17.07.2025 yildagi PQ-225-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻgʻulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-25-iyun kunlari Moʻgʻulistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida 2025 — 2027-yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga 200 ming bosh, shundan 2026-2027-yillarda Navoiy viloyatiga qoʻshimcha 70 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida koʻpaytirish orqali ularning sonini 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bosqichma-bosqich jun va kashemirni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Moʻgʻulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga koʻpaytirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni import qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2025-yil 1-avgustdan 2027-yil 31-dekabrga qadar Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni Oʻzbekistonga import qilishda tadbirkorlik subyektlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda ushbu kichik bandda nazarda tutilgan xarajatlar uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti parametrlarida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga chorvachilik xoʻjaliklari tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echki, ona baliq va joʻjalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini foizlar hisoblanmagan holda toʻlov taʼminotisiz kechiktirib toʻlash imkoniyati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqa xarajatlarni qayta koʻrib chiqish hisobidan 2027-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorning 2-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan toʻlovlarni qoplab berish boʻyicha xarajatlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur tartibdan foydalangan tadbirkorlik subyektlari reyestrini, kechiktirilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi koʻrsatilgan xolda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etilgan roʻyxat asosida zarur mablagʻlarni Bojxona qoʻmitasiga oʻtkazib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Bojxona qoʻmitasi oʻtkazilgan mablagʻlarni tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali ularning qarzdorliklarini soʻndirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mazkur tartib doirasida tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari hisobga olinmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni Oʻzbekistonga import qilishda quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) chorvachilik yoʻnalishida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlarini tadbirkorlik subyektlariga yillik 10 foiz stavkada (shundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratish. Bunda tijorat banklarining mazkur kichik bandda nazarda tutilgan kreditlarni imtiyozli shartlarda ajratish bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetiga toʻlanadigan dividendlarini mos ravishda kamaytirish hisobiga qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kredit mablagʻlari uchun sugʻurta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov taʼminotini 50 foizgacha etib belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Veterinariya qoʻmitasi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining kafilligi asosida bir oy muddatda qaytarish sharti bilan Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni yetkazib berishda moliyaviy koʻmak koʻrsatish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga import qilinadigan mayda shoxli mollarning hududlar kesimidagi taqsimoti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buxoro, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hokimlari bir hafta muddatda mayda shoxli mollarni parvarishlash uchun ozuqa yeri, chorvachilik majmuasi va mutaxassisi (veterinar) mavjud boʻlgan tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib, Veterinariya qoʻmitasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, Yaylov yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish, qorakoʻlchilik, teri va jun sanoati sohalarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari balansidagi yerlar Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni Oʻzbekistonga kamida 1 000 bosh import qilgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shartlar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) naslchilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish orqali import qilingan mayda shoxli mollarning bosh sonini koʻpaytirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yaylovlarda ozuqabop oʻsimlik turlaridan boʻlgan izen, teresken, quyrovuq, kamforosma, choʻgʻon, erkak oʻt, oq (qora) saksovul ekilishini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Moʻgʻulistonga meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2025-2026-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Moʻgʻulistonning yirik savdo markazlarida “Oʻzbekiston mahsulotlari” yarmarkasini tashkil etsin hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekistondan eksport qilib, kelgusida boshqa davlatlarga reeksportni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida Oʻzbekiston mahsulotlari stendini tashkil etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston savdo uyini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Moʻgʻulistonning importchi korxonalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etgan holda biznes uchrashuvlar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mayin jundan aralash ip va mato ishlab chiqarishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdo-sanoat palatasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston toʻqimachilik fabrikalarida dastlabki bosqichda sinov tariqasida aralash ip va mato ishlab chiqarish uchun Moʻgʻulistondan “Oʻzsanoateksport” AJ orqali markazlashgan holda mayin jun va kashemir olib kelish. Bunda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ushbu maqsadlar uchun “Oʻzsanoateksport” AJga uning buyurtmanomasiga asosan belgilangan tartibda mablagʻ ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil yakuniga qadar Moʻgʻulistondan import qilingan mayda shoxli mollardan olinadigan junni qayta ishlash boʻyicha mahalliy mutaxassislarning Moʻgʻulistonning kashemir ishlab chiqarish va toʻqimachilik korxonalarida malakasini oshirgan holda junni qayta ishlash korxonasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida tajriba almashish va mutaxassislar malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi 2026-yil yakuniga qadar Moʻgʻulistonga sovuqqa chidamli va serhosil 10 ming dona meva koʻchatlarini tomchilatib sugʻorish texnologiyalari bilan birga yetkazsin hamda 15 gektar yer maydonida zamonaviy sanoatlashgan intensiv bogʻ tashkil etishga koʻmaklashsin. Bunda meva koʻchatlari va tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini sotib olib, uni Moʻgʻulistonga yetkazish xarajatlarini qoplash Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Agrosanoat innovatorlari” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va Moʻgʻuliston tabiiy fanlar universiteti oʻrtasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev ikki oy muddatda Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida erishilgan kelishuvlar va loyihalarni moliyalashtirish hamda tadbirkorlik subyektlarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasiga 50 mln AQSH dollari hamda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasiga 50 mln AQSH dollari ekvivalentida 2030-yil 31-dekabrga qadar qaytarish sharti bilan past foizli mablagʻ jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur qarorning 2 va 4-bandlariga muvofiq quyidagilarni tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha vaqtinchalik tartibni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni olib kelish uchun moliyaviy koʻmak berish boʻyicha vaqtinchalik tartibni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transport vazirligi oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Veterinariya qoʻmitasi bilan birgalikda mayda shoxli mollarni Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga havo transporti orqali olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekistondan Moʻgʻulistonga havo transporti orqali eksport qilishni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Veterinariya qoʻmitasi bir hafta muddatda Moʻgʻulistondan import qilinadigan mayda shoxli mollar nasli, vazni va yoshi boʻyicha talablarni ishlab chiqib, hududlar va tadbirkorlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 2025-2026-yillarda Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abdurahmonov — Moʻgʻulistonda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish hamda agrar sohada ilmiy hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abdurahmonov va Veterinariya qoʻmitasi raisi B. Norqobilov — Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga import qilinadigan mayda shoxli mollarni havo transportida olib kelish xarajatlarining bir qismini qoplab berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Veterinariya qoʻmitasi raisi B. Norqobilov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Moʻgʻulistondan mayda shoxli mollarni Oʻzbekistonga import qilish hamda naslchilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish orqali ularning sonini mahalliy sharoitga moslashtirgan holda 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Moʻgʻulistondan olib kelinadigan mayda shoxli mollarni mahalliy sharoitga moslashtirish, ularni koʻpaytirish boʻyicha choralarning natijadorligi, taqdim etilgan imtiyozlarning samaradorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oy yakuni bilan hisobot kiritib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I. Ergashev — Moʻgʻulistonga meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini keskin oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vaxobov — Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga import qilinadigan mayda shoxli mollarning junini qayta ishlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-225-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-iyuldagi PQ-225-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moʻgʻulistondan Oʻzbekistonga import qilinadigan mayda shoxli mollarning hududlar kesimidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Qoʻylar bosh soni

Echkilar bosh soni

1.

Buxoro viloyati

5 600

2.

Jizzax viloyati

41 600

8 400

3.

Namangan viloyati

5 000

4.

Navoiy viloyati

110 000

5.

Surxondaryo viloyati

1 400

6.

Samarqand viloyati

1 400

7.

Qashqadaryo viloyati

10 000

8.

Toshkent viloyati

11 000

5 600

Jami:

181 000

19 000

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taklifiga asosan Veterinariya qoʻmitasi tomonidan ushbu roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-iyuldagi PQ-225-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-2026-yillarda Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

1.

Moʻgʻuliston tadbirkorlari bilan hamkorlikda goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha kooperatsiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Moʻgʻulistonning 27 ta kushxona egalari va oʻzbekistonlik tadbirkorlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish.

2025-yil oktabr

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov)

2. Muzokaralar natijasiga koʻra Moʻgʻuliston hududida kooperatsiyalarni tashkil etish.

Kelishuvga muvofiq

2.

Moʻgʻulistondan 100 ming bosh qoʻy va echkilarni olib kelishni tashkil etish.

1. Moʻgʻulistondan mayda shoxli qoramollarni olib kelish va karantin tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ushbu davlatning vakolatli organi bilan muzokaralar olib borish.

2025-yil oktabr

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov)

2. Olib kelinadigan qoʻy va echkilar sonini 1 mln boshga yetkazish.

2025 — 2029-yillar

3.

Moʻgʻuliston bilan hamkorlikda yirik va mayda shoxli qoramollarni sunʼiy urugʻlantirish, ularning naslini yaxshilash, naslchilik-seleksiya ishlari boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.

1. Moʻgʻuliston tomoni bilan qoramol seleksiyasi boʻyicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2025-yil oktabr

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov)

2. Oʻzbekistondan 20 ming dozagacha naslli qoramol urugʻini begʻaraz Moʻgʻulistonga yetkazish.

2026-yil

3. Naslchilik-seleksiya boʻyicha tajriba almashish va hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

4.

Keyingi 5 yilda Moʻgʻulistondan keltiriladigan qoʻy-echkilar sonini 1 mln boshga yetkazish.

1. Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tashabbuskorlarni aniqlash.

2025-yil avgust

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov)

2. Moʻgʻulistonlik hamkorlar bilan shartnomalar tuzish.

2025-yil sentabr

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari

3. Tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoʻy-echkilarni karantinda saqlash va keltirish choralarini koʻrish.

2025-2026-yillar

4. Xoʻjaliklarga qoʻy-echkilar bosh sonidan kelib chiqib yaylov yer maydonlarini ajratish.

2026 — 2029-yillar

5. Xoʻjaliklarga zooveterinariya xizmatlari koʻrsatilishini hamda naslchilik ishlarini tizimli tashkil etish.

6. Reja asosida qoʻy-echkilar bosh soni hamda mahsulot ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash.

2026 — 2029-yillar

5.

Oʻzbekiston toʻqimachilik fabrikalarida dastlabki bosqichda sinov tariqasida aralash ip va mato ishlab chiqarish uchun Moʻgʻulistondan “Oʻzsanoateksport” AJ orqali markazlashgan holda mayin jun va kashemirni olib kelish.

1. Moʻgʻulistonlik hamkorlar bilan muzokaralar olib borish.

2025-yil sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(Vahobov),

“Oʻzsanoateksport” AJ

(Namozov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(Boboyev)

2. Import shartnomalarini imzolash.

2025-yil oktabr

3. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan “Oʻzsanoateksport” AJga uning buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ ajratish.

Buyurtmaga asosan

4. Imzolangan shartnomalar asosida mahsulotlarni import qilishni taʼminlash.

2025-yil dekabr

6.

Moʻgʻulistondan keltirilgan qoʻy-echkilardan olinadigan jun mahsulotini qayta ishlashni tashkil etish.

1. Junni qayta ishlash boʻyicha mahalliy mutaxassislarni Moʻgʻulistonning kashemir va toʻqimachilik sanoati korxonalari faoliyatini oʻrganish uchun yuborish.

2025-yil sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(Vahobov),

Navoiy viloyati hokimligi

(Tursunov)

2. Moʻgʻulistonlik mutaxassislarni jalb etgan holda oʻzbekistonlik tadbirkor va mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish.

2025-yil oktabr

3. Junni qayta ishlash loyihasini amalga oshiruvchi tashabbuskorlarni aniqlash.

4. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va moliyalashtirish.

5. Loyihani ishga tushirish.

2026-yil

7.

Intensiv baliqchilik tajribasini Moʻgʻulistonga transfer qilish va baliq turlarini almashishni yoʻlga qoʻyish.

1. Akvakultura sharoitida baliqlarni yetishtirish, intensiv baliqchilik boʻyicha biznes-rejalarni ishlab chiqish va Moʻgʻuliston tomoniga taqdim etish.

2025-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti

(Qurbanov),

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

(Musayev)

2. Moʻgʻulistonda Oʻzbekiston sovuq suv va iliq suv (sibir bakrabaligʻi, gulmohi, zogʻorabaliq) baliqlarini intensiv usulda yetishtirish texnologiyalarini amalga oshirish.

2025-2026-yillar

3. Moʻgʻulistonning noyob sovuq suv baliqlarining (osiyo gulmohisi, olabugʻa) lichinkasini olib kelish va iqlimlashtirish.

Kelishuvga asosan

8.

Moʻgʻulistonga qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini kengaytirish.

1. Moʻgʻuliston xususiy sektor vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va eksport shartnomalarini imzolash.

2025-yil sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Kelishuv va shartnomalarga muvofiq Oʻzbekistondan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Moʻgʻulistonga eksport hajmini 10 barobarga oshirish choralarini koʻrish.

2025 — 2029-yillar

3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻzbekistondan eksport qilib, kelgusida boshqa davlatlarga reeksportini amalga oshirishni boshlash.

4. Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida Oʻzbekiston mahsulotlari stendini tashkil etish.

5. Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston savdo uyini tashkil etish.

6. Ulan-Bator shahridagi yirik savdo markazlarida Oʻzbekiston mahsulotlari stendini tashkil etish orqali yarmarkalar oʻtkazish.

7. Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston mahsulotlari” yarmarkasini tashkil etish.

Kelishuvga asosan

9.

Oʻzbekiston tajribasi asosida Moʻgʻulistonda dehqonchilik va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish.

1. Moʻgʻuliston dehqonchilik va oʻsimlikshunoslik institutiga tajriba-sinov uchun 15 turdagi sabzavot va poliz ekinlari urugʻliklarining namunalarini taqdim etish.

Ikki oy muddatda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Namozov)

2. Moʻgʻuliston Dehqonchilik institutining 4 nafar mutaxassisi tajriba va malakasini Oʻzbekistonda oshirish.

2025-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Namozov)

3. Yetkazib berilgan sabzavot-poliz ekinlari urugʻlarini 2 gektar dala tajriba maydonlarida ekish va sinovdan oʻtkazish.

2026-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Namozov)

4. Moʻgʻulistonning 5 gektar hududida bogʻdorchilik hududini yaratish uchun 10 ming dona koʻchatlarni taqdim etish va ekishni tashkil etish.

2026-yil may

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(Abdullayev)

5. Sabzavot-poliz va intensiv bogʻ maydonlarida tomchilatib sugʻorish texnologiyalari va koʻchatlarni sotib olish hamda yetkazib berish xarajatlari Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Agrosanoat innovatorlari” MCHJ tomonidan moliyalashtirilishini taʼminlash.

2026-yil

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(Abdullayev)

10.

Moʻgʻulistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishda Oʻzbekiston tajribasini tatbiq etish.

1. Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishning afzalliklari va usullari boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqib, Moʻgʻuliston Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat vazirligiga 200 nusxada taqdim etish.

2026-yil may

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

(Abdullayev)

2. Moʻgʻuliston Atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tajriba-sinov tariqasida 10 gektar yerga suv tejovchi texnologiyalarni yetkazib berish va loyihani amalga oshirish.

3. Moʻgʻulistonning suv tanqis hududlarida daraxt ekish uchun zarur texnologiyalarni yetkazib berish.

2026-yil may

Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti

(Jalilov)

11.

Moʻgʻuliston hududida pomidor va tarvuz yetishtirishni tashkil etish.

1. Moʻgʻuliston hududida 2026-yilda jami 3 000 gektar maydonda, shundan, Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Samarqand viloyatlari tomonidan 200 gektardan pomidor va Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari tomonidan 300 gektardan tarvuz yetishtirishni tashkil etish uchun:

Ikki hafta muddatda

Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimliklari

pomidor va tarvuz yetishtiruvchi mahalliy tadbirkorlar roʻyxatini shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2025-yil sentabr

Viloyatlar hokimliklari

Moʻgʻuliston tomoni bilan muzokaralar oʻtkazish va yer ajratish masalasini hal etish;

2025-yil oktabr

Viloyatlar hokimliklari

Moʻgʻulistonning tuproq-iqlim sharoiti va pomidor hamda tarvuz yetishtirish imkoniyatlarini oʻrganish uchun mutaxassislar va tadbirkorlarning xizmat safarini tashkil etish.

2026-yil

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov)

2. Viloyat hokimliklari tomonidan taklif etilgan tadbirkorlarga Moʻgʻuliston hududida mahsulot yetishtirishni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatish.

12.

Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasida hamkorlikni rivojlantirish.

1. Moʻgʻuliston tomoni bilan hamkorlik yoʻnalishlarini belgilab olish.

2025-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov),

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

(Namozov),

Toshkent davlat agrar universiteti

(Oblomurodov),

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

(Yunusov)

2. Mutaxassislar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-2026-yillar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2025-y., 07/25/225/0630-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son)