14.10.2026 yildagi PQ-374-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylov yerlaridan samarali foydalanish va chorvachilik xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylov yerlaridan samarali foydalanishning zamonaviy modellarini joriy etish, choʻl-yaylov oʻsimliklari qoplamini tiklash va hosildorligini oshirish, yaylovlarni diversifikatsiya qilish va degradatsiyaga uchrashining oldini olish, shuningdek, sohaga aholi va xususiy sektorni keng jalb etish hamda chorvachilik sohasini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar yaylov yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) degradatsiyaga uchragan yaylov yerlari maydonini 2026-yil yakuniga qadar 10 foizga, 2027-yil yakuniga qadar kamida 20 foizga qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yaylov yerlaridan foydalanishda aholi va biznes uchun manfaatli shaffof mexanizmlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) chorva mollarini sugʻorish infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 2026 — 2028-yillarda 323 ta yangi quduq qazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xalqaro tajribalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali yaylov yerlaridan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) yaylov yerlarida ilgʻor texnologiyalarni sinovdan oʻtkazish, mahalliy aholiga chorvachilik bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) yaylov yerlari holatini baholash va boshqarishning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) yaylov sugʻurtasi tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yaylovlardagi quduqlardan jamoaviy foydalanishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yaylov yerlaridan foydalanishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorda belgilangan sugʻorish inshootlarini (quduqlarni) barpo etish maqsadlari uchun 2027-2028-yillarda Davlat budjetidan 50 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi va ushbu quduqlar hududiy yaylov xoʻjaliklari balansiga beriladi. Bunda hududiy yaylov xoʻjaliklari quduqlarni balansiga qabul qilgandan soʻng chorvachilik subyektlariga jamoaviy foydalanish sharti bilan begʻaraz foydalanish huquqi asosida ijaraga berishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) quduqni ijaraga oluvchi quduqdan oqilona foydalanish, toʻgʻri ekspluatatsiya qilish, oʻz muddatida taʼmirlash va soz holatda saqlash, kommunal toʻlovlarni vaqtida toʻlash uchun masʼul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026 — 2028-yillarda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan urugʻchilik maydonlarini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026 — 2028-yillarda hududlarda chorva mollarini suv bilan taʼminlash uchun sugʻorish inshootlarini barpo etishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chorva ozuqa bazasini muhofaza qilish, tabiiy ofat va qurgʻoqchilik natijasida yaylov xoʻjaliklarining iqtisodiy zararlarini kamaytirish maqsadida 2028-yil 1-yanvardan boshlab yaylovlarni sugʻurtalash tizimi joriy qilinsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yongʻin va boshqa tabiiy xavflar natijasida yaylov mahsuldorligining pasayishi bilan bogʻliq xatarlar sugʻurtalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sugʻurta mukofotining 50 foizi yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan va qolgan 50 foizi Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sugʻurta mukofoti va tovonining miqdori “E-yaylov” elektron platformasi va “Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi” axborot tizimlarining maʼlumotlaridan foydalangan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yaylov xoʻjaliklariga doimiy foydalanishga berilgan yerlarga 2026-yil 1-oktabrdan boshlab hisoblangan ijara toʻlovlari, ijara huquqini olish uchun toʻlanadigan mablagʻlar operator xarajatlari chegirib tashlangan holda toʻligʻicha hududiy yaylov xoʻjaliklariga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududiy yaylov xoʻjaliklariga kelib tushgan mablagʻlar tegishli hududdagi xalq deputatlari kengashlari hamda Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Chorvachilik agentligi) bilan kelishilgan holda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash, ozuqabop ekinlar ekish, urugʻchilikni tashkil etish, suv chiqarish quduqlarini taʼmirlash va yangidan qazish, hududiy yaylov xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazani mustahkamlash tadbirlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yaylov yerlari hisobini yuritish, yaylov degradatsiyasining oldini olish va ularni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Kadastr agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) yaylovlarda degradatsiya jarayonlarining oldini olish va ulardan samarali foydalanishni monitoring qilish boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy etish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir yaylov uchastkasining chegarasi, umumiy maydoni, relyefi, hosildorligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, degradatsiya darajasi, norma va normativlari va boshqa zaruriy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron yaylov pasportini “E-yaylov” elektron platformasida shakllantirish va uni doimiy yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) zamonaviy axborot vositalaridan foydalangan holda yaylov normasi va normativiga amal qilinishini nazorat qilish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) hududiy yaylov xoʻjaliklari va yaylov yerlaridan foydalanuvchilarning yaylovlar degradatsiyasining oldini olish tadbirlari va yaylovlardan samarali foydalanish holatini muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholab borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir bosh yirik shoxli va bir bosh mayda shoxli mol uchun toʻgʻri keladigan maydon meʼyorlari (yaylov normasi) geobotanik tahlil, kutiladigan yogʻingarchilik va degradatsiya darajasi asosida hududlar kesimida besh gektardan oshmagan miqdorda Chorvachilik agentligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yaylov maydonlarining degradatsiya darajasi va yaylov yerlaridan samarali foydalanishning monitoringi “Oʻzbekkosmos” agentligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi va boshqa masʼul tashkilotlarning maʼlumotlar bazalaridan olingan maʼlumotlar va “E-yaylov” elektron platformasida inson omilisiz sunʼiy intellekt maʼlumotlari bazasi yordamida baholab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) chorva soni muvofiq boʻlmagan va oʻtlatish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan ijaraga oluvchilar bilan ijara shartnomalarini bekor qilish boʻyicha ijaraga beruvchi tomonidan sudlarga daʼvo arizalari va hujjatlar “E-yaylov” elektron platformasi va Oliy sudning axborot tizimlari kompleksini toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat dasturlari, shu jumladan, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobiga qurilib foydalanishga topshiriladigan suv quduqlaridan jamoaviy foydalanish tizimi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) yaylovlarda oʻtkazilgan geobotanik tadqiqotlar natijalariga koʻra yaylovlar “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “yashil” hududlarda oʻtlatish normalariga rioya qilingan holda oʻtlatishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) “sariq” hududlarda majburiy tartibda almashlab oʻtlatish joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “qizil” hududlarda chorva mollarini oʻtlatishga kamida 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) yaylov xoʻjaliklarida sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chorvachilik agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bilan birgalikda har yili yaylovlar almashinishining taqvim rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi bilan birgalikda yaylovlardagi quduqlar tasdiqlangan eng maqbul joylashuv hududida barpo etilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2027-yil 1-yanvarga qadar tender asosida katta toʻrtlik konsalting kompaniyalaridan birini jalb etgan holda 2027 — 2031-yillarda yaylov yerlaridan samarali foydalanishga doir strategiya loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2027-yil 1-martga qadar tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatining Nishon va Gʻuzor tumanlaridagi mavjud barcha yaylovlarda sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimini joriy qilsin. Bunda sunʼiy yoʻldosh kuzatuv tizimini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlar Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplanishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Chorvachilik agentligining mahalliy aholi tomonidan uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oʻtlatish uchun boʻsh turgan yaylov yerlarida jamoat yaylovlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) jamoat yaylovlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining qaroriga asosan hududiy yaylov xoʻjaliklari tomonidan 49 yil muddatga mahalla fuqarolar yigʻinlariga bepul ijaraga beriladi. Ijaraga berilgan yaylov yer maydonlariga soliq solishning nol stavkasi qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jamoat yaylovlaridan fuqarolar bepul foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) jamoat yaylovlaridan foydalanish va ularni saqlashda chorvachilik xoʻjaliklari yaylovlari uchun belgilangan qoidalar, norma va normativlarga amal qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) jamoat yaylovlaridan faqat mazkur hududda doimiy yashovchi mahalliy aholi ehtiyojlari uchun uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oʻtlatish maqsadida foydalaniladi hamda ushbu yerlarni toʻliq yoki qisman muayyan shaxslarga biriktirib berish, ikkilamchi ijaraga berish, foydalanuvchilar oʻrtasida yer uchastkalarini chegaralash va boʻlib olish taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) hududiy yaylov xoʻjaliklari jamoat yaylovlari uchun ajratiladigan yer maydonlari chegarasini belgilaydi hamda ushbu yaylovlardan oqilona foydalanishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) hududiy yaylov xoʻjaliklari boʻlmagan yoki ularga tegishli yaylovlar yetarli boʻlmagan joylarda jamoat yaylovlari mazkur bandda nazarda tutilgan tartibda mahalliy hokimliklar va oʻrmon xoʻjaliklari tasarrufida boʻlgan yaylovlarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) jamoat yaylovlaridan foydalanishda har bir xonadonga toʻgʻri keladigan chorva moli sonining cheklangan miqdori mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2026-yilda mahalliy aholi tomonidan uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oʻtlatish uchun boʻsh turgan yerlarda jamoat yaylovlarini tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda Chorvachilik agentligi xalq deputatlari tuman kengashlari qarorlariga asosan 2026-yil 10-noyabrga qadar mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq jamoat yaylovlarini tashkil qilish boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan yer ijarasi shartnomalarini rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yaylov yerlarini belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olgan holda yirik chorva majmualari va ozuqa zaxirasi omborlari quriladigan yaylov yer uchastkalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda Chorvachilik agentligi ikki oy muddatda roʻyxatga muvofiq yaylov yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yaylovlarda tik quduqlarni “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi tomonidan beriladigan gidrogeologik xulosalarga koʻra Chorvachilik agentligi tomonidan tasdiqlanadigan quduqlarning eng maqbul joylashuv xaritasi asosida qazishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududiy yaylov xoʻjaliklari uchun urugʻchilik maydonlarini tashkil etish maqsadida yaylov yerlari Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markaziga toʻgʻridan-toʻgʻri 10 yilgacha muddatga ijara huquqi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining Genetika va urugʻshunoslik laboratoriyasini taʼmirlash, laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlarini xarid qilish ishlarini Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chorvachilik agentligi Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat muassasasi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yaylovlarda mavjud tik quduqlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazsin va yaylovlarda quduqlardan jamoaviy foydalanishni, yaroqsiz holdagi yaylovlarni qayta foydalanishga kiritishni nazarda tutuvchi quduqlarning eng maqbul joylashuv xaritasini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xatlov natijalariga koʻra sugʻorish inshootlari, jumladan, mavjud quduqlardan samarali foydalanish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qashqadaryo viloyatida chorva ozuqasini koʻpaytirish, yaylovlar degradatsiyasining oldini olish maqsadida “Qashqadaryo agrostar” MCHJ tomonidan Nishon tumani “Nishon” MFY hududida 1 332 gektar yer maydonida zamonaviy pivot sugʻorish tizimi joriy etilayotganligi, tumanning yaylov maydonlarida chorva ozuqa ekinlarining yangi valda, izen, qandim, choʻgʻon va boshqa turlari ekilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qashqadaryo viloyati hokimligi “Qashqadaryo agrostar” MCHJ bilan birgalikda mazkur maydonlardan samarali foydalanish, ushbu tajribani dastlabki bosqichda Nishon tumanining boshqa hududlarida hamda Muborak va Dehqonobod tumanlarida ilgʻor agrotexnologiyalar asosida kengaytirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun respublika budjetining 2026-yil II chorak yakunlari bilan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Uzagrostar xolding” kompaniyasiga “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ustav fondida Iqtisodiyot va moliya vazirligining ulushini oshirish hisobiga qoʻshimcha 15 milliard soʻm mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Chorvachilik agentligi, “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Kadastr agentligi hamda Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda “E-yaylov” elektron platformasida ochiq, shaffof va bepul foydalaniladigan quyidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirib, rasmiy veb-sahifasida eʼlon qilib borsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) infratuzilmalarning joylashuvi, choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchilik maydonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatish normalari, qoidalari va yaylovlardan almashib foydalanishga doir xaritalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) geobotanik tadqiqotlarning natijalariga koʻra toifalangan va moratoriy eʼlon qilingan hududlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasining (J. Xodjayev) (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiya):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-15-son Farmonining 5-bandiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-iyuldagi “Moʻgʻulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-225-son qarorning 8-bandiga muvofiq hududiy yaylov xoʻjaliklariga tegishli yaylovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish vakolati 2026-yil yakuniga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chorvachilik agentligi bir oy muddatda mazkur qarorning 18-bandiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida yaylov yerlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish boʻyicha qaror loyihasini Respublika komissiyasiga (J. Xodjayev) kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buxoro viloyati hokimligi Chorvachilik agentligi, Kadastr agentligi bilan birgalikda Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Navbahor” MFY hududida joylashgan Jarqoq choʻlidan 100 gektar yer uchastkasini urugʻliklarni aprobatsiyadan oʻtkazish maydoni tashkil qilish maqsadida Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutiga belgilangan tartibda ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Chorvachilik agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda degradatsiyaga uchragan yaylov yerlari maydonlarining 2026-yil 10 foiz, 2027-yil 20 foiz qismida degradatsiyaning oldini olish, hosildorlikni oshirish va qayta tiklash boʻyicha kompleks dasturlar ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh prokuratura mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin hamda har chorakda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 2026 — 2028-yillarda yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etishga doir vazifalar boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2-bandida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2027-2028-yillarda Davlat budjeti parametrlarida tegishli mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq yaylov sugʻurtasini joriy qilish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori O.A. Butayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-374-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-374-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2028-yillarda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan urugʻchilik maydonlarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(gektar)

T/r

Hududlar nomi

Yangidan tashkil etiladigan urugʻchilik maydoni

Shundan:

2026-yil

2027-yil

2028-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

750

200

250

300

2.

Buxoro viloyati

1 150

300

400

450

3.

Jizzax viloyati

1 150

250

400

500

4.

Qashqadaryo viloyati

1 900

500

600

800

5.

Navoiy viloyati

2 700

500

1 000

1 200

6.

Samarqand viloyati

800

100

300

400

7.

Surxondaryo viloyati

950

200

300

450

Jami:

9 400

2 050

3 250

4 100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-374-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2028-yillarda hududlarda chorva mollarini suv bilan taʼminlash uchun sugʻorish inshootlarini barpo etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(dona)

T/r

Hududlar nomi

Yangi quduqlar soni

Shundan:

2026-yil

2027-yil

2028-yil

soni

gektar

soni

gektar

soni

gektar

soni

gektar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

56

168 000

32

96 000

12

36 000

12

36 000

2.

Buxoro viloyati

51

153 000

31

93 000

11

33 000

9

27 000

3.

Jizzax viloyati

21

63 000

10

30 000

11

33 000

4.

Qashqadaryo viloyati

52

156 000

28

84 000

12

36 000

12

36 000

5.

Navoiy viloyati

103

309 000

70

210 000

17

51 000

16

48 000

6.

Samarqand viloyati

21

63 000

10

30 000

11

33 000

7.

Surxondaryo viloyati

19

57 000

9

27 000

10

30 000

Jami

323

969 000

161

483 000

81

243 000

81

243 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-374-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda mahalliy aholi tomonidan uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oʻtlatish uchun boʻsh turgan yerlarda jamoat yaylovlarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Jamoat yaylovlari tashkil qilinadigan mahallalar soni

Yer maydoni, ming gektar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

21

44,3

2.

Buxoro viloyati

6

90,8

3.

Jizzax viloyati

90

38,6

4.

Qashqadaryo viloyati

104

99

5.

Navoiy viloyati

77

219,5

6.

Samarqand viloyati

56

43

7.

Surxondaryo viloyati

116

92,1

Jami

470

627,3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-374-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida hisobga olgan holda yirik chorva majmualari va ozuqa zaxirasi omborlari quriladigan yaylov yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman

Mahalla nomi

Loyiha amalga oshiriladigan maydon

(gektar)

Boqiladigan chorva soni

Chorva majmuasi quriladigan yer uchastkasi konturi

1.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Malik” MFY

50

5 000

1 129q

2.

Karmana tumani

“Malik” MFY

10

1 000

1 131

3.

Konimex tumani

“Madaniyat” OFY

5

2 250

3 192

4.

Konimex tumani

“Sarjal” OFY

5

6 000

4 343

5.

Tomdi tumani

“Ayaqquduq” OFY

5

2 000

2 882

6.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Sebiston” MFY

5

400

110q

7.

Kattaqoʻrgʻon tumani

“Moybuloq” MFY

5

2 000

117q

8.

Nurobod tumani

“Chorvador” MFY

5

450

8 556q

9.

Nurobod tumani

“Olgʻa” MFY

5

1 300

8 575q

10.

Paxtachi tumani

“Qarnab” MFY

5

400

7 041q

11.

Paxtachi tumani

“Qarnab” MFY

5

4 600

6 916q

12.

Qoʻshrabot tumani

“Ozod” MFY

5

250

2 271q

13.

Surxondaryo viloyati

Qumqoʻrgʻon tumani

“Saxovat” MFY

10

20 000

9 919q

14.

Qumqoʻrgʻon tumani

“Tebat” MFY

5

5 000

10 041q

15.

Termiz tumani

“Gulbahor” MFY

5

5 000

9q

Jami

130

55 650

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur ilovada nazarda tutilgan tadbirkorlik subyektlari hamda tuman hokimligi yoki yaylov xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan amaldagi yer ijarasi shartnomasi asosida ijaraga berilgan sugʻorilmaydigan yer uchastkalari tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan yer sifatida hisobga olinmasdan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻtkaziladi hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi nobudgarchiliklarining oʻrni belgilangan tartibda qoplangandan soʻng ularda amaldagi ijarachi tomonidan chorvachilik majmuasi va ozuqa omborini joylashtirish mumkin boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur ilovada nazarda tutilgan zaxiradagi, tuman hokimligi tasarrufidagi boʻsh turgan hamda yaylov xoʻjaliklariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalari ularning boshlangʻich narxini yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foiziga teng miqdorda belgilagan holda chorvachilik majmuasi va ozuqa omborini joylashtirish sharti bilan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar sifatida tegishli turdagi yer uchastkalari uchun belgilangan tartiblarda bir oy muddatda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu izohning 1-2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda tuman hokimligi yoki yaylov xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasi qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun murojaat qilishda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-374-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026 — 2028-yillarda yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etishga doir vazifalar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy va metodologik bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Yer kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Har yilgi geobotanik tahlillar, shuningdek, yogʻingarchilik, degradatsiya darajasidan kelib chiqib, yaylovlarda chorva mollariga toʻgʻri keladigan maydonning meʼyori Chorvachilik agentligi tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Mablagʻ talab qilinmaydi

2026-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Chorvachilik agentligi

2.

Yaylovlarda degradatsiya jarayonlarining oldini olish va yaylovlardan yanada samarali foydalanishni monitoring qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish.

Yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha quyidagi tartiblarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

yaylovlarning pasportini shakllantirish;

yaylov uchun oʻtlatishning eng koʻp miqdorini belgilash;

chorva mollari uchun toʻgʻri keladigan maydon normasini aniqlash;

yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va ulardan samarali foydalanishni eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholab borish.

Mablagʻ talab qilinmaydi

2026-yil noyabr

Chorvachilik agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Kadastr agentligi,

“Oʻzgidromet”,

“Oʻzbekkosmos” agentligi

3.

Jamoat yaylovlarini tashkil qilish boʻyicha tashabbuskorlar bilan tuziladigan namunaviy shartnoma loyihasini ishlab chiqish.

1. Jamoat yaylovlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

2. Jamoat yaylovlarida degradatsiyaning oldini olish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish.

3. Jamoat yaylovlarida almashlab oʻtlatish qoidalarini belgilash.

Mablagʻ talab qilinmaydi

2026-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

4.

Quduqlardan jamoaviy foydalanish tartibi va ularni boshqarishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Mablagʻ talab qilinmaydi

2026-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Kadastr agentligi

5.

“Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Yaylovlarni sugʻurtalash boʻyicha AQSH va Avstraliya tajribasini ishchi guruh tuzgan holda oʻrganish.

Mablagʻ talab qilinmaydi

2026-yil 1-noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi

Yaylovlarni sugʻurtalash amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2026-yil 1-dekabr

“Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil 1-yanvar

II. Yaylov yerlaridan samarali foydalanish va degradatsiyaning oldini olish choralari

6.

Yaylovlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish.

1. “Oʻzdaverloyiha” DILI tomonidan yaylovlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

2026-2027-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

“Oʻzdaverloyiha” DILI,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti,

zaruratga koʻra boshqa davlat tashkilot va idoralari

2. Geobotanik tadqiqotlar natijalariga koʻra yaylovlarning degradatsiyaga uchraganlik darajasini aniqlash va ularning elektron xaritalarini yaratish.

2026-2027-yillar

3. Yaylovlardan foydalanishda yaylovlarning oʻsimlik bilan qoplanganlik darajasi hamda hosildorlik koʻrsatkichlariga koʻra ularni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish. Bunda har bir toifaning alohida belgilari va xususiyatlariga qarab tasniflash.

2027-yil mart

4. Yaylovlarda oʻtkaziladigan geobotanik tadqiqotlar natijalari va undagi barcha maʼlumotlar Chorvachilik agentligining “E-yaylov” elektron platformasiga integratsiya qilib borilishini taʼminlash.

2026-2027-yillar

7.

Yaylovlardan samarali foydalanishda yaylovdan foydalanuvchilar va mavjud infratuzilmalar roʻyxatini shakllantirish.

1. Yaylovlardan samarali foydalanish maqsadida foydalanuvchilarning xoʻjalik faoliyatini belgilash. Bunda chorvachilik, yaylov urugʻchiligi, dorivor oʻsimliklar bilan shugʻullanuvchi va boshqa maqsadlarda faoliyat olib borayotgan subyektlarning roʻyxatini shakllantirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2026-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Yaylovlarda mavjud infratuzilma obyektlari, jumladan, qoʻra-qoʻtonlar, choʻpon uylari, suv inshootlari, omborxonalar va boshqalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish.

Doimiy

8.

Yaylovlardan samarali foydalanishda qatʼiy choralarni belgilash.

1. Yaylovlardan foydalanishda “qizil” toifaga mansub hududlarda chorva mollarini oʻtlatishga kamida 3 yil muddatga moratoriy eʼlon qilish. Bunda moratoriy eʼlon qilingan hududlarda chorva mollarini oʻtlatgan subyektlarga tegishli choralarni koʻrish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Zarur hollarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

“Oʻzdaverloyiha” DILI,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Moratoriy eʼlon qilingan hududlarda yaylovlarni qayta tiklash boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirib borish.

Doimiy

9.

Xatlovdan oʻtkazilgan yaylov yer maydonlarini hududiy yaylov xoʻjaliklari boshqarmalarining yer balansiga muvofiqlashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvar PF-15-sonli Farmoniga 1-ilovaga muvofiq hamda xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan yaylov yer maydonlarini hududiy yaylov xoʻjaligi boshqarmalarining yer hisobiga oʻtkazib berish chorasini koʻrish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2027-yil yanvar

Chorvachilik agentligi,

Kadastr agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

10.

Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash choralarini koʻrish.

1. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni aniqlash.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

2026 — 2027-yillar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

“Oʻzdaverloyiha” DILI,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti,

Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

2. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash maqsadida yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan yaylovlardan almashlab foydalanish qoidalariga rioya etilishini monitoring qilib borish.

Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda tashabbuskorlar mablagʻlari

Doimiy

3. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

4. Yaylovdan foydalanuvchi subyektlar tomonidan har yili yaylov yer maydonining kamida 10 foiz qismida degradatsiyaning oldini olish, hosildorlikni oshirish va qayta tiklash choralarini koʻrib borish.

Doimiy

11.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Chorvachilik agentligi bilan birgalikda yaylov yer maydonlarining 2026-yil 10 foiz, 2027-yil 20 foiz qismida degradatsiyaning oldini olish, hosildorlikni oshirish va qayta tiklash boʻyicha kompleks dasturlar ishlab chiqib, tasdiqlash.

Respublikadagi 2,5 mln gektar yaylovlarning:

1 105 ming gektarida polosali yaylov ihotazorlari tashkil qilish;

 785 ming gektarida dron orqali urugʻ sepish;

70 ming gektarida choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchilik maydonlarini tashkil qilish;

540 ming gektarida yarim oy shaklidagi chuqurchalar tashkil qilish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari

2026-yil noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Chorvachilik agentligi

III. Choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchiligini rivojlantirish

12.

Yaylovlarni qayta tiklash, hosildorligini oshirish maqsadida choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchilik maydonlarini kengaytirib borish.

1. Mavjud urugʻchilik maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

2026-yil dekabr

Chorvachilik agentligi,

Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan har yili choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchilik maydonlarini kengaytirib borish.

Chorvachilik tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

hamda tegishli yaylov ijarachilarining mablagʻlari

2026 — 2028-yillar

3. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan choʻl-yaylov oʻsimliklarining istiqbolli navlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Doimiy

4. Yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan choʻl-yaylov oʻsimliklari urugʻchilik maydonlarini tashkil etib borish.

Doimiy

13.

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini takomillashtirish.

Institutning Genetika va urugʻshunoslik laboratoriya-sini taʼmirlash va jihozlash.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

2027-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Chorvachilik agentligi,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

14.

Yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish.

1. Yaylov xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga amaliy tashrif uyushtirish va kelishuv shartnomalarini imzolash.

2. Yaylov xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan Oʻzbekiston sharoitida yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti mablagʻlari va xalqaro moliya instituti mablagʻlari

2026-2027-yillar

Chorvachilik agentligi,

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti,

Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi

15.

Ob-havo va iqlimga oid maʼlumotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz vaqtida sifatli taqdim etib borish.

Ob-havo va iqlimga oid oylik va choraklik maʼlumotlarni yaylovdan foydalanuvchilarga oʻz vaqtida yetkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Yaylovdan foydalanuvchilar mablagʻlari

Doimiy

Oʻzgidromet agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 07/26/374/1036-son)