28.10.2026 yildagi PF-236-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishida bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtish davrida aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026/2027-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yil noyabr oyida quyidagilarga 1 million soʻmdan bir martalik moddiy yordam ajratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ijtimoiy reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati boʻyicha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan Reyestrga kiritish mezonlariga mos keladigan oilalarga, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan oshmaydigan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalarga. Bunda mazkur oilalarning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobaridan hamda Toshkent shahrida 3 barobaridan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari qaroriga muvofiq har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadi mazkur kichik bandning “i” va “ii” xatboshilarida nazarda tutilgan mezonlardan oshgan ayrim ehtiyojmand oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga, shuningdek, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mazkur Farmonning 1 bandi “b” kichik bandining “i” xatboshisida nazarda tutilgan oilalar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha roʻyxat) shakllantirishda “mahalla yettiligi” tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qoʻshimcha roʻyxatga kiritilgan oilalar soni tegishli tuman (shahar) boʻyicha Reyestrga kiritilgan oilalar sonining 50 foizidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, aʼzolari I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan oilalar, nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar, uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslar yashovchi oilalar, oila aʼzosi migratsiyada boʻlgan oilalar, uch va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti boʻlmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan koʻp qavatli uylarda yashovchi oilalar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2026-yil 15-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” tomonidan respublika boʻyicha har bir mahalla kesimida qoʻshimcha roʻyxatlar shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga bosqichma-bosqich oʻtish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholining ehtiyojmand qatlamini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qamrovini kengaytirish maqsadida oilalarning ehtiyojmandligini aniqlashda oiladagi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromad mezoni quyidagicha oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha kompensatsiya tayinlashda — minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan 2 barobarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam ajratishda — minimal isteʼmol xarajatlarining 1 barobaridan 2 barobarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kommunal xarajatlarni qoplash yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzdorlikni bartaraf etishda hamda koʻmir yoki boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlash xarajatlarini qoplashda — minimal isteʼmol xarajatlarining 1 barobaridan 2 barobarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha bazaviy meʼyor doirasidagi tariflar bilan bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol uchun belgilangan tariflar oʻrtasidagi farqni kompensatsiya qilish muddati 2028-yil 1-aprelga qadar, koʻmir sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun moddiy yordam toʻlash muddati esa 2029-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda suyultirilgan gaz narxlari oʻzgarishini inobatga olib, tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hamda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi isteʼmolchilar uchun isitish mavsumida elektr energiyasi isteʼmolining bazaviy meʼyorini 200 kVt soatdan 350 kVt soatgacha oshirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, mazkur Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energiya samaradorligi milliy agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi aholining energiya xarajatlarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ulushini oshirish maqsadida ogʻir toifadagi mahallalarda yashovchi “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga mansub 3 mingta oila xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor oʻrnatish ishlarini davom ettirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) AT “Xalq banki” va AT “Aloqabank” bilan birgalikda 2026-yil 30-noyabrga qadar bir martalik moddiy yordam fuqarolarning ijtimoiy kartalari yoki bank kartalariga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan birgalikda mazkur Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalar ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Gʻ. Mirzayev), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi (Q. Axmedov), Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kambagʻal oilalar va aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari bilan toʻliq qamrab olish maqsadida mahallalarda manzilli targʻibot ishlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholiga moddiy yordam ajratishda mahalla raislari tomonidan shaffoflik va adolatlilik taʼminlanishini kafolatlash boʻyicha javobgarligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari — bir martalik moddiy yordamni toʻlash boʻyicha qoʻshimcha roʻyxatlarning toʻgʻri shakllantirilishiga shaxsan javobgar etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bosh prokuror oʻrinbosari I. Adxamov — mazkur Farmonga muvofiq ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-236-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-oktabrdagi PF-236-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17 son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, kambagʻal va kambagʻallikka tushish xavfi bor hamda boshqa ehtiyojmand oilalarga tuman (shahar) shtablari qarorlari asosida taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan yordam va tadbirlarning yangi yoʻnalishlari hamda ularning miqdorlari va tartiblari, shu jumladan, amaldagi moliyaviy instrumentlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tartibi va miqdorlari Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tasdiqlangan tartib asosida “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ayrim ijtimoiy yordam va xizmat turlari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalari orqali koʻrsatilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi, bundan “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmalariga oʻtkaziladigan maqsadli mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 1-ilova “III. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar” boʻlimining 6 — 8 pozitsiyalari “Ijtimoiy yordamni taqdim etishning talab va shartlari” ustunining 1 bandidagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga” soʻzlaridan keyin “hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarga***” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-134 son qarori 1 bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Belgilansinki, 2028-yil 1-aprelga qadar Ijtimoiy reyestrga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan, shuningdek, Reyestrga kiritilmagan, biroq ijtimoiy-iqtisodiy holati vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga elektron soʻrov yuborish orqali olingan maʼlumotlarga asosan Reyestrga kiritish mezonlariga toʻgʻri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 2 barobarigacha boʻlgan oilalarga”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2026-y., 06/26/236/1083-son)