor miqdori ushbu ehtiyojlardan oshib ketgan har bir holat toʻgʻrisida maxsus vakolatli organni xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV roʻyxatga kiritilgan prekursorlarning muomalada boʻlishini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning yaroqlilik muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursor ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik taʼsirga uchraganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bemorlar vafotidan soʻng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni boʻlmaganda.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar oʻsayotgan yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari yoki foydalanuvchilari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslar bu oʻsimliklarni yoʻq qilib tashlashga majbur. Bundan bosh tortilgan taqdirda mazkur oʻsimliklar ularning hisobidan yoʻq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II, III va IV roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismi tatbiq qilinadi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan tranzit tarzida oʻtayotgan yoʻlovchilarni davolash uchun foydalanish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida oʻtayotgan bemor II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib oʻtishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yoʻlovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qoʻshimcha ravishda olishga muhtoj boʻlgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish Oʻzbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariyada foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxati, shuningdek ulardan foydalanish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish Tartibi”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertizalar oʻtkazish maqsadida foydalanish uchun ruxsat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-iyundagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ularni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish, boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga berish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II, III va IV roʻyxatlarga kiritilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga tibbiy maqsadlarda berish bunday faoliyat turi uchun litsenziyalari boʻlgan dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat toʻgʻrisida hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslar oʻz faoliyatlari toʻgʻrisida maxsus vakolatli organga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni inventarizatsiya qilish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslar oʻz tasarruflaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni har oyda inventarizatsiya qilishlari hamda tovar-moddiy qimmatliklar balansini tuzishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansdagi tafovutlarga oid maʼlumotlar yoki balans maʼlumotlarining oʻtkazilgan inventarizatsiya natijalariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida bu holat aniqlanganidan soʻng uch kunlik muddat ichida ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va holatiga taalluqli barcha oʻzgarishlar maxsus daftarlarga qayd etiladi. Bunday daftarlarni yuritish va saqlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING QONUNGA XILOF RAVISHDA MUOMALADA BOʻLISHIGA MONELIK QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 631-son “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha davlat komissiyasi hamda uning xududiy komissiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga monelik qilish choralarini moliyalash davlat budjeti mablagʻlari va boshqa moliyalash manbalari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻibotining taqiqlanishi hamda reklamasining cheklanishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targʻiboti, yaʼni Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish usullari, uslublari toʻgʻrisidagi, ularni olish joylari haqidagi maʼlumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II va III roʻyxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga moʻljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari boʻlgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari taʼsirida mast holatda yoxud shifokor koʻrsatmasi boʻlmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda isteʼmol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa, u tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs oʻz tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib oʻtayotir deb hisoblashga asoslar boʻlsa, u tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilgan shaxslar tibbiy koʻrikdan va tekshiruvdan oʻtkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuboriladi.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni musodara etish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlganligi uchun olib qoʻyilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun moʻljallangan asbob va uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda musodara etiladi yoki yoʻq qilinadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat natijasida olingan yoki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qonun hujjatlariga muvofiq musodara etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin ular ustidan qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy nazorat oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va ochish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish huquqiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxsni tugatish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishidan kelgan daromadlarni legallashtirishda ishtirok etayotgan yuridik shaxsni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishi natijasida olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida moliyaviy operatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ushbu Qonun talablari ijrosini tekshirish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi organlar mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatga oid tartib buzilganligidan dalolat beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
(42-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklar yetishtirilishi ehtimoli bor yer uchastkalarini, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, foydalanish va yoʻq qilish joylarini koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonlarining belgilangan qoidalarga muvofiqligini tekshirish, zarurat boʻlganda ekspertlik tadqiqoti uchun namunalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olishga monelik qilish maqsadida xonalarni muhrlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat vazifalarini bajarish uchun zarur tushuntirish va hujjatlar taqdim etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat turlari uchun litsenziyalari boʻlgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishning boshqa choralarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov yoki prokuratura organlarining mansabdor shaxslari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilayotgan har qanday joyga kirishi va uni koʻzdan kechirishi mumkin.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. GIYOHVANDLIK VA ZAHARVANDLIK BILAN KASALLANGAN BEMORLARGA BERILADIGAN NARKOLOGIK YORDAM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga narkologik yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga ularni tekshiruvdan oʻtkazish, maslahat berish, tashhis qoʻyish, davolash va tibbiy-ijtimoiy tiklashdan iborat narkologik yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga narkologik yordam ularning iltimosiga koʻra yoki ularning roziligi bilan, yoshi oʻn toʻrtga toʻlmagan voyaga yetmaganlarga esa, ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining iltimosiga koʻra yoxud ularning roziligi bilan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolanish kursini oʻtash uchun narkologiya muassasasiga ixtiyoriy ravishda murojaat etgan giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarning iltimosiga koʻra davolanishning sir saqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Sogʻliqni saqlash muassasalarining giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarga narkologik yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik va zaharvandlik tashhisi qoʻyish, giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni tekshiruvdan oʻtkazish, ularga maslahat berish, ularni davolash va tibbiy-ijtimoiy tiklash davlat yoki xususiy sogʻliqni saqlash tizimlarining mazkur faoliyat turi uchun litsenziya olgan muassasalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik, zaharvandlik tashhisi qoʻyish hamda giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan taqiqlanmagan vositalar va usullar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni tibbiy hisobga olish va kuzatib borish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan bemorlarni tibbiy hisobga olish va kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 19-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
813-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 210-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 02.06.2022-y., 03/22/774/0467-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)