19.10.2026 yildagi 577-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son hamda “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” 2026-yil 10-sentabrdagi PF-192-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning huquqiy va tashkiliy asoslarini shakllantirish, malaka talablariga mos kelmaydigan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini oldini olish, sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatiga oid haqqoniy tibbiy-statistika maʼlumotlari yuritilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Baholash markazi) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mustaqil baholash boʻyicha maxsus imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish, davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash hamda qonunchilik hujjatlarida va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan hollarda bekor qilish, shuningdek, Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Baholash markazining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasi berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish va ularga sertifikat berish” axborot tizimi oʻrniga qoʻshimcha xizmatlarni qamrab olgan, ilgʻor raqamli texnologiyalar joriy etilgan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan Tibbiy malaka va davlat roʻyxatidan oʻtkazish platformasini (keyingi oʻrinlarda — Tibbiy malaka platformasi) ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifasini berish boʻyicha amaldagi axborot tizimidagi barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda Tibbiy malaka platformasiga koʻchirib oʻtkazilsin hamda mavjud tizim amaliyotdan chiqarilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy malaka platformasida yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, malaka toifasini berish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mustaqil baholash boʻyicha maxsus imtihonlarni hamda diagnostik test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish, rezidenturaga (klinik ordinaturaga) qabul qilish, xorijiy davlatlarda taʼlim olishga ruxsat berish, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlari toʻliq qamrab olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy malaka platformasida Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri shakllantirilishi va yuritilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy malaka platformasida hujjat qabul qilish, talabgor shaxsini identifikatsiya qilish, maxsus imtihonlarni oʻtkazish, sertifikat berish, statistika maʼlumotlarini avtomatik shakllantirish hamda barcha maʼlumotlarni yagona dashbord orqali koʻrish imkoniyatlari yaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy malaka platformasi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulansin hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tibbiy taʼminotining tegishli tarkibiy boʻlinmalarida xizmatda boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan alohida modulda oʻtkazilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy malaka platformasining buyurtmachisi, Baholash markazi esa uning mulkdori, vakolatli operatori hamda funksional administratori etib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy malaka platformasini yaratish, joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va funksional rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Baholash markazining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Baholash markaziga faoliyatini samarali tashkil etish doirasida ixtiyoriy asosda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bilimlarini sinash boʻyicha diagnostik test sinovlarini oʻtkazish, oʻquv-simulyatsion bazada malaka oshirish yuzasidan qoʻshimcha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Baholash markazi qoʻshimcha pulli xizmatlarni tashkil etish tartibi va narxini Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy va farmatsevtik faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar shtatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mavjudligiga doir talabning kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmati Tibbiy malaka platformasi orqali ham koʻrsatilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritish va tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
577-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 577-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy yoki kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplomga (taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga) ega boʻlgan shaxslarni hamda amaldagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini mustaqil baholash boʻyicha maxsus imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish, davlat roʻyxatidan oʻtganlikni toʻxtatib turish, tiklash va bekor qilish, shuningdek, Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati amalga oshiriladigan tashkilotlarda, shu jumladan, ularning tarkibiy boʻlinmalari, boʻlimlari, qismlari va punktlarida mehnat shartnomasi, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida yoki maxsus (harbiy) unvonda xizmatni oʻtash tartibida tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot va farmatsevtika xodimlari) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan yoki vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan tegishli mutaxassislik boʻyicha tibbiyot yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning tegishli xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng xalq tabobatining xulosada koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mazkur Nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus imtihon — tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi talabalari va bitiruvchilarining bilim va kasbiy koʻnikmalarini mustaqil baholash, shuningdek, davlat roʻyxatidan yoki qayta davlat roʻyxatidan oʻtish uchun murojaat qilgan talabgorlarning nazariy bilimi, klinik fikrlashi, kasbiy va amaliy koʻnikmalarini baholashga qaratilgan imtihon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish — tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida oliy yoki kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplomga (taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga) yoxud tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli huquqni beruvchi hujjatga ega shaxslarga muayyan mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berishga qaratilgan majburiy huquqiy tartib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish — avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining uzluksiz kasbiy rivojlanish boʻyicha belgilangan talablarni bajargani hamda mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda kasbiy koʻnikmalarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash asosida uning tegishli mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini navbatdagi muddatga uzaytirishga qaratilgan huquqiy tartib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish — mazkur Nizomda belgilangan hollarda tibbiyot yoki farmatsevtika xodimiga muayyan muddat davomida tegishli mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi vaqtincha huquqiy maqom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan yoki vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki mustaqil baholash maxsus imtihonlaridan oʻtish uchun murojaat qilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) — tibbiyot va farmatsevtika xodimining tegishli mutaxassislik boʻyicha davlat roʻyxatidan yoki qayta davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi, mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq berilgan rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda — vaqtincha guvohnoma) — tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining tegishli mutaxassislik boʻyicha vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi, mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq berilgan rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning roʻyxatdan oʻtganlik maqomi hamda kasbiy faoliyat yuritishini monitoring qilish, shuningdek, davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan doirada tegishli maʼlumotlardan foydalanish imkonini beruvchi yagona elektron maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat roʻyxatidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati amalga oshiriladigan tibbiyot va farmatsevtika ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga kiritilgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus imtihon asosida yoki maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan mutaxassisliklar roʻyxati tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kasbiy faoliyatining bemor hayoti va sogʻligʻiga taʼsiri hamda u bilan bogʻliq xavf darajasidan kelib chiqqan holda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi kreditlarini toʻplash talabi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, shuningdek, maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish nazarda tutilgan hollarda qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur talab oliy yoki kasbiy taʼlim tashkilotini tamomlaganidan soʻng uch yil ichida birinchi marta davlat roʻyxatidan oʻtish uchun murojaat qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari davlat roʻyxatidan mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan sxemaga muvofiq Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Baholash markazi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baholash markazi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mustaqil baholash boʻyicha maxsus imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish, guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash hamda qonunchilik hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan hollarda bekor qilish, shuningdek, Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonlar Baholash markazi tomonidan uning oʻzida va hududiy boʻlinma (filial)larida, shuningdek, maxsus imtihonlarni oʻtkazish uchun belgilangan talablarga javob beradigan boshqa joylarda tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha qarorlar Baholash markazi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor bir nechta mutaxassislik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtish huquqiga ega. Bunda davlat roʻyxatidan har bir mutaxassislik boʻyicha alohida murojaat asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqi faqat muayyan mutaxassislik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslarga besh yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida oliy yoki kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaxs, shuningdek, tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi tegishli mutaxassislik boʻyicha belgilangan maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, u haqidagi maʼlumot Reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan maxsus imtihon talab etilmaydigan mutaxassisliklar boʻyicha uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi kreditlarini belgilangan tartibda toʻplagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari murojaati asosida maxsus imtihonsiz besh yil muddatga ushbu Nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan, mutaxassisligi boʻyicha kamida 20 yil ish staji va ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus yoki harbiy unvonga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimining tegishli mutaxassislik boʻyicha ish staji ushbu mutaxassislikda xizmat oʻtagan davri asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarining klinik kafedralarida faoliyat yuritgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli mutaxassislik boʻyicha ish staji kafedraning faoliyat yoʻnalishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan mutaxassislikka muvofiq boʻlgan taqdirda, taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan va QR-kod orqali tasdiqlanadigan maʼlumotnoma asosida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qilingan sanaga qadar tegishli mutaxassislik boʻyicha oxirgi uch yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oshirmagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻz mutaxassisligi boʻyicha uch yil yoki undan ortiq uzluksiz ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimining kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishiga ixtisoslashuv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda oʻz mutaxassisligi boʻyicha qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur mutaxassislik boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval davlat roʻyxatidan oʻtmagan, davlat roʻyxatidan oʻtganlik muddati tugagan talabgor ixtisoslashuv kursini tamomlagandan soʻng tegishli maxsus imtihonni topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtgan muddati tugamagan talabgor ixtisoslashuv kursini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng maxsus imtihonsiz kasbiy faoliyatini davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashuv kurslarining turi, davomiyligi va yakunlash mezonlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Guvohnomasi va vaqtincha guvohnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan tibbiyot va farmatsevtika xodimi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirish yoki bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasi asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Guvohnomasi va vaqtincha guvohnomasining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan shaxs oʻz hisobidan cheklanmagan marotaba davlat roʻyxatidan oʻtish imtihonlarini topshirishi mumkin, ushbu imtihondan oʻtgan kunidan boshlab, davlat roʻyxatidan oʻtgan hisoblanadi va kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishiga ruxsat etiladi, sud va boshqa vakolatli organlar tomonidan tibbiyot va farmatsevtika bilan bogʻliq kasbiy faoliyat yuritish huquqidan mahrum etilgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. 2030-yilga qadar oʻtish davrida ixtiyoriy davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 2027-yil 1-iyuldan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi boʻyicha ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga koʻra yoki malaka toifalarini berish jarayonida avtomatik ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ixtiyoriy davlat roʻyxatidan talabgorning Baholash markaziga murojaati asosida oʻtkaziladi. Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimi muayyan mutaxassislik boʻyicha besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga guvohnoma hamda avtomatik ravishda navbatdagi malaka toifasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor malaka toifasini berish haqida Baholash markaziga murojaati asosida malaka toifalarini berish jarayonida maxsus imtihonsiz malaka toifasi berilgani toʻgʻrisidagi sertifikatning amal qilish muddatiga, yaʼni besh yilga avtomatik ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor har bir muayyan mutaxassislik boʻyicha murojaati asosida alohida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Murojaat qilish va hujjatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Tibbiy malaka platformasida roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat etganda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari talabalari bundan mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik boʻyicha malaka oshirgani toʻgʻrisidagi hujjatning elektron nusxasi yoki tegishli axborot tizimlaridan elektron hamkorlik yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy seminarlar, syezdlar, konferensiyalarda qatnashgani hamda xorijiy davlatlarda malaka oshirganini tasdiqlovchi hujjatlarning (diplom, guvohnoma, sertifikat va boshqalar) nusxasi (mavjud boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining hamda SMS-xabarlar olish uchun mobil telefon raqamining koʻrsatilgani uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning ish stajini, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻqiganligini tasdiqlovchi arxiv maʼlumotnomalari tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumoti (oliy, kasbiy, internatura, klinik ordinatura, rezidentura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) toʻgʻrisidagi diplom (hujjat) va/yoki xorijiy taʼlim tashkilotida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasida tan olingani toʻgʻrisidagi) maʼlumotlari, shuningdek, xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlari elektron hamkorlik yoʻli bilan “Elektron hukumat”ning idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini olish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, talabgordan mazkur maʼlumotlarni soʻrashga yoʻl qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarining klinik kafedralarida faoliyat yuritgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli mutaxassislik boʻyicha ish staji kafedra nomi ushbu mutaxassislik nomiga muvofiq boʻlgan taqdirda, taʼlim tashkiloti tomonidan QR-kod bilan tasdiqlangan maʼlumotnomaning elektron nusxasi (zarurat boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga talabgor masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng talabgor maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va uni imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq hujjatlar ilova qilingan holda, oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida uni oʻrganib chiqadi va talabgorni maxsus imtihonga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maxsus imtihonda qoʻyilgan talabgorga maxsus imtihonni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi kabi maʼlumotlar maxsus imtihon oʻtkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va talabgor SMS-xabarnoma va (yoki) elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Talabgorga davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga muvofiq rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma rad etish sabablari va talabgor ushbu sabablarni bartaraf etib, takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat (20 ish kun ichida) koʻrsatilgan holda, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali uning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorga rad etish sabablari bartaraf etilishi uchun taqdim etilgan muddat davomida qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilgani uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi hamda soʻrovnoma umumiy asoslarda yangidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagilar talabgorning maxsus imtihonga qoʻyilmasligi uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq malaka oshirgani toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda, bunda Vakolatli organ aynan qaysi band talablari bajarilmaganligini koʻrsatishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur bandda koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Zaruratga koʻra maʼlumotlarni umumlashtirish, axborot tizimlarida profilaktika va texnik ishlarni amalga oshirish hamda ularning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida har yili yanvar va avgust oylarida talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish vakolatli organ tomonidan oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatga vaqtincha toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hujjatlarni qabul qilish vaqtincha toʻxtatiladigan va qayta boshlanadigan sanalar toʻgʻrisidagi maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida hujjatlarni qabul qilish toʻxtatiladigan sanadan kamida uch kun oldin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Davlat xizmatlari uchun toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgorlarni mustaqil baholash maxsus imtihonlaridan, davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat etilganda, belgilangan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Chet ellik mutaxassislarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasiga 2027-yil 1-yanvardan boshlab olti oydan kam muddatga tajriba almashish, yangi tashxis qoʻyish va davolash usullarini joriy etish yoki oʻrgatish maqsadida taklif etilgan, oʻz davlatida tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi hujjatga (litsenziya, registratsiya, sertifikatsiya va boshqalarga) ega chet ellik mutaxassislar tan olish tartibida ular bilan tuzilgan shartnoma yoki taklifnoma muddatiga, biroq olti oydan ortiq boʻlmagan muddatga vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Chet ellik mutaxassisni taklif etgan tashkilot ushbu mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasida tibbiyot faoliyatini boshlashidan kamida bir oy avval Baholash markaziga Tibbiy malaka platformasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik mutaxassis va uni taklif etgan tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma (nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis shaxsini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislik boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari (nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi uch yilda uzluksiz kasbiy faoliyat bilan shugʻullanganini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz yurtida tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi hujjat (nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tan olish tartibida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan chet el fuqarosi mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga, oxirgi uch yilda uzluksiz kasbiy faoliyat bilan shugʻullangan boʻlishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtda amal qiluvchi tibbiy faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi (litsenziya yoki boshqa) hujjatga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taklif etilgan mutaxassisning oʻz yurtida kasbiy faoliyatga ruxsat beruvchi tizim boʻlmaganda va (yoki) olti oydan ortiq kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish rejalashtirilganda, u Oʻzbekiston Respublikasidagi amaldagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha belgilangan tartibda besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan doimiy shugʻullanish yoki ishga yollanish maqsadida kelgan chet ellik fuqarolar ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Maxsus imtihon natijalari imtihon yakunlari boʻyicha maxsus imtihon oʻtkazilgan kuni, texnik yoki tashkiliy sabablarga koʻra buning imkoni boʻlmagan taqdirda esa, keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi, bayonnoma maxsus imtihonni oʻtkazishga masʼul shaxs(lar) tomonidan imzolanadi va Tibbiy malaka platformasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq maxsus imtihon natijalari haqidagi bayonnoma va (yoki) ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa asoslar hamda maʼlumotlar asosida vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan talabgorlar boʻyicha buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq shakllanganidan soʻng qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vakolatli organning talabgorni davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan yoki vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi tegishli guvohnomani rasmiylashtirish uchun huquqiy asos hisoblanadi. Buyruqqa davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan shaxslar roʻyxati ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgor boʻyicha bayonnomani rasmiylashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqni qabul qilish, Reyestrga maʼlumot kiritish va guvohnomani rasmiylashtirishning umumiy muddati maxsus imtihon yakunlangan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan talabgorlar uchun mazkur muddat zarur hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq shakllangan kundan boshlab hisoblanadi. Talabgorning aybi bilan hujjatlar yoki maʼlumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun sarflangan vaqt mazkur muddatga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Vakolatli organning tegishli buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ikki ish kunidan kechiktirmay Reyestrga kiritiladi. Shaxs Reyestrga tegishli yozuv kiritilgan sanadan eʼtiboran davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan yoki vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Reyestrga tegishli yozuv kiritilishi bilan guvohnoma Tibbiy malaka platformasi orqali avtomatik ravishda elektron shaklda rasmiylashtiriladi va talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Guvohnomada shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, guvohnomaning unikal raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazish turi, mutaxassislik (kasb) nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, amal qilish muddati, mavjud boʻlganda kasbiy faoliyatga oid shartlar va cheklovlar, vakolatli organning nomi hamda guvohnomaning haqiqiyligini Reyestr orqali tekshirish imkonini beruvchi oʻziga xos QR-kod koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Har bir guvohnoma uchun unikal QR-kod Tibbiy malaka platformasi tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi va guvohnomaning Reyestrdagi tegishli elektron yozuviga bogʻlanadi. Guvohnomada QR-kod ostida “Guvohnomaning haqiqiyligi QR-kod orqali Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestridan tekshiriladi” degan yozuv joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. QR-kod skaner qilinganda foydalanuvchi Reyestrning guvohnomani tekshirish uchun moʻljallangan elektron sahifasiga yoʻnaltiriladi. Unda guvohnoma egasining familiyasi, ismi va otasining ismi, guvohnoma raqami, mutaxassisligi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish turi va sanasi, amal qilish muddati, joriy maqomi, shuningdek, mavjud boʻlganda kasbiy faoliyatga oid shartlar va cheklovlar aks ettiriladi. QR-kod orqali ochiq taqdim etiladigan maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Guvohnomaning joriy maqomi Reyestr maʼlumotlari asosida “amalda”, “vaqtincha”, “amal qilishi toʻxtatilgan”, “amal qilish muddati tugagan” yoki “bekor qilingan” holatlaridan biri sifatida aniqlanadi. Guvohnomaning maqomi yoki undagi maʼlumotlar oʻzgarganda, QR-kod orqali taqdim etiladigan maʼlumotlar Reyestrdagi oʻzgarishlarga muvofiq avtomatik ravishda yangilanadi. Guvohnomadagi maʼlumotlar bilan Reyestrdagi amaldagi maʼlumotlar oʻrtasida tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, Reyestrdagi maʼlumotlar ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Guvohnoma elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Talabgor uni Tibbiy malaka platformasidagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi va qogʻozga chop etishi mumkin. Elektron guvohnoma mavjudligi sababli uning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi. Guvohnomada texnik xato aniqlanganda yoki shaxsning familiyasi, ismi yoxud otasining ismi oʻzgarganda, Reyestrga tegishli oʻzgartirish kiritiladi va guvohnoma elektron shaklda qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma Reyestrga tegishli yozuv kiritilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta davlat roʻyxatidan amaldagi guvohnoma muddati tugamasidan oldin oʻtkazilganda, yangi guvohnomaning amal qilish muddati avvalgi guvohnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanadan keyingi kundan boshlab hisoblanadi. Vaqtincha guvohnoma ushbu Nizomda belgilangan muddat, shartlar va cheklovlar doirasida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Davlat roʻyxatidan oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari guvohnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin kasbiy faoliyatni davom ettirish uchun har besh yilda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi kreditlarini toʻplagan va muqaddam davlat roʻyxatidan, mutaxassisligi boʻyicha maxsus imtihondan oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimi navbatdagi besh yil muddatga qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari belgilangan tartibda uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi kreditlarini toʻplagandan soʻng ushbu Nizom talablari asosida ularning murojaatiga koʻra besh yil muddatga qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va unga guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan xodimlar oxirgi 5 yilda belgilangan kreditlari yetarli boʻlganda, qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tibbiyot va farmatsevtika xodimiga amaldagi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan muddati tugashidan kamida olti oy oldin qayta davlat roʻyxatidan oʻtish toʻgʻrisida murojaat qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu talabgorga amaldagi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan muddati tugagandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtmagan mutaxassisligi boʻyicha tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda talabgorning uzluksiz kasbiy rivojlanish kreditlari, kasbiy faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlari va maxsus imtihon natijalari Reyestr hamda integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Qayta davlat roʻyxatidan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimga navbatdagi besh yil muddatga guvohnoma beriladi va Reyestrda uning maqomi yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Maxsus imtihon asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan amaldagi tibbiyot va farmatsevtika xodimi maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻta olmagan taqdirda, bir yil davomida maxsus imtihondan qayta oʻtish sharti bilan vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, unga vaqtincha guvohnoma beriladi va shu davrda kasbiy faoliyatini davom ettirishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat amalda kasbiy faoliyat yuritayotgan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish maxsus imtihonidan oʻta olmagan xodimlarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Vaqtincha guvohnoma bir yil muddatga beriladi. Ushbu muddat davomida xodim maxsus imtihonni qayta topshirishi va davlat roʻyxatidan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtgan shaxsga davlat roʻyxatidan oʻtganlik uchun nazarda tutilgan ustama va boshqa ragʻbatlantirish choralari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Vaqtincha guvohnoma amal qilish muddati davomida xodimning kasbiy faoliyati ish beruvchi tomonidan kuchaytirilgan tartibda monitoring qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Vaqtincha guvohnoma muddati tugagunga qadar maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtmagan shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Guvohnomasi bekor qilingan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi qayta davlat roʻyxatidan oʻtish uchun maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻta olmasa, u vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mustaqil baholash maxsus imtihonlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini mustaqil baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichiga qabul qilingan talabalar uchun uch bosqichli mustaqil baholash maxsus imtihonlari ushbu Nizom talablari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Birinchi bosqichda — maxsus imtihon fundamental fanlar boʻyicha ikkinchi yoki uchinchi kurs yakunidan boshlab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ikkinchi bosqichda — maxsus imtihon klinik fanlar boʻyicha bitiruvchi kurs talabalari hamda oliy taʼlim tashkilotining bakalavr bosqichini tamomlagan shaxslar uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bosqich maxsus imtihonlariga faqat birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan talaba va bitiruvchilar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Birinchi va ikkinchi bosqich maxsus imtihonlarida taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi fanlar roʻyxati, savollarning tibbiyot va farmatsevtika sohalari boʻyicha taqsimoti va imtihonlarni tashkil etish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun birinchi va ikkinchi bosqich maxsus imtihonlari ixtiyoriy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Birinchi va ikkinchi bosqich mustaqil baholash maxsus imtihonlari Baholash markazi tomonidan oliy taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oliy taʼlim tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar va bitiruvchi kurs talablarining Tibbiy malaka platformasida roʻyxatdan oʻtishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash markazi bilan tuzilgan shartnomada birinchi va ikkinchi bosqich maxsus imtihonlarida qatnashuvchi talabalar soni, talabalarning oʻz vaqtida imtihonlarda qatnashishini, oliy taʼlim tashkilotidagi imtihon xonalarining belgilangan talablar asosida jihozlanishini va imtihon jarayonida Baholash markazi boshqaruviga berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Uchinchi bosqichda birinchi va ikkinchi bosqich maxsus imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda tor soha yoʻnalishida tegishli hujjatga ega boʻlgan shaxs mutaxassisligi boʻyicha maxsus imtihon natijalari asosida besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Ikkinchi va (yoki) uchinchi bosqich maxsus imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan va tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida tegishli taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan shaxs tegishli mutaxassisligi besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlarni tayyorlovchi davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichiga qabul qilingan tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilariga ikkinchi bosqich maxsus imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtmasdan rezidentura yoki magistratura yoʻnalishlarida oʻqishni davom ettirishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ikkinchi bosqich maxsus imtihonlari natijalari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlarga guvohnoma asosida tegishincha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami va (yoki) yoʻnalishi boʻyicha tegishli muassasalarda kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Maxsus imtihonlar Baholash markazi tomonidan tashkil etiladi va ushbu maxsus imtihonlarning barcha bosqichlari uchun toʻlovlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq miqdorda imtihon topshiruvchi talabgorlar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini mustaqil baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oʻqishga qabul qilingan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi davlat va nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining (keyingi oʻrinlarda — kasbiy taʼlim bitiruvchilari) bilimlarini bir bosqichli mustaqil baholash maxsus imtihoni asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Kasbiy taʼlim bitiruvchilari uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maxsus imtihon ushbu Nizom talablari asosida bir bosqichda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Kasbiy taʼlim bitiruvchisi bir bosqichli maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda, tegishli yoʻnalish boʻyicha besh yil muddatga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va kasbiy faoliyat yuritishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Kasbiy taʼlim bitiruvchilariga maxsus imtihon uchun taʼlim yoʻnalishlar kesimidagi fanlar roʻyxati, savollarning tibbiyot va farmatsevtika sohalari boʻyicha taqsimoti va imtihonlarni tashkil etish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Bir bosqichli mustaqil baholash maxsus imtihoni Baholash markazi tomonidan tashkil etiladi va ushbu maxsus imtihon uchun toʻlov mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq miqdorda imtihon topshiruvchi talabgorlar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Maxsus imtihonlarni oʻtkazishning umumiy tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Vakolatli organ tomonidan talabgorni maxsus imtihondan oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Talabgorlar uchun maxsus imtihonlar Baholash markazi va uning hududiy boʻlinma(filial)laridagi yoki taʼlim tashkilotlaridagi maxsus imtihon oʻtkazishga moslashtirilgan hamda maxsus kameralar oʻrnatilgan xonalarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonning natijalari shu vaqtning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonlar yakunida ularni oʻtkazishga masʼul shaxs tomonidan bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus imtihon oʻtkazilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus imtihonda hozir boʻlgan va kelmagan talabgorlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, mutaxassisligi va boshqa maʼlumotlar, shuningdek, maxsus imtihon natijasida olingan ballar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma maxsus imtihonni oʻtkazishga masʼul shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonni topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus imtihon xonasidan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar maxsus imtihon oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va maxsus imtihondan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan xodimlaridan boshqa begona shaxslarga Vakolatli organning ruxsatisiz maxsus imtihonda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Maxsus imtihonni topshirishda talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-kartasi, fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki maxsus imtihonga kechikkan talabgorlar maxsus imtihonga qatnashmagan hisoblanadi va navbatdagi maxsus imtihondan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi, bu haqida talabgor Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta maxsus imtihonni topshirish uchun kelmasa, talabgorga davlat xizmatini koʻrsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun toʻlangan toʻlov summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar mazkur Nizomda belgilangan umumiy tartibda yangidan ariza berish orqali qayta topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Maxsus imtihonning ochiq va oshkora oʻtkazilishini taʼminlash uchun maxsus imtihon jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi va videotasvir vakolatli organda kamida uch oy saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihon jarayonini audio va videoyozuvga qayd etish hamda zarur hollarda Baholash markazining rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida translyatsiya qilish uchun tegishli texnik imkoniyatlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon xonalari kompyuterlar, ovoz yozish imkoniyatiga ega videokameralar, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish vositalari, uzluksiz elektr taʼminoti vositalari hamda boshqa zarur texnik jihozlar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalar mobil aloqa signallarini toʻsuvchi tizimlar bilan jihozlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonlarni tashkil etish, axborot tizimlarini yaratish, joriy etish, rivojlantirish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun malakali mutaxassislar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Maxsus imtihon test savollari, vaziyatli masalalar va amaliy topshiriqlar qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi zamonaviy ilmiy yutuqlar, kasbiy standartlar, klinik protokollar hamda amaldagi diagnostika va davolash standartlarini hisobga olgan holda muntazam ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun mustaqil baholash maxsus imtihoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun maxsus imtihon kompyuter vositasida oʻtkaziladigan test sinovi 4 ta boʻlimdan iborat boʻlib, har bir boʻlim uchun 50 daqiqadan vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir boʻlimda 50 tadan savol boʻladi. Har bir savol 4 ta javob variantidan iborat boʻladi va bir balli tizimda baholanadi. Maksimal ball 200 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarida maksimal ballning 70 foizidan (140 ball) kam toʻplagan talabgor maxsus imtihondan oʻtmagan hisoblanadi va keyingi bosqichga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Davlat roʻyxatidan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maxsus imtihonlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Davlat roʻyxatidan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maxsus imtihon quyidagi baholash shakllarida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kompyuter vositasida test topshiriqlarini bajarish shaklida (keyingi oʻrinlarda — test sinovi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kompyuter vositasida klinik vaziyatga asoslangan test topshiriqlarini bajarish shaklida (keyingi oʻrinlarda — vaziyatli masala);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) simulyatsiya qilingan sharoitda amaliy koʻnikmalarni bajarish shaklida (keyingi oʻrinlarda — amaliy koʻnikma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning taʼlim darajasi, taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda, maxsus imtihon yuqorida koʻrsatilgan baholash shakllarining bittasi, ikkitasi yoki barchasini qoʻllash orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoki uchta baholash shakli belgilangan taqdirda, talabgor ularni mazkur bandda belgilangan ketma-ketlikda topshiradi va har bir keyingi baholash shakliga avvalgi baholash shaklidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisliklar kesimida maxsus imtihonda qoʻllanadigan baholash shakllari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisliklar kesimida maxsus imtihonning mazmuniy yoʻnalishlari, baholanadigan kasbiy koʻnikmalar taqsimoti, vaziyatli masalalar va amaliy koʻnikmalarni baholash stansiyalari soni, shuningdek, imtihonning mazmuni, tuzilishi hamda boshqa baholash parametrlarini belgilovchi imtihon spetsifikatsiyasi Baholash markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Test sinovi ikkita boʻlimdan iborat boʻlib, har bir boʻlimni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir boʻlim 50 ta test topshirigʻidan iborat boʻladi. Har bir test topshirigʻi uchun toʻrtta javob varianti beriladi va toʻgʻri javob bir ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimlar oʻrtasida oʻn daqiqagacha tanaffus berilishi mumkin. Bunda tugallangan boʻlimga qayta kirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovi natijasi axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda talabgorning toʻplagan balli va toʻgʻri javoblar ulushi foizda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Vaziyatli masalalar talabgorning klinik fikrlashi, tashxis qoʻyishi, zarur tekshiruv usullarini tanlashi, davolash taktikasini belgilashi, bemor xavfsizligini taʼminlashi, klinik qaror qabul qilishi hamda mutaxassislikka xos boshqa kasbiy koʻnikmalarini baholashga qaratilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyatli masalalar soni mutaxassislik xususiyati va baholanadigan koʻnikmalardan kelib chiqqan holda ikkitadan beshtagacha etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir vaziyatli masala oʻn ikkitagacha test topshirigʻidan iborat boʻladi. Har bir test topshirigʻi uchun toʻrtta javob varianti beriladi va ulardan bittasi toʻgʻri javob hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir vaziyatli masalani bajarish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Amaliy koʻnikmalar simulyatsiya qilingan sharoitda obyektiv tuzilgan klinik imtihon (OSCE) usulida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy koʻnikmalar trenajyorlar, manekenlar, simulyatorlar va (yoki) standartlashtirilgan bemorlardan foydalangan holda amaliy topshiriqlarni bajarish orqali baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir stansiya uchun, qoida tariqasida, kamida oʻn daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy koʻnikmalar tasdiqlangan chek-listlar va baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy koʻnikmalar boʻyicha yakuniy natija talabgorning barcha majburiy stansiyalarda toʻplagan ballari asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Amaliy koʻnikmalarni baholash uchun Baholash markazi va uning hududiy boʻlinmalarida stansiyalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stansiyalar simulyatsiya xonalari, trenajyorlar, manekenlar, simulyatorlar, tibbiy asbob-uskunalar, sarflash materiallari hamda boshqa zarur vositalar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir mutaxassislik boʻyicha stansiya pasporti Baholash markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stansiya pasportida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stansiyaning nomi va baholanadigan kasbiy koʻnikma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stansiyaning maqsadi va amaliy topshiriq mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash mezonlari va chek-listi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarish algoritmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqni bajarish uchun ajratiladigan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur jihozlar va sarflash materiallari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirilgan bemor uchun ssenariy, agar qoʻllanilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon topshirigʻining maxfiy mazmunini oshkor etmaydigan stansiyaga oid umumiy maʼlumotlar Baholash markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Amaliy koʻnikmalar ekspert (mutaxassis)lar tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar tegishli mutaxassislik boʻyicha belgilangan malaka va kasbiy tajriba talablariga javob berishi hamda baholash usullari boʻyicha tegishli tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlarning mutaxassisligi va soni talabgorlarning mutaxassisligi va soni, stansiyalar soni hamda imtihon yuklamasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy koʻnikmalar boʻyicha belgilangan minimal oʻtish mezoniga erisha olmagan talabgor mazkur Nizomda belgilangan tartibda ushbu baholash shaklini qayta topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Test sinovi topshiriqlari va vaziyatli masalalar har bir talabgor uchun Baholash markazining himoyalangan savollar va topshiriqlar bankidan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon topshiriqlarini shakllantirishda tegishli mutaxassislik boʻyicha tasdiqlangan imtihon spetsifikatsiyasi, kasbiy koʻnikmalar taqsimoti, topshiriqlarning murakkablik darajasi hamda boshqa psixometrik koʻrsatkichlar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Davlat roʻyxatidan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maxsus imtihonning har bir baholash shakli uchun quyidagi minimal oʻtish mezonlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega talabgorlar uchun — toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 70 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika sohasida kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega talabgorlar uchun — toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 60 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan, biroq xalq tabobatining tegishli yoʻnalishida tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi hujjatga ega talabgorlar uchun — toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning kamida 60 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor maxsus imtihonda unga belgilangan barcha baholash shakllari boʻyicha minimal oʻtish mezoniga erishgan taqdirda, maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Talabgor maxsus imtihonning keyingi baholash shaklidan oʻta olmagan taqdirda, natija eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida avval muvaffaqiyatli topshirgan baholash shaklini qayta topshirmasdan, oʻta olmagan baholash shaklini ikki martagacha qayta topshirish huquqiga ega. Bunda yangi ariza topshirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan ikki oylik muddat ichida yoki berilgan qayta topshirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, ijobiy natijaga erisha olmagan talabgor maxsus imtihonni mazkur Nizomda belgilangan umumiy tartibda qayta topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan qayta topshirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻta olmagan talabgor belgilangan umumiy tartibda qayta ariza berib, maxsus imtihonni qayta topshirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Favqulodda vaziyat, atrofdagilar uchun xavfli kasallik tarqalishi tahdidi, karantin yoki maxsus imtihonni belgilangan tartibda oʻtkazish imkonini bermaydigan boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelganda, Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻiga asosan test sinovi va (yoki) vaziyatli masalalar masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor shaxsini ishonchli identifikatsiya qilish, masofaviy proktoringni amalga oshirish, axborot xavfsizligini, imtihon topshiriqlarining maxfiyligini hamda imtihon natijalarining ishonchliligini taʼminlashga doir qoʻshimcha talablar Baholash markazi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyat tufayli qayta davlat roʻyxatidan belgilangan muddatlarda oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻiga asosan davlat roʻyxatidan oʻtganlikning amal qilish muddati favqulodda vaziyat davriga vaqtincha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Salomatlik holatiga koʻra maxsus imtihonda belgilangan vaqt davomida uzluksiz ishtirok etishiga qarshi tibbiy koʻrsatmasi mavjud boʻlgan talabgorga test sinovi va (yoki) vaziyatli masalalarni ikki kun davomida topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun talabgor ariza topshirish vaqtida salomatlik holati va tegishli tibbiy koʻrsatmani tasdiqlovchi tibbiy hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihon ikki kun davomida oʻtkazilganda, talabgorning avvalgi kunda tugallangan baholash shakli yoki uning tugallangan qismiga qayta kirishiga hamda berilgan javoblarni oʻzgartirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Maxsus imtihon natijalari ustidan apellyatsiya berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Maxsus imtihonning tegishli baholash shakli boʻyicha belgilangan minimal oʻtish mezoniga erisha olmagan yoki maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻtmagan talabgor imtihon natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda yoki Tibbiy malaka platformasi orqali elektron shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Apellyatsiya komissiyasi kamida uch nafar aʼzodan iborat tarkibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiyani koʻrib chiqishda talabgorni, shuningdek, zaruratga koʻra tegishli mutaxassislik boʻyicha ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya berilishiga sabab boʻlgan baholashda bevosita ishtirok etgan ekspertning apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida talabgorga yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus imtihonning tegishli baholash shakli boʻyicha natijani oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijasini aniqlashda xatolikka yoʻl qoʻyilgani tasdiqlangan taqdirda, apellyatsiyani qanoatlantirish va tegishli baholash shakli boʻyicha natijani qayta hisoblash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon topshirigʻi, baholash mezonlari, chek-list, axborot tizimi yoki maxsus imtihonni oʻtkazish jarayonidagi talabgorning natijasiga taʼsir koʻrsatgan xatolik yoxud texnik nosozlik tasdiqlangan taqdirda, apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgorga tegishli baholash shaklini qoʻshimcha toʻlov undirmasdan qayta topshirish imkonini berish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan yoki mazkur Nizomda belgilangan apellyatsiya berish talablariga javob bermaydigan apellyatsiya koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus imtihonning tegishli baholash shakli boʻyicha natijani oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror apellyatsiyada keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan talabgorga maxsus imtihonning tegishli baholash shaklini qayta topshirish imkonini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu baholash shakli mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli baholash shaklini qayta topshirish uchun talabgordan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Bir maxsus imtihonning ayni bir baholash shakli natijasi yuzasidan takroran apellyatsiya berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya natijalari boʻyicha qabul qilingan vakolatli organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat roʻyxatidan oʻtganlikni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Reyestrda shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha maqomini oʻzgartirish orqali bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning soxtaligi yoki maʼlumotlarning haqqoniy emasligi aniqlangan va bu vakolatli organning qarori yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati bilan tasdiqlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yil ketma-ket uzluksiz kasbiy rivojlanish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy talablar bajarilmagan hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan uch oylik muddatda ushbu talablar bajarilmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki qaroriga muvofiq shaxs tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan muddatsiz mahrum qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki qaroriga muvofiq shaxs tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan muayyan muddatga mahrum qilingan taqdirda, uning davlat roʻyxatidan oʻtganlik maqomi ushbu muddatga toʻxtatib turiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini cheklash yoki bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etilganda, vakolatli organ ushbu maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy talablarni buzganligi aniqlangan taqdirda, Baholash markazi unga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma ogohlantirish beradi va ularni bartaraf etish uchun oʻttiz kungacha muddat belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Belgilangan muddatda qoidabuzarliklar bartaraf etilmagan yoki yozma ogohlantirish berilgan kundan eʼtiboran bir yil davomida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga doir majburiy talablar takroran buzilgan taqdirda, Baholash markazi guvohnomaning amal qilishini uch oygacha muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda shaxs tegishli mutaxassislik boʻyicha tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishga haqli emas. Bunda Reyestrda shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha maqomi shunga muvofiq oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Baholash markazi guvohnomaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Reyestrda shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha maqomini oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Baholash markazi quyidagi hollarda guvohnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma qalbaki hujjatlar yoki bila turib haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlar taqdim etish orqali olingani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan muddatda uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan qoidabuzarliklar bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilishi tiklangan kundan eʼtiboran bir yil davomida shaxs kasbiy faoliyatni amalga oshirishga doir qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy talablarni takroran buzgani belgilangan tartibda tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining kasbiy faoliyatida yoʻl qoʻygan qoidabuzarligi bemorning oʻlimiga yoki uning sogʻligʻiga ogʻir zarar yetkazilishiga sabab boʻlganligi vakolatli organlarning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki qarori bilan shaxs tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan taqdirda, Baholash markazining guvohnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida sudga alohida murojaat qilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shaxs tibbiy yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan muddatsiz mahrum qilingan boʻlsa, guvohnomaning amal qilishi bekor qilinadi, muayyan muddatga mahrum qilingan boʻlsa, guvohnomaning amal qilishi ushbu muddatga toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumot Baholash markazi tomonidan Reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash yoki bekor qilish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Tibbiy malaka platformasi orqali elektron shaklda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash markazining guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tiklash toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek, guvohnomaning amal qilishini bekor qilish bilan bogʻliq harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Guvohnomaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Baholash markazi tibbiyot yoki farmatsevtika xodimini, uning ish beruvchisini hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini Tibbiy malaka platformasi, idoralararo elektron axborot almashinuvi tizimi va (yoki) boshqa elektron aloqa vositalari orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi bekor qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumot Reyestrga qaror qabul qilingan kundan kechiktirmay kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. 2030-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi bekor qilingan taqdirda, Baholash markazi bu haqida xodim mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan muassasa va (yoki) tashkilotga elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning bekor qilinishi xodimning ushbu guvohnomada koʻrsatilgan mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi tugatilishiga va ish beruvchi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli choralar koʻrilishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Guvohnomasining amal qilishi bekor qilingan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi, uning kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqini cheklovchi holatlar bartaraf etilganidan soʻng, mazkur Nizomda belgilangan umumiy tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun mazkur Nizomda belgilangan barcha talablarga javob berishi hamda maxsus imtihon nazarda tutilgan hollarda undan muvaffaqiyatli oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Guvohnomasining amal qilishi bekor qilingan shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan maxsus imtihondan muvaffaqiyatli oʻta olmagan taqdirda, uni vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) Tibbiy malaka platformasida elektron shaklda Baholash markazi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, shu jumladan, “hrm.argos.uz”, Yagona milliy mehnat tizimi, taʼlim sohasidagi hamda boshqa davlat axborot tizimlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda idoralararo elektron hamkorlik asosida integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Baholash markazi Reyestrdagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini, ularning butligi va saqlanishini, shuningdek, axborot xavfsizligi hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Reyestrga davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar toʻgʻrisida, shu jumladan, quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni identifikatsiya qilish uchun zarur maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va kasbiy malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan mutaxassisligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazish turi va maqomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy faoliyatni amalga oshirishga doir belgilangan cheklovlar, agar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Reyestrga maʼlumotlarni kiritish, oʻzgartirish, toʻxtatib turish, tiklash yoki bekor qilish bilan bogʻliq har bir harakat axborot tizimida avtomatik ravishda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda harakat amalga oshirilgan sana va vaqt, harakat turi hamda uni amalga oshirgan vakolatli shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Ish beruvchi tibbiyot yoki farmatsevtika xodimini tegishli mutaxassislik boʻyicha ishga qabul qilishda, shuningdek, uning kasbiy faoliyatini davom ettirishi davrida xodimning davlat roʻyxatidan oʻtganlik maqomi, guvohnomasining amal qilish muddati va kasbiy faoliyatiga doir mavjud cheklovlarni Reyestr orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtganlik maqomi mavjud boʻlmagan, guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki bekor qilingan shaxsning tegishli mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Reyestrdagi maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlariga idoralararo elektron hamkorlik orqali, yuridik va jismoniy shaxslarga esa shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda Reyestrning ochiq qismi yoki elektron soʻrov orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Reyestrning ochiq qismida shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, mutaxassisligi, davlat roʻyxatidan oʻtganlik maqomi, guvohnoma raqami, uning amal qilish muddati hamda kasbiy faoliyatni amalga oshirishga doir cheklovlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir boshqa maʼlumotlardan foydalanish va ularni taqdim etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Reyestrdagi notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar shaxsning murojaati, vakolatli davlat organi yoki tashkilotining tasdiqlangan maʼlumoti yoxud idoralararo elektron hamkorlik orqali olingan ishonchli maʼlumotlar asosida Baholash markazi tomonidan tuzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgartirishlar tarixi axborot tizimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr maʼlumotlarining arxiv va zaxira nusxalari belgilangan tartibda shakllantiriladi hamda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining tibbiy taʼminot boʻlinmalarida xizmat qilayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari davlat roʻyxatidan Tibbiy malaka platformasining alohida himoyalangan moduli orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moduldagi maʼlumotlardan foydalanish, ularni boshqa axborot tizimlariga uzatish va Reyestrning ochiq qismida aks ettirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan axborot xavfsizligi, davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni muhofaza qilish talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni mustaqil baholash maxsus imtihonlaridan, davlat roʻyxatidan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Mustaqil baholash maxsus imtihonlaridan, davlat roʻyxatidan va qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat qiladi.

Navbatdagi majburiy maxsus imtihon muddati kelganda yoki oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari

2-bosqich

1. Talabgor

2. Davlat xizmatlari markazi

3. YIDXP

4. Tibbiy malaka platformasi

Talabgor yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali soʻrovnomani toʻldiradi va belgilangan toʻlovni toʻlaydi hamda soʻrovnomani vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin oʻn daqiqada

(davlat xizmatlari markazi orqali)

2. Avtomatik tarzda

(YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali)

3-bosqich

Vakolatli organ

(Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi)

Soʻrovnomani oʻrganib chiqadi va talabgorni maxsus imtihonga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda hujjatlar toʻliq boʻlmaganda, soʻrovnomani qabul qilmasdan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali talabgorga asoslantirilgan xabarnoma yuboradi.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

Maxsus imtihonda qoʻyilgan talabgorga maxsus imtihonni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi kabi maʼlumotlar vakolatli organ tomonidan Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va talabgor SMS-xabarnoma va (yoki) elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Maxsus imtihon oʻtkaziladigan sanadan kamida uch kun oldin

5-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorni maxsus imtihondan oʻtkazadi.

Tasdiqlangan jadval asosida

6-bosqich

Vakolatli organ

Maxsus imtihon yakunlari boʻyicha guvohnoma rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi hamda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali talabgorga yuboradi.

Maxsus imtihon oʻtgandan keyin oʻn ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli organ

Maxsus imtihonga qatnashmagan talabgor navbatdagi maxsus imtihondan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi va bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki talabgorga YIDXP yoxud Tibbiy malaka platformasi orqali xabardor qilinadi.

Uch ish kuni ichida

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Guvohnoma olingandan soʻng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. Oʻn daqiqada

2. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilganda, guvohnomani elektron yoki qogʻoz shaklida unga taqdim etadi.

2. Talabgorning soʻroviga koʻra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Talabgorlarni davlat roʻyxatidan yoki qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun

SOʻROVNOMA

I. Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot

1.

F.I.O.:

2.

Yashash manzili:

3.

Telefon raqami:

4.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Malakasiga oid maʼlumotlar

1.

Ish joyi (mavjud boʻlsa):

2.

Lavozimi (mavjud boʻlsa):

3.

Umumiy ish staji (mavjud boʻlsa):

4.

Davlat roʻyxatidan yoki qayta davlat roʻyxatidan oʻtadigan mutaxassisligi boʻyicha ish staji va mutaxassislik nomi (tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari talabalaridan talab etilmaydi):

III. Keyingi 5 yil davomida malaka oshirgani

1.

Malaka oshirish mavzusi

2.

Toʻplangan kreditlari hajmi

3.

Malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar raqami va sanasi

Soʻrovnoma toʻldirilgan sana va raqam

_________________________

_________________________

(sana)

(raqam)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarni mustaqil baholash boʻyicha maxsus imtihonlardan, davlat roʻyxatidan, qayta davlat roʻyxatidan va vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Talabgorlar

Undiriladigan toʻlovlar miqdori

(bazaviy hisoblash miqdorining)

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va mustaqil baholash maxsus imtihoni

1.

Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari ikkinchi yoki uchinchi kurs talabalarini mustaqil baholash maxsus imtihoni uchun

Yarim baravari miqdorida

2.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi yoki tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda, tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning xalq tabobatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun hujjatga ega talabgorlar uchun

Bir baravari miqdorida

3.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega maxsus imtihonning faqat test sinovi shaklini topshiradigan talabgorlar uchun

Bir baravari miqdorida

4.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega maxsus imtihonning test sinovi, vaziyatli masala va amaliy koʻnikma shaklini topshiradigan talabgorlar uchun

Ikki baravari miqdorida

Maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish

5.

Mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda, maxsus imtihonsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun

Yarim baravari miqdorida

6.

Mazkur Nizomda belgilangan hollarda, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun

Yarim baravari miqdorida

Qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish maxsus imtihoni

7.

Avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega faqat test sinovi shaklini topshiradigan talabgorlar uchun

Bir baravari miqdorida

8.

Avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, tibbiyot va farmatsevtika sohasida oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatga ega maxsus imtihonning test sinovi, vaziyatli masala va amaliy koʻnikma shaklini topshiradigan talabgorlar uchun

Ikki baravari miqdorida

9.

Avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, tibbiyot sohasida kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi yoki tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda, tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning xalq tabobatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun hujjatga ega talabgorlar uchun

Bir baravari miqdorida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Tibbiyot va farmatsevtika xodimining davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

Elektron hujjatning

identifikatsiya raqami

Ushbu guvohnoma

______________________________________________________________________________ga

(Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi)

________________________________________________________________________________

(diplom yoki guvohnomaga muvofiq olgan mutaxassisligi)

_________________________________________________________________________ boʻyicha

(olgan ixtisosligi)

davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimiga roʻyxatga olingani toʻgʻrisida yozuv kiritilgani tasdiqlanadi.

Roʻyxatga olingan sana:

Roʻyxat qaydining amal qilish muddati tugaydigan sana:

________________

________________

(kun, oy, yil)

(kun, oy, yil)

ID-raqam (tibbiyot / farmatsevtika xodimining JSHSHIRi):

_________________________

Guvohnomani bergan tashkilot:

__________________________________________________________________________________________

(Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning toʻliq nomi)

QR-kod oʻrni

Guvohnomaning haqiqiyligi QR-kod orqali Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestridan tekshiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Tibbiyot va farmatsevtika xodimining vaqtincha davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

Elektron hujjatning

identifikatsiya raqami

Ushbu guvohnoma

____________________________________________________________________________ga

(Oʻzbekiston Respublikasi tibbiyot yoki farmatsevtika xodimining familiyasi, ismi, otasining ismi)

______________________________________________________________________________

(diplom yoki guvohnomaga muvofiq olgan mutaxassisligi)

_______________________________________________________________________ boʻyicha

(olgan ixtisosligi)

davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimiga vaqtincha roʻyxatga olingani toʻgʻrisida yozuv kiritilgani tasdiqlanadi.

Roʻyxatga olingan sana:

Roʻyxat qaydining amal qilish muddati tugaydigan sana:

________________

________________

(kun, oy, yil)

(kun, oy, yil)

ID-raqam (tibbiyot / farmatsevtika xodimining JSHSHIRi):

_________________________

Guvohnomani bergan tashkilot:

_________________________________________________________________________

(Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning toʻliq nomi)

QR-kod oʻrni

Guvohnomaning haqiqiyligi QR-kod orqali Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestridan tekshiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-oktabrdagi 577-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda *:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 27-ilovaning 9-bandi uchinchi ustunining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) xodimlarning quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya boʻlimi tashkil etilgan taqdirda, ixtisosligi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog, xirurgiya ixtisosligi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan assistent vrach, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh vrachda — oliy tibbiy maʼlumot va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumot va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy koʻnikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻruqni qabul qilish tashkil etilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish boʻyicha amaldagi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi (agar nostrifikatsiya qilish talab etilsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash boʻyicha oʻquvdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya boʻlimi mavjud boʻlsa)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 28-ilovaning 9-bandi uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e” kichik band “shtatida farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlaridan keyin “va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j” kichik banddagi “shtatida tegishli ixtisoslikka ega boʻlgan” soʻzlari “shtatida farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“z” kichik band “shtatida oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlaridan keyin “va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 29-ilovaning 9-bandi uchinchi ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik band “oliy tibbiy maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlaridan keyin “va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik band “ixtisosligi boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlaridan keyin “va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band “(keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki Tibbiy malaka platformasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan yoki birinchi bor ishga kirayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi boʻyicha malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyadan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan soʻng jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga oʻz muddatida jalb etilishi uchun tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Quyidagilar navbatdagi malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq vaqt (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlariga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan (rasmiy hujjatlar bilan asoslanishi lozim) tibbiyot va farmatsevtika xodimlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Uchinchi malaka toifasi — kerakli nazariy bilimga ega boʻlgan, lekin ikkinchi malaka toifasini olish uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan quyidagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta ishga kirayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining oliy va oʻrta maxsus, professional va (yoki) xorijiy taʼlim tashkilotlarida — olgan tibbiy yoki farmatsevtik mutaxassisligi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura, internatura, klinik ordinaturani tamomlagan yoki qayta tayyorlashdan oʻtgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga — egallagan tor mutaxassisligi boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi malaka toifasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining davlat va nodavlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga ishga kirishi uchun va ushbu tashkilotlar faoliyatini litsenziyalashga sharoit yaratish maqsadida beriladi. Davlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarining uchinchi malaka toifasiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun malaka toifasiga ega boʻlmagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari qoʻllaniladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “uch yil” soʻzlari “bir yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-banddagi “besh yil” soʻzlari “uch yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-banddagi “yetti yil” soʻzlari “besh yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Zarur ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlariga muddatidan oldin navbatdagi malaka toifasi berilishi mumkin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Tibbiy malaka platformasida roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP hamda Tibbiy malaka platformasi orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19, 20, 25, 28, 35 va 62-bandlar “YIDXP” soʻzidan keyin “yoki Tibbiy malaka platformasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokor va farmatsevtlardan — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP va Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat etilganda, belgilangan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Tibbiy malaka platformasi orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xizmatlari koʻrsatishni mazkur Reglamentning 9 — 13, 15, 19, 21 va 29-bandlarida koʻrsatilgan asoslardan boshqa holatlar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bandning ikkinchi xatboshisi “mavjud malaka toifasidan bir pogʻona tushiriladi” soʻzlaridan keyin “, yaʼni mavjud malaka toifasini takroran olish uchun murojaat qiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlari faqat onlayn kompyuter-test sinovidan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“48. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichida olingan umumiy ballar yigʻindisi har bir talabgor boʻyicha attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagicha qaror qabul qilinishi uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori (50) ballning 60 foizi yoki 30 ball va undan yuqorisi uchun — talabgorlik qilayotgan malaka toifasiga loyiq deb topish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizi (25 ball)dan 60 foizi (30 ball)gacha — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan bir pogʻona past malaka toifasi berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 45 foizi (22,5 ball)dan 50 foizi (25 ball)gacha — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan ikki pogʻona past malaka toifasi berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizi (20 ball)dan 45 foizi (22,5 ball)gacha — talabgorlik qilayotgan malaka toifasidan uch pogʻona past malaka toifasini berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 40 foizi (20 ball)dan kam ball uchun yoki mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi xatboshilariga muvofiq tegishli past pogʻonadagi malaka toifasi mavjud boʻlmagan hollarda — malaka toifasi berishga noloyiq deb topish haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyaning ikkinchi bosqichida toʻplangan umumiy ballar yigʻindisi maksimal 50 ballning 60 foizidan kam boʻlgani uchun talabgor umumiy asoslarda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjatlarini topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka toifasi berishga noloyiq deb topilgan yoki malaka toifasi tushirilgan talabgor keyingi attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan yoxud malaka toifasi pasaytirilgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining amalda boʻlgan malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Attestatsiya tugagandan boshlab oʻn ish kuni ichida attestatsiya yakunlari boʻyicha vakolatli organning tegishli buyrugʻi qabul qilinadi va mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikatni rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ sertifikatni Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Tibbiy malaka platformasi orqali talabgorga yuboradi, ushbu sertifikat Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning 1-bosqichi “Chora-tadbirlar” ustuni, 2-bosqichi “Masʼullar”, “Muddatlar” hamda “Chora-tadbirlar” ustunlari, 3-bosqichi “Chora-tadbirlar” ustuni, 6 va 7-bosqichlarining “Chora-tadbirlar” ustunlari “YIDXP” soʻzidan keyin “yoxud Tibbiy malaka platformasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilova shaklidan “my.gov.uz” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. 2-ilovaning 1-bandi 2030-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2026-y., 09/26/577/1054-son)