1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddati | |||
| ||||||
1-bosqich | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Vazirlik, Regulator, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | Isteʼmolchilarning tarmoqlar va hududlar kesimidagi yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabining uch yillik prognozlarini ishlab chiqish | Har yilning avgust oyiga qadar | |||
| ||||||
2-bosqich | Vazirlik, Regulator, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish | Har yilning avgust oyiga qadar | |||
| ||||||
3-bosqich | Vazirlar Mahkamasi | Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasining tasdiqlanishini taʼminlash, eʼlon qilish va ijroga qaratish | Har yilning oktabr oyiga qadar | |||
| ||||||
4-bosqich | Vazirlik, Regulator, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash boʻyicha uch yillik rivojlantirish rejasining bajarilishini monitoring qilish | Doimiy | |||
5-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddati | |||
| ||||||
1-bosqich | Regulator va Vazirlik | Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida istiqbolli investitsiya loyihalari rejasini (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya rejasi) ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish | Har yilning noyabr oyiga qadar | |||
| ||||||
2-bosqich | Vazirlar Mahkamasi | Investitsiya rejasini tasdiqlash, eʼlon qilish va ijroga qaratish | Har yilning yakuniga qadar | |||
| ||||||
3-bosqich | Buyurtmachi (davlat sherigi), loyihalashtirish institutlari | Investitsiya rejasidagi loyihalarning tanlov hujjatlari toʻplamini (tanlov ishtirokchilariga qoʻyiladigan malaka talablari, loyihaning texnik koʻrsatkichlari, loyihani boshlashda ruxsat etish bilan bogʻliq hujjatlar va boshqalarni) tayyorlash va ochiq eʼlon qilib borish | Investitsiya rejasiga asosan | |||
| ||||||
4-bosqich | Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | Investitsiya rejasiga kiritilgan loyihalar uchun talab etiladigan yer uchastkalarini tegishliligi boʻyicha mahalliy hokimliklar zaxirasiga qaytarish va loyihaoldi hujjatlariga muvofiq Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish | Investitsiya rejasiga asosan | |||
| ||||||
5-bosqich | Buyurtmachi (davlat sherigi) | Loyiha tashabbuskorini (amalga oshiruvchini) qonunchilikda belgilangan tartibda tender asosida aniqlash | Investitsiya rejasiga asosan | |||
| ||||||
6-bosqich | Buyurtmachi (davlat sherigi) | Investitsiya rejasiga koʻra investitsiyalarni oʻzlashtirish, loyihalarni belgilangan muddatda amalga oshirish va ishga tushirilishini taʼminlash | Investitsiya rejasiga asosan | |||
6-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida institutsional islohotlarni amalga oshirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
1. | Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini maqbullashtirish. | 1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat organlari va tashkilotlari funksiyalarini tahlil qilish, takrorlanuvchi va ortiqcha funksiyalarni aniqlash va maqbullashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Bir oy muddatda | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi davlat organlari va tashkilotlarining funksiya va vazifalarini oʻzgartirish hamda ularning nizomlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Uch oy muddatda | ||||
2. | Vazirlik va idoralarning tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini tartibga solish vakolatlarini Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga oʻtkazish. | 1. Elektr energiyasi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bozorlarini iqtisodiy tartibga solish sohasida Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi vakolatlarini kengaytirish, qoʻshimcha funksiya va vazifalar yuklashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Bir oy muddatda | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energetika vazirligi (Xodjayev) |
2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Uch oy muddatda | ||||
3. | Oʻzenergoinspeksiyaga qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan “preventiv nazorat modeli”ga asoslangan qoʻshimcha vazifalarni yuklash. | 1. Oʻzenergoinspeksiyaga qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish, xavflarni erta aniqlashga qaratilgan “preventiv nazorat modeli”ga asoslangan qoʻshimcha vazifalarni yuklash boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Bir oy muddatda | Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov), Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Uch oy muddatda | ||||
4. | Xalqaro moliya institutlari bilan islohotlarni muvofiqlashtirish. | Jahon banki, OTB, YETTB, XMK va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan bozor modeli, tarif siyosati, kliring va maʼlumotlar bazasi boʻyicha texnik koʻmak dasturlarini jalb qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev) |
5. | Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga mazkur Farmondan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Uch oy muddatda | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. 3. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Belgilangan tartibda | ||||
6. | Yoqilgʻi-energetika resurslari bozorlarida raqobat va kamsitmaslik tamoyillarini taʼminlash boʻyicha qoidalarni ishlab chiqish. | 1. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda yoqilgʻi-energetika tarmogʻining har bir yoʻnalishi boʻyicha bozorni tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2027-yil aprel | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energetika vazirligi (Xodjayev), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil iyun | ||||
7. | Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat xizmatlarini, shu jumladan, texnik shartlarni berish va kelishish jarayonlarini soddalashtirish. | 1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat xizmatlarini, shu jumladan, texnik shartlarni berish va kelishishni toʻliq proaktiv shaklga oʻtkazish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Uch oy muddatda | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
2. Hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Belgilangan tartibda | ||||
8. | “Yashil energiya” MCHJni isloh qilish hamda uning faoliyatidan olinadigan daromadlarni energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish. | 1. “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi Energetika vazirligining ulushini Energiya samaradorligi milliy agentligiga balans qiymatida oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir hafta muddatda | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov), Energetika vazirligi (Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov), “Yashil energiya” MCHJ (Nasretdinov) |
2. “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi tijorat banklari hamda ularga tegishli shoʻba korxonalarining ulushlarini Energiya samaradorligi milliy agentligiga bozor qiymatida baholangan qiymatda mos ravishda davlat ulushi boʻyicha kelgusida hisoblanadigan dividendlar hisobidan chegirish orqali realizatsiya qilish hamda mazkur shoʻba korxonalari tomonidan tijorat banklariga toʻlanadigan dividendlar evaziga topshirish. | Bir oy muddatda | ||||
3. 2027-yildan boshlab “Yashil energiya” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha olinadigan dividendlarni respublikada amalga oshiriladigan energiya samaradorligi tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish. | Doimiy | ||||
II. Yoqilgʻi-energetika resurslarini prognozlash va strategik rejalashtirish | |||||
9. | 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish. | 1. 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha respublika ishchi guruhini tuzish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Ikki hafta muddatda | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov) |
2. 2050-yilga qadar hududlar va tarmoqlarning yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talabini aniqlash. | 2026-yil oktabr | ||||
3. 2050-yilga qadar isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan taʼminlash konsepsiyasini ishlab chiqish. | 2026-yil noyabr | ||||
4. Konsepsiyani tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | ||||
10. | Yoqilgʻi energetika tarmogʻini 2035-yilgacha raqamli transformatsiya qilish strategiyasini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: yoqilgʻi-energetika tarmogʻini raqamli transformatsiya qilish; sohaning yagona raqamli arxitekturasi va yagona maʼlumotlar platformasini shakllantirish; sunʼiy intellekt va ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish; tarmoq koʻrsatkichlarini onlayn prognozlash, monitoring qilish, risk-menejment tizimini joriy etish. | 1. Sohada raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan loyihalar va mavjud axborot tizimlari xatlovini oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil oktabr | Energetika vazirligi (Xodjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari |
2. Yoqilgʻi energetika tarmogʻini 2035-yilgacha raqamli transformatsiya qilish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Belgilangan tartibda | ||||
III. Energetika tizimida moliyaviy operatsiyalar va pul oqimlarini boshqarish mexanizmlarini isloh qilish | |||||
11. | Elektr energiyasining ulgurji bozorida “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy etish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 1. Elektr energiyasining ulgurji bozorida “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va asosli takliflar tayyorlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | Ikki oy muddatda | Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energetika vazirligi (Xodjayev) |
2. Oʻrganishlar ijobiy natija bersa, “yagona ulgurji narx” mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Regulator va Energetika vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlash. | 2026-yil dekabr | ||||
12. | Elektr energiyasining ulgurji savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini ishlab chiqish. | 1. Elektr energiyasi bozori konsepsiyasi va qoidalari talablaridan kelib chiqqan holda elektr energiyasining ulgurji savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasini yaratish boʻyicha texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqish. | Texnik topshiriq | 2026-yil noyabr | “Oʻzenergosotish” AJ (Obidjonov), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Energetika vazirligi (Xodjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Texnik topshiriq loyihasini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. | Belgilangan tartibda | ||||
3. “UZINFOCOM” MCHJ bilan savdo platformasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli shartnomalarni imzolash. | 2026-yil dekabr | ||||
4. Savdo platformasini sinov tariqasida ishga tushirish. | 2027-yil aprel | ||||
IV. Isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashda qulayliklar yaratish | |||||
13. | Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun ommaviy oferta shartnomasini joriy qilish. | 1. Tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun namunaviy ommaviy oferta shartnomasini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Isakulov), “Hududgaztaʼminot” AJ (Xodjayev), Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
2. Namunaviy ommaviy oferta shartnomasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Tasdiqlangan namunaviy oferta shartnomasini Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish. 4. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning mobil ilovasida har bir isteʼmolchining elektr taʼminotidagi uzilishlari tarixini yuritish. | 2027-yil yanvar | ||||
14. | Elektr taʼminotidagi uzilishlar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi uchun isteʼmolchilarga kompensatsiya toʻlash mexanizmini joriy qilish. | 1. Elektr taʼminotidagi uzilishlar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi uchun isteʼmolchilarga kompensatsiya toʻlash mexanizmi boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energetika vazirligi (Xodjayev), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Turaxujayev) |
2. Ishlab chiqilgan hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Belgilangan tartibda | ||||
15. | Tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni jadallashtirish. | 1. Tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish uchun tajribali konsultantlarni jalb qilish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil noyabr | Energetika vazirligi (Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Mustafayev), Energiya samaradorligi milliy agentligi (Badriddinov) |
2. Xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida tajribali konsultantlarni jalb qilish. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Jalb qilingan konsultantlar bilan birga tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni elektrlashtirish konsepsiyasini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqish: elektrlashtiriladigan isteʼmolchilar, shuningdek, tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlmagan va isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasining imtiyozli tariflarini belgilash; elektrlashtirish natijasida almashtiriladigan energiya samaradorligi yuqori boʻlgan maishiy texnikalarni sotib olishda qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish. | 2027-yil fevral | ||||
4. Tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil aprel | ||||
V. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi kadrlar salohiyatini oshirish | |||||
16. | Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlar salohiyatini oshirish. | 1. Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida kadrlarni bozor mexanizmlariga oʻtish, raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash, data-analiz (maʼlumotlar tahlili) va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha malakasini oshirish rejasini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Energetika vazirligi (Xodjayev), Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, Oʻzenergoinspeksiya (Isoqjonov), Boshqaruv samaradorligi agentligi (Xusainov), yoqilgʻi-energetika tarmogʻi korxonalari |
2. Rejaga asosan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan davlatlarga stajirovkalar tashkil qilish. | Reja asosida | ||||
3. Stajirovkada amaliy koʻnikmalarga ustuvorlik berish, olingan tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish hamda stajirovka yakunida tajriba va bilimlarni amaliyotga joriy etish rejalarini ishlab chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Reja asosida | ||||
4. Stajirovka natijadorligi boʻyicha doimiy ravishda monitoring va nazoratni olib borish. | Doimiy | ||||
5. Reja asosida hududlarda tizimli oʻquv-seminar va treninglar tashkil etish. | Reja asosida | ||||
7-ILOVA
“ | ||||
28. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi | ||||
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi | 50 | 50 | ||
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni | 2 | 2 | ||
”. | ||||